Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
Aqlli Kishi Har Bir Narsadan Ibrat Olgay .
BeBeShKa
Sana: Shanba, 07-Марта-2009, 15:42 | Xatlari # 1
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Arslon, bo‘ri va tulki uchovlon birga ov ilinjida o‘rmonga borishdi. Aslida arslon tengi bo‘lmagan tulki bilan bo‘rini ovda sherik qilishi to‘g‘ri emasdi. Ammo "jamoat bo‘lishda baraka bor" deyilgani uchun bu safar shuni ixtiyor qildi.

Uchta bo‘lishdimi, endi ulardan biri boshliq bo‘lishi lozim. Arslon o‘zi boshliq bo‘lishini bilgani uchun bu haqda tulki bilan bo‘riga maslahat solib o‘tirmadi.

Tushgacha ular bir yovvoyi eshak, bir yovvoyi echki va semizgina bir quyon ovlashdi. Ovlari baroridan kelgan edi. Ovlarini tishlab sudraganlaricha bir g‘orga olib kelishdi. Ular juda ham ochqashgan, qorinlari tatalab borar edi.

O‘ljalarni o‘rtaga qo‘yishdi. Endi buni taqsimlash kerak edi. Aslida, kim boshliq bo‘lsa, o‘sha taqsim qilishi kerakligini arslon yaxshi bilardi, lekin sinash uchun bo‘riga qarab, dedi:
— Qani, tajribali do‘stim bo‘ri, shu ovlaganlarimizni o‘rtamizda bir taqsimlab ber-chi? Shunday taqsimlaki, ko‘nglingdagidek bo‘lsin.

Bo‘ri darhol ishga kirishdi.

— Bosh ustiga! Birpasda hal qilaman. Avvalo sizning ulushingizni beraman... Mana shu yovvoyi eshak eng katta ovimiz. U sizniki. Kattakon gavdangizga munosib tushlik. Echkiga kelsak, u menga tegishli. Menga shu ham bo‘laveradi. Quyonni bo‘lsa, tulkiga beramiz. Aslida, uni... Mana, bo‘ldi, ruxsat bersangiz, yeyishni boshlasak.

Arslonga bo‘rining taqsimi as-lo yoqmadi. Birinchidan, u bo‘rining: "Yo‘g‘-e, biz kim bo‘pmiz. O‘zlari taqsimlasalar tuzuk, bermasalar o‘zlaridan qolgan sarqitga ham rozimiz", deyishini kutgan edi. Ikkinchidan, bo‘rining o‘zini katta tutgani ensasini qotirdi. Unga qolsa, tulkiga hech narsa bergisi yo‘q.

Arslon qattiq g‘azablanib, bo‘riga hayqirdi.

— Ey ahmoq! Sen kim bo‘psanki, o‘zingni odil taqsimchi his qilyapsan. Mening kimligimni unutib qo‘yibsan, so‘tak! Axir, men hayvonlar podshohiman. Sen ahmoqqa men turib, ulush taqsimlashni kim qo‘-yibdi? Ahmoqliging boshingga yetdi! — dediyu bo‘riga tashlandi va birpasda uni tilka-pora qilib tashladi.

Aqli-hushi boshidan uchib, qo‘r-qib ketgan tulki qotib qolgan, na gapira olar, na o‘rnidan jila olar edi.

Bo‘rining ishini bitirgan arslon joyiga kelib o‘tirgach, dir-dir titrayotgan tulkiga qarab:
— Senga nima bo‘ldi? Nega qotib qolding? Yaqinroq kel-da, ovlarni taqsimla! — deb buyurdi.

Tulki amrga muvofiq yaqinroq surildi. So‘ng tili zo‘rg‘a kalimaga kelib:
— Xo‘p bo‘ladi, sultonim! To‘g‘risi, ulush taqsimlash men bechoraning ishi emas. Bu ishga faqat Siz loyiqsiz. Ammo... o‘zingiz buyuryapsiz. Na chora... — dediyu jim o‘ylanib qoldi. "Shunday taqsimlayki, jonim omon qolsin", deb o‘yladi u.
— Nega jim bo‘lib qolding? — dedi arslon o‘rnidan turib.
— Hozir... hozir... Yaxshilab o‘ylab oldim-da... Xo‘sh... ojiz fikrimcha, bu yovvoyi eshak nonushtalik ovqatingiz bo‘lgani ma’qul. Axir, ertalabdan beri tuz totganingiz yo‘q. Buning ustiga, charchadingiz. Aslida katta gavdangizga bu urvoq ham bo‘lmaydi... Echkiga kelsak, uni tushlik ovqat o‘rnida tanovul qilsalar, juda yaxshi bo‘ladi. O‘ziyam sizbop tushlik. Taningizga kuch-quvvat bo‘lib singsin!.. Quyonga kelsak, kattagina va semizgina narsa. Buni kechki ovqatingiz uchun saqlab qo‘-yamiz. Axir, kechqurun ham nimadir yeyishingiz kerak-ku...

Tulki shunday deya mo‘ltirab arslonga qarab qoldi.

Arslonning bu taqsimdan kayfi chog‘ bo‘ldi, g‘azabi tarqab, dili xotirjam, mamnun bo‘lib, tulkiga qaradi. Tushlik qilishga kirishar ekan:
— Barakalla, tulkivoy. Mana buni odil taqsim desa arziydi. Baloday aqling bor ekan-a! Bunaqa taqsimni sen qayoqdan o‘rganding? — dedi.

Tulki bir chetda burda-burda bo‘lib yotgan bo‘riga ishora qilib:
— Manavi sho‘rlikning holidan, — dedi.
— Ofarin... Bundan buyon menga qanday muomala va xizmat qilish lozimligini boshqalarga o‘rgatasan. Uqdingmi?! — dedi arslon yovvoyi eshakning sonini paqqos tushira turib.
— Bir og‘iz so‘zingiz, — dedi tulki hozirjavoblik bilan.

"Nonushta"ni tugatgan arslon tulkiga o‘zidan ortgan mayda-chuydalarni yeyishni ishora etdi.

Yovvoyi eshakning boshini g‘ajiyotib tulki holiga shukr qilar va: "Yaxshiyam taqsim navbati menga bo‘ridan keyin keldi. Uning o‘rnida bo‘lganimda hozir.." deya o‘ylardi.

Qissadan hissa: Yo‘lga chiqish oldidan yo‘ldoshlik uchun yaxshi, bama’ni kishilarni tanlash lozim. Chunki haqiqiy do‘st safarda bilinadi.

NeLya
Sana: Shanba, 07-Марта-2009, 16:01 | Xatlari # 2
Ism:
[NeLLi]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[17142]
Xulqi: +
[1793] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (cOo_cOo)
Donolar aytganlar: "Sen menga yo‘ldoshing, do‘sting kimligini ayt, men senga kimligingni aytaman"; "Yaxshi bilan yurdim, qand yedim. Yomon bilan yurdim, pand yedim".

singlim sog buling juda qiziq masal yozipsiz..bu yuqoridagi ibratli suzga ham juda 100 %qoshilaman ..haqqatanam ..togri ,mani qoshnimni ugli bor uzi alohida yahshaydi ,na bir uqishda uqiydi na ishi kuchi bor ,hudoni bergan kuni eshikni taqillatib :anne 5 euro ver sadeje 5 euro (5 euro va faqat 5 euro ),bi dafa gelmam sormam ,ihtiyajim var ,annejim ish buldum bir daha sormam (boshqa hech soramiman ,ohirgi marta ,ish topdim )-deb kelardi ,man ham hayron bulardim nima uchun bu bola har kuni 5 euro surirkan deb,kochada bir 2 marta basharasi sovuq narkamanligini shundoo korib diagnoz qoyseyiz buladigan bollla bilan kop koradigan buldim ,Ahhaaaa endi bildim bu 5 euro janavarni tarihini dedim ,albatta u jonkeey bollar bilan yurgandan keyin u ham shude...birdan etim jimirlab ketti ,eeehhh uzimni bollarim bor ,ishim nima --dedim.. 14n
angry2



salsabil
Sana: Dushanba, 16-Марта-2009, 11:48 | Xatlari # 3
Ism:
[salsabilahon]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2454]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

cOo_cOo, haqiqatdan ham tasirli ekan dost safarda qandayligi bilinadi tepadagi ibratga kelsak dono odam har qanday noqulayli vaziyatdan qutuadi



BeBeShKa
Sana: Dushanba, 16-Марта-2009, 14:30 | Xatlari # 4
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

NeLya, salsabil, fikrlarin to'ri, hamma gapilaga qo'shilaman, lekin bu har doim ham emas, ba'zida shundey insonlani uchrataski, uni krug obsheniyesi umuman boshqacha boladi, o'zi boshqacha bo'ladi, masalan mani bitta kursdoshim borde, ko'rsez juddayam spokoyniy, esli-hushli, lekin uni en yaqin ortolari uchiga chiqqan bespredelniy razboynik-xuliganla, lekin kursdoshim o'zi spokoyni judayam, lekin kopchili xollada dostlari qandey bosa xuddi shundey boladi osha odammi oziyam, faqat unutmasli kere : Besh Barmoq Bir Xil Emas flirt

NeLya
Sana: Dushanba, 16-Марта-2009, 14:36 | Xatlari # 5
Ism:
[NeLLi]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[17142]
Xulqi: +
[1793] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (cOo_cOo)
Besh Barmoq Bir Xil Emas

haa togri ,tuklada ham bir gap bor --dost yoringni kimligini aytsen ,man sani kimligini aytaman -deb
lekin togri besh barmoq baravar emas ..kopincha puberteit yoshdagilar engil elpi ,yomon hulqqa tezroo urganishadi ,chem uzini qiynab aqilli bulishdan kora..asobenno hozirgi mahalda .... 0:)



AKSda
Sana: Seshanba, 17-Марта-2009, 02:44 | Xatlari # 6
Ism:
[۩۞۩ALLI۩۞۩]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[488]
Xulqi: +
[98] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

yaxshi hikoya ekan raxmat! a keyin hikoya qo`yganizda kottaro shriftda joylashtiring iltimos kichik bo`lsa ko`z qiynalmasin deymanda...



BeBeShKa
Sana: Payshanba, 26-Марта-2009, 23:56 | Xatlari # 7
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (NeLya)
.kopincha puberteit yoshdagilar engil elpi ,yomon hulqqa tezroo urganishadi ,chem uzini qiynab aqilli bulishdan kora..asobenno hozirgi mahalda ....

shude, kim nima qisa oshanga taqlid qilish judayam kuchayib ketgan xozirgi zamonda, bu faqat yoshlaga taaluqli emas, afsuski, yoshi kop-kotta bo'gan qariyalarimiz ham odamla undey qilishvotti, bundey qilishvotti dib odamlaga teng kemoqchi bolishadi :( Qush esa inida korganini qiladi, shunaqqib ... ex attang ... :(

aksda, shrifti kotta dib oylagandim, hop kichik bolsa keyingi safar bundanda kottaro qib qoyaman InshaAlloh .

Beck
Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 18:14 | Xatlari # 8
"FUQARO"...
Ism:
[¯¨`*·~-..(\☻/)..-~*´¨¯]
Maqomi:
[Заблокированные]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[1188]
Xulqi: +
[118] ±
Xulqi: -
[40%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Антарктика]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

:)



  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024