Ayol kishi qoshini terishi va sochini kesishi joizmi?
Savol: Sizlarga bir savolim bor edi. Ayol kishi sochini kessa va qoshini terdirsa bo'ladimi?
Javob: Allohga hamdu sanolar bo'lsin, Rasulullohga, u kishining ahli baytlariga va barcha ashoblariga salavotu salomlar yog'ilsin. Ammo ba'd:
Bu savolda ikkita masala bor:
1- masala: Qosh terish
Qosh terish harom ekanligi har bir musulmon kishi va muslima ayol uchun ma'lum bo'lishi kerak.
Abdulloh bin Mas'ud raziyallohu anhu rivoyat qilgan sahih hadisda keladiki:
لعن الله الواشمات والمستوشمات والنامصات والمتنمصات والمتفلجات للحسن المغيرات خلق الله
“Badanga igna bilan yozuvlar va naqshlar chizib beradigan va chizib berishni talab qiladigan ayollarni, qosh terib beradigan va qoshini terib berishni talab qiladigan ayollarni, o'zini go'zal qilib ko'rsatish uchun tishlariga ishlov beradigan ayollarni, Allohning yaratgan narsasiga o'zgartirish kiritadigan ayollarni Alloh la'natlasin”.
(Imom Muslim rivoyatlari)
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: “Badanga igna bilan yozuvlar va naqshlar chizib beradigan va chizib berishni talab qiladigan ayollarni, qosh terib beradigan va qoshini terib berishni talab qiladigan ayollarni, o'zini go'zal qilib ko'rsatish uchun tishlariga ishlov beradigan ayollarni, Allohning yaratgan narsasiga o'zgartirish kiritadigan ayollarni Alloh la'natlasin”.
(Imom Muslim rivoyatlari)
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilarki:
لعن الله الواصلة والمستوصلة، والواشمة والمستوشمة
“Soch ulab beradigan va ulab berishni talab qiladigan ayolni, badaniga igna bilan yozuvlar va naqshlar chizib beradigan va chizib berishni talab qiladigan ayolni Alloh la'natlasin”.
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom...
Demak, qosh terish, sochiga soch ulash, badaniga turli yozuvlar va naqshlar chizdirish kabi ishlarning barchasi haromdir.
Hatto, ba'zi ulamolar hozirgi zamonda qosh terishning o'rniga paydo qilingan uslub - inson yuzining rangiga o'xshaydigan rang bilan qoshning chekkalarini bo'yab, uni tekis va qirrali qayrilma qosh qilib o'zgartirish ham joiz emasligini, chunki bu ham ushbu hadisda qaytarilgan ishlar sirasiga kirishini aytadilar.
Bu ayollar uchun ham, erkaklar uchun ham umumiy hukmdir. Hadisda aynan ayollar zikr qilinishining hikmati shundaki, bu kabi nojo'ya ishlar asosan ayollardan sodir bo'ladi va ko'pincha ayollar o'zlarini ziynatlash uchun ana shunday uslublarni qo'llashadi.
Bu narsalar erkaklar uchun ham harom ekaniga boshqa dalillar ham bor va ulamolar bu borada ittifoq qilishgan.
Bu kabi ziynatlanishlarning harom qilinishi ortida bir qancha hikmatlar mavjud bo'lib, ulardan ba'zilari quyidagilardir:
1. Alloh O'zining bandalari va cho'rilariga qanday ziynatlar to'g'ri kelishini bayon qilib bergan. Ana shu Alloh izn bergan ziynatlar bilan kifoyalanish lozim bo'ladi. Shunda inson dunyo va oxiratda baxtli hayot kechiradi.
2. Inson Alloh taolo bergan xilqat va suratni o'zgartirishi bilan Allohga e'tiroz bildirganday bo'ladi. Alloh taolo har bir narsani o'ziga xos shakl, surat va xususiyat bilan yaratgan.
3. Qoshlarini terib, sochlarini ulab, o'zining asl suratini o'zgartirish boshqalarni aldashga kiradi. Aldash va yolg'onchilik esa gunohi kabiradir. Xususan, turmushga chiqishi kutilayotgan qizlarni kelayotgan sovchilarga juda chiroyli qilib ko'rsatish - katta gunoh.
4. Alloh bergan asl go'zallik oddiy va o'rtacha bo'lsa ham, hatto odamlar uni xunuk deb atashsa ham, har bir musulmon kishi va muslima ayol Allohning qismatiga chin qalblari bilan rozi bo'lishlari lozim.
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom...
Ayol kishi sochini umuman olib tashlashi yoki uning ba'zi qismini qirib, boshqa bir qismini qoldirishi harom ekaniga ahli ilmlar ittifoq qilishgan. Bu narsa zarurat tug'ilgan (masalan, tabiblar: “Sochini olib tashlashi zarur, olib tashlamasa, sog'lig'iga zarar qiladi”, deb buyurgan) taqdirdagina joiz bo'lishi mumkin.
Ayol kishining sochini qisqartirishini esa ba'zi ulamolar makruh deyishgan. Faqat haj yoki umra ibodati bajarilgandagina (orqa tarafidan, sochining oxirgi qismlaridan uch barmoq miqdorida) ozgina qisqartirishga buyurilgan.
Agar muslima ayolning sochini qisqartirishiga ehtiyoj tug'iladigan bo'lsa, uning ikki xil suratdan uzoq bo'lishi shart:
1. Erkaklarning sochiga o'xshatib qisqartirish
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zini erkaklarga o'xshatib oladigan ayollarni va o'zini ayollarga o'xshatib oladigan erkaklarni la'natlaganlar.
عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ - رضى الله عنهما - قَالَ لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ - صلى الله عليه وسلم - الْمُتَشَبِّهِينَ مِنَ الرِّجَالِ بِالنِّسَاءِ ، وَالْمُتَشَبِّهَاتِ مِنَ النِّسَاءِ بِالرِّجَالِ
Ibn Abbos raziyallohu anhuma aytadilarki:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zini ayollarga o'xshatib olgan erkaklarni va o'zini erkaklarga o'xshatib olgan ayollarni la'natladilar”.
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
La'nat bu – qarg'ish, “Allohning rahmatidan haydalsin”, deb duoibad qilinish degani.
Bu ham harom amallardan hisoblanadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yana bir sahih hadisda aytganlarki:
مَنْ تَشَبَّهَ بِقَوْمٍ فَهُوَ مِنْهُمْ
“Kim o'zini bir qavmga o'xshatsa, bas, u ana shulardandir”.
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom...
Qachon ayol kishi sochini qisqartirishda ushbu ikki toifaga – erkaklar va g'ayri musulmon ayollarga o'xshashdan chetlansa, inshoalloh, bu joiz bo'ladi.
Imom Muslim rivoyat qilgan hadislardan birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ba'zi ayollari sochlarini faqat elkalariga tushadigan darajada qisqartirishgani xabar berilgan.
Ana shu hadis sharhida Imom Navaviy quyidagi izohni keltiradilar:
“Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ba'zi ayollari u zot vafot qilib ketganlaridan keyin sochlarini elkalaridan pastga tushib ketmaydigan qilib kesib olishgani vorid bo'lgan.
Aslida uzun soch ayollar uchun ziynatdir, ayol kishi esa eri uchun ziynatlanishi lozim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot qilganlaridan keyin ayollarining uzun soch qo'yishlariga zarurat bo'lmagan. Shu sababli, hamda boshlariga og'ir kelmasligi uchun, ular sochlarini bir oz qisqartirib olgan bo'lishlari mumkin. Zero, erlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu dunyo hayotidan ko'z yumgan edilar!
Ushbu rivoyatdan ayon bo'ladiki, ayol kishi ehtiyoj bo'lganda sochini qisqartirishi joiz".
Alloh taolo barcha muslima opa-singillarimizning sharmu hayoli hamda go'zal iffatli bo'lishlarini, barcha mo'minalar uchun namuna bo'lgan buyuk momolarimiz - Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjai muhtaramalariga va ulug' sahobiya ayollarga o'xshashlarini nasib aylasin.
Vallohu a'lam.
Vassalaamu alaykum va rahmatullohi va barakaatuh. «Musulmon O'zbekiston»
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom...
Amatullah, UMRINGIZDAN BARAKA TOPING. HAR BIRIMIZGA ALLOHNING O'ZI INSOF BERSIN VA O'ZIMIZNI HAQIQIY MO'MINA-MUSLIMALARDEK TUTIB, HAR QANDAY MAKRUH ISHDAN O'ZIMIZNI TIYISHIMIZDA QO'LLASIN.
Amatullah Allox rozi bo'lsin sizdan, juda kerakli va xar bir muslima-mo'mina bilishi zarur bo'lgan narsalarni yozibsiz. MAn ba'zi opajonlardan so'raganmande, o'zlari namozxon, hijobda bo'la turib, qoshlar terilgan, soch esa hijob yechilsa xatto yelkaga tushmaydi, astag'firullo...man so'raganimda nima diyishgan bilaslarmi, axir buni erimiz uchun qildik, unga chiroyli ko'rinish uchun deyishgan, o'ylab ko'riylar shu endi Alloxni tanigan insonlarni gapimi? Axir Allox bergan tanamizdagi xar bir a'zo, xattoki xar bitta tuk xam Alloxni bizga bergan ne'matiku, nega endi undan voz kechishimiz kere, axir e'tibor bering olib tashlasez yana qaytib o'saverishiga...o'zimizni shu bitta tukni yaratish qo'limizdan kelmaydiku, axir... Alloxga xamd bo'lsin...
KamiKamiKa, Assalamu alaykum. O'zbekistonda afsuski, faqat qosh terish emas, balki juda ham ko'p dinimizga qarshi bo'lgan urf odatlar ko'p.. Bu degani dinimizda ruhsat bor degani emas...
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom...
KamiKamiKa, Bu urf-odatni qayerdan kelib chiqqanini asil sababini bilmaymanku lekin, tahminimni etaman. U dunyoda savol-javob vaqti "qiz qosh bormi"deb, so'raladi deyilgan (qayerdan olingan gap bu bilmayman hozir). Qiz qosh deb, ya'ni yoshligidan umuman terilmagan qoshni nazarda tutiladi. Shu gapga asosan qizligida qoshini termay, turmush qilgandan keyin tersa bo'ladi deb tushunulsa kerak... Alloh bilguvchi... Ba'zi arab qabilalarida, turmushga chiqqan ayol qoshni terib yurishi kerak deyishadi, balki o'sha tamonlardan kelgandur... Hullas bu o'zbekona urf-odat ekanidan ham habarim yo'q edi to'g'risi...
Yana bir tahminim. Yangi kelinchak o'ziga qarab yurishi kerak bo'lgani uchun, qoshlarini terib tartibga keltirib yursin deb, o'ylab topishgandur... Urf-odat, irim-sirimlar halqni, hamma uchun ba'zi foydalarni ko'zda tutgan holida paydo bo'ladi.. Bunga ko'plab sabablar bo'lishi mumkin. Aynan birgina sababni rokach qila olmaymiz...
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom...
Assalomu alaykum. Mani shu savol ko'p o'ylantiradi. Javob berasiz degan umiddaman. Qiz bollar sochini kaltaytirish uchun emas, shunchaki tekislatish uchun, yoki "gullagan" sochlarini kesishi gunoh sanaladimi?
NOZI_ERKINOVA, Assalomau alaykum! Qayerdadir o'qigan edim, sochni salomatligi, ya'ni gullashini to'xtatish uchun biroz kaltartirish mumkin. Lekin soch kaltaligi kofira ayollarnkidek bo'lib qolmasligi sharti bilan. Vallahi a'lam.
Bu Yerga tug'ilgan kun, Rojdestvo, Pasxani nishonlash mumkinmi? Yuzdagi tuklar va qoshni terishga nima deysiz?
ya'nikim: Tug'ilgan kun haqida. O'sha bolaning tug'ilishida kim asosiy ishni bajardi? 9 oy yuragi ostida ko'tarib yurib, keyin esa ming azob bilan dunyoga keltirgan ona bo'lasi. Bolani ulg'aiytirib, tarbiyaladi. Tug'ilgan kun nishonlansa ham, o'sha onaning mashaqqatli mehnati uchun nishonlanishi lozim. Tu'gilgan kunni aniq sanasi haqida gapirilganda: ikki hil kalendar mavjud, quyosh va Lunar kalendari. Mazkur kelandarlarda yilning umumiy kunlar soni farq qiladi. Tug'ilgan kundagi ustiga shamlar terilgan tort - bu udum na xristianlik va na Islomda mavjud. Bu celtic dinidan kelib chiqqan.
davomi: celtic - adashmasam otashparastlik. Otashparastlar olovlar yoqib ularga sig'inishgan. Hullas, Rojdestvo, Easter (pasxa), yuqorida aytilgan udumlar Islomda yo'q.
P.S:bu narsalar videoda bo''lgani uchun tarjima qila qoldim.
Qosh terish: Qosh terish uchun juda ham jiddiy sabab bo'lmasa uni terish to'g'ri kelmaydi. Ko'proq ma'lumot uchun o'z Imomingiz bilan maslahatlashing. Agar qoshni go'zallashish va bu chiroyni boshqalarga ko'z-ko'z qilish uchun terish Islomda butkul haromdir.