Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Модератор форума: ABDULLOX, Floricienta  
-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Muhim Mavzular » MUHIM MAVZULAR!!! (HAYOTIMIZDA KO'P UCHRAYDIGAN JUDAYAM MUHIM MAVZULAR!!!)
MUHIM MAVZULAR!!!
TARNADA
Sana: Yakshanba, 08-Августа-2010, 15:16 | Xatlari # 16
Ism:
[rrrrrrrrrr]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[1]
Xulqi: +
[10] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

raxmat alloh rozi bo`lsin



ALLOHU AKBAR
Жахон
Sana: Dushanba, 21-Февраля-2011, 21:31 | Xatlari # 17
Ism:
[Жахонгир]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[3]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

ABDULLOX, АССАЛОМУ АЛЕЙКУМ МУМИН МУСУЛМОН ЮРТДОШЛАР.

Жахон
Sana: Dushanba, 21-Февраля-2011, 21:35 | Xatlari # 18
Ism:
[Жахонгир]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[3]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Жахон, ТОКИ ТИРИК ЭКАНМИЗ АЛЛОХ ЮЗЛАРИМИЗИ ЁРУК КИЛИБ ИЙМОНИМИЗНИ МУСТАХКАМ КИЛСИН ОМИН.

AsiRa
Sana: Chorshanba, 21-Сентября-2011, 01:38 | Xatlari # 19
Ism:
[Asira]
Maqomi:
[NewsMaker]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[233]
Xulqi: +
[46] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Riyoga o’hshagan, aslida riyo bo’lmagan amallar!

Bunday amallar bir necha turlidur:

1. Boshqalar mendan o’rgansin, o'rnak olsin degan maqsadda ibodatni oshkor qilishlik. Bu amal hech qanday riyo bo’lmaydi, balki da’vat bo’ladi. Agar uning qalbida riyo niyati bo’lmasa.

2. Kishi ihlosli odamlar davrasida ulardan tasirlanib, odatda yolg’iz holida qilayotgan ibodatlarni qilishligi agar qalbida ihlos bilan qilayotgan bo’lsa riyo bo’lmaydi.

Buning bir necha sabablari bor:


a) Inson tabiatida munofasa—musobaqa qilishlikka moyillik bor. Masalan: Bir odam birovning biror solih amalini qilayotganini ko’rsa, undan ham shu amalni qilish istagi paydo bo’ladi.

“Musobaqa qiluvchilar ana shu narsalar ustidan musobaqa qilsinlar” (Inson surasi, 9-oyat)!

b) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “…Sizlardan kimki jannatning eng yahshi joyiga erishishni istasa, jamoatni lozim tutsin! Chunki, shayton bir kishi bilandir, ikki kishidan uzoqroqdir”.
Imom Ahmad va Abu Dovud rivoyati.

3. Kishi ihlos bilan biror amal qilib, shu bois odamlar orasida mashhur bo’lishi va undan hursand bo’lishi riyo hisoblanmaydi.

4. Kishi qilgan gunohlarni yashirishi, uni hech kimga bildirmasligi ham riyo hisoblanmaydi. Bazilari, agar qilgan gunohlarni odamlardan yashirsam, odamlar meni o’zida yo’q sifatlar bilan sifatlashadi va bu narsa mening riyo qilishimga sabab bo’ladi, deb o’ylashadi. Aslida unday emas, balki inson o’zining gunohlarni yashirishga buyrilgan.

Anas roziyallohu anhudan: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Odam bolalarning hammalari hatokodir. Hatokorlarning eng yahshilar tavba qiluvchilaridir”.
Termiziy rivoyati.

Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Nafsim qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, agar gunoh qilmaganingizda edi, Alloh sizlarni ketkazib, o’rningizga gunoh qiladigon, so’ng gunohlarni kechirishini so’raydigon qavmni keltirardi-da, ularni mag’firat qilar edi”-dedilar.
Muslim rivoyati.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Gunohlarni oshkora qiluvchilardan boshqa barcha ummatim ofiyatdadir. Gunohlarni oshkora qilish shundayki, bir odam kechqurun gunoh qiladi va Alloh taolo uni gunohini yashirgandan keyin u kunduzi odamlarning oldiga chiqib:”Ey palonchi, men kecha shunday-shunday gunoh qildim,”-deydi. Vaholanki, Alloh kechada uni berkitgan edi. Tong otgach u Alloh berkitganini oshkor qiladi” .
Imom Muslim va Imom Buhoriy rivoyati.

Bu hadisdagi ofiyatdan murod gunohdan salomat bo’lishi va gunohining kechirishidir.

5. Yana ko’pchilik riyo deb o’ylaydigon narsalardan- bir kishini solih amallari tufayli ko’pchilik yahshi ko’rib qoladi. Bu odam bundan hursand bo’lishligi riyodan emas, chunki Alloh taolo bir qavmni yahshi ko’rsa, ularning yahshiliklarini yozib yuboradi va insonlar orasida shu odamni suyuklik qilib qo’yadi.

Alloh taolo aytadi: “Albatta iymon keltirib, solih amal qilganlar uchun Rahmon (insonlar qalbida) muhabbat paydo qilur”. (Maryam surasi, 96-oyat)!

Imom Muslim o’z “Sahih”ida Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yahshilikdan birontasini qilib, so’ng odamlardan maqtov eshitgan kishining amalini riyo deb hisoblaysizmi?”-deb so’rashganida, u Zot: “Bu mo’min uchun oldindan berilgan hushhabardir”,-dedilar.

6. Ko’pchilik riyo deb o’ylaydigon narsalardan yana biri- o’zi ancha gunohkor odam bo’lsa ham solih odamlar bilan birga yurishini, bordi-keldi qilishni, doim ular bilan birga bo’lishni yahshi ko’rishlikdir. Shularning yahshiligi yuqib qolarmikan, degan niyatda bo’lsa va shu ish tufayli obro’ qozonish masqasida bo’lmasa, bu narsa riyo bo’lmaydi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: “Kishi o’zi yahshi ko’rganlar bilan birgadir”.
Buhoriy rivoyati.

Yana: “Kishi o’z do’stining dinda bo’ladi. Har biringiz kim bilan do’st bo’lib yurganiga qarasin”.
Imom Ahmad rivoyati.

Imom Shofeiy rohimahulloh aytadi:
-Men solihlarni yahshi ko’raman, ular tufayli shafoatga erishishga umid qilaman, garchi ulardan bo’lmasam ham.

7. Riyodan cho’chib amalni tark qilish aslo mumkin emas. Odamlar davrasida turgan vaqtingizda biror amalni riyosiz qilgingiz kelib qolsa, qilsam riyo bo’ladi deb qilmay qo’ymangiz. Chunki kishining biror solih amalni qilish yoki qilmashligi faqat Alloh taolo uchun bo’lishi kerak.

Hubayl rohimahulloh aytadi:
-Odamlar uchun amal qilish shirkdir, odamlar uchun amalni tark qilish riyodir, ihlos esa Alloh taolo sizga shu ikki narsadan ofiyat berishidir.

Imom Navaviy rohimahulloh bu so’zning tafsirida aytadi:
-Inson agar odamlar ko’rib turibdi deb biron amalni tark qilsa, odamlar meni riyokor demasin deb tark qilgan bo’ladi va shu ishi bilan riyo qilgan bo’ladi. Chunki bu amal Alloh taolo uchun tark qilinmasdan odamlar uchun tark qilinyapti va bu odam odamlarning yomonlashidan qochib shu amalni tark qildi.

Bu mavzu “Iymon Risolalari” 33,34,35-betlaridan olindi!





Izox O'zgartirildi AsiRa - Chorshanba, 21-Сентября-2011, 01:41
хоним
Sana: Dushanba, 05-Декабря-2011, 01:28 | Xatlari # 20
Ism:
[хоним]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[10]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

АКЛ НИМА?

Бир дунё олимидан сурабдилар:"Улганингдан кейин сиз билан нима булади?" деб. У жавоб килибди:" Хеч нарса, улганимдан сунг кулга айланаман. Мени ёкишади ва йуколиб кетаман кетаман". Унинг билимлари, ёзган китоблари, акли ва топган жамики обру, бойликлари билан хам 1400 йил аввал жохилиятда яшаган, охиротга ишонмаган кофирлардан хеч кандай фарки колмади. Дунё олимининг билганлари унга хеч нарса бермади, унинг бор аклини купайтириб бермади. Бундай ахамиятсиз аклни биз акл деёлмаймиз, чунки унинг акл даражаси ноль-йукликка тенг. Аллох таоло киёмат кунида ундайлар хакикатни куриб, афсусланишлари ва озгина булсаям акллари булганида, озгина булсада тушунганларида дузахга тушмасликларига икрор булишларини Узининг Китобида билдирган. Улар (кофирлар) айтадилар"Бизни аклимиз шунга олиб келдими, демак биз хеч нарса билмас эканмиз. Идрок, акл ва у билан боглик булган нарсаларни умуман билмас эканмиз. Агар бу аклимиз бизларни дузахга рупаро килдими, демак у акл эмас экан. Аллох таоло бандаларига тафаккур, шукур килишлари ун хамда шу тафаккур бн Узигагина ибодат килишлари учун кулок, куз, аклни берди. Бандалари кулок ва кузлари билан борликдан маълумот олиш учун, хамда акл тарозусига солиб, иймон келтиришлари учун берди. Бандада тафаккур учун жамики аъзолар бор. Кулок ва куз акл учун манбаъ туплаб берувчи асосий аъзолар булиб, шу уч неъмат тугри фойдаланилганда, иймонга олиб боради. Ва бу дунёда яшашимиздан максад хам иймон булади.



Бир соат калбингга,
бир соат Роббингга
AsiRa
Sana: Juma, 09-Декабря-2011, 06:09 | Xatlari # 21
Ism:
[Asira]
Maqomi:
[NewsMaker]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[233]
Xulqi: +
[46] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

To'rt hil qalb: O'ylang siz qaysi bir qalbning sohibi yoki sohibasi siz?!



1- Qalb: SOG'LOM TIRIK QALB!

Bu qalb imon bilan yashnab , ishonch va ixlos bilan munavvar bo`lgan hamda Allohning muhabbati,
Alloh yaxshi ko`radigan va rozi bo`ladigan narsalar muhabbati bilan to`lgan qalb. (Qalbi saliym).




2- Qalb: KASAL QALB!

Bu qalb iymon bilan nifoq o'rtasida sarson qalb. Goho uyg'onib qoladi goho mudrab qoladi, shayton
tez-tez ziyorat qilib turadi bu qalbni. Bu iymoni zaif qalb.




3-Qalb: O'LIK QALB!

Bu qalb imondan holi, zulmatli, shaytonlar yashaydigan xaroba kabi qo'rqinchli uyga o'xshaydi.
Kufr, fisq, ma'siyat bilan to'lgan bu qalb kofirning qalbidir.



4-Qalb: SINIQ yoki TESHIK QALB!

Bu qalb bo'm-bo'sh teshik idishga o'xshaydi, har qancha narsa solsangiz ham hech tutib turolmaydi.
Na ma'rufni va na munkarni biladi, faqat xohish havosiga to'g'ri kelgan narsanigina biladi. Bu qalb munofiqning qalbidir.


Manba: http://muslimaat.uz/forum/index.php?topic=1166.msg39577#msg39577

-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Muhim Mavzular » MUHIM MAVZULAR!!! (HAYOTIMIZDA KO'P UCHRAYDIGAN JUDAYAM MUHIM MAVZULAR!!!)
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024