Bolam pora-pora bo'ldi. Men Islomdan habarsiz oilani qizi edim.Shu atrofadagi qishgloqda o'sdim.Bir kun ovqat pishirdim. Yo'qligimda mushuk bolasi ovqatni yeb, qolganini yerga to'kibdi. Qattiq asbiylashganimdan jahl ustida mushuk bolasini yerga urib abjag'ini chiqarib tashladim. Buni qanday qildim? Shu qadar rahmsiz jonmanmi? Inson ovqatni deb, bir bechora jonni nobud qiladimi?Islomni bilmaguncha inson inson emas, vahshiy bo'lar ekan.Men Islomni bilmaganim, Allohni tanimaganim uchun shunday shafqatsiz ish qilib qo'ydim. Ko'p o'tmay turmushga chiqdim. O'zimni bahtli sanardim. Bir o'g'il ko'rib, uyimiz yanada obod bo'ldi. O'g'limni juda sevar, yeru-ko'kka ishonmas, asrab avaylardim. Sekin sekin ulg'ayib to'qqizga qadam qo'ydi. Lekin bungacha unga hech narsa o'rgatolmagandim. O'zim Islomni bilmasam, o'g'limga nima ham o'rgatardim.Hech bo'lmaganda Payg'ambarimiz s.a.v. ismlarini o'rgatsam bo'lmasmidi?Bolam eshakka minishni yahshi ko'rardi. Biz uyda yo'q paytimizda eshak bilan o'ynash uchun ipning bir uchini eshakning beliga, bir uchini o'zini beliga bog'lagan.Qishloq kuchuklari kelib hurgach, eshak jon-jahdi bilan yugurgan va o'g'limni sudrab ketgan... Oh o'g'lim! Pora - pora bo'lgan bolam! Har bo'lagini har yerdan terib to'pladik.O'shanda lop etib mushuk bolasi ko'z oldimga keldi. Shunda hayvoniy, balki hayvondan ham past ish qilib qo'yganimni angladim.Rabbimdab avf so'rab, namoz o'qiy boshladim.U mushuk bolasini qasosini mendan olgandi. Zolim Alloh huzurida azoblanadi. Buni Islomni o'rgangach angladim.Sizdan o'tinchim, hech bir hayvon, hech bir insonga azob bermang, zilm etmang! Chunki Alloh mazlum tomonda bo'lar ekan.Men buni guvohi bo'ldim.Men vijdon azobida yashayapman. Bu azoblarning og'iri va dardlisidir.Qachonki mushukcha ko'rsam, men o'ldirgan mushuk bolasi va jondan suygan bolamni eslayman.Ko'z yoshlarimni tutib turolmayman...