Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
Hadis VA Rivoyatlar.
Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:44 | Xatlari # 46
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

To‘rtinchi hadis.
Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz onasi qornida ekanida qirq kun maniy holatida xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra quyuq qon bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra parcha go‘sht bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra farishta yuborilib, unga ruh puflaydi. Va to‘rt kalima, ya’ni rizqi, ajali, amali, baxtli yoki baxtsizligini yozish buyuriladi. Undan boshqa iloh yo‘q bo‘lgan Zot ila qasamki, sizlardan biringiz jannat ahlining amalini qiladi. Hattoki, u bilan jannat orasida bir gaz (o‘lchov) qoladi. Bas, uning o‘sha yozilgan kitobi ilgarilaydi-da, u do‘zax ahlining amalini qilib, do‘zaxga kirib ketadi. Sizlardan biringiz do‘zax ahlining amalini qiladi-da, hattoki u bilan do‘zax orasida bir gaz qoladi. Bas, uning kitobi ilgarilaydi-da, u jannat ahli amalini qilib, jannatga kirib ketadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:44 | Xatlari # 47
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Beshinchi hadis.
Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shubhali narsani shubhasiziga qo‘y», dedilar. (Ya’ni, shubhali narsani tark qilib, shubhasiz narsani ol.) Termiziy va Nasaiy rivoyatlari.

Oltinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Befoyda so‘zlarni tark qilish kishining Islomi chiroyligidan (dalolat)dir», dedilar. Imom Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.

Yettinchi hadis.
Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi ko‘rmaguncha haqiqiy mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:45 | Xatlari # 48
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Sakkizinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo marhamatlidir. Faqat marhamatli bo‘lganni qabul qiladi. Alloh taolo yuborgan payg‘ambarlariga buyurgan narsalarini mo‘minlarga ham buyuradi. Bu haqda Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qilgan: «(Yuborgan barcha payg‘ambarlarimizga shunday dedik): «Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar! Albatta Men qilayotgan amallaringizni bilguvchidirman» (Mo‘‘minun surasi, 51-oyat),«Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz - pokiza narsalardan yenglar» (Baqara surasi, 172-oyat). Bir kishi safarda uzoq yuradi. Sochlari to‘zib, kiyimlari changib ketadi. Va qo‘lini osmonga cho‘zib, «Ey Rabbim, ey Rabbim», deydi. Uning yeyayotgan taomi harom, ichayotgan ichimligi harom, kiyayotgan kiyimi harom hamda ozuqasi harom. Qaerdan uning (duolari) ijobat qilinsin?!» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

To‘qqizinchi hadis.
Zarar berish ham yo‘q. Zarar olish ham yo‘q. «Muvatto’» kitobida rivoyat qilingan.

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:45 | Xatlari # 49
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

O'ninchi hadis.
Tamiym ad-Doriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Din xayrixohlikdir», deganlarida, sahobalar: «Kim uchun, ey Rasululloh?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

(Allohga bo‘lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, aytganlarini qilib, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga bo‘lgan xayrixohlik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga bo‘lgan xayrixohlik- u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga bo‘lgan xayrixohlik- ularga haq yo‘lda bo‘lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo‘lgan xayrixohlik-amru-ma’ruf, nahiy-munkar qilib hamda aziyat bermaslik bilan bo‘ladi... - tarj.)

O’n birinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan qaytargan narsamdan chetlaninglar. Buyurgan narsamni qodir bo‘lganingizcha bajaringlar. Chunki sizlardan avvalgilar ko‘p so‘rash va payg‘ambarlariga ixtilof qilish sababli halok bo‘lishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:45 | Xatlari # 50
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

O’n ikkinchi hadis.
Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Ey Allohning rasuli, meni bir amalga yo‘llab ko‘yingki, u amal bilan meni Alloh yaxshi ko‘rsin va insonlar ham yaxshi ko‘rsin», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dunyoda zohid bo‘l, Alloh seni yaxshi ko‘radi. Insonlar huzuridagi narsadan behojat bo‘l, insonlar seni yaxshi ko‘radi», dedilar. Ibn Moja rivoyatlari.

O’n uchinchi hadis.
Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan boshqa iloh yo‘q va mening Allohning rasuli ekanimga guvohlik bergan musulmon kishining qoni halol emas, faqat uch narsaning birida haloldir (ya’ni, o‘ldirish joiz): ular oilali zinokor bo‘lsa. Nafs nafs bilan, ya’ni qasos. Jamoatdan ajrab, dinini tark qiluvchi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:46 | Xatlari # 51
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

O'n to‘rtinchi hadis.
Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishilar «La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululloh», deyishmagunicha, namozni qoim qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha ular bilan urushmokqa buyurildim. Agar mana shularni qilishsa, qonlari-yu mollari mendan omonda bo‘ladi. Faqat Islom haqida unday emas (ya’ni, hadlarda). Va ularning hisobi Alloh taologadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

O’n beshinchi hadis.
Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom beshta narsa ustiga qurilgandir. Ular «La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululloh» kalimasini aytish, namozni qoim qilish, zakotni berish, haj va ramazon ro‘zasidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:46 | Xatlari # 52
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

O'n oltinchi hadis.
Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishilarning da’volariga qarab berilaverganida edi, ular qavmning moli va qonlarini da’vo qilishgan bo‘lar edi. Lekin da’vo qiluvchiga hujjat keltirish va inkor qiluvchiga qasam ayttirish lozim bo‘ladi», dedilar. Mana shu lafz bilan hasandir. Va ikki «Sahih» kitobida keltirilgan.

O’n yettinchi hadis.
Vobisa ibn Ma’baddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilik va gunoh haqida so‘rash uchun keldingmi?» dedilar. Shunda bu zot: «Ha», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbingdan fatvo so‘ra. Yaxshilik -nafs va qalb unga xotirjam bo‘lganidir. Gunoh - nafs xira bo‘lib, qalb beqaror bo‘lganidir. Agar kishilar senga fatvo berishsa ham va berdirishsa ham», dedilar. Imom Ahmad va Doramiylar rivoyati.

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:46 | Xatlari # 53
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilik husni xulqdir. Yomonlik - nafsing kirlanib, kishilar undan xabardor bo‘lishlarini karih ko‘rganingdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

O’n sakkizinchi hadis.
Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Albatta Alloh taolo har bir narsada yaxshilik bo‘lishini yozdi. Agar qatl qilsalaringiz, qatlni chiroyli qilinglar. Agar qurbonlik qilsalaringiz, qurbonlikni chiroyli qilinglar. Sizlarning biringiz (qurbonlik qiladigan bo‘lsa) tig‘ini o‘tkirlab, uni tinchitsin» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

O'n to‘qqizinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, ko‘shnisini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:47 | Xatlari # 54
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Yigirmanchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Menga vasiyat qiling», dedi. Shunda u zot: «g‘azab qilma», deb bir necha bor qaytardilar. Va yana «g‘azab qilma», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Yigirma birinchi hadis.
Abu Sa’laba al-Xushaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo farzlarni farz etdi, ularni zoe qilmanglar. Va hadlarni chegara qildi, undan o‘tib ketmanglar. Va narsalarni harom qildi, uni buzmanglar. Va unutmasdan sizlarga rahmat qilgan holda ko‘p narsalarda sukut qildi, sizlar u haqda bahs qilmanglar», dedilar. Doratsutniy hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.

Yigirma ikkinchi hadis.
Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, menga bir amalning xabarini beringki, u meni jannatga kiritib, do‘zaxdan uzoq qilsin», desam, u zot: «Sen juda katta narsa so‘rading. Albatta u Alloh oson qilgan kishiga yengildir. Allohga biror narsani shirk keltirmasdan ibodat qilasan. Namozni qoim qilasan. Zakotni berasan. Ramazon ro‘zasini tutasan. Baytullohni haj qilasan. Seni eshiklarning yaxshisiga dalolat qilaymi? Ro‘za pardadir. Sadaqa xatolarni xuddi suv o‘tni o‘chirgandek o‘chiradi», dedilar. Kishining kechaning o‘rtasidagi namozi haqida quyidagi oyatni o‘qidilar: «Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur. (Ya’ni, tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar.) Ular Parvardigorlariga ko‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib, ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biror jon bilmas» (Sajda surasi, 16-17-oyat). So‘ngra yana u zot: «Ishning boshi va ustuni hamda yuksak cho‘kqisining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Ishning boshi - Islom. Ustuni - namoz. Yuksak cho‘qqisi - jihoddir. Bularning hammasidan ham asosiysining xabarini beraymi?» dedilar. Men: «Ha, ey Rasululloh», dedim. U zot tillarini ushlab, «Sen mana buni tiygin», dedilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, gapirgan narsalarimizga ham jazolanamizmi?» desam, u zot: «Onang farzandidan ajragur, kishilarning yuzlari bilan do‘zaxga ag‘darilishlari faqat tillari gapirgan narsalar sababidandir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:47 | Xatlari # 55
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Yigirma uchinchi hadis.
Abu Zarr va Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qayda bo‘lmasin, Allohdan taqvo qil. Yomonlikka yaxshilikni ergashtir, uni o‘chirib yuboradi. Kishilarga chiroyli xulq bilan muomalada bo‘l», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

Yigirma to‘rtinchi hadis.
Irboz ibn Soriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga va’z aytdilar, undan qalblar vahimaga tushdi va ko‘zlardan yosh oqdi. Shunda biz: «Ey Rasululloh, vidolashuvchi mav’iza bo‘lsa kerak, bizga vasiyat qiling», desak, u zot: «Sizlarga Allohdan taqvo qilishni hamda agar qul boshliq bo‘lsa, uning so‘zini eshitib itoat etishni vasiyat qilaman. Chunki sizlardan qaysi biringiz yashaydigan bo‘lsa, ko‘p ixtiloflarni ko‘radi. Ana shu paytda mening sunnatimni va to‘g‘ri yo‘lda yuruvchi xulafoi roshidinlar sunnatini o‘zingizga lozim topib, uni oziq tishlaringiz bilan mahkam tishlanglar. Ishlarning yangisidan chetlaninglar. Chunki har bir bid’at zalolatdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:47 | Xatlari # 56
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Yigirma beshinchi hadis.
Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Avvalgi payg‘ambarlar kalomidan topilgan narsa - «Agar uyalmasang, xohlagan narsangni qil», deb aytilganidir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Yigirma oltinchi hadis.
Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Agar farz namozlarini o‘qisam, ramazon ro‘zasini tutsam, halolni halol va haromni harom, desam, bularga biror narsani qo‘shmasam, jannatga kiramanmi?» deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob qildilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Yigirma yettinchi hadis.
Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Rasululloh, menga Islomdan bir so‘z aytingki, men sizdan boshqa biror kishidan u haqda so‘ramayin», deganda, u zot: «Allohga imon keltirdim, deb aytib, so‘ngra istiqomatda (ya’ni, sobitqadamlikda) bo‘l», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Ulamolarning aytishlaricha, bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarni jamlovchi hadislari bo‘lib, Alloh taoloning quyidagi so‘ziga muvofiqdir: «Albatta: «Parvardigorimiz Allohdir», deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri -ustivor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib, (derlar): «Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar» (Fussilat surasi, 30-oyat). Jumhur ulamolar fikricha, bu oyat va hadisning ma’nosi - «Imon keltirib, Allohning toatida bardavom bo‘lganlar»dir.

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:48 | Xatlari # 57
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Yigirma sakkizinchi hadis.
Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilingan, Jabroil alayhissalomning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan imon, Islom, ehson, Qiyomat haqida so‘ragan savollari haqidagi Imom Muslim «Sahih»larida kelgan mashhur hadisdir.

Yigirma to‘qqizinchi hadis.
Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning orqalarida edim. U zot: «Ey bolakay, senga bir kalima o‘rgataymi? Allohga rioya qil, seni saqlaydi. Allohga rioya qil, yo‘nalishingni topasan. Agar so‘rasang, Allohdan so‘ragin. Agar yordam tilasang ham, Allohdan tilagin. Bilginki, agar ummat biror narsada senga yordam berishga jamlansa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib qo‘ygan narsanigina yordam bera oladi, xolos. Agar ummat biror narsada senga zarar berishga jamlansa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib qo‘ygan narsanigina zarar bera oladi, xolos. Qalam ko‘tarilib, sahifalar qurib bo‘lgan», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

Termiziyning boshqa rivoyatlarida: «Allohga rioya qil, yo‘nalishingni topasan. Allohni kengchilikda tanigin, seni qiyinchilikda taniydi. Bilginki, albatta xato qilmaganing to‘g‘ri qilganing uchun emas. Va to‘g‘ri qilmaganing xato qilganing uchun emas. Bilginki, albatta nusrat sabr bilan birga bo‘ladi. Shodlik aziyatlar bilan birga bo‘ladi. Va qiyinchilik bilan yengillik bo‘ladi», deyilgan.

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:48 | Xatlari # 58
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

O'ttizinchi hadis.
Shayximiz Hofiz Abulbaqo Xolid ibn Yusuf Nobilisiy Dimashqiydan, u Abu Tolib Abdulloh, Abu Mansur Yunus, Abulqosim Husayn ibn Hibatulloh al-Misriy, Abu Ya’lo Hamza va Abu Tohir Ismoildan, ular Hofiz Abulqosim Ali ibn Husayn, ya’ni Ibn Asokirdan, u Dimashq xatibi Abul Qosim Ali ibn Ibrohim ibn Abbos al-Husayniydan, u Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Yahyo ibn Salvondan, u Abulqosim Fazl ibn Ja’fardan, u Abu Bakr Abdurahmon ibn Qosim ibn Faraj al-Hoshimiydan, u Abu Mishardan, u Said ibn Abdulazizdan, u Rabiy’a ibn Yaziddan, u Abu Idris Xuvloniydan, u Abu Zarrdan (r.a.), Abu Zarr Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, u zot Jabroil alayhissalomdan, Jabroil (a.s.) esa Alloh taolodan quyidagilarning xabar berdilar: «Alloh taolo: «Ey bandalarim, Uzimga zulmni harom qildim va sizlarning oralaringizda ham uni harom qildim, bas, zulm qilmanglar! Ey bandalarim, sizlar kechayu kunduz xato qilasizlar. Men esa ahamiyat bermasdan gunohlaringizni kechiraman. Bas, Menga istig‘for aytinglar, gunohlaringizni kechaman. Ey bandalarim, barchangiz ochsiz, faqatgina Men taomlantirganlargina unday emas. Bas, Mendan taom talab qilinglar, sizlarni taomlantiraman. Ey bandalarim, barchangiz yalong‘ochsiz, faqatgina Men kiyintirganlargina bunday emas. Kiyinishni Mendan talab qilinglar, Men sizlarni kiyintiraman. Ey bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar fojir qalbli kishi bo‘lishsa, mulkimdan biror narsa kamayib qolmaydi. Ey bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar taqvoli qalb kishilari bo‘lishsa, mulkimda biror narsa ziyoda bo‘lib qolmaydi. Bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar bir tepalikda turib Mendan so‘rashsa, Men har bir kishi so‘ragan narsasini bersam, mulkimdan biror narsa kamaymaydi. Faqatgina dengizga ninani bir marta tiqib olgandagi kamayganchalik ozayadi, xolos. Ey bandalarim, u sizlarning amalingizdir. Men uni sizlarga saqlab beraman. Kimki yaxshisini topsa, Alloh azza va jallaga hamd aytsin. Kimki bundan boshqasini topsa, faqatgina o‘zini malomat qilsin», dedi».

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:49 | Xatlari # 59
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Ichimliklarga oida qaytariqlar
Abu Qatoda (r.a.) otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deb aytdilar: «Birortangiz (suv yoki boshqa biror ichimlik) ichsangiz, idish ichiga nafasingizni chiqarmang va agar birortangiz peshob qilsangiz o‘ng qo‘lingiz bilan olatingizni poklamangiz».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meshlarning og‘zini buzib, ulardan suv ichmoqdan qaytardilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oltin va kumush idishlarda, uchgan va darz ketgan idishlarda suv ichmoqdan qaytardilar. («Ming bir hadis»)

Abdulloh ibn Abu Avfo (r.a.) rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘k ko‘zadan foydalanmoqdan qaytardilar. Shunda men: «Oq chinni ko‘zada ichsak bo‘ladimi?», deb so‘radim. U zot: «Yo‘q!», dedilar». (Ko‘za hoh oq, hoh ko‘k bo‘lsin, undagi meva suvi achib, mast qiladigan bo‘lib qolsa, ichish mumkin emas).
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Ali ibn Abu Tolib (k.v.) rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qovoqdan yasalgan va mumlangan idishlardan foydalanmoqdan qaytardilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Ibrohimning rivoyatlarida mo‘minlar onasi Oisha (r.anho) shunday dedilar: «Janob Rasululloh bizni, ya’ni barcha xonadon a’zolarini qovoq va mumlangan idishlarda sharob tayyorlamoqdan qaytarganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mayizdan hamda quritilgan, xom va yangi uzilgan xurmolardan (sharob tayyorlamoqdan) qaytardilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ko‘pi mast qiladigan ichimlikning ozidan ham sizlarni qaytaraman». (Imom Nasaiy rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har qanday mast qiluvchi va bo‘shashtiruvchi (giyohvand) narsalarni iste’mol qilishni man etganlar. (Abu Dovud va Ahmad rivoyatlari)

Abdulloh ibn Abu Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quritilgan xurmo bilan endigina rang kirgan xurmoni hamda quritilgan xurmo bilan mayizni bir-biriga qo‘shmoqdan qaytarganlar. Bularning har biridan alohida sharbat tayyorlanadi».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa hammomga ishtonsiz kirmasin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, jufti halolini hammomga kiritmasin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, xamr (aroq) aylantirib turilgan dasturxon atrofida o‘tirmasin», dedilar».
(Imom Termiziy va Hokim rivoyatlari)

Abdulloh ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sut ichgach (suv bilan) og‘izlarini chayqab tashladilar va «sutda yog‘ bor», dedilar (ya’ni tahoratli kishi tarkibida yog‘ bo‘lgan biror ichimlik yoki taom iste’mol qilgach, og‘zini suv bilan chayqab tashlab, so‘ngra namoz o‘qishi kerak). (Imom Buxoriy rivoyatlari)

Zuhriy bunday deydilar: «Inson peshobini ichish qat’iyan man etiladi, chunki u nopokdir. Alloh taolo: «Sizlar uchun pokiza ne’matlar halol qilindi», deydi».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Uz_Master
Sana: Yakshanba, 18-Октября-2009, 23:50 | Xatlari # 60
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Axloq-odob sohasidagi qaytariqlar
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Halokatga olib boruvchi yetti narsadan qochinglar!», dedilar. «Ular nima, ey Rasululloh?» deyishdi. Janobi Payg‘ambarimiz: «Alloh taologa shirk keltirmoq, sehr-jodu qilmoq, nohaq birovni o‘ldirmoq, sudxo‘rlik, yetimning haqqini yemoq, jang maydonidan qochmoq, begunoh pokdomon mo‘mina ayollarga tuhmat qilmoq», dedilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari)

Mug‘iyra ibn Shu’baning kotibi Varrod rivoyat qiladi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mish-mish tarqatmoqni, ezmalik qilmoqni, mol-dunyoni isrof etmoqni, ochko‘zlik qilmoqni, onalarga itoatsizlik etmoqni va qizlarni tiriklayin ko‘mib tashlamoqni (Islomdan avval arablarda shunday odat bo‘lgan) man qilganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. «G’azotlardan birida Payg‘ambar alayhissalom o‘ldirilgan ayol kishini ko‘rib achindilar va ayol kishilarni va yosh bolalarni o‘ldirishni man qildilar».
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Badgumon bo‘lmanglar, badgumonlik eng yolg‘on so‘zdir, tirnoq ostidan kir qidirmanglar, bir-biringizga hasad qilmanglar, bir-biringizdan arazlamanglar va nafratlanmanglar, aka-uka tutinib, Allohning (solih) bandalari bo‘linglar», dedilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘l bo‘yida o‘tirishdan saqlaninglar», dedilar. Shunda sahobalar: «Buning chorasi yo‘q, ey Rasululloh, chunki biz o‘tirib suhbatlashamiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bunga ko‘nmasanglar, o‘tiringlaru faqat yo‘lning haqqini ado etinglar», dedilar. Sahobalar: «Ey Rasululloh, yo‘lning haqqi nima?», deyishganida Rasululloh: «Ko‘zni nomahramlarga qaratishdan tiyish, o‘tuvchilarga aziyat bermaslik, salomga alik olish, yaxshilikka buyurib, yomonliklardan qaytarish», dedilar».
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki zaifning - ayolning va yetimning molidan uzoq bo‘lishingizni vasiyat qilaman», dedilar».
(Imom ibn Moja rivoyatlari)

Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zulmdan saqlaninglar, chunki u Qiyomat kunida zulumot bo‘ladi. Va yana baxillik va xasislikdan saqlaninglar. Chunki u sizlardan avvalgi ummatlarning halokatga uchrashiga, qon to‘kishlariga hamda harom narsalarni halol qilib olishlariga sabab bo‘lgan edi», dedilar». (Imom Muslim rivoyatlari)

Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh: «Sizlarning holingizga voy bo‘lsin! Yana sizlar mendan keyin kofir bo‘lib, bir-biringizning gardaningizga (qilich) urib yurmanglar», dedilar. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Adiy ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hozir yana qaytarib aytaman, kimni biror ishga boshliq qilsak, ozi va ko‘pini (yashirmay) olib kelsin. Nimani bersak, uni olsin. Nimadan qaytarsak, uni olishdan o‘zini tiysin», dedilar. (Imom Muslim rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatlarini birovlarni yanglishtirishdan man etdilar. (Abu Dovud va Ahmad rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zini odamlardan chetga olib, xilvatda zohidlik qilishdan man etganlar. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. «Biz hazrat Umarning huzurlarida o‘tirgan edik, u kishi: «Bizlar zimmamizga ortiqcha ish (vazifa) olmoqdan qaytarildik», dedilar».
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo sizlarni otalaring nomi bilan qasam ichishdan qaytaradi». (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir odamning boshqa bir odamni turg‘izib, o‘rniga o‘zi o‘tirib olmog‘ini man qildilar. Ammo janob Rasululloh shunday dedilar: «Nariroq surilib joy bering va biroz siqilishib o‘tiring», denglar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abdulloh ibn Yazid al-Ansoriy (r.a.) rivoyat qiladilar. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam birovning molini zo‘rlik bilan tortib olishdan va birovga vahshiyona (quloq, burun va boshqa a’zolarini qirqib) azob berishdan qaytardilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nazr qilmoqdan qaytardilar va: «U baloning oldini ololmaydi, u orqali baxildan biror narsa undirib olingaydir, xolos», dedilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

obir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilichni yalang‘ochlab yurishga odatlanishdan qaytarganlar».
(Imom Termiziy rivoyatlari)

Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni va erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni la’natladilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam cho‘rilarning badanini pullab, tirikchilik qilishni man etdilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam er kishini ikki ayolning orasida yurishidan qaytardilar».
(Abu Dovud rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Musibat yetganida yuzlarini yuladigan, yoqasini yirtadigan va o‘zini qarg‘ab yig‘laydiganlarni Alloh taolo la’natlasin».
(Ibn Moja rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mehmon uchun ortiqcha takallufni (ziyofat uchun haddan tashqari urinishni) man etganlar. (Hokim rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir uyda yakka uxlashni man etganlar. (Imom Ahmad rivoyatlari)

Abu Hurayradan va Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Hech bir banda: «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman», demasligi lozim», dedilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abdulloh ibn Zam’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odam ichidan chiqadigan narsa (el)ga kulmoqdan qaytardilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abu Said Abdulloh ibn Mug‘affaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (qo‘l bilan) mayda toshlarni otib o‘ynashdan man qildilar va: «Bu bilan ov ham qilib bo‘lmaydi, dushmanni ham o‘ldirib bo‘lmaydi, faqat u ko‘zni chiqarib, tishni sindiradi, xolos», dedilar».
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hukm chiqarishda rishva (pora) beruvchini va uni oluvchini la’natlaganlar».
(Imom Termiziy rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhumlar sha’niga mubolag‘a bilan madhiya va marsiya aytishni man etganlar.
(Ibn Moja va Hokim rivoyatlari)

Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror joyda vabo borligi bilinsa u yerga kirishdan, biror joyda turilganda vabo boshlangani eshitilsa, o‘sha joydan chiqishdan qaytarganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qabriston ziyoratiga boruvchi ayollarni, qabriston ustiga masjid quruvchi yoki chiroq yoquvchilarni Alloh taolo la’natlasin!».
(Hokim rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabr ustiga o‘tirishni, qabr ustini butunlay tekislab tashlashni yoki ustiga turli baland qubbalar qurishni man etganlar.
(Imom Muslim, Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safardan o‘z uyiga kechasi bemahal kirib kelishni man qilganlar. (Imom Buxoriy va muslim rivoyatlari)

Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni Qur’on (ya’ni Mushaf) bilan dushman yeriga safar qilmoqdan qaytardilar». (Bu yerda Qur’on deyilgani bilan Mushaf deb tushunmoq kerak. Chunki Qur’on og‘zaki tarzda nozil qilingan bo‘lib, dushman uni qalblardan tortib olib, oyoqosti qilolmaydi).
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘xtab turgan ko‘lmak suvga siyishni man etganlar.
(Imom Muslim, Nasaiy, Ibn Moja rivoyatlari)

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (biror narsaning baxtsizlik keltirishiga ishonib) irim-sirim qilishdan qaytarganlar». (Imom Buxoriy rivoyatlari)

Ummu Atiyya rivoyat qiladilar: «Biz ayollar o‘likka uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarilgan edik, er o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutmoq mumkin edi... Biz ayollar janozaga ergashmoqdan ham qaytarilgan edik». (Imom Buxoriy rivoyatlari)

Oisha (r.anho) rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mayitlarni haqorat qilmanglar, chunki ular keladigan joylariga kelib bo‘ldilar», deganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (sahobalarga qarata): «Birontangiz uzoq xastalanib yotib qolsangiz, (bezor bo‘lganingizdan) o‘zingizga o‘lim tilamang! Basharti shunday qilish zarur bo‘lsa: «Ey Parvardigorim, agar (bundan keyingi) yashamog‘imning menga nafi bo‘lsa, meni tirik qoldirgin, mabodo o‘lmog‘im afzal bo‘lsa, omonatingni olg‘il, deb aytingiz», dedilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari)

Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024