Ayolga bag'ishlangan she'rlar.
| | | Sana: Yakshanba, 02-Марта-2008, 15:45 | Xatlari # 1 |
Ism:
| [Rukhiya]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [295]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| HIJOBLIK AYoL Ko'zing-u, qalbingni zabt etgan to'lib Nafosat haqida sursang gar xayol. Nuqsonsiz go'zallik timsoli bo'lib Yurgan bir hasratdir xijobli ayol! Biroq oson emas yurmoq hijobda, Bugun bu ko'plarga kelmoqda malol. His qilar o'zini begona dunyo, Kelgindi xilqatdir xijobli ayol. Avj olgan buzuqlik, ma'siyatlardan, Ne-ne qadriyatlar bo'ldi-ku uvol. «Ey Robbim, panoh ber!» deya bulardan Berkingan suvratdir xijobli ayol. Ko'plar ayol nomin bo'lg'aydi tinmay, Avratlar ochilib, bo'lishar xush-hol. Taqvosin ko'rsatib, o'zin ko'rsatmay Saqlangan siyratdir xijobli ayol. Millat-u, dinini ko'plar unutib Gunohlar qa'rida toparkan zavol, Taqvosi timsoli, libosi bo'lib Diniga quvvatdir xijobli ayol. Behayo kimsalar, dinsiz johillar Masxara qilganda uni bemalol. «Allohim, ularga hidoyat ber», deb Eng yaxshi niyatdir xijobli ayol. Uning mauvjudligi ko'ngilga malham Ko'z quvnar, qalb esa bo'lmagay behol. Kitoblar yoqilib ketganida ham Islomga hujjatdir xijobli ayol! Da'vatlar to'xtagan telba diyorda Har kimning ko'nglida katta bir savol. Indamay ketsa ham ko'zlari erda Katta bir da'vatdir xijobli ayol. Unga havas qilgum, degum, «ey singlim, Erlarga taqvoda o'rnak bo'lib qol!» Iymondan voz kechgan erkaklar uchun Eng yaxshi ibratdir, xijobli ayol.
|
| |
|
| | Sana: Yakshanba, 02-Марта-2008, 15:50 | Xatlari # 2 |
Ism:
| [Rukhiya]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [295]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| QIYoMAT Qiyomat yaqinlab qolgani ayon, Ayollar erlarning libosin kiymish, Avrat-u, xayoning ko'chasin toptab Xatto mayin bo'lib so'zlamay qo'ymish. Rasululloh bir kun qo'rqib so'zlagan Kunlar boshimizda turibdi qarang. Atrofning yalong'och turgan holiga Ko'taramiz xatto boshimiz arang. Tuyaning o'rkachin tasvirlab go'yo Jannatning hididan voz kechgan ayol Nahot umri bo'yi vaqt topib bir tun O'ziga bir bora bermagan savol: Xoy, men kim o'zi, jinsim ne erur, Yarasharmi menga shu yovuz xilqat? Ayollik libosin bir chetga otib Asl go'zallikdan ayrildim faqat, Bolamning nigohi menga yovqarash, Erimning ko'nglida yo'qolgan xohish. Men qancha urinmay, aslimdan shuncha Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush... Ovozim erkakcha, yurishim g'alat, Shimning o'rtasida yig'laydi hayo. Ajabo, shunchalar xorlik bo'lurmi, Tubanlik bo'lurmi, do'stlar, ajabo. Ayolning ko'nglida insofi bo'lsa, Ushbu savollarni berardi bir tun O'ech qursa o'qidan qochib boryotgan O'g'illari uchun, qizlari uchun... Afsus, ushbu holga faqat ayolmas, Balki erlarning ham ayblari mavjud. Rashk o'tin o'chirgach zino-yu faxsh-la, Dayuslik kasbiga ko'rar taraddud. Nardadan boshini ko'tara olmay, Ayollarga turmush yuklagan qopin Odamdan yaxshilik ko'rmoqchilarga Ayturmiz olimlar qilgan xitobin Ular o'zlarini erkak desalar, Dunyoda eng katta bo'lurlar kazzob, Chunki nikoh kuni bergan ahdiga Qilmishlar hiyonat, berolmay javob. Ularda mag'rurlik asli yo'q xislat, Ularni iymon ham aylamish xalos. Ularning egnidan joy olgan ko'ylak Faqatgina tashqi ko'rinish, xolos. Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo'ldi, Yaxshilar ko'ngildan yig'lab o'tmishlar Ayolin ko'chaga qo'yganlar bugun Ertaga bolaga ko'krak tutmishlar, Hali bu ketishda vazifalar ham O'zgararmi ayol, er nasli uchun, Go'yoki quyoshning tunda chiqishi, Oyning otishi-la ochiladi kun... Yo'q, do'stlar, iymon bor, ishonch bor ekan, Bunga yo'l qo'yilmas hech qachon, hech vaqt. Har kim o'z fitrati, o'z tabiati Amriga binoan yashamoqlik - baxt. Hadisdan oddiy bir xulosam shulki, Ko'r qilar bu ko'zni qamashtirganlar Aslida qiyomat kunin tezlatar Ana o'shanday jins almashtirganlar.
|
| |
|
| | Sana: Yakshanba, 02-Марта-2008, 15:51 | Xatlari # 3 |
Ism:
| [Rukhiya]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [295]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| QIZIM! Xayol surma, xayollar yomon Tuyg'ularga bermagin izn. Qur'on harfin o'rganib obdon Salim qalbga ega bo'l, qizim! Fisqqa chorlov seriallardan Kimdir izlar yolg'on Hizrni Mening munis, muslima qizim, Ro'moling-la yop televizorni. Sen dunyoga teran boqmoqni Qur'on hamda sunnat-la izla Dunyo mayda-chuyda deb kuysa Sen eng katta savdoni ko'zla. Bu savdoki, latta-puttaga Aldanmagan hayotiy ertak. Sen Oyishaga, Fotimalarga Yopishib ol misoli pechak. Hech ularni qo'yib yuborma, Sen ularni chindan bil ona. Boshingdagi ro'mol echilsa, Boshing ila tushsin mardona Qalbing ila Haqni tanigin Berilmagin falsafalarga Zargar dunyo aslida bitmish Yolg'on yashiq safsatalarga. Qizim, mening muslima qizim, Aqidangda hotirjam qolgin Hatto onang tobutin ko'rsang Allohdanmiz, deb ayta olgin. Bilib qo'yki, dunyo bevafo, Manzil oldi nasihat so'zim: Mendan ko'ra Rasulullohni Yaxshi ko'rsang, roziman, qizim!
| |
|
| | Sana: Yakshanba, 02-Марта-2008, 15:54 | Xatlari # 4 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| robiya, Alloh rozi bo'lsin!
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
| | Sana: Dushanba, 21-Июня-2010, 01:45 | Xatlari # 5 |
Ism:
| [Bahora]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [863]
| Xulqi: +
| [47] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| robiya, rahmat
| |
|
| | Sana: Shanba, 10-Июля-2010, 22:56 | Xatlari # 6 |
Ism:
| [Abdulhafz]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Faollashmoqda]
| Postlari:
| [104]
| Xulqi: +
| [40] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Российская Федерация]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| [color=green]Mastura ayollar, go'zal ayollar, Sizga ko'z tushganda hapqirar yurak. Kibrga berilmay sursak xayollar Siz bizga keraksiz, sizga biz kerak!!! Ko'ngillar poyida arzir cho'ksak tiz, Xudoga loyiqdir yashamak yolg'iz. Ba'zan siz zaifa, ba'zan siz ojiz, Siz bizga keraksiz, sizga biz kerak!!! Moziydan tizilib kelar bir xabar, "Ayolga ehtiyoj sezmish payg'ambar!" Farzandlar nigohi kulsa barobar Siz bizga keraksiz, sizga biz kerak!!! Birimiz suv bo'lsak, birimiz cho'g'dir, Agar birga bo'lsak, ko'ngil ham to'qdir. Biling, oramizda afzallik yo'qdir, Siz bizga keraksiz, sizga biz kerak!!! Sizga nasib etsin eng go'zal tilak, Nafas olgunicha qizargan yurak, Hayot sahnasida o'rnimiz bo'lak Siz bizga keraksiz, sizga biz kerak!!! Quvonchdan yosh ko'rsin yig'lasa yonoq, Bu dunyo azaldan uch kunlik qo'noq, Qadrimiz toptamay yashaylik inoq Siz bizga keraksiz, sizga biz kerak!!!
Sahifalar boru maza matra yo'q. Hayo uyat degandan bir qatra yo'q. www.oshxona.uz - O'zbek milliy taomlari | |
|
| | Sana: Shanba, 19-Марта-2011, 06:08 | Xatlari # 7 |
Ism:
| [Sarvinoz]
| Maqomi:
| [Foydalanuvchi]
| Guruxi:
| [Mehmon]
| Postlari:
| [1]
| Xulqi: +
| [0] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Sherlariz judaxam manoli ekan!Ollox rozibolson iloxim Amin! | |
|
| | Sana: Yakshanba, 20-Марта-2011, 08:35 | Xatlari # 8 |
Ism:
| [Mahsa]
| Maqomi:
| [Foydalanuvchi]
| Guruxi:
| [Mehmon]
| Postlari:
| [1]
| Xulqi: +
| [0] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| | |
|
| | Sana: Shanba, 29-Октября-2011, 15:24 | Xatlari # 9 |
Ism:
| [Rohmatulloh]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Boshlovchi]
| Postlari:
| [22]
| Xulqi: +
| [0] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Российская Федерация]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| ALLOHDANO'ZGA YOR TOPMADIM... Gohida ezsagar meni g'am, Qiynasa gohich o'rtar alam. Topilmasabiror-bir hamdam, Allohdano'zga yor topmadim... Holimtushunmasa do'stlarim, Yolg'ondesalar rost so'zlarim. Yig'idantinmasa ko'zlarim, Allohdano'zga yor topmadim... Zulmatichra chiqmasa ziyo, Garsig'masam olamga go'yo. Izlaganim bo'lsa bir ro'yo, Allohdan o'zga yor topmadim...
Alhamdulillah | |
|
| | Sana: Yakshanba, 23-Сентября-2012, 16:51 | Xatlari # 10 |
Ism:
| [abdurasul]
| Maqomi:
| [Foydalanuvchi]
| Guruxi:
| [Mehmon]
| Postlari:
| [1]
| Xulqi: +
| [0] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| juda yaxshi chiqibdi ofarin :wink: :smaylD: :14n: :v :D :D :D :D | |
|
|
|