Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa, Andi_JoN  
"SEVISHGANLAR..."
MulloSunatullo
Sana: Chorshanba, 09-Декабря-2009, 21:15 | Xatlari # 16
Ism:
[MulloSunatillo]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[1504]
Xulqi: +
[145] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Bir vaqtlar o’ltirib o’ylardim gohi:
Qiziq, kim bo’larkin umr yo’ldoshim,
Ko’nglim, xislarimni anglarmikan u,
Koyitib to’kmasmi ko’zimdan yoshim?

Bilmasdim, kim o’zi va yashar qayda,
Lekin, hurmatini saqlar edi dil.
Yoniimda sezardim uni har joyda,
O’ylardim ko’zimga boqsa, deb dadil.

Sen ham shundaymiding, ayt-chi azizim,
Sevganmiding meni ko’rmasdan turib?
Suvlar yoqasida xayol surib jim,
Izlarmiding meni bog’larda yurib?

Gullarga shivirlab ishqing, sirini,
Vafo-sadoqatdan surganmisan o’y?
Yo’qsa, maqtamagin menga ko’nglingni,
Yo’qsa, muhabbatdan gapirmayoq qo’y.

MulloSunatullo
Sana: Chorshanba, 09-Декабря-2009, 21:15 | Xatlari # 17
Ism:
[MulloSunatillo]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[1504]
Xulqi: +
[145] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Yolg’iz ikkov bo’lsak ahilsan juda,
Yuz bor erkalaysan yuz xil nom bilan.
Tinmay atrofingda bo’lib parvona
Baxtu shodligimdan dovdirayman men.

Ammo birov bo’lsa, siposan biram,
Go’yo bermagandek bo’lib e’tibor.
Nahotki bilmaysan, birovga ko’z-ko’z –
Qilmoqqa shu ishqdan afzal nima bor?!

MulloSunatullo
Sana: Chorshanba, 09-Декабря-2009, 21:15 | Xatlari # 18
Ism:
[MulloSunatillo]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[1504]
Xulqi: +
[145] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Labbay ham topilmas goho shoshganda,
Dunyo so'rarmidim, nigorim, sizdan?
Bir qiyo boqsangiz — boshim osmonda,
Menga panoh bering nigohingizdan.

Izimdan izg'iydi qancha nigohlar,
Qahraton nigohlar, xanjar nigohlar.
Gizli nashtarlarin sanchar nigohlar
Menga panoh bering nigohingizdan.

Qo'l siltab olifta dunyolariga,
Koshki singib ketsam anvor qa'riga.
Ko'ngil bermang mayli, ko'ndim bariga,
Menga panoh bering nigohingizdan.

Bepisand sanamlar yonimdan o'tdi,
Alamlar, sitamlar jonimdan o'tdi.
Bir o'tli hayqiriq qonimdan o'tdi.
Menga panoh bering nigohingizdan.

Bir keling, bir bora ko'nglimga qarang,
Eng oxir, eng og'ir kunimga yarang.
Jon bersam, tanamni tuproqqa bermang,
Menga panoh bering nigohingizdan.

MulloSunatullo
Sana: Chorshanba, 09-Декабря-2009, 21:16 | Xatlari # 19
Ism:
[MulloSunatillo]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[1504]
Xulqi: +
[145] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Yuragim teparkan, sen unda tirik.
Sensiz umrim kemtik, lekin xayoling
Bahtli-yu omadsiz chog’da ham sherik.

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Chiqmasa ko’kda oy-sevgim timsoli.
Hijrondan yuzini olmish yashirib
Men ham dardim pinhon etgan misoli.

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Gar dil sog’inchingga bermasam javob.
Qalbim talpinsada, yo’qdir huquqim
Yurak unsizgina aylaydi xitob.

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Yoqib yuborgan deb ishq daftarchasin .
Sening har bir so’zing gu’yo estalik
Egallab turadi qalbim parchasin.

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Ko’zim olib qochsam kelganda u’tru.
Mador yu’q qarashga ko’zlaringga tik,
Sevgidan yodgordir ularga qayg’u.

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Faqat o’zingdirsan umrim mazmuni.
Kun yo’qdir bir lahza etmasam gar yod,
Demak,yashamabman men o’sha kuni.

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Foydasiz,urinma unutgin debon.
Sen ham eslab yurgin meni umrbod,
Men ham unutmasman seni hech qachon.

MulloSunatullo
Sana: Chorshanba, 09-Декабря-2009, 21:16 | Xatlari # 20
Ism:
[MulloSunatillo]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[1504]
Xulqi: +
[145] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Yasatib qo'yibdi senga bir dunyo,
Orziqib kutadi bugun yuragim.
Mening yuragimga kelgil, marhabo,
Mening yuragimga kelgil, malagim.

Muhabbat baxtini topadi unda,
Kelgil, afsonalar aytmoqda bog'lar,
Aziz boshing uzra yaltirab kunda
Oltinga aylanar kuychi yaproqlar.

Mehribon yellarning qanotlarida,
Qani, yur, boraylik lola tergali.
G'aroyib gullarim bordir narida,
Gulim, ko'rmagansan umringda hali.

Qaragil, naqadar tiniqdir osmon,
Uning huzuriga yurgil, boraylik.
U yerga qaro tun yo'lamas aslo,
Bulutlar qayg'udan ketmas qorayib.

Qani, qo'llaringni qo'limga qo'y-chi,
Mening yuragimga ketaylik birga.
Sira ham u yerdan ketmaylik ko'chib,
Achchiq tajribalar ortib taqdirga...

  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2025