| Sana: Payshanba, 21-Февраля-2008, 18:18 | Xatlari # 1 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Tez yordam bo'limida edim. O'qishni tugatib ishga endi kirishganim uchun bu erdagi hamma hodisa menga o'ziga yarasha hayajon va zavq bag'ishlardi. “Doktor” degan murojaatdan o'zimda g'urur tuyib, endi har doim bu murojaatga ko'nikishimni o'ylardim. Har bir katta kasalxonalarning o'z tez yordam bo'limi bo'lib, bu erda doktorlar navbatchilik qilishardi. Tajribali mutaxassis doktorlarning yonida menga ko'p mas'uliyat tushmasdi. Men faqat ularni diqqat bilan kuzatib, tajriba orttirishga harakat qilardim. Bir kuni kech soat 1 lar edi. 16-17 yoshlardagi o'spirinni olib kelishdi. O'spiringa ikki ayol yurishga yordamlashib kelishardi. Ortlaridan yugurib kelayotgan kishi esa nafasi bo'g'ziga tiqilgancha: - Iltimos, o'g'limni qo'tqaring, qo'tqaring bolamni! – deb takrorlardi. Tezgina navbatchi doktor keldi. Men esa doktorning yonida uni tashxis qo'yishini ko'tardim. Yigitchanining otasi esa so'zlashda davom etardi: - Doktor, o'g'lim o'zini o'ldirmoqchi bo'lib dori ichibdi. Bilib qolib darrov bu erga olib keldik. - Ichgan dorilari yoningizdami? Ota cho'ntagidan bir necha dori qutilarni olib doktorga ko'rsatdi. - Mana bunisidan o'n beshtacha, bunisidan o'nta, bunisidan esa uch besh dona ichibdi. - Bu dorilarni ichganiga taxminan qancha vaqt bo'ldi. - Ikki soatcha bo'ldi. Doktor dori qutilarini sinchiklab qaradi. So'ng esa bir yigitchaga bir qutilarga qaradi. Keyin esa boshini “yo'q” ifodasi bilan qimirlatib yuzini burishtirdi: - Hmm, afsus, afsus! Yigitchaning oilasi esa doktorning biror nima deyishini kutishardi, ammo undan bir sas ham chiqmadi. Men esa yigitchaning oshqozonini yuvish mumkinligini o'ylardim. Bu jimjitlikni otaning ovozi buzdi: - Nima qilamiz doktor? Doktorning yuzi jiddiylashdi, yigitchaga umidsizlik bilan boqdi. Boshini qimirlatib, qo'llari bilan chorasizligini ko'rsatdi. So'zlari yigitchaning otasining yuragiga o'q kabi sanchildi go'yo. - Afsus, qilnadigan hech bir amaliyot yordam bermaydi. Juda kech olib kelibsiz, ustiga ustak bu dorilar... Men esa oila a'zolarini kuzatardim. Hammalarining ko'zlarida chorasizlik qotgandi. Yigitchaning yuzida esa qo'rqinch ko'rinardi. Onasi va singlisiga tayanib turgan yigitcha doktorning yuziga o'tinch bilan qaradi. Uning so'zlarida keskinlikni va yuzidagi jiddiylikni ko'rib, oyoqlari madori qolmadi shekilli, sekin sidirilib erga o'tirib qoldi. Yigitning otasi ham onasi ham bir nimalar deyishardi. Uzoq davom etgan bu sukunatdan so'ng: - Nima bo'ladi, nahotki hech narsa qila olmasangiz? - Yordam berish uchun endi kech. Bunday holatlarda afsuski bizning qo'limizdan hech narsa kelmaydi. Bir soatlardan so'ng uni yo'qotamiz. Men esa ungachan faqat bemorni kuzatuvga olishim mumkin. Men ham bu so'zlardan dovdirab qoldim. Yigitchaning yuziga qarardim. O'lim qo'rquvi va umidsizlik uning ko'zlarida zohir edi. O'zimcha uning hozir nimalar his qilayotganini tasavvur qildim. O'lim shunchalar yaqinlashishi haqiqatan qiyin holat edi. Ammo inson bir soat keyin o'lishini bilsa nimalar o'ylar, nimalar his qilib, qaysi ishlarni bajarardi. Aslida har birimiz uchun ham bunday vaqt keladi-ku?! Hayotning tashvishlari bilan bo'lib o'limni bizga etib kelmas narsa deya tushunamiz. Hozir bu yigitcha balki, hayotini, do'stlarini, oilasini o'ylamoqda yoki o'limdan so'ngra nima bo'lishini, ya'ni bir soat so'ng... Balkida uning ortidan nima deyishlarini, yoki qabrda qanday ahvolga tushishini o'ylarmidi?! Balki uning shu vaqtga qadar rejalashtirgan ishlari bordir, endi esa bu hayollarini bir yonga surib, so'nggi soatini qanday kechirishni o'ylardi, go'yo. Boshqa tarafdan hayot davom etardi. Ichkaridagi bir bemorning yaqinlari kelib doktordan ba'zi narsalarni so'rar, boshqa yondan esa og'ir bir bemorni olib kelishardi. U xasta uchun boshqa bir navbati doktorni chaqirishdi. “Bir inson birozdan so'ng o'limini qarshilasa ham bu hayot boshqalar uchun davom etaveradi”, deb o'ylardim. Ota esa o'z savoli, to'g'rirog'i o'tinchini yana bir bor takrorladi: - Hech umid yo'qmi doktor? Nahotki hech narsa qilishning iloji bo'lmasa. Ichkariga kirgan boshqa bir doktor ishora bilan “nima bo'ldi?” deya so'radi. Doktor o'rnidan turib, keskinlik bilan javob berdi: - Joniga qasd qilmoqchi bo'libdi. Afsuski kech olib kelishibdi. So'ngra so'zlab beraman sizga. Bu so'zlarni diqqat bilan tinglagan yigitchaning yuzidagi umid so'lib borardi. Pushaymonlik tuyg'usi ichidagi titroq bir ovoz bilan: “Qo'tqaring meni, nima lozim bo'lsa hammasini bajarishga roziman. Nima bo'ladi endi. O'lishni istamayman!” derdi. Doktor unga hech narsa demadi. Men esa o'limga shunchalar yaqinlashib turgan insonni birinchi marotaba ko'rayotgan edim. Ustiga ustak juda yosh edi. Hayolan morgga kirib uning sovuq badanini ko'zdan kechirishimni o'ylab etim jo'njikib ketdi. Demak, qarshimda turgan bu tirik inson biroz so'ng o'ladi va biz uning murdasiga qarab tashxis qo'yib so'ng raport yozamiz! Hayot va o'lim, yashash va o'lish... yoshlik, qarilik hayotni anglab etmoq, o'limni tushunmoq... Yashagan hayotimizning nihoyasi o'lim ekanligini xotirlamoq. O'limga har on hozir bo'lmoq yoki o'zini tayyor deb his etmoq. Bu kabi o'ylar hayolimdan o'tardi. Doktor xonadan chiqib ketarkan, men ham uning ortidan ergashdim. Uzun karidorlardan ketar ekanmiz, biroz achinish bilan dedim: - Doktor, oshqozonini yuvib qonini tozalashga harakat qilib ko'rsak bo'lmasmikin? Doktor birdan menga qaradi va ko'zlarimga tikildi: - Ukam, ko'rib turibsanku, bu erda oyoqda zo'rg'a turadigan, yoshi o'tib qolgan odamlar hayotda ortiqcha bir soat yashash uchun qanchalik kurashadilar. Bu yosh yigitcha esa o'n etti yoshida o'z joniga qasd qilmoqchi bo'libdi. O'lishni istasa nega men unga qarshilik ko'rsatishim kerak? Biroz istagan taqdiri bilan yuzma yuz kelsin, keyin ko'ramiz. O'lim nima va hayot nima tushunsin! Yashashning qadrini, oilasiga bu ishi bilan qanchalik zug'um qilganligini farq etsin. Allohni, Uni qo'li ekanligini eslasin. O'limni va undan keyingi hayotini ham... Bu so'zlarning ortidan meni hayratga tushurgan bir qahqaha eshitildi. - Sen ham ishondingmi uning o'lishiga: - Nima, ya'ni yigitcha o'lmaydimi? Dotkor kulgi ichida dori qutilarini ko'rsatdi. Qo'lidagi vitamin, yo'talga qarshi va balg'am ko'chiruvchi dorilari edi.
|
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
|
| Sana: Dushanba, 01-Сентября-2008, 19:02 | Xatlari # 2 |
Ism:
| [sultan]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [10067]
| Xulqi: +
| [492] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| shunchalar ham diydasi sovu vrachlar bora.ohiriga yetgunimcha men ham ishondim,astagfirulloh...oz joniimga qasd qilishimdan ozing saqla yo rabbim..yolgiz ozingagina iltijo qilaman ,robbim.subhanolloh. :'( :'(
| |
|
|
| Sana: Juma, 05-Сентября-2008, 17:07 | Xatlari # 3 |
Ism:
| [sofiya]
| Maqomi:
| [Foydalanuvchi]
| Guruxi:
| [Mehmon]
| Postlari:
| [7]
| Xulqi: +
| [0] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| michigan, "O'lim nima va hayot nima tushunsin! Yashashning qadrini, oilasiga bu ishi bilan qanchalik zug'um qilganligini farq etsin. Allohni, Uni qo'li ekanligini eslasin. O'limni va undan keyingi hayotini ham... "- yaxshilab uqing! nimaga unday deganlarini...... | |
|
|
| Sana: Payshanba, 19-Февраля-2009, 07:11 | Xatlari # 4 |
Ism:
| [salsabilahon]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Ashaddiy Forumchi]
| Postlari:
| [2454]
| Xulqi: +
| [197] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| AJOYIB HOLAT SUBHANOLLOH
| |
|
|
| Sana: Shanba, 21-Февраля-2009, 05:52 | Xatlari # 5 |
Ism:
| [shirin]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [396]
| Xulqi: +
| [38] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Alloh hamamizni hitoyat qilsin adshguvchilardan bo`lmaylik amiyn raxmat joylaganilar uchun Alloh rozi bo`lsin amiyn | |
|
|
| Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 15:34 | Xatlari # 6 |
Ism:
| [¯¨`*·~-..(\☻/)..-~*´¨¯]
| Maqomi:
| [Заблокированные]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [1188]
| Xulqi: +
| [118] ±
| Xulqi: -
| [40%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Антарктика]
| Jins:
| [Erkak]
| |
|
| |
|
|