Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa, Andi_JoN  
-:-O'zbekona Forum-:- » Umumiy Bo'limlar » Erkin Mavzu » Vatan haqida she'rlar (O'zbekiston vatanim... Elim... Yurtim...)
Vatan haqida she'rlar
Abdulhafiz
Sana: Seshanba, 21-Сентября-2010, 08:53 | Xatlari # 1
Ism:
[Abdulhafz]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[104]
Xulqi: +
[40] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalamu alaykum..!
O, ota makonim.
Onajon o‘lkam,
O’zbekiston, jonim to‘shay
soyangga.
Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.
Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha
qirlar,
Qancha yurtni ko‘rdim, qancha
taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut
deb,
Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.
Ko‘rdim suluvlarning eng
faranglarin.
Yo xudbinman men yo bir sodda
kasman men –
Parijning eng go‘zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga ko‘nayin,
Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan
halovat -
Uch kunda sog‘insam nima qilayin,
Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug‘ilgan
qo‘zing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan o‘tgan har kun bayram-
bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim
keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.

Muhammad Yusuf



Sahifalar boru maza matra yo'q.
Hayo uyat degandan bir qatra yo'q.

www.oshxona.uz - O'zbek milliy taomlari

Abdulhafiz
Sana: Seshanba, 21-Сентября-2010, 10:08 | Xatlari # 2
Ism:
[Abdulhafz]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[104]
Xulqi: +
[40] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Yashagandek ruh ila jon
Shu vatanda topdim makon,
O'zimni bir tanishtiray:
Manzilgohim - O'zbekiston!
Vodiyim bor, rayhonnamo,
Poytaxtimga kular samo,
Qarshim go'zal voha, ammo
Manzilgohim - O'zbekiston!
Surxonim ko'z to'ymas qarab,
Buxoroga ilhah arab!
Kelsangiz gar meni so'rab,
Manzilgohim - O'zbekiston!
Azallardan xalqim deydi:
"Ajralganni ayiq yeydi!"
Menga shu bir so'z tatiydi
Manzilgohim - O'zbekiston!
Qo'qonim deb ajratish ne,
Jonni jonga qayratish ne,
Mahallam deb qaratish ne...
Manzilgohim - O'zbekiston!
Anjancham ham o'zimniki,
Jizzaxlarim ko'zimniki,
Kim bo'lsa ham so'zimniki:
Manzilgohim - O'zbekiston!
Mushtoqdirman hurmatimga,
O'zbek degan millatimga,
Yozadurman hujjatimga
Manzilgohim - O'zbekiston!
Shevam shudir, til buramang,
Aslimga ham ko'p qaramang,
Qayerdansan, deb so'ramang,
Manzilgohim - O'zbekiston!
Dunyo uzra ushbu sado
Taralsin to tugar dunyo:
Katta bobom sizga bobo
Manzilgohim - O'zbekiston!



Sahifalar boru maza matra yo'q.
Hayo uyat degandan bir qatra yo'q.

www.oshxona.uz - O'zbek milliy taomlari

Abdulhafiz
Sana: Chorshanba, 22-Сентября-2010, 04:34 | Xatlari # 3
Ism:
[Abdulhafz]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[104]
Xulqi: +
[40] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Vatanni sog'inish nimadir asli
Chanqagan mahali suv topgan misol
Yoki oshiqlarni qiynagan vasli
To tongga qadar xayoliy visol
Vatanni sog'inish nimadir, do'stlar
Itarib yuborgan jami qo'rqinchni?!
Hatto kitoblarda eng go'zal so'zlar
Izohlab berolmas ushbu sog'inchni!
Vatanni sog'inish nimadir, balki
Og'iz yetganidir tansiq taomga!
Vatanni sog'inish nimadir? Topdim!
Quvonchdan ko'z tugul, yurakda ham nam:
Bag'rida indamay ko'zimni yopdim
U meni ezozlar ikkinchi onam!
Vatanni sog'inish tushsa gar dilga
Qarshi bo'lolmagay eng yovuz qo'rqinch.
Ishoning, dunyoda biron bir tilga
Tarjima qilinmas yagona sog'inch!



Sahifalar boru maza matra yo'q.
Hayo uyat degandan bir qatra yo'q.

www.oshxona.uz - O'zbek milliy taomlari

Abdulhafiz
Sana: Shanba, 25-Сентября-2010, 19:18 | Xatlari # 4
Ism:
[Abdulhafz]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[104]
Xulqi: +
[40] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Qaylardasan o'zing, qanisan o'zing.
Sen kimning bir parcha jonisan o'zing.
Bobolaring kimdir momolaring kim
Sen qachon o'zingni taniysan o'zing.
Osmon to'la yulduz armonlaringmi
Sening bor bisoting dostonlaringmi
Alpomish atalmish botiring qani
Ulug'beking qani Boburing qani
Qani buyuk Ahmad Yassaviylaring
Rumiylardan qolgan masnaviylaring
Ular kechirgaymi gunohlaringni
Unutmagin ulug' Sinolaringni
Kulib kun chiqadur, yig'lab kun botar
Navoyin Hirotda beega yotar.
Yuzlarin yoritar tunda oy balqib
Mashrab Balx dorida turibdi qalqib.
Kim edingu kim bo'lding bu dam
Seni taniyolmay ajdoding mulzam.
Sen na yig'lamaysan, sen na kulmaysan
Farzandlaring qabri qayda bilmaysan.
Qaylardasan o'zing, qanisan elim
Sen qachon o'zingni taniysan elim.
Cho'g' ostida qolgan kuldeyginasan
O'zing boru lekin yo'qdeyginasan.

"Qo'rg'onim vatan" dasturidan.



Sahifalar boru maza matra yo'q.
Hayo uyat degandan bir qatra yo'q.

www.oshxona.uz - O'zbek milliy taomlari

Abdulhafiz
Sana: Shanba, 23-Октября-2010, 23:03 | Xatlari # 5
Ism:
[Abdulhafz]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[104]
Xulqi: +
[40] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Bek!
Qaddingni tut tek, o'zbegim
Yo'ling erur erk, o'zbegim!
Asrlarni ortmoqlab
O'zingga bo'l bek, o'zbegim!
Yo'qotar bir bor aso ko'r,
Yamalmaydi yirtilgan to'r,
O'zing ekkaning o'zing o'r,
O'zingga bo'l bek, o'zbegim!
Bir xil yasha qish-yozingda,
Farq bo'lmasin ko'p, ozingda!
Qishlog'ingu, markazingda
O'zingga bo'l bek, o'zbegim!
Hur yashamak odat bo'lsin,
Topganing saodat bo'lsin,
O'tmish sanga ibrat bo'lsin
O'zingga bo'l bek, o'zbegim!
Hukm berma shosha-pisha,
O'z vaqtida yor andisha!
Haqqing tanib ol hamisha
O'zingga bo'l bek, o'zbegim!
Ko'rib baxting ko'zim yumay,
Yuvoshliging yerga ko'may!
Birovga yomon qaramay
O'zingga bo'l bek, o'zbegim!
Qaddingni tut tek, o'zbegim
Yo'ling erur erk, o'zbegim!
Asrlarni ortmoqlab
O'zingga bo'l bek, o'zbegim!



Sahifalar boru maza matra yo'q.
Hayo uyat degandan bir qatra yo'q.

www.oshxona.uz - O'zbek milliy taomlari

-:-O'zbekona Forum-:- » Umumiy Bo'limlar » Erkin Mavzu » Vatan haqida she'rlar (O'zbekiston vatanim... Elim... Yurtim...)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024