QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy kitobidan!!!
| | | Sana: Chorshanba, 25-Февраля-2009, 03:13 | Xatlari # 1 |
Ism:
| [Islom xaq din !!!]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Etiborli Forumchi]
| Postlari:
| [81]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| DUO SENDAN, IJOBAT MENDAN «Ey Odam farzandi! Mol-dunyo Mening molimdir. Sen esa Mening qulimsan. Molimdan senga hech nima qolgani yo‘q. Illo, yeb yo‘q qilding yoki kiyib to‘zdirding yoxud sadaqa qildingu, saqlab qolding. Menga va senga (atalgani) uch qismdir: bir qismi Men uchun, yana bir qismi o‘zing uchun, qolgan bir qismi Men bilan sening o‘rtangdadir. Joning meniki, amaling o‘zingniki, duo sendan, ijobat Mendandir. Ey Odam farzandi! Taqvo qil va qanoatli bo‘l, Meni ko‘rasan. Ibodat qil, Menga qaytasan. Izla, Meni topasan. Ey Odam farzandi! Agar sen fisqu-fujurlari tufayli jahannamga kiruvchi amirlarga o‘xshasang, gunohga botgan (johil) arablarga, hasadgo‘y olimlarga, xiyonatkor savdogarlarga o‘xshasang, zulmkor johillarga, riyokor hunarmandu obidlarga, takabbur boylarga, yolg‘onchi kambag‘allarga o‘xshasang, bas, u holda jannatni kim talab qiladi?»
|
Alloh (Jalla jalalu)ga bog`lanish, unga barcha ishda tavakkul va niyatni xolis qilish, nafs-havoning hohishlaridan uzoq bo`lish, barcha ishni Alloh uchun qilishdadur.http://www.ravda.net/include.php?path=start.php | |
|
| | Sana: Chorshanba, 25-Февраля-2009, 03:14 | Xatlari # 2 |
Ism:
| [Islom xaq din !!!]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Etiborli Forumchi]
| Postlari:
| [81]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| ILM AMAL BILAN GO’ZAL «Ey mo‘minlar! Allohdan haq-rost ko‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat musulmon bo‘lgan hollaringizda dunyodan o‘tinglar» (Oli-Imron, 102). Ey Odam farzandi! Amalsiz ilmning misoli xuddi yomg‘irsiz chaqmoq va momaqaldiroqqa o‘xshaydi. Amalsiz olim xuddi ipsiz kamonga o‘xshaydi. Zakotsiz mol xuddi qoyaga tuz ekkan kishiga o‘xshaydi. Ahmoq huzurida qilingan mav’iza xuddi hayvon yonidagi duru gavharga o‘xshaydi. Ilmi bo‘laturib, qalbi qattiq bo‘lgan kishi xuddi toshloq yerga o‘xshaydi. Rag‘bat qilmaydigan kishiga qilingan nasihat qabrlar oldida nay chalishga o‘xshaydi. Haromdan qilingan sadaqa xuddi kiyimidagi iflosliklarni siydigi bilan yuvgan kishiga o‘xshaydi. Poklanmasdan o‘qilgan namoz xuddi jonsiz tanaga o‘xshaydi. Tavbasiz olim xuddi poydevorsiz binoga o‘xshaydi. Ular Allohning azobidan omon qolamiz, deya xotirjam bo‘lishyaptimi? Bas, Allohning azobidan faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘ladi».
|
Alloh (Jalla jalalu)ga bog`lanish, unga barcha ishda tavakkul va niyatni xolis qilish, nafs-havoning hohishlaridan uzoq bo`lish, barcha ishni Alloh uchun qilishdadur.http://www.ravda.net/include.php?path=start.php | |
|
| | Sana: Chorshanba, 25-Февраля-2009, 03:15 | Xatlari # 3 |
Ism:
| [Islom xaq din !!!]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Etiborli Forumchi]
| Postlari:
| [81]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| QASHSHOQLIKDAN QO’RQMA «Kim bir amali bilan odamlar orasida ovoza bo‘lishni xohlasa, u bamisoli orqasiga suv ortib, toqqa ko‘tarilayotgan kimsaga o‘xshaydi. Unga charchoq va mashaqqat yetadi, amalidan birortasi qabul qilinmaydi... Ey Odam farzandi! Bilginki, faqat Men uchun xolis bajarilgan amalni qabul etaman. Amalni xolis bajaruvchilar naqadar baxtiyor! Ey odam farzandi! Agar qashshoqlik sen tomon kelayotganini ko‘rsang: "Marhabo solihlar tantanasi!" - degin. Ey Odam farzandi! Agar boylik sen tomon kelayotganini ko‘rsang, «Marhabo, jazosi tezlatilgan gunohlar!» degin. Agar mehmonni bog‘liq holda ko‘rsang (ya’ni, uyingga mehmon kelishi uzilsa, "a’uzu billahi minash-shaytonir rojim" - degin). Ey Odam farzandi! Mol-dunyo Meniki, sen esa qulimsan, mehmon Mening elchim. Ne’matimni sendan tortib olishimdan qo‘rqmaysanmi? Rizq Mening rizqim, shukr qilish sendan, foydasi ham o‘zingga qaytguvchidir. Senga bergan ne’matlarim uchun Menga hamd aytmaysanmi? Ey Odam farzandi! Zimmangda uchta majburiyat bor: molingdan zakot berish, qarindoshlar bilan aloqani uzmaslik, oilang va mehmonlaringga taalluqli ishlar. Agar buyurganimni qilmasang, (sharmandali jazolash bilan) seni butun olamlarga ibrat qilaman. Ey Odam farzandi! Agar qo‘shningning haqqiga oilang haqqini ado qilgandek rioya qilmasang, senga nazar solmayman, amalingni qabul qilmayman, duongni ijobat etmayman. Ey Odam farzandi! O’zingga o‘xshagan maxluqlarga suyanma. (Suyansang), ularga topshirib qo‘yaman. Maxluqotlarimga takabburlik qilma, chunki kelib chiqishing nutfadandir. Men seni siydik yo‘lidan, erkak kishining beli bilan ayolning ko‘krak qafasi o‘rtasidan otilib chiquvchi bir suvdan yaratganman. Sen uchun harom qilgan narsalarimga qarama. Chunki (qabrda) birinchi qurt yeydigan a’zoing ikki ko‘zingdir. Bilginki, sen nazar solganingga ham, muhabbatingga ham hisob-kitob qilinasan. Ertaga oldimda turadigan maqomingni esla. Albatta Men ko‘z ochib-yumguncha ham qalbingdan g‘ofil emasman. Albatta Men qalblarni bilguvchi Zotman». ziyouz.com
|
Alloh (Jalla jalalu)ga bog`lanish, unga barcha ishda tavakkul va niyatni xolis qilish, nafs-havoning hohishlaridan uzoq bo`lish, barcha ishni Alloh uchun qilishdadur.http://www.ravda.net/include.php?path=start.php | |
|
| | Sana: Chorshanba, 25-Февраля-2009, 03:17 | Xatlari # 4 |
Ism:
| [Islom xaq din !!!]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Etiborli Forumchi]
| Postlari:
| [81]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| SO’NGGI PUSHAYMON - O’ZINGGA DUSHMAN «Ey Odam farzandi! Qo‘lingni ko‘kraging ustiga qo‘y. Nimaniki o‘zing uchun yaxshi ko‘rsang, o‘zingdan boshqasi uchun ham uni yaxshi ko‘r. Ey Odam farzandi! Taning zaif, tiling yengil, qalbing esa zolimdir. Ey Odam farzandi! Oxirgi chegara o‘lim, o‘lim kelishidan oldin amal qilib qol. Ey Odam farzandi! To rizqini ham yaratmaguncha, birorta a’zongni yaratmadim. Ey Odam farzandi! Agar seni soqov qilib yaratganimda til uchun, ko‘r qilib yaratganimda ko‘z uchun, kar qilib yaratganimda quloq uchun hasrat chekkan bo‘larding. Bas, bergan ne’matimning qadriga yet, Menga shukr qil, kufr keltirma, chunki Menga qaytajaksan. Ey Odam farzandi! Senga taqsimlab qo‘ygan narsam talabida o‘zingni qiynama. Senga taqsimlagan har bir narsam to tugagunicha, o‘zi seni talab qilib boradi. Ey Odam farzandi! Meni o‘rtaga qo‘yib yolg‘on qasam ichma. Kim Mening nomim bilan yolg‘on qasam ichsa, do‘zaxga kiritaman. Ey Odam farzandi! Bergan rizqimni yeganingdan so‘ng toatimga kirish. Ey Odam farzandi! Mendan ertaning rizqini so‘rama, chunki Men ham sendan ertaga qiladigan amalingni (bugun) talab qilayotganim yo‘q-ku! Ey Odam farzandi! Men sening ozgina amalingga roziman. Sen esa bergan ko‘p rizqimga ham rozi emassan. Ey Odam farzandi! Agar dunyoni bandalarimdan birortasiga qoldirganimda albatta uni payg‘ambarlarimga qoldirgan bo‘lardim, ular (shu dunyo orqali) bandalarimni toatimga va buyruqlarimni bajarishga chaqirgan bo‘lardilar. Ey Odam farzandi! Ulim senga tushishidan oldin o‘zing uchun amal qil. Xato(lar) seni aldab qo‘ymasin. Chunki (hali) xatolar izidan yurish bor. Hayot va uzun orzu-havaslar seni tavbadan chalg‘itmasin. Negaki, tavbani kechiktirganing uchun pushaymon foyda bermaydigan kunda pushaymonlar ichra qolasan. Ey Odam farzandi! Senga rizq etib bergan moldan Mening haqqimni chiqarmasang va kambag‘allarni u moldagi haqlarini olishdan to‘ssang, ustishta shunday bir zolim hukmron qilinadiki, u sendan molni tortib oladi, Men ham mol tufayli keladigan savobdan seni mahrum qilaman. Ey Odam farzandi! Agar dunyo sen tomon yuz tutsa, o‘limni esla, agar gunohni qasd qilsang, tavbani esla, mol-dunyo qo‘lga kiritsang, hisob-kitobni esla, taomga o‘tirsang, ochlarni esla, nafsing zaifni (jazolashga) undasa, Allohning sening ustingdagi qudratini esla. Agar Alloh xohlasa, qudratini ustingda hukmron qilib qo‘yadi. Agar ustingga bir balo tushsa, «La havla vala quvvata illa billahil aliyyil ‘aziym»ni aytish bilan yordam so‘ra. Agar kasal bo‘lsang, nafsingni sadaqa bilan muolaja qil. Agar senga biror musibat yetsa, «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», "Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u Zotga qaytguvchilarmiz" (Baqara, 156) degin».
|
Alloh (Jalla jalalu)ga bog`lanish, unga barcha ishda tavakkul va niyatni xolis qilish, nafs-havoning hohishlaridan uzoq bo`lish, barcha ishni Alloh uchun qilishdadur.http://www.ravda.net/include.php?path=start.php | |
|
| | Sana: Chorshanba, 25-Февраля-2009, 03:19 | Xatlari # 5 |
Ism:
| [Islom xaq din !!!]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Etiborli Forumchi]
| Postlari:
| [81]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| YER AMALLARGA GUVOHDIR «Ey Odam farzandi! Farishtalarim kechasiyu kunduzi ketma-ket kelib, aytgan va qilgan narsalaringni yozib borishadi. Yer esa ustida bajargan amallarishta guvoh bo‘ladi. Osmon ham o‘zi tomon ko‘tarilayotgan amallariyuta guvoh bo‘ladi. Quyosh va oy ham ko‘rayotgan narsalariga guvoh bo‘lishadi. Allohning O’zi guvohlikka kifoya Zotdir. Ey Odam farzandi! Bilgin, albatta halol narsa qatra-qatra bo‘lib keladi. Harom narsa esa sel kabi keladi. Kimning hayoti sof-musaffo bo‘lsa, dini ham sof bo‘lur. Sen boylikka xursand bo‘lma, chunki u abadiy emas. Allohning toatiga sabr qil, chunki Alloh barcha qiyinchilikda yordam beradi. Kambag‘allikdan bezovta bo‘lma, chunki u senga uzil-kesil belgilangan narsa emas. (Ya’ni, Alloh fazliga olsa, boyib ketasan.) Allohning rahmatidan noumid bo‘lma, chunki Alloh kechiruvchi va rahmli Zotdir. Gunohni tark qil, chunki gunoh jahannam tomon ketayotgan gunohkorning ozig‘idir. Boylikka xursand bo‘lma, chunki boylik dunyo hayotida aziz, oxiratda esa xorliqdir. Haqiqatda oxirat azizligi ulug‘ va mangudir. Bilgin, sendan istig‘for, Mendan esa gunohlarni kechirishdir. Sendan tavba, Mendan esa qabuldir. Sendan shukr, Mendan esa ko‘paytirib, ziyoda qilish. Sendan sabr, Mendan g‘alaba. Sen ilm tolibi bo‘l, jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yilasan. Ey Muso ibn Imron! Agar bandamning qalbi ko‘proq dunyoga mashg‘ul bo‘lsa, uning qalbini kambag‘allik bilan mashg‘ul qilib, o‘limni esidan chiqartirib, mol-dunyo ko‘paytirish kasaliga mubtalo qilib, oxiratdan g‘aflatda qoldiraman. Agar bandamning qalbi ko‘proq oxirat ishiga mashg‘ul bo‘lsa, butun g‘ami Mening ibodatimga yo‘llanib, bandalarimni uning xizmatiga mashg‘ul qilib, qalbini muhabbatimga to‘ldirib qo‘yaman».
|
Alloh (Jalla jalalu)ga bog`lanish, unga barcha ishda tavakkul va niyatni xolis qilish, nafs-havoning hohishlaridan uzoq bo`lish, barcha ishni Alloh uchun qilishdadur.http://www.ravda.net/include.php?path=start.php | |
|
| | Sana: Chorshanba, 25-Февраля-2009, 03:21 | Xatlari # 6 |
Ism:
| [Islom xaq din !!!]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Etiborli Forumchi]
| Postlari:
| [81]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| BIR QALBGA IKKI MUHABBAT JAM BO’LMAS «Ey Odam farzandi! Dunyo muhabbatini qalbingdan chiqar. Chunki Men O’zimga bo‘lgan muhabbat bilan dunyo muhabbatini hech qachon bir qalbda jamlamayman. Ey Odam farzandi! Zikrim uchun vaqtingni g‘animat bil, Men ham shunda seni farishtalarim huzurida zikr qilaman. Ey Odam farzandi! Qachongacha «Alloh, Alloh», deysiz-u, qalbingiz, mashg‘ulotingiz, himmatingiz Allohdan o‘z-gasi bilan band. Allohdan o‘zgasidan qo‘rqdingiz, bas, endi qaysarlik qilmagan holda Allohdan kechirim so‘ranglar. Chunki qaysarlik bilan (ya’ni, xatodan qaytmasdan) mag‘firat tilash yolg‘onchilarning tavbasidir. Robbing bandalariga zulm qiluvchi emas. Ajaling orzu-havaslaring ustidan kuladi. Qazoi qadarim ehtiyotkorligingta kuladi. Taqdirim tadbiringdan kuladi. Taqsimotim hoyu-havasingga kuladi. (Rizq) talabiga bee’tibor bo‘l. Qazoi qadarimga, taqsimotimga bo‘ysun. Chunki rizqing o‘lchangan, taqsimlangan. Taqdir qilgan narsam muhrlab qo‘yilgan, (solih) amallarni qilib, oxirating uchun shoshil. Bilginki, dunyodagi rizqingni o‘zingdan boshqa hech kim yemaydi. Biz ularning dunyo hayotidagi tirikchiligini o‘rtalarida taqsimladik va ba’zilarining darajalarini boshqalarnikidan ko‘tarib qo‘ydik. Men dunyoga vahiy qildim: «Ey dunyo, do‘stlarimga xor va arzimas bo‘lib ko‘ringin, toki ular diydorimga mushtoq bo‘lishsin». Ey Odam farzandi! Bilginki, garchi yomon ko‘rsang-da, o‘lim senga tushguvchidir. Parvardigoringning hukmiga sabr qil. Sen kechadan (bo‘lgan soatlarda) va yulduzlar yuz o‘girib ketgach (ya’ni, sahar paytlarida) ham, Robbingga tasbeh ayt. Ey Odam farzandi! Senda ham, Menda ham xohish bor. Lekin Mening xohlaganim bo‘ladi! Ey odamlar! Kim Men tomon intilsa, taniydi. Kim tanisa, Meni xohlagan bo‘ladi. Kim xohlasa, Meni talab qilgan bo‘ladi. Kim talab qilsa, Meni topadi. Kim topsa, Meni eslaydi. Kim Meni unutmasdan eslasa, Men ham uni eslayman, unutmayman. Ey Odam farzandi! Toki to‘rtta (o‘lim)ni his etmaguningcha amaling xolis bo‘lmaydi: 1) qizil o‘lim - aziyat va qiyinchiliklarga duch kelish; 2) oq o‘lim - uzoq sukut qilib turmoq; 3) sariq o‘lim - e’tibor bilan uzoq tafakkur qilish; 4) qora o‘lim - havoyu nafsga muxolif bo‘lmoq. Alloh taolo bu haqda: «Albatta Alloh yo‘lidan ozadigan kimsalar uchun hisob-kitob kunini (ya’ni, qiyomatni) unutib ko‘yganlari sababli kattik, azob bordir», deb aytgan (Sod, 26-oyat)».
| | |
|
| | Sana: Chorshanba, 25-Февраля-2009, 03:26 | Xatlari # 7 |
Ism:
| [Islom xaq din !!!]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Etiborli Forumchi]
| Postlari:
| [81]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| TAVBAGA SHOSHIL «Ey Odam farzandi! Men sizlarni befoyda va behudaga yaratganim yo‘q. Men g‘ofil emasman, (holingizdan) xabardorman. Mening roziligim uchun yoqtirmayotgan narsangizga ham sabr qil(ishni o‘rgan)maguncha huzurimdagi narsa (jannat)ga erisholmaysiz. Toatimga sabr qilishingiz ma’siyatimga sabr qilishdan, gunohni tark qilishingiz do‘zax olovidan (qo‘rqib) Mendan uzr so‘rashingizdan, dunyo azobi oxirat azobidan yengilroqdir. Ey Odam farzandi! Barchangiz adashgansiz. Faqat Men hidoyat qilganlargina unday emas. Barchangiz yomonlik qiluvchisiz, faqat Men (yomonlikdan) saqlaganlargina unday emas. Menga tavba qilinglar, sizlarga rahm qilaman. Sirlaringiz maxfiy qolmaydigan Zot huzurida sirlaringizni fosh etmanglar».
Alloh (Jalla jalalu)ga bog`lanish, unga barcha ishda tavakkul va niyatni xolis qilish, nafs-havoning hohishlaridan uzoq bo`lish, barcha ishni Alloh uchun qilishdadur.http://www.ravda.net/include.php?path=start.php | |
|
| | Sana: Chorshanba, 25-Февраля-2009, 03:26 | Xatlari # 8 |
Ism:
| [Islom xaq din !!!]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Etiborli Forumchi]
| Postlari:
| [81]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| HAMMAGA YAXSHILIK QILING «Ey insonlar! Aniqki, sizlarga Parvardigoringiz tomonidan qalblarga shifo bo‘lib pand-nasihat keldi. Nega faqat sizga yaxshilik qilgan kishigagina yaxshilik qilasiz, sizga bog‘langan kishigagina bog‘lanasiz, sizga yedirgan kishigagina yedirasiz, sizni hurmat qilgan kishinigina hurmat qilasiz?! Birovning yana birovdan afzal joyi yo‘q. Balki mo‘minlar shunday kishilarki, Alloh va rasuliga iymon keltiradilar, yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qiladilar, aloqani uzgan kishi bilan aloqani tiklaydilar, mahrum qilgan kishini avf etadilar, xiyonat qilgan kishiga ishonadilar, xo‘rlaganni hurmat qilishadi, arazlagan kishi bilan so‘zlashishadi. Albatta Men sizlardan xabardor Zotdirman».
Alloh (Jalla jalalu)ga bog`lanish, unga barcha ishda tavakkul va niyatni xolis qilish, nafs-havoning hohishlaridan uzoq bo`lish, barcha ishni Alloh uchun qilishdadur.http://www.ravda.net/include.php?path=start.php | |
|
| | Sana: Chorshanba, 25-Февраля-2009, 03:28 | Xatlari # 9 |
Ism:
| [Islom xaq din !!!]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Etiborli Forumchi]
| Postlari:
| [81]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| AHDGA VAFO QILING «Ey Odam farzandi! Sizlarga in’om qilgan ne’matimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Shunda Men ham O’z ahdimga vafo qilaman. Mendangina qo‘rqinglar. Yo‘lboshlovchisiz to‘g‘ri yo‘lga tushib bo‘lmaganidek, jannatga ham amalsiz yo‘l yo‘qdir. Shuningdek, mol mashaqqatsiz yig‘ilmaydi. Xuddi shunday ibodatimga ham sabr qilsangizlargina, jannatga kirasizlar. Allohga nafl ibodatlar bilan yaqinlashing. Mening roziligimni o‘zlaringiz orangizdagi misskinlar roziligidan izlang. Ulamolar majlisi orqali rahmatimga rag‘batli bo‘ling. Chunki rahmatim bir lahza ham ulardan ajralmaydi. Alloh taolo: «Ey Muso! Aytayotganlarimni eshit. Haqqi rostki, kim miskinga takabburlik qilsa, Qiyomat kunida uni (zarra yoki mayda chumoli) suratida tiriltiraman. Kimki miskinga tavoze’li bo‘lsa, dunyo va oxiratda u(ning darajasi)ni ko‘taraman. Kimki miskinni obro‘sizlantirish uchun sirini yoysa, Qiyomat kunida uni siri pardalanmagan holda tiriltiraman. Kimki qashshoqni xorlasa, bas, u Meni jangga chorlabdi. Kim Menga iymon keltirsa, dunyo va oxiratda farishtalar u bilan qo‘l berib so‘rashadi», dedi».
|
Alloh (Jalla jalalu)ga bog`lanish, unga barcha ishda tavakkul va niyatni xolis qilish, nafs-havoning hohishlaridan uzoq bo`lish, barcha ishni Alloh uchun qilishdadur.http://www.ravda.net/include.php?path=start.php | |
|
| | Sana: Chorshanba, 25-Февраля-2009, 03:30 | Xatlari # 10 |
Ism:
| [Islom xaq din !!!]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Etiborli Forumchi]
| Postlari:
| [81]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| TIL OFATI «Ey iymon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar, ertayu kech Unga tasbeh aytinglar. Ey Muso ibn Imron, ey bayon qiluvchi Zot! So‘zlarimni eshit! Men mukofot beruvchi podshohdirman. Men bilan sening o‘rtangda tarjimon yo‘q. Ribo yeyuvchi kishiga Rahmonning g‘azabi va do‘zaxning ziyoda azobi bo‘lsin. Ey Odam farzandi! Agar qalbingda g‘ashlik, badaningda bemorlik, rizqingda mahrumlik, molingda kamchilik topsang, demak, bilginki, sen befoyda narsani (ko‘p)gapiribsan. Ey Odam farzandi! Tilingni to‘g‘ri qilmaguningcha, dining to‘g‘ri bo‘lmaydi. Robbingdan hayo qilmaguningcha, tiling to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ey Odam farzandi! Agar o‘z aybingni unutib, odamlarning aybiga nazar solsang, unda sen shaytonni rozi qilib, Rahmonning g‘azabini keltiribsan. Ey Odam farzandi! Tiling sher (kabi)dir. Agar uni qo‘yib yuborsang, seni o‘ldiradi. Sening halokating tilingni qo‘yib yuborishingdadir».
|
Alloh (Jalla jalalu)ga bog`lanish, unga barcha ishda tavakkul va niyatni xolis qilish, nafs-havoning hohishlaridan uzoq bo`lish, barcha ishni Alloh uchun qilishdadur.http://www.ravda.net/include.php?path=start.php | |
|
| | Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 15:34 | Xatlari # 11 |
Ism:
| [¯¨`*·~-..(\☻/)..-~*´¨¯]
| Maqomi:
| [Заблокированные]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [1188]
| Xulqi: +
| [118] ±
| Xulqi: -
| [40%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Антарктика]
| Jins:
| [Erkak]
| |
|
| |
|
|
|