Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Islomiyat Tarihi-Insoniyat Tarihidir » Sahobalar Siyrati (Sahobalar Islomning yulduzlaridir!)
Sahobalar Siyrati
ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 10-Октября-2010, 05:49 | Xatlari # 1
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalamu alaykum wr wb!
Mana siz azizlarning ko'maklaringiz va duolaringiz yordami bilan yana bir hayrli ishni boshlamoqdamiz. Ushbu sahifada biz ibrat olsak arzidigan Islomni eng avval qabul qilgan zotlar, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ko'rish bahtiga muyassar bo'lgan insonlar ya'ni Sahobai Kiromlar haqida imkon qadar ma'lumotlar berib boriladi.
Ularning Islom uchun qilgan jonfidoliklari, Rosululloh uchun ko'rsatgan ehtiromlari asrlar osha bizlargacha yetib kelgani uchun Alloh Taologa hamdlar bo'lsin. Ularning hayoti Olamlar Sarvarining hayotlari bilan bir vaqtda, bir joyda o'tgan ekan, demak-ki ularning hayotidan yetarlicha ibrat olsak, hulosa chiqarsak arzidi.
Bizlar ham alhamdulillah musulmonmiz ular ham musulmon bo'lishgan, farqimiz iymonimizda! Demak, ularni hayotini shunchaki o'qibgina qolmay balki iymon sabog'larini olishimiz, iymon qanaqa bo'lishini o'rganishimiz lozim.
Alloh Taolo bu bo'limimizni ham barchamiz uchun foydali va bardavom aylasin. O'z vaqtlarini ayamasdan o'qib ibrat olayotgan dindoshlarimizdan U Zotnin O'zi rozi bo'lsin va Jannatul Firdavsda shu Sahobalar bilan yonma-yon qilsin! Amiyn!

P.S: Ushbu ma'lumotlarni tayyorlab Forumga joylashda bizga chin dildan, holis Alloh uchun yordam berayotgan, qimmatli vaqtlarini ayamasdan hamda ko'zlarini nurini berib oqqa ko'chirib berayotgan dindoshlarimizning haqqilariga duo qilib qo'yishlaringizni iltimos qilamiz. Alloh Taolo ularni dillaridagi eng ezgu maqsadlariga shariatga binoan ziyodasi bilan yetkazsin va Jannatda O'z jamolini korish bahti bilan siylasin! Amiyn!



ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 10-Октября-2010, 05:53 | Xatlari # 2
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

BO'LIM MUNDARIJASI





Mufazzala
Sana: Yakshanba, 10-Октября-2010, 06:22 | Xatlari # 3
Ism:
[Dilya]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[8]
Xulqi: +
[23] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Sayid Ibn Omir Al-Jumaxiy

Sayid ibn Omir dunyo evaziga oxiratini sotib olgan,
Alloh va U Zotning Rasulini xamma narsadan afzal bilgan kishidir.
Tarihchilar sozidan.

Muxammad alayhissalomning hiyonat orqali qo'lga tushurilgan asxoblaridan biri Xubayb ibi Adiyning qatl marosimini tomosha qilish uchun quraysh zodagonlarining chorlovi bilan Makkaning tashqarisidagi jazo maydoniga lak-lak odam toplandi. Ular orasida Sayid ibn Omir al-Jumaxiy isimly o'spirin xam bor edi.
Uning to'lib-toshgan yigitlik kuch-quvvati yelkalari bilan odamlarning saflarini yorib o'tib, marosimni boshqarayotgan Abu Sufyon ibn Harb, Safvon ibn Umayya va boshqa Quraysh oqsoqollari qatoridan o'rin egallash, kishanlangan asirning har bir xarakatini yaqqol kuzatish imkoniyatini yaratdi.
Olomonning niyati bitta edi: asirni qatl etib, avvalo Muhammad alayhissalomga aziyat yetkazish va shu bilan birga Badrda berilgan qurbonlar uchun o'ch olish. Jangda mushrik erlarini yo'qotgan ayollar-u, otalaridan judo bo'lgan bolalar shu ilinjda qollarini silkitgancha saxobani o'lim maydoniga xaydab kelardilar.

Xaloyiq asir ortidan qatl uchun hozirlab qoyilgan makonga yetib kelgach,Sayid ibn Omir al-Jumaxiy uzun qomatini chozib, qatilgoxga turgan Xubaybga nazar soldi va hotin-halajning qiy-chuvi ostida uning hotirjam, jarangdor tovushini eshitdi.
- Agar lozim topsangiz, o'limim oldidan ikki rakaat namoz o'qib olishimga ruhsat bering.
Sayid asirga boqdi. U Ka'ba tarafga yuzlanib, o'limidan oldingi so'nggi tilagi - namozni ado qilardi. Naqadar go'zal ibodat edi bu ikki rakaat namoz!
Xubayb namozni tugatgach, qavm oqsoqollariga qarata:
- Xudo xaqqi, agar meni o'limdan qorqqanidan sustkashlik qilyapti, deb o'ylamaganingizda edi, namozimni yana bir oz cho'zgan bo'lardim, dedi.
So'ng jallodlar uni musla (tirik insonni yoki hayvonni a'zolarini tiriklayin kesib olish degani ) qilishga kirishishdi. Jasadidan ketma-ket go'sht bo'laklarini uzib olisharkan, so'rasahdi:
- Xoynaxoy, xozir o'zing najot topib ketsang-u, lekin "Mening o'rnimda Muhammad bo'lsa edi", deb turgandirsan?!
U esa qip-qizil qonga belangancha javob berardi:
_ Xudo xaqqi, men bola-chaqam bilan tinch-omon bo'lsamu buning evaziga Muxammadga bitta zirapcha kirsa - aslo rozi bo'lmasdim...

Odamlar qo'llarini xavoda siltay boshlashdi. Chor atrofni: <>, degan ovoz tutib ketdi.
Shundan so'ng Sayid ibn Omir Xubaybning samogi tikilgancha, duoyibat qilayotganini ko'rdi.
- Parvardigoro, ularning adadini hisoblab qo'y, barchalarini xalok qil, birontasini xam jazosiz qoldirma.
Shu sozlarni aytishi bilan uning badaniga sanoqsiz qilich-nayzalarning tig'i sanchildi va so'nggi nafasi uzildi.

* * *

Qurayshliklar Makkaga qaytgach, turmush ikir-chikirlari bilan chalgib, oz fursatdayoq bo'lib o'tgan qatilni unutib yuborishdi.
Biroq yosh yigit Sayid ibn Omir al-Jumaxiy Xubaybni bir laxza ham yodidan chiqara olmadi. Uhlasa tushida, uyg'oqligida hayolida ko'rar, qatlgoxda mutlaq hotirjamlik va mislsiz xuzur bilan namoz o'qiyotgan xolati ko'z ongida gavdalanar, qulog'i ostida Quraysh qabilasi xaqiga qilingan duoyibadi yangrar, buning kasridan yashin urib ketishi yoki osmondan tosh yog'ilishidan qorqardi.

Bundan tashqari, Xubayb Sayidga ilgari bilmagan narsasidan saboq bergandek edi go'yo.
Xaqiqiy xayot sof aqida va bu aqidaning yo'lida to o'lguncha kurashmoqdan iborat ekan.
Pokiza iymon soxibi ajoyib ishlarni qilib, mo'jizalar ko'rsatishga qodir ekan.
Xubayb yana bir narsani - asxoblari jonidan xam ortiq ko'ruvchi kishi Allox tarafidan aziz qilingan xaq payg'ambar ekanligini bildirdi.

Bunda Allox taolo Sayid ibn Omirning qalbiga xidoyat soldi. U odamlar toplanadigan joyga bordi...

Davomi bor InshaAlloh...



- Hohlaganingizcha yashang, lekin baribir bir kun vafot etasiz,
- Istagan kishingizni yahshi ko'ring, ammo baribir bir kun undan ajralasiz,
- Hohlagan ishingizni qilavering, albatta unga MUKOFOT yoki JAZO olasiz.
Mufazzala
Sana: Shanba, 16-Октября-2010, 04:00 | Xatlari # 4
Ism:
[Dilya]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[8]
Xulqi: +
[23] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Davomi...

Bunda Allox taolo Sayid ibn Omirning qalbiga xidoyat soldi. U odamlar toplanadigan joyga borib o'zining qurayshliklar ruju qo’ygan gunohu ma'siyatlardan bezorligini, butu sanamlardan voz kechganini xamda Alloh taoloning diniga kirganini elon qildi.

* * *

Sayid ibn Omir Madinaga hijrat qilib, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bilan birgalikda Xaybar va undan keyingi g'azotlarda ishtirok etdi.
Payg'ambar alayhissalom, Robbisini rozi qilgan xolda, dorulbaqoga rixlat qilganlaridan so'ng u kishining xalifalari Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolarning qo'lida, har damda kurashga shay, yalong'ochlangan qilich bo'lib qoldi. Ohiratni dunyo evaziga sotib olgan, Allohning roziligini va savobini nafsining rag'batlaridan, jasadining shahvatlaridan ustun qo'ygan mo'minlarga xos benazir hayot kechirdi.

* * *

Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning har ikki xalifasi Sayid ibn Omirning to'g'ri so'zligini, taqvosini bilishardi, binobarin, uning nasihatlariga quloq tutib, har bir so'zini etiborga olishardi.

Umar ibn Hattob endigina xalifa bo'lgan kezlarida Sauid ibn Omir u kishining xuzuriga kirib keldi va dedi:
- Ey Umar, men seni odamlarning haqlarida Allohdan qo'rqishga, Allohning haqqida esa insonlardan qo'rqmaslikka chaqiraman. So'zing amalingga hilof kelmasin, chunki so'zlarning eng yahshisi amal bilan tasdiqlangandir.
Ey Umar, Alloh seni viloyatingdagi har bir musulmon uchun mas'ul qildi. O'zingga va bola-chaqangga ravo ko'rgan narsalarni ularga ham ravo ko'r, yomon ko'rgan narsalaringdan ularni ham asra. Haq yo'l uzra suv kelsa simir, tog' kelsa kemir va Allohning diniga malomatgo'ylarning gap so'zlaridan hayiqma
Hazrati Umar aytdi:
-Kim ham buni eplay olardi?!
Sayid javob berdi:
-Alloh bilan o'rtasida hech kim turmagan. Muhammad alayhissalomning ummatiga voliy bo'lgan senday kishi uddalay oladi.
Shunday Umar ibn Hattob Sayidga vazirlikni taklif qildi.
-Ey Sayid, biz seni Xims ahliga voliy qilib tayinlaymiz.
U kishi aytdi:
-Ey Umar, azbaroyi xudo, meni dunyoga ro'baro' qilib fitnalarga duchor etma.
Hazrati Umarning achchig'i chiqdi:
-Senlarni qara-yu, bu ishni yolg'iz mening gardanimga yuklab, o'zlaring tumtaraqay qochmoqchimisanlar?! Xudo haqqi, men seni bo'shatmayman,- dedi va uni Himsga voliylik lavozimiga tayinladi.
-Senga maosh ajrataylikmi?
-Uni nima qilaman? Baytul-moldan oladigan ulushimning o'zi yetib ortadi,- dedi Sayid.
Ertasiga u Himsga jo'nab ketdi.

Bir necha kun o'tgandan so'ng....

Davomi bor InshaAlloh...



- Hohlaganingizcha yashang, lekin baribir bir kun vafot etasiz,
- Istagan kishingizni yahshi ko'ring, ammo baribir bir kun undan ajralasiz,
- Hohlagan ishingizni qilavering, albatta unga MUKOFOT yoki JAZO olasiz.
Mufazzala
Sana: Seshanba, 19-Октября-2010, 04:12 | Xatlari # 5
Ism:
[Dilya]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[8]
Xulqi: +
[23] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Davomi...

Bir necha kun o'tgandan so'ng amirul mo'mininning huzuriga Xims ahlining ishonchli kishilari vakil bo'lib kelishdi. Hazrati Umar nafaqa belgilash uchun u yerdagi faqirlarning nomlarini yozib berishni amr qildi. Ro'yxat qo'liga tekkach, o'qiy boshladi: "Falonchi, falonchi, Sayid ibn Omir..."

Shu yerda to'htab, so'radi:
-"Sayid ibn Omir deganingiz kim?"
Vakillar "amirimiz", deb javob berishdi.
-Amiringiz faqirmi?
-Ha, xatto o'chog'ida surunkasiga bir necha kun olov yoqilmaydi.

Hazrati Umar buni eshitib, ko'ngli buzilib yig'ladi, hatto soqollari ho’l bo'lib ketdi. So'ng ming dinorni bir hamyonga tugib, vakillarga berdi va:
- Amiringizga mening nomimdan salom ayting. Amirul mo'minin buni sizga berib yubordi, barcha hojatlaringizni ravon qilib olarkansiz, denglar, - deya qattiq tayinladi.

* * *

Vakillar yurtlariga qaytgach, xamyonini Sayidga topshirdilar. U esa dinorlarga ko'zi tushishi bilan hamyonini irg'itib yubordi va: "Inna lillahi va inna ilayhi rojiu'n" (" Biz Allohning bandalarimiz va, albatta, u zotning huzuriga qaytib borajakmiz" Musibat yo'liqqanda o'qiladigan duo) deb qo'ydi. Buni eshitgan xotini rangi o'chgancha, uyidan chiqa solib:

- Qanday musibat yuz berdi, ey Sayid? Amirul mo'minin vafot qildilarmi? - deb so'radi.
- Yo'q, bundan xam yomonroq kulfat, - javob berdi eri.
- Musulmonlar bironta jangda mag'lub bo'ldilarmi?
- Yo'q, bundan ham kattaroq musibat ro'y berdi.
- Bundan katta musibat bo'lishi mumkinmi? Nima ekan u?
- Oxiratimni barbod qilish uchun hayotimga dunyo o'rmalab kirdi. Uyimga fitna oraladi.
- U holda qutuling undan.
Ayol dinor voqeasidan behabar edi.
- Bu ishda menga yordam berasanmi? - deb so'radi Sayid. Tasdiq javobini olgach, dinorlarni bir necha hamyonga bo'lib, musulmonlar orasidagi faqirlarga ulashib berdi.

* * *

Bu hodisadan ko'p o'tmay hazrati Umar, o'zining odatiga ko'ra, Shom diyoriga raiyat holidan habar olgani bordi.
Ximsning yana bir nomi "Ko'facha edi. Sababi uning axolisi ham ko'faliklar singari voliy va rahbarlari ustidan ko'p shikoyat qilishardi. Hazrati Umar ximsliklar bilan uchrashib, amirlari to'g'risida fikirlarini so'raganida arz-dod qilishib, unga bir-biridan og'ir to'rtta aybni taqashdi.

Umar roziallohi anhu hikoya qiladi:
- Men ularni bir joyga to'pladim. Ichimda Sayid haqidagi fikrimni o'zgartirmaslikni so'rab, Allohga duo qildim. Chunki Sayidga qattiq ishonar edim.
Ximsliklar jamlangach:
- Amiringiz hususida qanday shikoyatingiz bor? - deb so'radim.
- Bizning oldimizga tong otib, quyosh ancha ko'tarilib ketgandan keyingina chiqib keladi, - deyishdi ular.
- Bunga nima deysiz, ey Sayid? - dedim.
U bir oz sukut saqlab, so'ng gap boshladi.
- Xudo haqqi, men buni aytishni o'zimga ep ko'rmagan edim, lekin boshqa ilojim yo'q ekan. Mening xonadonimda xizmatkorim yo'q. Shuning uchun har kuni ertalab o'zim hamir qoraman. Birpas kutaman. Ko'pchigach, non yasab, yopaman. Undan so'ng tahorat qilib, odamlarning oldiga chiqaman.

Ximsliklardan: Yana qanday shikoyatlaringiz bor? - deb so'radim. Umar:
Bu kishi tunda birontamizni ham qabul qilmaydi- deyishdi.
- Bunisiga nima deb javob berasan, ey Sayid? - dedim.

Davomi bor InshaAlloh...



- Hohlaganingizcha yashang, lekin baribir bir kun vafot etasiz,
- Istagan kishingizni yahshi ko'ring, ammo baribir bir kun undan ajralasiz,
- Hohlagan ishingizni qilavering, albatta unga MUKOFOT yoki JAZO olasiz.
Mufazzala
Sana: Payshanba, 21-Октября-2010, 05:12 | Xatlari # 6
Ism:
[Dilya]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[8]
Xulqi: +
[23] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Davomi...

- Men buni ham oshkora qilishni, xudo haqqi, aslo xohlamagan edim. Kunduzi odamlarning xizmatida bo'lib,tunni Allohning xizmatiga bag'ishlayman, - dedi u.
Ximsliklar Sayidni har oyda bir kun vazifasini o'tashlikka chiqmaslikda ayiblashdi. Men undan nega bunday qilishini so'radim. U javob berdi:
- Mening mana shu ustimdagidan boshqa libosim yo'q. Har oyda bir marta kiyimlarimni yuvaman. Qurigunicha kutib, kunning ohirida ishga chiqaman.

Men ximsliklardan so'radim:
- Yana qanaqa shikoyatingiz bor?
- Bazan biz bilan suhbatlashib o'tirgan joyida hushini yoqotib, o'zidan ketib qoladi, - deyishdi ular.
- Buning sababi nima? - soradim men.
Sayid aytdi:

- Men mushriklik paytimda Hubayb ibn Adiyning qatl etilishini ko'rganman. O'shanda qurayshgliklar uning jasadini nimtalay turib: <>, deyishgan edi. U esa << Xudo haqqi, men uyimda bola-chaqam bilan tinch-hotirjam bo'lib, buning evaziga Muhammadga bitta zirapcha kirishiga ham rozi emasman>>, deb javob berdi. Men shu voqeani eslasam, yordamga qodir bo'la turib, qimir etmaganim yodimga tushadi. Bu gunohimni Alloh kechirmasa kere, deb o'ylab qo'rqqanimdan xushimdan ketib qolaman.

Shunda hazrati Umar Sayid haqidagi fikirini o'zgartirmagani uchun Allohga hamd aytdi. Va barcha hojatlarini bitkazib olishi uchun uning uyiga ming dinor jo'natdi. Buni ko'rgan xotini xursand bo'lib:
- Xudoga shukrki, xalifa og'iringizni yengil qildi. Bu pulga ul-bul sotib olsangiz ham, xodim yollasangiz ham bo'ladi, - dedi.
- Men senga yahshiroq yo'lini ko'rsataymi? - so'radi Sayid. - Biz ko'proq shuni qilishga muxtojmiz.
- Nimani nazarda tutyapsiz?
- Pulning hammasini Allohga qarzga beramiz.
-Ho'p bo'ladi, Alloh sizdan rozi bo'lsin, - dedi ayol.
Ular shu yerning o'zidayoq dinorlarni, avvalgi safargiday, bir qancha hamyonga taqsimladilar-da beva-bechora, yetim-yesir, miskimu faqirlarga tarqatdilar.

* * *

O'zi muhtoj bo'lib turgan narsasini ham boshqalarga ravo ko'ruvchi Sayid ibi Omir al-Jumahiydan Alloh taolo rozi bo'lsin.

P.S: Sayid ibn al-Jumahiy haqlaridagi qissamiz o'z nihoyasiga yetdi. Endigi navbat yana bir ajoyib sahobiy qissasiga. Bu zot kimligini bilmoqchi bo'lsangiz Forumimizni kuzatib boring.

Davomi bor InshaAlloh...



- Hohlaganingizcha yashang, lekin baribir bir kun vafot etasiz,
- Istagan kishingizni yahshi ko'ring, ammo baribir bir kun undan ajralasiz,
- Hohlagan ishingizni qilavering, albatta unga MUKOFOT yoki JAZO olasiz.
Mufazzala
Sana: Dushanba, 25-Октября-2010, 04:38 | Xatlari # 7
Ism:
[Dilya]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[8]
Xulqi: +
[23] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

TUFAYL BIN AMR AD-DAVSIY

Parvardigoro, unga xayrli ishlarini amalga oshirishi uchun mo'jiza ato qil.
Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning duolari.

Tufayl ibn Amr ad-Davsiy joxiliyat davrida Dals qabilasining sardori, ko'zga ko'ringan arab zodagonlaridan, dong'i ketgan muruvatpesha zotlaridan biri edi. O'chog'ida olov o'chmas, har bir musofir uchun darvozasi ochiq turar, ochlarni to'ydirar, xafa ostidagi kishilarga homiylik qilar, yordamga muhtojlarni panohiga olardi. Buning ustiga, so'zlari sehr kabi tasir qiladigan mohir adib, shirin lafzlariyu achchiq kalomlari bilan qalblarini o'rtaydigan noziktab shoir ham edi.

* * *

Bir kuni Tufayl qavmi istiqomat qiladigan Tixoma tog'larini tark qilib, Makka sari yo'l oldi. Bu paytda Muhammad alayxissalom va Quraysh kofirligi o'rtasida mahoraba tegirmoni aylanib turar, har ikki taraf ham o'zi uchun ittifoqdosh orttirib, tarafdorlarining safini kengaytirishga intilardi.
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam olamlarni Parvardigorning yo'liga davat qilar, qurollari iymon va haqiqat edi. Quraysh kofirlari esa tish-tirnog'i bilan bu davatga qarshilik korsatishib, ming bir xil usul bilan kishilarni haq dindan to'sishardi.

Tufayl, falakning gardishi bilan, bu mojarolarga aralashib, beixtiyor uning po'rtanasiga sho'ng'ib ketdi...
U Makkaga by maqsadda kelmagandi. Muhammad alayhissalom va qurayshliklar o'rtasidagi hodisalardan ham mutlaqo bexabar edi. Shuning uchun Tufayl ibi Amr al-Davsiy unutilmas sarguzashtni boshidan kechirdi. Keling, bu g'aroyib qissaga quloq tutaylik.

Tufayl hikoya qiladi:
< -Ey Tufayl, sen mana bizning shahrimizga kelding, Anavi o'zini payg'ambar deb gumon qilayotgan kishidan ehtiyot bo'l. U bizning tinch hayotimizni g'ovg'ofa to'ldirdi, birligimizga rahna soldi, jamoatimizni sochib tashladi. Biz sening va qavmingning boshiga ham shu kunlar tushishidan qorqamiz, shuning uchun u bilan gaplashma, so'zlarga quloq solma, chunki uning kalomi sehrga o'xshaydi. Farzandni otadan, akani ukadan, xotinni eridan ayiradi.

Ular meni chuonam qo'rqitib qo'yishdiki, hatto o'sha odamga sira so'z qotmaslika, faplariga quloq solmaslika, iloji bo'lsa yaqiniga yo'lamaslikka azmu qaror qildim. Ertasiga Kabadafi bizlar ulug'lab, ibodat qiladigan sanamimizni tavof etgani ketayotganimda ham Muhammadning kalomidan birontasi eshitilib qolmasin deb, qulog'imga paxta tiqib oldim. Lekin masjidga kirib, uni bizning namozimizdan boshqacha namoz o'qiyotgan, ibodatimizdan butunlay o'zgacha ibodat qilayotgan holda ko'rganimda, meni bu manzara o'ziga asir qildi. Uning ibodatiga mahliyo bo'lib, o'zim sezmagan holda, asta-asta yurib oldiga borib qoldim...

Qulog'imga paxta tiqilgani tufayli uzuq-yuluq so'zlarnigina eshita oldim. Menimcha, aytayotgan gaplari yomon emas edi. Shunda o'zimdan o'pkalandim:
-Onang <> deb yig'lab qolsin, Tufayl. Sen shoirtabiat kishi bo'lsang, yaxshi-yomon, oq-qorani ajrata olsang, nega endi kimlarningdir yo'rig'iga yurib, odamlarning gapini eshitmasliging kerak?! Agar aytayotgan gapi yaxshi bo'lsa, qabul qilarsan, yomon bo'lsa, seni hech kim qabul qil, deb zo'rlamaydi.

Davomi bor InshaAlloh...



- Hohlaganingizcha yashang, lekin baribir bir kun vafot etasiz,
- Istagan kishingizni yahshi ko'ring, ammo baribir bir kun undan ajralasiz,
- Hohlagan ishingizni qilavering, albatta unga MUKOFOT yoki JAZO olasiz.
Mufazzala
Sana: Shanba, 30-Октября-2010, 05:24 | Xatlari # 8
Ism:
[Dilya]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[8]
Xulqi: +
[23] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Davomi...


So'ng Rasululloh sallolohu alayhi vasallam uylariga qaytguncha poylab turdim. Masjiddan chiqqach, u kishiga peshma-pesh ergashib, hovlilariga ham kirib bordim va:
-Ey Muhammad, qavming menga sen haqingda turli-tuman gaplarni gapirib, shu darajada qo'rqitib qo'yishdiki, hatto kalomingni eshitmaslik uchun qulog'imga paxta tiqib olgandim. Shuning uchun masjiddagi so'zlaringning ayrimlarigina elas-elas qulog'imga chalindi, xalos. Butunlay tushuna olmasam ham, menga yomon emasday tuyuldi. Keltirgan diningni bayon qilib ber, - dedim.

Muhammad alayhissalom menga islom dinining mohiyatini tushuntirib, <> va <> suralarini o'qib berdilar. Xudo haqqi, men umrim bino bo'lib, u kalomdan go'zalroq kalomni, islom yo'lidan to'g'riroq yo'lni ko'rmagandim.

Shunda Rasulullohning qo'llarini tutib Allohdan o'zga iloh yo'qligi va Muhammad haq payg'ambar ekanligiga guvohlik berib, islomga kirdim.
* * *
Bu voqeadan so'ng malum muddat Makkada yashab, Alloh muyassar qilguncha Quron suralarini yodladim. Qavmim huzuriga qaytish vaqti yetgach, payg'ambarimizning yonlariga kelib:
-Yo Rasululloh, men qarindosh-urug'im orasida so'zi o'tadigan kishiman. Endi uyimga qaytib, ularni islomga davat qilmoqchiman. Duo qilsangiz, shoyad bu ishda ko'mak bo'lishi uchun Alloh menga bir belgi-alomat ato qilsa,-dedim.

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam duo qildilar:
-Parvardigoro, unga alomat ato qil.
So'ng yo'lga tushdim. Qavmim istiqomat qiladigan diyorning yaqinidagi bir tepalikka yetib kelganimda peshonamda chiroq singari nur paydo bo'ldi. Men Allohga yolvordim:
-Tangrim, bu nurni yuzimdan boshqa joyga ko'chir. Qavmim uni dinlaridan voz kechganim uchun sanamlari yetkazgan uqubat deb o'ylamasin...
Nur asta-sekin qamchimning uchiga ko'chib o'tdi. Men tepalikdan tushar ekanman, qavmim unga hayratdan lol qolib boqishardi. Qishloqqa kirib kelganimda yoshi br joyga borib qolgan otam istiqbolimga chiqdi. Men dedim:

-Yaqinlashmang otajon. Endi biz bir-biriga qarshi ikki dunyoning odamlarimiz.
Otam so'radi:
-Nega undoq deysan bolam?
-Men musulmon bo'lib Muhammadning dinini qabul qildim.
-Eh, o'g'ilim sening dining meninig ham dinim-da, dedi otam.
Men otamning gaplaridan qattiq quvonib ketdim.
-Unday bo'lsa, borib g'usl qilib liboslaringizni kiyib keling. Men sizga payg'ambarimiz o'rgatgan narsalarni sharhlab beraman

Otam yuvinib, tozalanib kelgach, islomni bayon qildim. U kishi musulmon bo'ldilar.
Xotinim ham shu tariqa islomga kirdi.
-Yaqinimga yo'lama, endi biz birga yashay olmaymiz,-dedim.
Xotinim qo'rqib ketdi:
-Nega endi, ota-onam sizga fido bo'lgur?
-O'rtamizda islom devori paydo bo'ldi. Men Muhammadning diniga kirdim.
-Siz nima bo'lsangiz, men ham shu-da,-dedi xotinim.

Men unga Zu Sharo suviga borib, poklanib kelishni buyurdim. Zu Sharo - Davs qabilasi sig'inadigan butning nomi bo'lib, undan sal nariroqda tog'dan sharshara oqib tushardi.
Xotinim so'radi:
-Boshqa dinga kirganimiz uchun bolalarimiz Zu Sharoning zarar yetkazishi mumkinligidan qo'rqyapsizmi, jonim tasadduq?
-Zu Sharoing bilan qo'shmazor bo'l! - deb jerkib berdim men. -Jo'na, odamlarning ko'zidan pana joyda g'usl qilib, poklanib kel, deyapman. Anvar sen aytayotgan gungu sovuq toshing hech narsa qila olmasligiga men kafilman.
Xotinim poklanib kelib, musulmon bo'ldi.
So'ng Davs qabilasini yoppasiga islomga davat qildim. Ular bu dinga kirishdan bosh tortishdi. Faqat Abu Hurayragina sira ikkilanmay iymon keltirdi
* * *
Bu voqeadan ancha vaqt o'tgach,

Davomi bor InshaAlloh...



- Hohlaganingizcha yashang, lekin baribir bir kun vafot etasiz,
- Istagan kishingizni yahshi ko'ring, ammo baribir bir kun undan ajralasiz,
- Hohlagan ishingizni qilavering, albatta unga MUKOFOT yoki JAZO olasiz.
Dilozorim
Sana: Juma, 26-Ноября-2010, 19:45 | Xatlari # 9
Ism:
[Muslimah]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[6]
Xulqi: +
[15] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Davomi...

Bu voqeadan ancha vaqt o'tgach, Tufayl Abu Hurayra bilan birgalikda Makkaga, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam davsliklarni nazarda tutib.
-Orqangda nimani qoldirib kelding, ey Tufayl? - deb so'radilar.
Tufayl javob berdi:
-Qora g'ubor qoplagan qalblarni va ashaddiy kufrni. Davsni fisqu fijur, jurmu isyon mag'lub etdi.
Rasulullox sallollohu alayhi vasallam o'rinlaridan turib, tahorat qilib keldilar. Ikki rakat namoz o'qib, duo qilish uchun qo'llarini ko'tardilar...
Abu Hurayra aytdi:

-...Men qattiq qo'rqib ketdim. Rasululloh sallollohu alayhi vasallom qavmimni duoyibat qilsalar, ularning halokatga uchrashi muqarrar ekanligini o'ylab, achinganimdan "bechora qavmim" deb qo'ydim. Ammo u zot: "Parvardigoro, Davsni hidoyatga boshla, Davsni hidoyatga boshla, Davsni hidoyatga boshla..." dedilar, xalos.
Rasulullohu sallollohu alayhi vasallam qo'llarini tushurib, Tuaylga qaradilar.Tihomaga qaytishni va qavmdoshlarini yumshoqlik bilan islomga davat qilishni tayinladilar.

* * *

Tufaylning hikoyasi:
"Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib, Badr, Uhud va Xandaq janglari bo'lib o'tguncha Davs yurtida qavmimni qo'limdan kelgancha islomga davat qildim. Payg'ambar alayhissalomning huzurlariga kelganimda men bilan birga islomga kirib, musulmon bo'lgan sakson xonadon bor edi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam davolik musulmonlar ko'pchilik ekanini ko'rib, xursand bo'lib ketdilar va bizga ham Xaydar g'azotidan tushgan o'ljadan nasiba ajiratdilar. Biz minnatdorligimizni izhor qilib:

-Yo Rasululloh, bizni qo'shiningizning o'ng qanotiga qo'ying, shiorimiz <> bo'lsin, - dedik.
Makka fath qilinganida Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Amr ibi Hamama avlodining <> nomli butini yoqib yuborishga meni jo'natishlarini so'radim.
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Tufaylga izn berib, uni kichik qoshinga bosh qilib jo'natdilar.
Qo'shin manzilga yetib kelib mahalliy aholiga maqsadini oshkor qilgach, har tarafdan batparast yoshlaru keksalar ayollaru erkaklar yeg'ilib kelishdi.

Ular kimki Zul Kaffaynga yomonlik istab, qo'l tegizsa, shu zahoti osmondan yashin tushib, halok qilishini kutishardi va bunga qattiq ishonshardi. Tufayl esa xotirjamgina, butparastlarning ko'z o'ngida, ular <> deb topinayotgan sanam ermaklab, sher o'qidi:

Ey Zul Kaffayn, emasdurman senga banda,
Tug'ilganman sendan ko'ra ancha erta.
Kuling ko'kka sovururman men, albatta.

Olov gurillab yonib, sanam bilan birgalikda Davs qabilasida shu paytgacha mavjud bo'lgan shirk qoldiqlarini ham kuydirib tamom qildi. Davsliklarning hammasi iymon keltirib, islomga kirdilar.

Davomi bor InshaAlloh...



Hayot Islom Bilan Go'zal!
Mufazzala
Sana: Yakshanba, 26-Декабря-2010, 17:42 | Xatlari # 10
Ism:
[Dilya]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[8]
Xulqi: +
[23] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Davomi...

Tufayl ibn Amr ad-Davsiy Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning vafotlarigacha u kishining mulozimlaridan biri bo'lib qoldi. Xalifalik Abu Bakr Siddiqning qo'liga o'tganidan keyin ham joni, moli, farzandlari bilan islom xizmatida bo'ldi.
Tarixda Ridda urushi deb nom olgan, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning vafotlaridan so'ng dindan qaytib ketgan yamomalik munofiq Musaylama boshchiligidagi murtadlarga qarshi jang qilish uchun Tufayl o'g'li Amr bilan musulmonlar qo'shinining peshqadamlari safiga qo'shildi.
Lashkar Yamomaga etmasdan, yo'ldagi hordiqlarning birida Tufayl tush ko'rdi. Ertalab turib birodarlariga:
-Men bir tush ko'rdim. Kim uni ta'bir qilib beradi? -dedi.
Birodarlari qanday tush ko'rganini so'rashdi.
Tufayl dedi:
-Tushimda sochim tagidan qirilganmish Og'zimdan bir qush uchib chiqqanmish. So'ng bir ayol meni qorniga kiritib olibdi. O'g'ilim ham men bilan kirmoqchi bo'larmish-u, lekin sira kira olmas emish.
Sheriklar tushini yaxshilikka yo'yishdi.
-Ammo men boshqacha tavil qildim, -so'zida davom etdi Tufayl. -Sochimning qirilishi - boshimning kesilishi. Og'zimdan uchib chiqqan qush - jonimning tanamdan chiqib ketishi. Meni qorniga kiritib olgan ayol esa - o'limimdan so'ng o'zining bag'riga oluvchi ona-Yerdir. Men shu jangda shahid bo'laman deb umid qilaman. Ammo o'g'ilimning ketimdan ergashib yeta olmaganligi - bu jangda, inshaalloh, men erishadigan shahidlikka yetisha olmasligidir. Balki, bu menga keyinchalik nasib qilar.
* * *
Yamoma mahorabasida buyuk sahoba Tufayl ibi Amr ad-Davsiy bir tomchi qoni qolguncha olishdi Mislsiz qahramonlik namunalarini ko'rsatib, jang maydonida shahid bo'ldi. O'g'li Amr ham otasi kabi shijoat bilan jang qildi. Ko'p joyiga shikast yetdi, hatto o'ng qo'li kesib tashlandi. Shunday qilib, Amr g'alabadan so'ng otasini va qo'lini Yamomada qo'ldirib, Madihaga qaytdi.
* * *
Umar ibn Xattobning xalifalik davrida Amr ibn Tufayl u kishining qabuliga kirdi, Shu payt taom keltirildi. Hazrati Umar atrofdigilarini taomga chorladi. Amr esa bir chetda qimirlamay turaverdi.
Halifa so'radi:
- Sen nega kemayapsan? Hoynahoy, chap qo'ling bilan ovqatlanishdan xijolat bo'layotgandirsan?
Amr tasdiq ishorasini qildi.
- Xudo haqqi, sen kesilgan qo'lingni taomga urib bermaguningcha, neb bir luqma ham olmayman. Oramizda tanasining bir qismi jannatda bo'lgan kishi yolg'iz sensan, - dedi Umar rozillohu anhu.
* * *
Amirning qalbida, otasining vafotidan so'ng, shahid bo'lish orzusi yanada kuchliroq alangalandi. Hijratning o'n birinchi sanasida ro'y bargan va musulmonlarning Rum qo'shini ustidan yirik g'alabasi bilan yakunlangan Yarmuk g'azotida Amr ibn Tufayl halok bo'ldi.
* * *
Alloh taolo ota-bola shahidlarni o'z rahmatiga olsin.

Davomi bor InshaAlloh...



- Hohlaganingizcha yashang, lekin baribir bir kun vafot etasiz,
- Istagan kishingizni yahshi ko'ring, ammo baribir bir kun undan ajralasiz,
- Hohlagan ishingizni qilavering, albatta unga MUKOFOT yoki JAZO olasiz.
-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Islomiyat Tarihi-Insoniyat Tarihidir » Sahobalar Siyrati (Sahobalar Islomning yulduzlaridir!)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024