Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
Adashgan qiz qismati....
Amatullah
Sana: Payshanba, 24-Января-2008, 00:14 | Xatlari # 1
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Ona tubida cho'g' lovullab turgan issiq tandirdan qaynoq nonlarni bir-bir uzgancha, savatga tera boshladi. Hammasini uzib bo'lgach:
– Shahlo qizim! Mana non ham pishdi. Endi tezroq tayyorgarligingni ko'r. Men ungacha ovqatni suzaman. Yaxshilab ovqatlanib olmasang, yo'l uzoq, qiynalib qolasan, bo'laqol,– dedi.
Shahlo endigina o'n to'qqiz yoshni to'ldirgan edi. U hali umrida bunaqangi olis shaharga safar qilmagan, onasining bag'ridan uzoqlashmagan. Shu bois, begona yurtga bo'ladigan ilk safari uni anchagina cho'chitayotganidan, hayajon ichra yo'l tadorigini ko'ra boshladi.

Qizning otasi u o'n ikki yoshda ekanida og'ir xastalik sabab olamdan o'tgandi. Onasi to'rt farzandi bilan beva bo'lib qolgach, bolalarini mushuk bolasini tishida ko'targandek, avaylab-asrab katta qildi. Emay-edirdi, kiymay-kiydirdi. Oq yuvib, oq taradi. Kecha-yu kunduz og'ir-engil mehnat-mashaqqatlardan chekinmadi. Eng katta farzandi Shahlo bo'lib, ikki o'g'li hamda kichik qizi maktabda o'qirdi.
Shahlo o'rta maktabni a'lo baholarga tugatdi. Uning o'qishiga rozilik berishdan oldin onasi rosa o'yladi. Begona yurt, notanish odamlar. Orasida yaxshisi ham yomoni ham bor. “Yubormayman desam, otasiz o'ksik qalbi battar o'ksib qoladi. Ba'zi o'rtoqlari turli oliygohlarda o'qishyapti, qolganlari omadini sinab ko'rmoqlik uchun borishyapti. O'zi yoshligidan tikuvchilikka qiziqardi, mayli, borsa-boraqolsin. Uch oy vaqt ko'z ochib-yumguncha o'tadi-ketadi. Bahonada qizim bir hunarli bo'lib qoladi.
Onaizor bag'rida shuncha yil o'stirgan bolasi — gul-u lolasini kuzatarkan unsiz yig'ladi. Ich-ichidan bir ovoz: “Yuborma, begona yurtga yolg'iz yuborib noto'g'ri qilyapsan!..” deya faryod qildi. Lekin qalbi ichra bong urayotgan bu ovozga quloq berishga ojizlik qildi. Farzandining orzu-havasi uchun tanlagan qaroridan qaytolmadi...
Buxoro — Toshkent yo'nalishidagi avtobus o'rnidan qo'zg'alarkan, Shahlo deraza osha pastga qaradi. Yaqinlarini kuzatishga chiqqan odamlar orasidan onasini axtardi. Onaizor ma'yusgina bo'lib bir chekkada avtobusni kuzatib turar, ko'zlaridan yosh seli quyulardi. Onasining nigohlari bilan ko'zlari to'qnashganda Shahlo mayingina jilmaydi va qo'l silkib qo'ydi.
Avtobus bir me'yorda elib borarkan, haydovchi musiqani baqirtirib qo'ydi. Yo'lovchilardan kimdir uyquga ketdi, yana kimdir yonidagi hamrohi bilan gurungni avjiga chiqardi, yana kimdir hammaning asabiga tekkancha “qirs-qirs” qilib pista chaqishga tushdi.
Shahlo esa dugonasi Dilfuza bilan yonma-yon o'tirardi. Orqadagi o'rindiqni Dilfuzaning akasi o'rtog'i bilan band qilgan. Bu yigitlar Toshkentda allaqaysi oliygohda o'qishadi. Dilfuza ham akasi o'qiydigan oliygohga hujjat topshirib, baxtini sinab ko'rmoqchi. Qizlar kelajakdagi orzulari haqida o'zaro suhbatlashib ketishdi.
Avtobus Toshkentga kirib kelganda tong g'ira-shira oqarayotgandi. Yigitlar yuklarni avtobus yukxonasidan olib, taksiga ortishdi. To'g'ri Farhodning kvartirasiga kelishdi. U erda choy ichib, bir ozgina hordiq chiqarishgach, Shahlo bilan Dilfuzaning hujjatlarini topshirish uchun yo'lga chiqishdi.
— Dilfuza, sen hech Toshkentga kelganmisan?— so'radi Shahlo.
— Ha, akam onam ikkimizni bir marta olib kelgandi. Nima edi?

— O'zim shunday. Chiroyli shahar ekan-a?
— Ha, chiroyli. Lekin menga o'zimizning Buxoromiz yoqadi.
— Nega?
— Chunki, bizning odamlarimiz boshqacha. Mehr-oqibat kuchli bizda. Qishloqda birovning uyiga uzoqdan mehmon kelsa, kamida uchta qo'shni xonadon mehmonga chaqiradi. Bu erda esa, yon qo'shningni tanimaysan.
O'shanda kelganimizda bir oy turganmiz. Akam butun shaharni aylantirgan, baribir juda zerikkanman. Qishlog'imni, odamlarini o'shanda birinchi bor sog'inganimni his qilganman.
— Mening esa birinchi bor kelishim. Hali bu narsalarni his qilolmayman.
Farhod akalarcha g'amxo'rlik bilan singlisi hamda Shahloning hujjatlarini topshirtirdi. So'ng ikkalasiga kvartirasini bo'shatib berib, o'zi o'rtoqlari bilan yaqin atrofdagi boshqa kvartirada yashay boshladi.
Qizlar mamnun edi. Dilfuza kitob o'qishga boshi bilan “sho'ng'ib” ketdi. Shahlo esa, bir haftadan so'ng uch oylik tikuvchilik kursida o'qishni boshladi. U haftada ikki kun darsga borar, qolgan kunlar uyda vazifalarini bajarardi. Qizlarning bozor-o'charlarini ham Farhod olib kelardi. Ularga: “Silarning vazifalaring hozir faqat yaxshi o'qish. Boshqa hech narsani o'ylamanglar”, derdi.
Ana-mana deb, Shahloning o'qish boshlaganiga ham bir oy to'ldi. Bu orada Dilfuza imtihonlarini topshirib, natijasini kuta boshladi.
Bir kuni Shahlo o'qishga ozgina kechikib qoldi. Aksiga olib, avtobus ham ko'rinay demasdi. Shunda bir yigitning o'zidan ko'z uzmay qarab turganini payqadi. Teskari tomonga o'girilgancha, diqqat bo'lib avtobus kutarkan, ovoz eshitildi:
— Singlim, siz ham kechga qoldingizmi deyman? Qiz ortida turgan yigitga o'girilib bir qaradi-da, indamadi.
— Kechirasiz, yana boshqacha xayolga bormang. Men ham avtobus kutib, ishga kechikdim. Aksiga olib, mashinam ustaxonada edi. Shunga sizning holatingizni ko'rib, yordam berolmaganimdan xijolat bo'ldim-da.
Qiz yana hech narsa demadi.
— Biror joyda o'qiysizmi deyman?
— ...
— Nega javob bermaysiz? Yo shunchalik qo'rqinchlimanmi?
Xayriyat, Shahloning baxtiga avtobus kelib qoldi. U shosha-pisha avtobusning orqa eshigiga yugurarkan ichida o'yladi: “Voy, yaxshiyam qutildim-a!”
Qiz qo'lidagi soatiga qaradi. Dars boshlanganiga roppa-rosa o'n daqiqa bo'ldi. Hali bu avtobus qachon etib boradi!.. U shunday xayollar og'ushida ketarkan, o'zidan sal nariroqda haligi yigitning o'zidan ko'z uzmay turganini ko'rib, yuragi “shuv” etdi: “Onam aytgandilar-a, begona shaharda yaxshidan yomon ko'p bo'ladi, deb. Yomonlardan bittasi shu bo'lsa kerak!”
Avtobus o'quv markazidagi bekatda to'xtashi bilan qiz yugurib tushib oldi. So'ng oldi-ortiga qaramay, chopqillagancha binoga kirib ketdi. Kirib borganida ustozi uy vazifalarini tekshirib bo'lib, endi yangi mavzuni boshlamoqchi bo'lib turgan ekan.
Shahlo darsdan so'ng ustozining yoniga borib, avtobus kutib qolganini aytdi va kechirim so'radi. Keyin uy vazifasini topshirdi-da, yangi uy ishini takror so'rab
oldi. Ishlari bitgach, engil nafas olib, ko'chaga chiqdi.Bekatga etib keldi. Ko'zlari olazarak bo'lib atrofga qaradi. Xayriyat, hech kim yo'q ekan. Avtobus kelishi bilan unga chiqib oldi.
Qiz qo'rquv nima ekanini shunda angladi. O'zini umrida birinchi bor yolg'iz, nochor va g'aribdek his qildi. Uyga kelishi bilan bo'lgan voqeani dugonasi Dilfuzaga aytib berdi. Dilfuza:
— Yana bir marta gapirsa, Farhod akamga aytamiz,— dedi.
— Endi uchramasa kerak,— dedi Shahlo.



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
Amatullah
Sana: Payshanba, 24-Января-2008, 00:14 | Xatlari # 2
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Dugonalar birgalikda ovqat pishirishdi. So'ng Farhodning kelishini kuta boshlashdi. Eshik qo'ng'irog'i chalindi. Ikkisi baravar eshikka yugurishdi. Kelgan Farhod ekan:
— Dilfuza, tabriklayman!
— Nima bilan?
— O'qishga kirganing bilan!
— Voy, rostdanmi? — Dilfuza yugurgancha akasini quchoqlab oldi.
— Men ham tabriklayman!— jilmaydi Shahlo.
— Shahlo, sen ham hujjat topshirsang bo'larkan. Balki kirib qolarmiding?— chin dildan afsuslanayotgani bilinib turardi dugonasining.
— Yo'-o'q, men to'rt-besh yil onamdan yiroqda yurolmayman... Yolg'iz o'zlari ukalarim bilan qiynalib qoladilar...
— To'g'ri... Mayli, Xudo xohlasa, usta tikuvchi bo'lasan. Tikuvchilik ham yaxshi kasb, shunday emasmi?— uning ko'nglini ko'tarishga urindi Dilfuza.
Ertasi kun Shahlo vaqtli yo'lga tushdi. Bekatga etib kelganida esa, yana tunov kungi yigitga ro'para keldi. Yigit qizdan ko'z uzmay qarab turaverdi. Shahlo bilmaganga olib, avtobus kuta boshladi. Yigit xuddi eski tanishiga gapirayotgandek:
— Singlim, yuring mashinamda tashlab qo'yaman,— dedi.
— Rahmat, keragi yo'q! Siz ovvora bo'lmang, hozir avtobus kelib qoladi.
Avtobus to'xtashi bilan qiz turtinib-surtinib unga chiqib oldi. Gap nimada ekanidan bexabar yo'lovchilar “Nega buncha hovliqasan!” degandek yovqarash qilib qo'yishdi.
Shahlo kechagi topshiriqni a'lo bahoga bajargandi. Uning tikkan ko'ylakchasini ko'rgan ustozi: “Bu qizimizning qo'li ancha kelishib qolibdi. Ishini ko'rgan odam, usta chevar tikkan deb o'ylaydi”, dedi. Ustozidan bunday maqtov eshitgan Shahlo ko'tarinki kayfiyatda uyiga qaytarkan, bekatga qanday etib kelganini bilmay qoldi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, bekatda uni o'sha shilqim “oshig'”i kutib turardi. Bu gal u o'quv markaz binosi oldidagi bekat yaqiniga mashinasini qo'ygancha unga suyanib, nigohlari bilan qizni ta'qib etardi. Shahlo e'tibor bermaslikka urinib o'tarkan, shartta yo'lini to'sdi-da:
— Hoy qiz, yaxshilikcha mashinaga o'tiring, yo'qsa shuncha odamning ko'z o'ngida shartta qo'lingizdan tutib, o'zim o'tqizib qo'yaman!— dedi po'pisa ohanggida.
Undan bunday harakatni kutmagan qiz:
— O'zi mendan nima istaysiz? Nega yopishib oldingiz? Axir bir-birimizni tanimaymiz-ku!— deyishga jur'at qildi. Shunga yigit salgina yumshab:
— Tushunsangiz-chi, sizga hech qanday yomonlik qilish niyatim yo'q. Manzilingizga kuzatib qo'ymoqchiman xolos! — dedi.

Shahlo uning mashinasi oldiga qanday borganini, qanday o'tirganini o'ziyam bilmay qoldi. Mashina qo'zg'aldi. Qiz qattiq qo'rqib ketganidan titrayotgani bilinib turardi. Go'yo yuragining dukur-dukuri hamma yoqqa eshitilayotgandek nafasini ichiga yutgancha jimgina o'tirar, o'zini qo'lga olishga urinardi.
— Qo'rqib ketdingizmi? Kechiring, bunday qilmoqchi emasdim. Faqat o'sha sizni birinchi bor ko'rganimdan buyon halovatim yo'qoldi. Adashmasam, bu erlik emassiz-a?— dedi yigit so'zamollik qilib.
— Yo'q... Sizdan iltimos, boshqa yo'limni to'smang! Men o'qish uchun Buxorodan kelganman. O'qishim tugashi bilan qaytib ketaman. Men siz o'ylagan qizlardan emasman!..
— Ismingiz nima, hech bo'lmasa shuni ayting?
— Shahlo.
— Shahlo, men sizni sevib qoldim!
— ...
Mashina Shahlo tushishi lozim bo'lgan bekatda to'xtadi. Qiz indamasdan tushdi-da, eshikni ohista yopib, uyi tomon yo'l oldi.
Shuhrat ismli bu yigit oilali bo'lib, ikkita farzandning otasi edi. U to uylangungacha ham mingta qizga sevgi izhor qilgan, mingtasiga “Sizga uylanaman”, deya va'da bergandi. Lekin onasi tanlagan qizga uylanib, ikki farzandning otasi bo'ldi hamki, uning muhabbatga “oshno” yuragi chiroyli qizlarga talpingani-talpingan. U qizlarni o'zining shirin so'zi bilan rom qilar, mabodo buni eplay olmasa, qo'pol-qo'rsligini ishga solardi. Uning hiyla-nayranglari tuzog'idan kamdan-kam qizlar omon qolishardi. Bu gal ham o'zining razil maqsadi tomon odimlashda davom etdi.
Har kun ertalab tanish bekatda Shahloning yo'lini poylar, o'qishdan chiqqan qiz yana uni o'quv markazi yaqinidagi bekatda uchratardi. Shu-shu qishloqdan kelgan soddagina go'zal qiz uning shirin gaplari-yu, bir-biridan yolg'on va'dalariga qanday qilib aldanib qolganini o'zi ham bilmay qoldi. Bu paytda qizning o'qishi bitishiga atigi o'n-o'n besh kun vaqt qolgandi...
Shahlo yig'ladi:
— Endi men qanday qilib uyga qaytaman? Onamning ko'zlariga qanday qilib qarayman? “Odam yuboraman, to'y qilamiz”, degandingiz. Yoki bularning barchasi yolg'on va'dalaringizmidi?
— Shahlo, yana ozgina shoshmay turgin, sendan iltimos! Bittagina ishim bor, shuni bitkazib olay. Axir o'zing yaxshi bilasan, to'y qilish uchun pul kerak.
— Qachon odamlaringizni yuborasiz? Men o'qishim bitgandan keyin qololmayman. Darhol qaytishim kerak, yo'qsa onam xavotir oladilar.
— O'zim aytaman. Sen o'qishing tugashi bilan uyingga qaytaverasan. Menga manzilingni yaxshilab tushuntirsang bas, odamlarimni o'zim olib boraman. Hech narsadan xavotirlanma, hammasi yaxshi bo'ladi!
Qizning yum-yum yig'lashdan o'zga chorasi yo'q edi...
Har kuni Shahloning yo'lini poylaydigan Shuhrat borgan sari kamnamo bo'lib borardi. Qizning "Kecha nega ko'rinmadingiz?" degan savoliga “Aytdim-ku, bir zarur ishim bor, deb. Shuning ketidan yugurib yuribman”, deya osongina qutilardi.
Shahloning o'qishi tugagandan so'ng kutilmaganda Shuhrat er yutib ketgandek g'oyib bo'ldi-qoldi. Qiz nima qilishini, kimga “dod!” deyishini bilolmasdi. Imtihon topshirib, hujjati qo'liga tegdi hamki, undan darak bo'lmadi. “Uyga qaytganimdan keyin mabodo Shuhrat akaning odamlari kelmasa, nima qilaman? Rostdan ham meni laqillatkanmikan? Bo'lmasa, o'qishim bitganidan xabari bor, bir marotaba kelib xabar olmasmidi? ” degan shubha qizning ich-etini tirnay boshladi. O'ylab-o'ylab oxiri: “Uyga borib biron oy kutaman. Bordi-yu, aldagan bo'lsa, nima qilib bo'lmasin, Toshkentga qaytishim kerak!.. Onamga qanday bahona qilsam ekan?” degan xayol miyasidan chiqmay qoldi.
Uning “sarguzashtlaridan butunlay bexabar bo'lgan Difuza:
— Shahlo, ertaga uyga qaytarkansan, akam kuzatib qo'yarkan,— dedi.
Shahloni vahima bosdi. Har lahza Shuhratni kutarkan, oxirgi kunni qanday o'tkazganini bilmaydi. Tuni bilan mijja qoqmadi.
Nihoyat, safar tugab, Toshkent-Buxoro yo'nalishli avtobusda uyga qaytayotgan qiz yo'l bo'yi ming o'lib, ming tirildi. U o'zini nimalar kutayotganini o'ylasa, yuragi orqaga tortib ketardi. Bu ham kamlik qilganday, benzin hididan ko'ngli behuzur bo'lib, bora-borguncha qayt qilib ketdi...
— Ona qizim, eson-omon keldingmi! Musofir yurtda qiynalmadingmi? Kuta-kuta ko'zlarim to'rt bo'ldi. Uch oy emas, uch yildik tuyuldi menga, onaginang o'rgilsin!— qizini bag'riga bosib, tinmay gapirayotgan onaizorning ko'zlaridan yosh yomg'irdek quyulardi...
— Ona-bola uyga kirishdi. Hol-ahvol so'rasharkan qiziga termulib turgan ona:
— Shahlo, tobing yo'qmi jonim bolam? Ancha toliqqan ko'rinasan,— dedi xavotirlanib.
Nima deb javob berishini bilmay qolgan qiz:
— Yo'q, hammasi yaxshi. Faqat avtobusda bir oz qiynaldim, shundan bo'lsa kerak...— dedi onasining ko'zlariga qarayolmay.
— Qizim, tikuvchilikni yaxshi o'rganib oldingmi? O'qiganliging haqidagi hujjatniyam berishdimi? — so'radi ona qiziqsinib.
— Haligi-i... O'qish bitdi, tikuvchilikni yaxshi egalladim, faqat...
— Nima faqat?
— Hujjatimizni bir oydan so'ng berisharkan...
— Voy, shunaqami? Yana borasanmi? Yaxshisi, Dilfuza dugonang yoki akasidan iltimos qilamiz.
— Yo'-o'-o'q... Boshqa odamga berishmaydi. O'zim borishim kerak...
Shahlo sumkalaridagi narsalarni chiqararkan, hujjatlari orasida turgan “Tikuvchilik guvohnoma”sini sekingina bekitib qo'ydi. Onasini aldagani uchun o'zini kechirolmas, ich-ichida bir iztirob, alam yig'lardi... “Nega-nega unga ishondim? Qanday qilib uning tuzog'iga ilindim-a! Shunchalik ham ahmoq bo'lamanmi? Onamning, onaizorimning ko'zlariga qanday qarayman? Kim degan odam bo'ldim? Meni shu niyatlarda katta qilganmidi? Shunchalik chekkan mashaqqatlari kammidi? Nega shuni oldinroq anglamadim!..” deya o'ziga bo'lgan nafrati alangalanardi.



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
Amatullah
Sana: Payshanba, 24-Января-2008, 00:14 | Xatlari # 3
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

* * *

Shuhrat esa Toshkentning ko'chalarida mashinasi bilan u yoqdan-bu yoqqa g'izillab, o'zining yangi-yangi tuzoqlarini yosh, go'zal qizlarning yo'llariga qo'yish bilan ovvora edi.
Yo'l chekkasida turgan yigitlar unga “to'xtang” ishorasini qildi. U mashinani to'xtatdi. Yigitlardan biri:
— Aka, bizni vokzalga olib borib qo'ying,— dedi.
— O'tiringlar.
— Buxorolikmisizlar?— ularning gapirish shevalaridan taxmin qildi Shuhrat.
— Ha, uyga qaytayotgandik. Bir soatdan keyin avtobusimiz jo'naydi,— deyishdi.
Ularni aytgan erlarigacha olib borib qo'ydi. Mashinasini ortga burmoqchi bo'lib turgan Shuhratning ko'zlari nogahon tanish bir qizga tushdi. Yaxshilab qarasa, Shahlo ekan! U katta yuk sumkasi yonida birovni kutib turar, ko'zlari javdiragan ko'yi odamlar orasidan kimnidir izlardi!
Shuhrat bir lahza dovdirab qoldi. “Yaxshiyam, meni ko'rib qolmadi. O'zi undan qochib yurgandim!” deya o'yladi-da, “chizib” yubordi.
Vokzaldan ancha uzoqlashgach, engil nafas oldi: “Xayriyat, qutilganga o'xshayman! Lekin, juda chiroyli qiz edi-da!”
U shum nafsining orzu-armonlarini hisob-kitob qilarkan, loaqal bir marotaba bo'lsin, bir insonning — guldek navnihol qizning hayotini, baxtini, kelajagini barbod qilganini o'ylab ham ko'rmasdi! Shahloning orzularini armonga, nafsining qurboniga aylantirganidan vijdoni qiynalmasdi! Aksincha, Shahloning ketishi bilan bog'liq, kamgina davom etgan shahvoniy tuyg'ularining erta yakun topganidan afsus chekardi! Nafsining quliga aylangan, hayotni faqat shu jirkanchlikdan iborat deb biladigan bunday kishini inson deyishimizning o'zi balki xatodir? Inson degan muborak nomga noloyiq bunday jonzotdan odamiylik degan, vijdon degan tuyg'uni talab qilishimizning o'zi balki xatodir!
Shuhrat o'sha kuni to'yib ichdi. To'yib emas, bo'kib ichdi! Uyiga kelgach, ostonada uni kutib olgan xotinini bo'ralab so'kkancha to'g'ri yotog'i tomon yurdi. Dadasining kelganini bilib, yugurib chiqqan ikkita qorako'z farzandiga hatto qarab ham qo'ymadi. Ota mehriga tashna norasidalar qo'msagan narsalarini yana onalarining kuygan bag'ridan izlashdi!..
O'sha tunda tush ko'rdi. Tushida Shahloni ko'rdi. U tinmay yig'larmish. Faryod qilgancha Shuhratning oyoqlariga tiz cho'kibdi. Qizning yig'isi kuchaygan sari uning kulgisi qistarmish. Va qah-qah urib kula boshlabdi! Shunda Shahlo shartta o'rnidan turibdi-da: ”Ikki dunyoda rozimasman!” debdi. Boshqa bir so'z demasdan yugurib, qorong'ulikka singgib ketibdi.
Shuhrat qattiq qo'rquv bilan uyg'onib ketdi. Peshonasini muzday ter bosdi. Dag'-dag' titrar, nimadan bunchalik qo'rqayotganini fahmlayolmasdi.
Kun bo'yi lanj bo'lib yurdi. Boshi tars yorilay derdi. Bu o'sha kasofat ichkilikning oqibati edi. Mashinasida ketarkan o'zicha o'yladi: “Bugun rulga o'tirmaganim tuzukmidi? Aksiga olib, ishi ham yurishmayapti”. Shunday xayollar og'ushida ketarkan, muyulishdan qayrilgan katta yuk mashinasini ko'rmay qoldi. Jonholatda oyog'ini tormozga bosdi. Biroq, endi kech edi!..

* * *

Shahlo o'zida g'alati o'zgarishlarni seza boshladi. Birortayam hid yoqmas, sal narsaga ko'ngli aynayverardi. Avvaliga o'tib ketadi, deb o'yladi. Lekin kun o'tgan sayin bu holat kuchayib, ahvoli yomonlasha boshladi. Xayoliga kelgan fikrdan o'zi ham qo'rqib ketdi. “Bo'lishi mumkin emas!..” dedi pichirlab.
U o'zini muallaq turib qolgandek his qilar, go'yo bittagina harakat, birgina kiprik qoqishi bilan erga kelib uriladigandek, ko'zlarini katta-katta ochgancha qotib turardi.
Bir yildek uzoq tuyulgan bir oy vaqtni amallab o'tkazdi. So'ng yana “guvohnoma” bahonasida Toshkentga ravona bo'ldi. To'ppa-to'g'ri Dilfuzaning oldiga bordi. Unga bo'lib o'tgan hamma voqeani aytib berdi. Dilfuza quloqlariga ishonmadi. Faqat: “Nega oldinroq aytmading? Uni topishning biror chorasini ko'rarmidik?..” dedi afsuslanib.
Lekin endi hech qanday pushaymon foyda bermasdi. Bundan tashqari, Shuhrat degan odam qisqagina umri davomida ishlashga “ulgurgan” ulkan gunohlarining, qilmishlarining javobini berish, jazosini chekish uchun bu dunyodan safar qilganiga ham bir oydan oshgandi...
Shunday qilib, Shahlo boshini qaysi toshga urishini bilmasdan “dod!” deb qolaverdi. Kirish juda oson bo'lgan bu xato yo'ldan chiqish, hammasini unutish juda qiyin edi! U uzoq o'yladi. So'ng Toshkentda qolishga qaror qildi. Tikuvchilik hunarini ishga solib pul topadi, tinimsiz ishlaydi. Boshqa iloji yo'q, uyiga qaytolmaydi...
Dilfuzaning yordami bilan ishni boshladi. U o'zi bilan birga o'qiydigan qizlarni olib kelib Shahlo bilan tanishtirdi. Uning yaxshi chevar ekanini bildirdi. Shunday qilib, boshida bir-ikkita qizning kiyimini tikib, amallab pul topishni boshlagan Shahlo bir-ikki oy ichida buyurtmalarga “ko'milib” qoldi.
Va kun o'tgan sayin homilador ekanligiga shubhasi qolmadi...
Onasiga: “ Men ishlayapman. Bir oz ishlab, so'ng uyga qaytaman. Mendan aslo tashvishlanmang”, degan mazmunda maktub jo'natdi.
Oradan uch oy o'tgach, uyiga borib-keldi. Hech narsadan xabari bo'lmagan onaizori uni yaxshi kutib oldi. Ishlari qanday ketayotganini, qachon butunlay qaytishini so'radi. Bir-ikki joydan sovchilar kelayotganini bildirib: “Qizim, agar biror kimda ko'ngling bo'lsa, ayt. Men senga qarayman”, dedi. Onasining samimiy gaplaridan yuragi to'lib ketgan Shahlo ko'z yoshlarini ko'rsatmaslikka urindi. “Onajon, yana bir oz ishlab, hunarimni chuqurroq egallay. Toshkentga qaytganimdan so'ng usta tikuvchiga shogird tushaman. Keyin parda tikishga ham o'qimoqchiman. Qaytganimdan keyin bir gap bo'lar...” dedi.
U bu gal Toshkentda uzoqroq qolib ketdi. Vaqt-soati etib, ko'zi yoridi...
Shifokorlar chaqaloqni yo'rgaklab onasiga topshirarkan: “Mana shiringina qizchali bo'ldingiz!” deyishdi. Shahloning yig'layotganini ko'rgach esa: “Nega yig'laysiz? Hali yosh ekansiz, ko'p o'g'illaringiz bo'ladi, xafa bo'lmang! Eson-omon tug'ilganiga sevinsangiz-chi!” deya dalda berishga urinishdi.
Qordek oppoq yo'rgakda oydek bo'lib ko'ringan bu beg'ubor vujud go'yo nimalarnidir tushunayotgandek jimgina qarab yotardi. Shahlo uni bag'riga bosarkan, o'kirib yubordi. U yig'larkan, qaro kechmishi kino tasmasidek ko'z oldidan bir-bir o'tardi. U yig'larkan, mavhum kelajagi ko'z o'ngida namoyon bo'lardi!..
Qizchaga Zahro deya ism qo'ydi.
Tug'ruqxonadan chiqqach, bola bilan ish ham tikolmay qoldi. Yiqqan-tergan puli tug'ruqxona xodimlarining o'pqon cho'ntaklariga yuq ham bo'lmagandi. Shu bois qiynalsa ham tunlari ish tika boshladi. Bir qo'lida bolani ko'tarib, ikkinchi qo'li bilan ro'zg'or yumushlarini qilgan mahali onasining chekkan mashaqqatlarini his qilgandek bo'ldi. Ana shundagina onalarning, ayol zotining qadrini bildi!..
Kunlarning birida bir ayol bilan tanishib qoldi. Buxorolik ekan. U Shahloning tikkan ishlarini ko'rgach: “Men bilan ketasizmi? Mening uyimda turib, ishingizni davom ettiraverasiz. Qizlarimga hunaringiz sirlarini o'rgatasiz”, deya taklif kiritdi.
U o'ylab ko'rgach, rozi bo'ldi. Shunday qilgani ma'quldek ko'rindi. “Begona yurtda shuncha qiynalganim etar. Uning qaerida yashamay, o'zimning yurtimda bo'lganim yaxshi. Onamni, ukalarimni har-har zamon ko'rib turaman...” degan qarorga keldi.
Shunday qilib, qizchasi roppa-rosa ikki oylik bo'lganda ona yurti Buxoro tomon yo'l oldi. Yuragi hapriqardi. Ayolning uyiga joylashdi. Shunda o'z uyini, onasini, jigarlarini juda sog'inganini his qildi, ezilib yig'ladi... Lekin na iloj? G'isht qolipidan ko'chib bo'lgan. Uning bu fojeasidan xabardor bo'lgan ayol unga:
— Shahloxon, endi bolangizni kimgadir berasiz. Yo'qsa, bola bilan hech qanday ish qilolmaysiz! Ko'rib turibsiz, mening sirayam vaqtim yo'q!— dedi buyruq ohangida. Qiz uning gaplaridan boshiga zarba egandek bir zum dovdirab qoldi. U arosatda qolganini his qildi.
Bu adolatsizlik edi! Chunki, ayol Toshkentda bunaqa shart qo'ymagandi. Yo'q-yo'q bu zulm edi! Endigina ikki oylik, ya'ni oltmish kunlik bo'lgan, hali ona hidiga, sutiga va mehriga to'ymagan norasida go'dakni onasining bag'ridan ayirishni ayting, yana qanday baholash mumkin?!
To'g'ri, barchasi uchun Shahlo aybdor-gunohkor. Lekin go'dakning aybi nima?!
Shunday qilib, Shahlo qizchasiga enaga izlay boshladi.



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
Amatullah
Sana: Payshanba, 24-Января-2008, 00:15 | Xatlari # 4
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

* * *

Muhabbat opa o'zlari yashaydigan ko'p qavatli uy oldini qo'shnilari bilan birga tozalashayotgan edi. Ularning oldiga qo'lida chaqaloq ko'tarib olgan yoshgina bir qiz kelib salom berdi.
— Vaalaykum assalom, qizim yaxshimisiz? — dedi Muhabbat opa.
Qiz nimadir demoqchi bo'lib og'iz juftlab turar, lekin tili aylanmasdi. Nihoyat u duduqlangancha:
— K-kechirasiz, m-men bolamga enaga izlayotgandim...— deya oldi.
— Qizim, go'dak hali juda kichkina-ku, o'zingiz qaraganingiz yaxshi emasmi? Yoki talabamisiz?— qizginaga achinib so'radi Muhabbat opa.
— Yo'q... Talaba emasman, tikuvchiman. Bola bilan ishlayolmayapman...
— Ozgina katta qilib, keyin ishlay qolmaysizmi? Hech bo'lmasa bir yosh qiling. Chunki, unga onasining mehrini hech kim berolmaydi, — gapga aralashdi qo'shni ayollardan biri.
— Ishlamasam bo'lmaydi...— qizning ko'zlari namlandi.
Bir ko'zlarida yosh qalqib turgan qizga, bir onasining qo'ynida hech narsadan bexabar pishillabgina uxlab yotgan chaqaloqqa qararkan, Muhabbat opaning ko'ngli buzilib ketdi. Go'dakka nisbatan mehri tovlanib:
— Men uyimdagilar bilan maslahat qilib ko'ray-chi. Agar bir-ikki oyga bo'lsa, balki qarab berarman,— dedi.
— Qachon kelay?— so'radi Shahlo.
— Ertaga keling,— jilmaydi ayol.
Shahlo ular bilan xayrlashib, ortiga qaytdi. Uning ortidan qarab qolgan ayollar bir-birlariga “tushunmadim” degandek elka qisib qo'yishdi.
Muhabbat opaning yuragi hapriqar, nega bunaqa holatga tushib qolganini o'zi ham anglayolmasdi. Go'dakni bir ko'rgandayoq yuragi “jiz” etgandi.
Hamma yoqni saranjom-sarishta qilib, kechki ovqatni tayyorlab qo'ygan ayol erining ishdan qaytishini betoqatlik bilan kuta boshladi. Eshik qo'ng'irog'i jiringlashi bilan bolalaridan oldin yugurib borib ochgancha “Yaxshi keldingizmi?” deya erini qarshi oldi.
Dasturxon tuzadi. Oila a'zolari jam bo'lib ovqatlanishdi. So'ngra xontaxta atrofida shirin suhbat qilib o'tirisharkan, Muhabbat opa gapni nimadan boshlashni bilmay qiynalardi. Axiyri turmush o'rtog'iga bugungi voqeani so'zlab berdi. So'zini yakunlarkan:
— Dadajonisi, negadir o'sha go'dakka qaragim kelib ketdi. Bilmadim, juvonning ko'zlarida qandaydir dard borga o'xshab tuyuldi. Shundanmi, unga yuragim achishib ketdi. Mayli, savob bo'larmidi?..—dedi mo'ltirabgina.
— Qiynalib qolmaysanmi?
— Biron oy qarab ko'ray-chi...
— Shuni xohlayotgan bo'lsang, o'zing bilasan.
Eridan bu javobni kutmagan Muhabbat opa quvonib ketdi. Endi tong otishini, mehri tushib qolgan o'sha chaqaloqni ko'rishni intizorlik bilan kuta boshladi. Birdan xayoliga "Kelmay qolishsa-ya, boshqa birovni topgan bo'lsa-chi?" degan fikr keldi. Shunday xayollar bilan ko'zi ilindi.
Ertalab vaqtli turib, erini ishga kuzatdi. Bolalarini o'qishga jo'natdi. So'ngra yuragi dukurlagancha kichik uyidagi narsalarni chiqarib, chaqaloq uchun joy tayyorlay boshladi. Ishini yakunlagach, "Endi ko'chaga chiqib turayin, yana qizgina uyimni topolmay qaytib ketmasin. Axir kecha shoshganidan eshigimni so'rashni unutibdi-ku!" degancha pastga tushdi. Yarim soatlar chamasi vaqt o'tgach, uzoqdan qo'lida bola ko'targan ayol ko'rindi. Bu aniq kechagi juvon edi!
Muhabbat opaning yuragi yana hapqira boshladi. Shahlo kechagi ayolni tanib salom berdi:
— Assalomu alaykum opa! Yaxshimisiz?
— Vaalaykum assalom, qizim! ¤zingizning ahvolingiz yaxshimi?
— Rahmat... Nima bo'ldi, uyingizdagilar bilan maslahatlashdingizmi?— so'radi Shahlo ko'zlarini javdiratib.

— Ha, so'radim. Turmush o'rtog'im rozi bo'ldilar.
Ayolning bu javobidan xursand bo'lib ketgan Shahlo:
— Men sizni albatta rozi qilaman! O'ar oy oltmish ming so'm beraman. Faqat... faqat qizimga yaxshi qarasangiz bo'lgani!..
— Siz uni emizasizmi?
— Yo'q, qo'shimcha ovqatga o'rgatganman.
— Voy esizgina-ey!.. Shundoq kichkina go'dak halitdan qo'shimcha ovqat esa-ya! Axir hozir uning uchun eng zarur va foydali ovqat sutingiz-ku? Ko'krakdan ajratmaganingiz tuzuk edi. Ona sutini to'liq ikki yoshgacha emgan bola jisman ham ruhan ham soQlom bo'ladi,— shunday deya go'dakni qo'liga olgan Muhabbat opa achinish bilan baG'riga bosdi. Chaqaloq mittigina oG'zini ochib, ko'krak izlardi...
Shahlo bir so'z demay ko'zlarida yosh aylangancha, begona ayol quchoG'idan joy olgan go'dagiga termulib turardi...
— Kechki payt olib ketasizmi?
— Yo'q, har ikki-uch kunda xabar olib turaman...
— Nima? Uni hali kecha-yu kunduz qoldirmoqchimisiz?
— Sizdan iltimos...
— Meni to'g'ri tushuning, singlim. O'zimni emas, bolangizni o'ylayapman. Hali, sutingizdan— nasibasidan ayrilgani etmaganday, go'dak sho'rlikni mehringizdan ham ayirmoqchimisiz?!
—...
— Voy, yoshlar-ey! Nega bular faqat o'zini o'ylarkin-a!
— Mana bu sumkada kerakli narsalari bor. Mayli, men ketdim...
— Shoshmang, ismini aytmadingiz-ku?
— Ha, esim qursin. Ismi... ismi Zahro...
— O'zingizniki-chi?
— Meniki... Shahlo... Xayr bo'lmasa.
— Xayr. O'a aytganday, meniki Muhabbat!

Shahlo ortiga qayrilmay ketib borar, yo'l qo'ygan bitta qo'pol xatosi sabab hayoti ostin-ustun bo'lib ketganidan, nadomat yoshlarini yo'lma-yo'l to'kib borardi...

Muhabbat opa go'yo xazina topib olgandek, sevinchi ichiga siQmasdan bolani mahkam baQriga bosib oldi. Uyiga kirishi bilan bolani o'zi tayyorlab qo'ygan belanchakka yotqizdi-yu, eng avval ishni isiriq tutatishdan boshladi. So'ngra bolani ovqatlantirdi, tagligini alishtirib, ho'l bo'lganini darrov yuvib qo'ydi.
Chaqaloqni qo'liga olib, unga yaxshilab qararkan: "Ko'z tegmasin-a, shunaqayam shirin bo'ladimi?" dedi. So'ng: "Onasining boshiga tushgan qanday tashvish go'dakning eng shirin paytida, eng parvarishtalab ekanida bunday ulkan mas'uliyatdan kechishga majbur qilgan ekan? Unga Qirt begona bo'la turib, mening mehrim tushib qoldi-ku!.." deya o'yladi.
Muhabbat opa kecha-yu kunduz go'dakka parvona bo'ldi-qoldi. Lekin uch kun o'tdi hamki, Shahlodan darak bo'lmadi. Bundan ayol xavotirlana boshladi. Eriga nima deyishini bilmay qiynalardi. Roppa-rosa bir hafta bo'lganda Shahlo yana keldi. Bolasini mahkam baQriga bosib olgan, elkalari silkinar, lekin ovozi chiqmasdi...
So'ngra Muhabbat opa bilan bir oz suhbatlashib o'tirdi. Sumkasidan bir taxlam pul chiqarib berdi-da:
— Mana oltmish ming. Bu esa bolaning ovqati. Mayli opa, endi men qaytay...
— Qachon kelasiz?
— Bilmadim, imkoniyatimga qarayman...

* * *

Muhabbat opa kun o'tgan sayin go'dakka qattiqroq boQlanib qolayotganini his qilardi. Alla aytib bolani uxlatgach, uning kiyimlarini yuvarkan, eshik qo'nQiroQi bosildi.
— Hozir,— ovoz berdi ayol. Borib ochdi, ostonada qaynonasi Muattar xola turardi.
— Assalomu alaykum, xush kelibsiz!— shosha-pisha qo'lidagi sovun ko'piklarini sochiqqa artgancha orqaga tisarildi.
— Vaalaykum assalom, yaxshi o'tiribsizlarmi?— deya kelini bilan quchoqlashib ko'rishdi qaynona.
Muhabbat opa darhol dasturxon yozdi, choy damladi. ¤tirib duo qilishgach, kelini bilan hol-ahvol so'rashayotgan qaynona chaqaloq yiQisini eshitib:
— Voy, mehmoningiz bormidi?— dedi ajablangancha.
Muhabbat opa qaynonasiga bo'lgan voqeani yotiQi bilan tushuntirdi. Tabiatan bolajon bo'lgan Muattar xola go'dakni ko'rishga shoshildi. qaynona-kelin biri qo'yib ikkinchisi uyqudan uyg'onib yig'layotgan go'dakni erkalay boshlashdi.

— Onasi tez-tez kelib turibdimi?
— Bir hafta o'tkazib keldi...
— Voy-ey, bola ichikib qolmasmikin? Mayli, yaxshilab qarang, savobi sizniki,— chaqaloqni bag'riga bosgancha jilmaydi qaynona.
Bir hafta-o'n kun ichida bu oiladagilarning barchasi yangi mehmonga o'rganib qolishdi. Shundoq ham nabiralaridan tez-tez xabar olib turadigan Muattar xolaning bir oyoQi o'Qlining uyida bo'lib qoldi. Lekin o'n besh-yigirma kun o'tdi hamki, Shahlodan darak bo'lmadi.
Bu gal roppa-rosa bir oy o'tkazib kelgan Shahloni ko'rganda Muhabbat opa o'zini to'xtatolmadi:
— Singlim, axir bolangiz-ku! Nahotki sog'inmagan bo'lsangiz? Nega bunday uzoq vaqt yo'q bo'lib ketdingiz? Menga to'g'risini ayting, qanday dardingiz bor?
Noiloj qolgan Shahlo boshidan o'tkazganlarini birma-bir aytib berishga majbur bo'ldi. Uning hikoyasini tinglarkan, Muhabbat opa quloqlariga ishongisi kelmasdi. Shahlo ko'z yoshlarini artib:
— Mana endi mening hayotimdan, sirimdan voqif bo'ldingiz... Boshi berk ko'chaga kirib qolganman. Faqat bir narsadan, qizim sizdek pokiza, mehribon ayolning qo'lida ekanidan mamnunman...— dedi.
Eshikdan chiqarkan, qizchasining yuzidan o'pdi. Ko'zlaridan yumalagan bir tomchi yosh go'dakning yuziga tushdi.
Ochiq qolgan eshikdan qarab qolgan Muhabbat opa o'zini qo'lga ololmay bir muddat turib qoldi.
Oradan roppa-rosa bir yil o'tdi. Shu o'tgan vaqt ichida Shahlo bir marta ham kelmadi. Muhabbat opa tun demay, kun demay mehr bilan Zahroni parvarish qildi, hech narsani ayamadi. Talaba o'Qlidan, qizlaridan orttirib, go'dakni hech narsadan kam qilmasdan ulQaytirdi.
Qizcha atak-chechak qilib yura boshladi. U shu qadar chiroyli ediki, bir bor ko'rgan kishi "Buncha shirin bo'lmasa!" deyishdan o'zini to'xtatolmasdi. Zahroni Muhabbat opa qanchalik yaxshi ko'rsa, qaynonasi Muattar xola ham mehrini darig' tutmasdan erkalardi. U ushbu oilaning a'zosiga aylanganidan, Muhabbat opaning turmush o'rtog'i ishdan qaytishi bilan: "Mening asal qizalog'im qani?" deya so'rar, ko'tarib olgancha uzoq vaqt u bilan o'ynardi.
Zahroning tili chiqib, kichik-kichik so'zlarni gapira boshladi. Uning birinchi bo'lib aytgan so'zi "Nana" bo'ldi. Buxoro shevasidagi bu so'zning ma'nosi "Ona" bo'lib, qizcha Muhabbat opaga nisbatan qo'llayotgandi bu so'zni!
Uning og'zidan bu so'zni ilk bor eshitgan Muhabbat opaning qalbi larzaga keldi. Ko'z yoshlarini to'xtata olmadi... Bu bir yil chekkan zahmatlarining, tunlar bedor aytgan "Alla"larining mevasi, mukofoti edi! Bu odamlar qalbidan keyingi paytlarda yo'qolib borayotgan mehr nomli oqibat nomli ulug' tushunchaning mittigina bir go'dak yuragidan panoh topganidan darak edi!..
Nabiralarini, ular qatorida Zahroni teppa-teng sog'ingan Muattar xola dam olish kuni o'g'lining uyiga yo'l oldi. Muhabbat opa do'konga chiqib ketgan ekan. Nabiralari darhol buvisiga choy damlashga kirishishdi. Shu payt eshikdan kimdir keldi. Borib eshikni ochgan Muattar xolaning qarshisida bir yoshgina juvon turardi.
— Assalomu alaykum...
— Vaalaykum assalom! Keling, xizmat?— dedi.
— Menga Muhabbat opa kerak edi...
— Keling, ichkariga kirib turing, hozir kelib qoladi. Do'konga chiqqan ekan,— deya xola Shahloni uyiga taklif qildi.
— Siz Zahroning onasisiz-a?— so'radi Muattar xola.
— Ha...— notanish ayolning uni qanday qilib taniganidan hayron bo'lib javob berdi Shahlo.
—“Bu qayoqdan bilarkan, axir meni birinchi bor ko'rib turgan bo'lsa”, deb o'yladingizmi? Men Muhabbatxonning qaynonasi bo'laman. Sizni bir ko'rishdayoq Zahroning onasi ekaningizni ichki bir tuyg'u bilan sezdim.
Tinchlikmi qizim? Nega shuncha vaqt yo'q bo'lib ketdingiz? Qanday qilib, o'z bolangizni birovning uyiga tashlab qo'yasiz? Bir yil-a! Go'dakning ichikishini, unga ona mehri kerakligini nahot o'ylamagan bo'lsangiz? Xafa bo'lmang-u, toshbag'ir ekansiz!
Shahlo boshini eggancha indamay turardi.— Qizingiz ham sizning hidingizni allaqachon unutib yuborgan bo'lsa kerak. Kelinimga ming rahmat! Qancha savob olsa-oldi. Siz ona bo'lib berolmagan mehrni, parvarishni begona bo'la turib, u berdi bolangizga! Sizning xatoingiz jabrini nega endi norasida go'dak tortishi kerak ekan? Boshida qadamingizni o'ylab bosishingiz lozim edi!
Eshikdan qo'lida Zahroni ko'targancha Muhabbat opa kirib keldi. Ko'zlari Shahloga tushishi bilan, yuzida g'azab, nafrat ifodasi zohir bo'ldi. Shunday bo'lsa ham, Shahloning mehmon ekanini o'ylab o'zini qo'lga oldi.
Shahlo o'rnidan turib ayolning qo'llaridagi qizaloqqa qaragancha hayratlanib turardi. “Nahotki shu mening bolam bo'lsa? Kap-katta bo'lib qolibdi-ya!..” degan o'y kechardi ko'nglidan. So'ng sal o'ziga kelib, Muhabbat opaga salom berishniyam unutganini esladi:
— Assalomu alaykum...— dedi va ko'zlaridan quyilayotgan yoshni artib, qo'llarini Zahro tomonga uzatdi. Qizcha yig'lab o'z onasidan qocharkan, “Nana!” degancha Muhabbat opaning pinjiga berkindi. Shahlo adoyi tamom bo'lgandi...



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
Amatullah
Sana: Payshanba, 24-Января-2008, 00:16 | Xatlari # 5
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

* * *

— Endi nima qilmoqchisiz?— so'radi Muattar xola.
— Bilmadim...
— Siz bilmasangiz, nima qilish kerakligini men bilaman. Sizga farzand kerak bo'lmasa, bolaga ona kerak! Bir yilda bir marta kelib, atigi bir soat-yarim soatgina qolishingiz bilan onalik burchingizni bajargan bo'lmaysiz!
Kelinimning sabriga, bardoshiga qoyil qoldim. O'z tuqqan bolalarini qanday boqqan bo'lsa, xuddi shunday mehr bilan, ardoqlab qaradi qizingizga. Tag'inam, norasidaning baxti bor ekan, uni shunday ayolga duch qilgan Xudoyimga ming shukr!
Bu yog'iga ham uning yarim ko'nglini o'ksitmasligiga ishonaman. Negaki, Muhabbatning qalbida imoni bor. U Allohdan qo'rqadi! Etimning, ko'ngli siniq bolaning boshini silagan kishiga jannat eshiklari ochiladi. U mana shuni biladi. Yo'qsa, o'z bolalarining og'zidan yulib, begonaning bolasi og'ziga tutmagan bo'lardi!
Shartim shuki, qizingizni olib ketib, boshqa birovga bermasdan o'zingiz katta qilasiz! Yoki xat qilib, kelinimga berasiz. Onalik huquqidan voz kechasiz. Zahroga barchamizning mehrimiz tushib bo'lgan. Endi u — bizning qizimiz! Muhabbatning qizi! Mana shu ikki yo'ldan birini tanlang! Yaxshilab o'ylab ko'ring, negaki, bu sizning oxirgi imkoniyatingiz!..— dedi.
Shahlo uzoq yig'ladi. Uni shu damda nima yig'latayotganini Yaratgandan O'zga bilmasdi. Boshida yo'l qo'ygan xatosi uchunmi, xazon bo'lgan umri uchunmi, yo'qsa jigarporasidan manguga ayrilayotgani uchunmi?..
Shahlo Zahroni Muhabbat opaga qiz qilib berishga, onalik huquqidan voz kechishga rozi bo'ldi... O'sha kuni borib, sudga ariza berishdi.
Sud bo'ladigan kun erta saharlab uyg'onishgan Muattar xola bilan kelini Muhabbat opa hozirlik ko'ra boshlashdi. Hozir Shahlo kelishi kerak. Bir soatdan keyin sud boshlanadi. Muhabbat opa bilan turmush o'rtog'i hamda Shahlo sudga ketishadi. Muattar opa Zahroga qarab, uyda qoladi.
Eshikdan ovoz keldi. Kelgan Shahlo ekan. U ichkariga kirdi va qizi bilan so'nggi bor ko'rishish va bir paytda vidolashish uchun quchog'ini ochdi. Shu paytgacha o'z onasidan yotsirab qochgancha Muhabbat opaning bag'riga berkinadigan Zahroning harakatlari hammani hayratga soldi:
Qizcha talpinib, onasining bag'riga o'zini otdi! Undan buni kutmagan Shahlo bir lahza dovdirab qoldi-da, so'ng mahkam bag'riga bosdi. Qizcha ikkala qo'li bilan Shahloni mahkam quchoqlarkan, boshini onasining ko'ksiga qo'ydi... Shahlo sel bo'lib yig'lardi.
Bu manzarani ko'rishga uncha-muncha odam toqat qilolmasdi!..
— Yarim soatdan so'ng sud boshlanadi, kechikyapmiz,— dedi Muhabbat opaga turmush o'rtog'i.
Yig'idan ko'zlari qizargan Muattar xola Zahroni ko'tarib olmoqchi bo'ldi. Shunda qizcha Shahloning yoqasidan mahkam ushlab oldi. Qanday sir-sinoatki, uning yoqasini endigina bir yoshu uch oylik bo'lgan go'dakning nozik qo'lchalari orasidan ajratishning aslo imkoni yo'q edi!.. Unga Ilohdan bir kuch etgandek, onasining yoqasini mahkam changallab turardi!
Bir amallab uning qo'llarini ajratib olishgach, faryod urib yig'lay boshladi. Bu faryodga, bu go'dak nolasiga chidamoq, toqat qilmoq mushkul edi! Hamma hayratdan qotib qolgan, nima qilishlarini bilmay lol turishardi. Uning jajjigina yurakchasi, o'ksikkina qalbi nimanidir sezgan, qandaydir dahshatni his qilgan edi!
Muattar xolaning bo'g'ziga achchiq bir narsa tiqilib qoldi. U Shahloga achinish bilan qaragancha:
— Bu dunyoda yoqangizdan shunday ushlasa, qiyomatda qanday tutarkan?!.— dedi-yu, ko'zlaridan duv-duv yosh to'kib, qizchani bag'riga bosgancha ichkariga kirib ketdi.
Uy eshigi yopilishi bilan qizcha “qo'yvor!” degandek Muattar xolaning qo'ynidan
yulqinib chiqishga harakat qildi. Uning ahvolini ko'rib, shundoq ham ezilgan ayol Zahroni qiynamaslik uchun qo'yib yubordi. U o'zini u yoqdan-bu yoqqa otar, boshi bir necha bor devorga urilib ketganiga ham parvo qilmas, “oh!” chekib charx urardi...
Uni qanday tinchlantirishni, qanday qilib ovuntirishni bilolmay yuragi o'rtangan ayol har bir harakatini ming hayrat bilan kuzatib turardi. Unga taskin berish uchun qilgan barcha harakatlari behuda edi...
Nihoyat u tinchib qoldi. Bag'rini erga bergancha jimgina yotardi!.. Xavotirlanib tepasiga yugurib borgan ayol uning og'ir-og'ir nafas olayotganini ko'rdi. Darhol qo'lini qizchaning peshonasiga qo'ydi— harorati ko'tarilmagandi. So'ngra egilib uni o'pmoqchi bo'ldi. Shunda qizning qaynoq nafasi ayolning yuziga urildi. Bu dahshat edi— go'dakning yuragi kuyayotgandi!..
Ayol soatga qaradi. Soat millari roppa-rosa o'n birni ko'rsatib turardi. Sud boshlanganiga bir soat bo'libdi. “Hozir uning onasi nima qilayotgan ekan?” Muattar xolaning aqliga daf'atan shu o'y keldi. U bolani sekingina erdan ko'tarib oldi va bag'riga bosdi.
Yarim soatlar chamasi vaqt o'tgach, o'g'li bilan kelini kirib kelishdi. Qo'llarida ota-onaliklari rasmiylashtirilgan hujjat bor edi...
Hech kim gapirishga jur'at qilolmas, hammalari qizchaning sarg'aygan ranggiga jimgina termulib o'tirishardi. U esa qadariga ko'ngandek tinchgina yotar, faqat ko'zlarida qalblarni larzaga soladigan bir mung bor edi!..

* * *

Ertasi kun Muattar xola kelinidan sekingina so'radi:
— Kecha sud qanday o'tdi? Shahlo onalik huquqini talab qilmadimi?
— Yo'q, o'zi rozi bo'ldi. Sud hakamining “Nega bolangizni olishdan bosh tortyapsiz?” degan savoliga “Uni o'zimda olib qololmayman. Buning iloji yo'q...” deb javob berdi.
Hamma narsa rasmiylashtirilgandan keyin, soat roppa-rosa o'n birda onalik huquqidan mahrum qilinganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi. Shu bilan sud tugadi...
— Nima? Qachon imzo chekdi dedingiz?
— Soat roppa-rosa o'n bir edi. Chunki hujjatga vaqti ham yozilarkan. O'n bir deyishgani esimda qoldi.
Muattar xolaning ko'z o'ngiga Zahroning kecha soat o'n birdagi holati keldi. Bu sir-sinoat qarshisida lol-hayron qoldi! Bu ta'riflarga sig'mas hol edi! Nahot, nahot bu go'dak o'z jigarbandini ikki oyligida tashlab ketib, bir yillab undan xabar olmagan, norasidani ko'krak sutidek bebaho nasibasidan, mehridan mahrum qilgan onaga shunchalar talpinsa!
Tangrim, mo''jizang bilan shu jajji go'dakning mo''jazgina yuragiga tog'day ulkan oqibatni, qo'pmas mehr rishtasini joylagan ekansan!..

* * *

O'quvchim! Men qalamga olgan ushbu hikoya shu kecha-kunduzda sodir bo'lgan hayotiy voqea bo'lib, uni Muattar xolaning og'zidan tinglarkanman, o'zimni yig'idan to'xtatolmadim...
Qanot boylab Buxoroga uchgim, Zahroni bir bor ko'rib bag'rimga bosgim, ko'zlaridan o'pgim keldi!..
Hikoyamni o'qigan har bir muxlisimdan, ayniqsa, yosh yigit-qizlardan yagona iltimosim, yo'q-yo'q o'tinchim: Aslo va aslo adashmang! O'tkinchi nafs xohishini deb, o'zgalarning bahorini kuzga aylantirmang!
Birovni gunohga boshlayotgan mahalingiz shuni unutmangki, sizning ham Onangiz, opangiz, singlingiz, qizingiz bor! Siz yo'ldan urmoqchi, umrini xazon qilmoqchi bo'lgan inson ham kimningdir opasi, singlisi yoxud qizidir! Siz insonsiz, sizga nafsning emas aqlning buyrug'ini tinglash, unga ergashish yarashadi!
Xudodan qo'rqing, yo'qsa, Zahrodek norasidalarning uvoliga qolasiz!..
Siz azizlarning hukmingizga faqat hayotning og'riqli nuqtalaridan lavhalar olib taqdim qilishni shior qilgan opangiz:

GULBAHOR ABDULLLOH qizi.


Muslimaat.uz saytidan olindi!



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
SARDORMIRZO
Sana: Seshanba, 05-Февраля-2008, 01:02 | Xatlari # 6
Ism:
[Администратор]
Maqomi:
[Portal Administrator]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1185]
Xulqi: +
[90] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Solihabonu, Mana bu saytga kirsangiz http://www.ismanov.com/ shu yerda "Cyr-Lat Conv." degan saxifa mavjud, o'sha yerdan kiril hariflarni lotinchaga o'girib joylasangiz ko'pchilik chet ellarda ularga o'qishlik onson bo'ladi.



Amatullah
Sana: Seshanba, 05-Февраля-2008, 19:04 | Xatlari # 7
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

SardorMirzo, yahshi



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
Bekorchi
Sana: Juma, 22-Февраля-2008, 01:25 | Xatlari # 8
Ism:
[G'irt Bekorchi]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[483]
Xulqi: +
[31] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

rahmat katttakon. manabu bishqa gap lotincha ekan

Cryboy
Sana: Seshanba, 15-Января-2013, 17:57 | Xatlari # 9
Ism:
[Oshiq yigit]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[56]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

:v :D 34f 0:) 14n :( :Q smaylD wink :p :) 20 05 0b 2b 30 33 37 39 57 6b 6b 7 71 achosh angry2 bb blind blink blink bolakay bye cool crazy cry default dostlik1 ec2 flirt girl_in_love gul gul gul2 haha happy loony love love2 mad momanson opish newrus party qoch qor sevgii shok smaylchhik smile qor qoch smile smaylchhik surprised uyqu vernus wacko yahoo yigloqiqiz 0:) 20 14n 20 :( :) :D :Q :p :v smaylD wink



Allohu Akbar

Izox O'zgartirildi Cryboy - Seshanba, 15-Января-2013, 18:02
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024