Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
Uyqu...Shunchalik Muhimmi?
BeBeShKa
Sana: Shanba, 07-Марта-2009, 15:12 | Xatlari # 1
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Foniyda bir o’lim turidir uyqu, toki uyg’onganga qadar. Uyg’oqlik
yashash bilan aloqador bo’lgan, yangi bir kun, yangi bir tug’ilish va balki
yangi bir umitdir, bunga intizor va buning (vaqt o’tgan sari kamayib
borayatgan hayot daftarimizning varaqlari-kunlari) qadrini bilganlar
uchun.

Sizga ushbu risolada bir uyqu holi haqida bayon qilamiz. Insholloh
bundan o’zimizga chiroyli ibrat olsak, yoki bundagi urg’u berilgan
masalaga yanada e’tiborli bo’lsak xayrli bo’lar edi…

***

-Kun hali yorishmagan, subhidam yaqin bir payt. Charchovning bergan
og’irligidan darrov uxlab qolgandi. Lablari suvsizlikdan qurigan, juda ham
chanchoq holatda edi.
Chiroqlarni yoqmasdan, oshxonaga borib suv ichti va yotog’iga qaytib keldi. Endi
uyquga ketayatgan paytda, xuddi bir ingrashga o’xshaydigan ovoz quloqlarini
titratdi.
Ammo buni ro’yomi yoki o’ngida bo’layatgan voqe’likmi farqlay olmadi. Ovoz
kelgan tarafga qayrildi. O’sha zahot bu bir ro’yo ekanligiga to’liq amin bo’ldi.
Chunki u eshitgan ovoz sohibi uyning yakkayu yagona sajdagohi-joynamozi edi

Kishi hayron bo’lib, qo’rquv to’la bir ovoz bilan:
- "Ingragan senmiding?"

- "Ha men edim";

-"Nega yig’layapsan?"

Sajdagoh yana yurakni ezadigan bir tovushda:
- "Seni uyqungdan uyg’ontirgan chaqqoqlikni, tuyib suv ichish bilan
qondirding. Lekin mening chanqog’imni qondiradigan kimsam yo’q!"

- "Qanday chanqaysan? Sen bir jonzod emassanki chanqasang" dedi kishi.

Sajdagoh:
- "Mening chanqog’imni faqat bir suv turigina qondiradi, u ham bo’lsa
sen ichgan suv emas, balkim tavbakor qullarning ko’zyoshlaridir."

- "Tushunmadim?!" dedi kishi sajdagohga hayratomus boqib.

- "Yig’layman, chunki Allohning qullarini qabrlari munavvar bo’lishini,
g’aflatda qolmaslikni, u qutlug’ kunda yuzlari oydin bo’lishni hohlaydilar.
Hohlaydilar lekin bu vaqtda turib ikki rak’at tahajjud namozini barpo
qilmaydilar. Hadeb intizorlik bilan qarayman senga turib shukr qilish
uchun ikki rakat namoz barpo qilmaysan!"

-"Meni tinch qo’y" deb o’grildi kishi.

Sajdagoh so'zida davom etdi.
- "Ey Allohning quli, qara ertalabgi-bomdod (fajr) namozining vaqti
keldi. Azonlar "Namoz uyqudan xayrlidir"(Assolatu xayrum minannavm)
deb namozga, najotga chorlayapti, Eh ertalabgi namoz…Namozlarning
ichida eng ko’p be e’tibor qoladi afsus. Ham qalbga hamda ruhga hayot
beradigan bir ne’matdir bu namoz. Yetmaydimi kechayu kundiz dunyo
uchun yugurganing?! Al Aziz va Al Qahhor bo’lgan Allohning nidosiga
nega ijobat qilmaysan?

Kishi joni siqilib:
-"Ey joynamoz!, Menga ishing bo’lmasin, meni tinch qo’y. Kuni bilan
juda ham charchayman, yana biroz uxlay" deb kishi issiqgina yotog’ining
ichiga kirdi…

Sajdagoh tinmasdan odamni ogohlantirishda, uxlatmaslikda davom etardi:
- "Demakki sen dunyoga oxiratdan ko’ra juda ko’p e’tibor berasan.?!"

Odam juda ham jahli chiqib:
- "Yetar bas, iltimos menga boshqa gapirma!"deb baqirdi.

Sajdagoh bunday qarshilikni ko’rib oldin sukut saqladi, keyinroq ovozini yanada
kuchliroq qilib:
"Eh bu fajr vaqtidagi odamlar!, eh bu fajr vaqtida g’aflatda qolgan
odamlar!. deb so’zida davom etdi:."Sen bu vaqt haqidagi, Payg’ambarimiz
sav ning aytganlarini bilmaysanmi?"
«Bomdodning ikki rak'at (sunnat)i dunyo va undagi narsalardan ko'ra
xayrli (yaxshi)roqdir».1 ;
«Albatta u ikki (rak'at) dunyoning hammasidan ko'ra mahbubroqdir»1
«Kimki, bardayn (bomdod va asr) namozini o'qisa (barpo qilsa),
jannatga kiradi». Yana aytganlar:
«Quyosh chiqmog'idan avval va botmog'idan ilgari namoz (ya'ni bomdod
va asr namozini, barpo qilgan shaxs aslo do'zzaxga kirmagay»1
Va nihoyat:
«Munofiqlarga bomdod va xufton namozlaridek og’ir tuyiladigan namoz
yo'qdir –Agar ular bu namozlarning ajrini bilganlarida, sudralib sudralib
bo'lsada kelgan bo’lardilar.»2
Bularni eshitgan kishi yotog’idan qayrilib:
- "Haq gapni gapirding, ertalabgi namoz chindan ham muhimdir" dedi.

Sajdagoh:
- "Unday bo’lsa o’rningdan tur, namozingni barpo qil!" dedi:

-"Insholloh ertaga, albatta turarman, ammo bugun juda chachganman"
dedi kishi.

Sajdagoh so’ngi umid bilan, odamga nasihatda davom etardi. Lekin bu ondan
odamga bir so’z ham eshitilmadi. Sajdagoh ham bir on sukut saqladi. Odam
uyqusini davom ettirdi….

Subhanalloh Odam abadiy uyquga ketib qolgandi. Sajdagohning so’ngi so’zlarini
eshitmadi. O’sha on, sajdagoh kishining jon taslim qilganidani anglab yetganidan
biroz ilgari, mahzun bir ovoz bilan shularni aytayatgandi:
-"Ey tavbasini ertangi kunga qoldiryatgan kishi, ertaga hayot
bo’lishingni bilasanmi? Sen dunyo ketidan quvarkan, o’lim tepangda
turadi doim, undan qochib qutilolmaysan. Ajalning kelishi esa oniy. Sen
kutmagan kunda va bilmagan makonda boshinga tushadi, sezmay
qolasan…"

VA KIM BILADI BUGUN SENING HAM SO’NGGI KUNINGDIR!

***
1-Imom Muslim rivoyatlari
2-Imom Al- Buxoriy rivoyatlari

NeLya
Sana: Shanba, 07-Марта-2009, 22:46 | Xatlari # 2
Ism:
[NeLLi]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[17142]
Xulqi: +
[1793] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

cOo_cOo, singiljonim baraka toping ibratli qissalarni yozipsiz..molodets ..har bir uqigan inson uylaniib qolsa savobi sizga tegadi,lekin mani qattu uylantirib qoydi ..bir hilda charchab erinniiiib ketaman shu sajdaga borishga ushanda uzimga uzim ja bulmasa utirib uqigin uladigan darajaga etmadingg-ku --deyman..shudeee...ulim hammamizani boshimizada bor ,OLLOH hech kimni sharmanda qilmasin musulmon larni bevaqt ulimdan asrasin..haqiqatdan ham sajda qilganimiz OLLOH bulsin..



MoNiKa
Sana: Juma, 13-Марта-2009, 10:00 | Xatlari # 3
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

cOo_cOo, Alloh rozi bo'lsin sizdan, rahmat singiljonim. cry cry cry



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
salsabil
Sana: Seshanba, 17-Марта-2009, 17:47 | Xatlari # 4
Ism:
[salsabilahon]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2454]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

cOo_cOo, sinim olloh bahtizni chiroyli qilsin ilohim ohiri sajdagoh joynamoz ham gapiradi qiyomatyaqinlashganda masjidlar juda baland va guzal boladi ammo insonlarning ibodat qilishga nomozlariga hususan gaflat bosadi degan gaplar esimgatushib ketti haqiqatdan ham qiyomatda hamma narsa biz uchun guvohlik beradi shu uyimiz shu kiygan kiyimimiz shu sajdagoh joynamozimiz ham :(



YaYa
Sana: Seshanba, 17-Марта-2009, 23:48 | Xatlari # 5
Ism:
[YaYa]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Эквадор]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

cOo_cOo, rahmat, ortoqjon. Alloh rozi bo'lsin!
Alloh yaratgan barcha mavjudot gapirar va Yaratganni daoimo yod etar va tasbeh aytar ekan. Rasululloh bir daraxtning yoniga o'tirib Qur'on tilovat qilgan ekanlar. O'qib bo'lganlaridan so'ng, ortlaridagi daraxtning yig'layotgani tovushini eshitgan ekanlar. Shunda Sarvari olam SAW daraxtni quchoqlab bag'rilariga bosibdilar. Va bo'lgan voqeani sahobalariga aytib bergan ekanlar. Agar daraxtni bag'rimga bosmaganimda u Qiyomatgacha yig'lagan bo'lar edi-degan ekanlar.
Joynamoz ham uning ustida namoz o'qiyotganlaridan bag'oyt hursand bo'lsa kerak. Harqalay u ham Alloh yo'lida xizmat qilmoqda. Rabbimizning o'zi umrimizni behuda o'tkazib yuborishdan asrasin. Seriallar ayni o'sha vaqtimizning ko'shandasida. Ibodatlarimizni a#lo va to'kis ado etalylik Ilohim.

Beck
Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 18:17 | Xatlari # 6
"FUQARO"...
Ism:
[¯¨`*·~-..(\☻/)..-~*´¨¯]
Maqomi:
[Заблокированные]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[1188]
Xulqi: +
[118] ±
Xulqi: -
[40%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Антарктика]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

:)



  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024