qiziqarlik Hikoyalar!
| | | Sana: Shanba, 17-Октября-2009, 21:22 | Xatlari # 31 |
Ism:
| [Uz_Master]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1074]
| Xulqi: +
| [122] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Sadaqa raddi balo Muhammad ibn Usmon otasidan rivoyat qiladi: «Horisa ibn No‘monning ko‘zlari ko‘rmas edi. Shuning uchun namoz o‘qiydigan hujrasida eshik oldigacha bir ip tortib qo‘ygan edi. Biror tilanchi kelsa, shu ipdan tutib eshikkacha borar va sadaqa berardi. Bolalari: — Otajon, nega o‘zingizni buncha ovora qilasiz? Sizning o‘rningizga bu ishni biz ham qilamiz-ku, — deyishdi. Shunda Horisa ibn No‘’mon: — Nabiyning, sollallohu alayhi va sallam: “Kishining o‘z qo‘li bilan kambaHalga (sadaqa) berishi, uni yomon hollarga tushib qolishdan saqlaydi”, deya marhamat qilganlarini eshitganman, — dedilar». | |
|
| | Sana: Shanba, 17-Октября-2009, 21:23 | Xatlari # 32 |
Ism:
| [Uz_Master]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1074]
| Xulqi: +
| [122] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Amalim qabul bo‘lsin desangiz... Hazrati Umarning, roziyallohu anhu, ozod etilgan quli Abu Ayyub Sulaymondan: “Bir payshanbadan jumaga o‘tar kechasi Abu Hurayra, roziyallohu anhu, oldimizga keldi va: — Allohni yaxshi ko‘rsangiz, orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya qilmagan, uni buzgan kishi bo‘lsa, bu yerdan ketsin, — dedi. Hech kim joyidan qimirlamadi. Nihoyat, bu so‘zni uch marta takrorlagach, bir yosh yigit o‘rnidan turib, ikki yildan beri bee’tibor tashlab qo‘ygan va gaplashmayotgan ammasining oldiga bordi. Ammasi: — Kutilmagan hol? — dedi. — Abu Hurayra aytdilar, — dedi yigit. — Borib so‘ra-chi, nima uchun bunday degan ekan? Borib so‘raganida Abu Hurayra yigitga shunday dedilar: — Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: “Odam bolalarining amallari har payshanba oqshomi, ya’ni juma kechasi Allohga taqdim etiladi. Faqat orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya etmagan kimsaning amallari qabul bo‘lmaydi”, deb marhamat qilganlarini eshitganim uchun shunday degan edim”.
| | |
|
| | Sana: Shanba, 17-Октября-2009, 21:23 | Xatlari # 33 |
Ism:
| [Uz_Master]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1074]
| Xulqi: +
| [122] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Jonbaxsh duo yoxud tirilgan murda Abdulloh ibn Avndan, roziyallohu anhu, Anas ibn Molik, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: “Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida, Suffada edik. Rasuli akramning huzurlariga hijrat qilgan bir ayol keldi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, uni ayollar yoniga, o'g'lini esa bizning yonimizga yubordilar. Oradan ko‘p o‘tmay ayolning o'g'li Madinada tarqalgan vabo xastaligiga chalinib, vafot etdi. Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, yigitning ko‘zlarini yumganlaridan so‘ng, jasadni ko‘tarishimizni buyurdilar. Uni yuvish uchun tayyorgarlik ko‘rar ekanmiz, menga: — Ey Anas! Bor, onasiga ayt, — dedilar. Onasiga xabar berdim. Onasi kelib o‘lgan o'g'lining oyoq uchi tomoniga o‘tirdi va oyoqlarini ushlab: — Allohim! Men o‘z xohishim bilan musulmon bo‘ldim. Sening diningga kirdim. Butlarga siHinishni tark etdim. O‘z xohishim bilan Senga yukindim va Payg‘ambaringni sevdim. Allohim! Meni balo-musibatlarga duchor qilib, butparastlarni sevintirma va toqatim yetmaydigan ushbu musibatni menga yuklama... — deb duo qildi. Allohga qasamki, ayol duo qilib bo‘lar-bo‘lmas, o‘lik oyoqlarini qimirlatib, ko‘zini ochdi va o‘rnidan turib ketdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, vafot etgunlariga qadar o‘sha yigit ham tirik edi...».
| | |
|
| | Sana: Shanba, 17-Октября-2009, 21:23 | Xatlari # 34 |
Ism:
| [Uz_Master]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1074]
| Xulqi: +
| [122] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Yetmish qamchidan keyin... Allohning valiy qullaridan Abu Turob Taxsabiy shunday hikoya qiladilar: – Nafsim juda tansiq va lazzatli taomlar talab qilmas edi. Lekin bir kuni go‘sht, tuxum va asal yeyishni xohlab qoldi. Nafsimga: – Bulardan voz kecha qol, – dedim. Biroq uni qaytarolmadim. Nafsim ushbu taomlarni zo‘r ishtaha bilan yeyishga orzumand edi. Yurib-yurib bir notanish qishloqqa borib qoldim. Shu payt bir odam yoqamga yopishib, baqira ketdi: – O‘g'rilarning ichida sen ham bor eding... Yelkamni yalanHoch qilib yetmish qamchi urishdi, yetmishinchi qamchi tushar-tushmas, shu qishloqli bir odam meni tanib qoldi: – Axir bu odam Abu Turob-ku! Mendan kechirim so‘rashdi. Qishloqdagilardan birib meni uyiga olib bordi. Dasturxon yozib, oldimga go‘sht, tuxum va asal qo‘ydi. Men esa nafsimga xitob qilib dedim: – Yetmish qamchidan so‘ng, yeyaqol endi! | |
|
| | Sana: Shanba, 17-Октября-2009, 21:24 | Xatlari # 35 |
Ism:
| [Uz_Master]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1074]
| Xulqi: +
| [122] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Mazlumning haqi Shayx Ibrohim Haqqiy yoshligida avliyoullohlardan bo‘lgan Ismoil Faqirulloh hazratlarining qo‘llarida tahsil va tarbiya ko‘rgan edi. Bir kuni ustozi uni chaqirtirdi. Ibrohim yugurib keldi: – Labbay, ustoz? – Shu ko‘zada buloqdan suv olib kelgin. Ibrohim ko‘zani olib buloqqa bordi. Ko‘zani to‘ldirayotganida bir otliq keldi va: – Qani, nari tur, – deb Ibrohimni itarib yubordi. Ibrohimning ko‘zasi yerga tushib, sindi. U yig‘lab ustozining huzuriga keldi. – Nima bo‘ldi, o'g'lim? — deb so‘radi ustozi. – Buloqdan suv olayotuvdim, bir otliq kelib, itarib yuborganida, ko‘za qo‘limdan tushib, sindi. – Ko‘zani sindirgan odamga biron nima dedingmi? – Yo‘q, hech nima demadim. – Bir og'iz ham gapirmadingmi? – Yo‘q. – Tezda u yerga borib, otliqqa biror narsa degin. Yana tezda ortga qayt. Ismoil Faqirullohning bunday buyruq berishlaridan hamma hayron qoldi. Ibrohim yugurib buloq boshiga keldi. Haligi kishi otini yuvar edi. Ibrohim anchagacha talmovsirandi, lekin hech narsa deyolmay, qaytib keldi. Ustozi: – Gapirdingmi? – deb so‘radi. – Yo‘q. – Vaqt o‘tkazmay yugur. Unga biror yomon gap aytib kel! Ibrohim yana yugurib buloq boshiga keldi. Qarasa, uni itargan otliq yerda yotibdi. Unga yaqin keldi. Otliq boshi yorilgan holda behush yotardi. Bu holatdan yuragi yorilayozgan Ibrohim ustozining yoniga keldi. Ustozi yana so‘radi: – Biror narsa dedingmi, Ibrohim? – Yo‘q, ustoz. Bu safar borganimda uning boshi yorilgan, qonga belanib yotgan ekan. Peshonasida ot tuyog'ining izi ko‘rindi. Ismoil hazratlari: – Ey o'g'lim, birgina ko‘za uchun bir odamni o‘ldirtirding! Bu endi qandoq bo‘ldi?! Unga bir og'iz so‘z, bir og'iz yomon so‘z aytganingda, bu hodisa ro‘y bermasmidi... – dedilar. Ismoil Faqirulloh hazratlarining atrofidagilar: – Ustoz, aytgan gapingizga uncha yaxshi tushunmadik, — deyishdi. Ha, – dedi Ismoil Faqirulloh hazratlari, – bir zolim biror kishini xafa qilsa, yig‘latsa-yu, mazlum u zolimga qarshi hech narsa qilolmasa, mazlumning ko‘ngli ozor topgani uchun Haq taolo zolimdan uning haqini oladi. Ibrohim ham ko‘zasi singach, u otliqqa hech bo‘lmasa: – Nima qilib qo‘yding? – deganida otining tepkisidan omon qolarmidi... Yaxshi bir dalil Kunlardan bir kun Xalifa Ma’mun vaziri Hasan Soldan so‘radi: – Bizdan oldin o‘tganlarning so‘zlari bizga hujjat – yo‘llanma bo‘lyapti. Biz unga ko‘ra amal qilyapmiz. Buning siri nimada ekan? Vazir shunday deb javob berdi: – Agar ular chiroyli so‘z va ishonarli dalil bo‘lmaganida, bizgacha yetib kelmasdi. Yaxshi bo‘lgani uchun ham bizdan oldingilar ko‘rib, ishonib qabul qilishgan... Bu shuni ko‘rsatyaptiki, ajdodlarimiz yaxshi, rost va mustahkam so‘zlashar ekan. Xalifa Ma’munning bu javobdan ko‘ngli to‘ldi va shunday dedi: Yaxshi so‘z aytilgan joyida qolmas, asrlardan oshar, hech qachon tolmas.
| | |
|
| | Sana: Shanba, 17-Октября-2009, 21:25 | Xatlari # 36 |
Ism:
| [Uz_Master]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1074]
| Xulqi: +
| [122] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Asiring nima dedi? Abu Hurayra, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi: «Payg‘ambar, alayhissalom, menga bir necha kun xurmo bog‘ini qo‘riqlab turishni tayinladilar. Kechalardan birida bir odam kelib, xurmo ola boshladi. Uni darhol tutib oldim va: – Seni Rasulullohning oldiga olib boraman, – dedim. U esa yolvorib: – Men bir bechora, muhtoj odamman. Oilamni boqishim kerak, – dedi. Achinganimdan uni qo‘yib yubordim. Tong otgach, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, mendan so‘radilar: – Ey Abu Hurayra, oqshom tutgan asiringga nima bo‘ldi? – Yo Rasulalloh, u menga bola-chaqasi ko‘p va ular och qolganini aytdi, rahmim kelib, qo‘yib yubordim. – U seni aldabdi, yaqinda yana keladi. Uning yana kelishiga ishonib, poyladim. Darhaqiqat, u yana keldi va xurmo terishga tushdi. Ushlab oldim: – Seni albatta Rasulullohga, sollallohu alayhi va sallam, olib boraman, – dedim. U yana: – Xudo xayringni bersin, meni qo‘yib yubor. Axir men bir muhtoj odam bo‘lsam, oilam mening qo‘limga qarab turgan bo‘lsa, nima qilay? Endi kelmayman, – deb yolvordi. Rahmim kelib, uni yana qo‘yib yubordim. Kunduzi Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam: – Ha, Abu Hurayra, bugun oqshom asiring nima dedi? — deb so‘radilar. – Yo Rasulalloh, bu safar ham o‘ta muhtojligini aytib yolvordi: «Endi kelmayman», deb so‘z berdi. Rahmim kelib, qo‘yib yubordim. – Seni yana aldabdi. Mana ko‘rasan, yaqinda u yana keladi. Yana uni poyladim. U kelib, hech tap tortmay xurmolardan ola boshladi. Yana ushlab oldim va jahl bilan: – Qanaqa odamsan o‘zi? Uchinchi marta qo‘lga tushyapsan. Har safar «Endi kelmayman», deb ketasan. Endi seni Rasulullohning huzurlariga olib bormasam bo‘lmaydi, – dedim. Bu safar u shunday dedi: – Meni qo‘yib yuborgin. Senga ba’zi bir kalimalarni o‘rgataman. Ular tufayli Alloh senga xayr va barakot ehson etadi. – U qanday kalimalar ekan? – Uxlashdan oldin «Oyatul kursiy»ni oxirigacha o‘qigin. Ertalabgacha ustingda Alloh tarafidan yuborilgan bir qo‘riqlovchi turadi. Senga shayton ham yaqin kelolmaydi, — dedi. Shundan keyin uni qo‘yib yubordim. Bomdoddan so‘ng Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, mendan yana so‘radilar: – Bugun kechqurun asiring nimalar dedi? — Yo RasulAlloh , bu asir menga bir necha kalimalar o‘rgatishini va bu kalimalar qurmatiga Alloh taoloning menga xayr va barakot eqson etishini va’da qildi. Men uni qo‘yib yubordim. – Xo‘sh, ular qanday kalimalar ekan? – «Oyatal kursiy»ni (Alloh u la ilaqa illa hu al qayyul qoyyum...) oxirigacha o‘qidi va menga: «Uxlashdan oldin» «Oyatal kursiy»ni o‘qigin, shunda ertalabgacha ustingda Alloh tomonidan yuborilgan bir qo‘riqchi turadi. Senga shayton qam yaqinlashmaydi», dedi. – Bu asir yolg‘onchi bo‘lsa qamki senga bir marta to‘g‘ri gapiribdi. Ey Abu Hurayra, uch kechadan beri sen bilan kim gaplashganini bilasanmi? – Bilmayman, yo Rasulalloh? – U inson qiyofasiga kirgan shayton edi.
| | |
|
| | Sana: Shanba, 17-Октября-2009, 21:25 | Xatlari # 37 |
Ism:
| [Uz_Master]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1074]
| Xulqi: +
| [122] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Eridan shikoyat qilgan ayol Sha’biydan, raqmatulloqi alayq: «Bir ayol Hazrati Umarning, roziyallohu anhu, huzuriga kelib: — Ey amiral mo‘minin, sizga insonlarning eng yaxshisi ustidan shikoyat qilgani keldim. U shunday odamki, yaxshi amal borasida unga yetadiganlar juda oz. Kechasi tonggacha namoz o‘qiydi va kunduzlari doimo ro‘zador bo‘ladi, — deganidan keyin uyalib, aslida aytmoqchi bo‘lgan gaplarini aytolmadi va: — Ey amiral mo‘minin, meni kechiring, — dedi. — Yaxshi, — dedilar Hazrati Umar. — Alloh sendan rozi bo‘lsin. Sen u odamni juda yaxshi sifatlar bilan maqtading. U haqda bundan ortiq biror narsa gapirishingga hojat yo‘q. Ayol chiqib ketdi. U ketgach, o‘sha yerda turgan Ka’b ibn Sur, roziyallohu anhu: — Ey amiral mo‘minin, ayol uyalib shikoyatini so‘zlay olmadi, — dedi. — Ayolning qanday shikoyati bor edi? — so‘radilar Hazrati Umar. — Ayol eridan “zavjiyat (er-xotinlik) haq-huquqlariga rioya etmayotir” deb shikoyat qilmoqchi edi. Shundan so‘ng Hazrati Umar, roziyallohu anhu, ayolni orqaga qaytarib, uning eriga ham xabar yubordilar va ayolning eri ham kelgach, Ka’bga: — Oralarida sen hakamlik qil, — dedilar. — Siz shu yerda ekansiz, men qanday hakamlik qilaman, — dedi Ka’b. — Men tushunmagan narsaga sening aqling yetdi. Binobarin, ularni eshitib, oralarida hukm etmoq sening haqqingdir, — dedi xalifa. Shunda, Ka’b haligi odamga: — Alloh subhanahu va taolo erkaklarga xitoban: “Agar yetim qizlarga adolatli bo‘la olmaslikdan qo‘rqsangiz, sizlar uchun (nikohi) halol bo‘lgan ayollarga ikkita, uchta, to‘rttadan uylanaveringlar” (Niso, 3, mazmuni) deya marhamat qilganiga ko‘ra, ko‘pi bilan uch kun (nafl) ro‘za tutishing mumkin. To‘rtinchi kun tutmasliging kerak va ko‘pi bilan uch kecha tonggacha ibodat qilishing mumkin. To‘rtinchi kecha ayolingning yonida yotishing lozim, — dedi. Er xotin ketishgach, Hazrati Umar Ka’bga: — Sening bu topaHonliging boyagisidan ham go‘zaldir, — dedilar va uni Basraga qozi etib tayinladilar».
| | |
|
| | Sana: Shanba, 17-Октября-2009, 21:26 | Xatlari # 38 |
Ism:
| [Uz_Master]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1074]
| Xulqi: +
| [122] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Xaloskor malak Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu: «Ashobdan Abu Malik ismli bir odam bor edi. Bu odam tijorat bilan shuHullanar, o‘zi va boshqalarning puli qisobiga savdo-sotiq qilardi. Ibodat va taqvo sohibi edi. Tijorat maqsadida chiqqan bir safarida qurollangan bir qaroqchiga duch keldi. Qaroqchi unga: — Narsalaringni yerga qo‘y, seni o‘ldiraman, — dedi. Abu Malik: — Sening maqsading moldir. Mening hamma narsam senga bo‘lsin, — dedi. Qaroqchi: — Yo‘q, mening maqsadim mol emas, sening joningdir, — degach, Abu Malik: — Unday bo‘lsa ruxsat ber, namoz o‘qiyin. Undan keyin xohlaganingni qil, — dedi. Qaroqchi bunga rozi bo‘ldi. Abu Malik tahorat olib, namoz o‘qiy boshladi va shunday duo qildi: “Ey qullarini sevuvchi, ey buyuk Arsh sohibi, ey tilaklarni bajo qilguvchi Allohim! Sendan hech bir kishi xohlab sohibi bo‘lolmagan qudrating, hech bir kishi e’tiroz bildirolmaydigan hukmronliging va Arshning har tarafini to‘ldirgan nuring haqqi-hurmati, meni bu qaroqchining tajovuzidan qutqarishingni so‘rayman”. Abu Malik bu duosini uch bor takrorlaganidan so‘ng qo‘lida nayza tutgan bir otliqning qaroqchi yonida paydo bo‘lganini ko‘rdi. Otliq qaroqchini bir zarba bilan urib, yerga qulatganidan so‘ng Abu Malikka o‘girildi. Abu Malik: — Sen kimsanki, Aziz va Jalil Alloh menga seni yordamga jo‘natdi?— deya so‘radi. Otliq: — Men to‘rtinchi qavat osmoni mo‘minlaridanman. Ilk duo qilgan vaqtingda samo eshiklaridan bir guldirash eshitdim. Yana duo qilding, bu safar samo mo‘minlaridan bir shovqin eshitdim. So‘ng uchinchi marotaba duo qilganingda: “Bu mushkulotda qolgan bir bechoraning duosidir”, deyishdi. Shundan so‘ng men ham Allohdan bu qaroqchini o‘ldirish vazifasini menga topshirishini niyoz etdim. Senga xushxabar keltirdim: kim tahorat olib, to‘rt rakat namoz o‘qiganidan so‘ng bu duoni uch marotaba takrorlasa, mushkulotda qolsin-qolmasin, uning duosi albatta qabul qilinadi, — deb ko‘zdan Hoyib bo‘ldi».
| | |
|
| | Sana: Shanba, 17-Октября-2009, 21:26 | Xatlari # 39 |
Ism:
| [Uz_Master]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1074]
| Xulqi: +
| [122] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Barakotli kun Suvayd ibn Qafladan rivoyat qilinadi: “Hazrati Ali, roziyallohu anhu, ma’lum bir payt moddiy jihatdan ancha qiyin ahvolga tushib qoldi. Shunda Fotimadan: — Otang quzurlariga borib, ozroq yordam so‘rasang bo‘larmidi, — deya uni Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, yonlariga jo‘natdi. Fotima eshik taqillatganida Ummu Ayman onamiz Rasuli akramning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida edi. — Bu Fotimaning eshik taqillatishiga o‘xshaydi. Bemahalda nimaga keldi ekan? — dedilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam. Fotima ichkari kirdi va: — Yo Rasulalloh, farishtalarning oziHi: “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish, Allohga hamd va tasbeh aytishdir. Bizning oziHimiz nima? — deb so‘radi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: — Meni haq payg‘ambar qilib yuborgan Allohga qasamki, bir oydan beri Muhammadning uyida ovqat pishirish uchun olov yoqilgani yo‘q. Bizga bir nechta echki keltirishibdi. Xohlasang, beshtasini sizlarga berishni buyuraman. Xohlasang, Jabroil, alayhissalom, menga o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataman, — deya marhamat qildilar. Shunda Fotima, roziyallohu anho: — Yo Rasulalloh, menga Jabroil, alayhissalom, Sizga aytgan o‘sha kalimalarni o‘rgating, — dedi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam: — “Ey ibtidosi va intihosi yo‘q tanho Zot! Ey kuch-qudrat egasi Alloh, ey marhamatlilarning eng marhamatlisi Allohim”, degin, — dedilar. Shundan so‘ng Fotima, roziyallohu anho, uylariga qaytib keldi. — Nima gap? — so‘radi Ali, roziyallohu anhu. — Dunyo istab chiqqan edim, oxirat ne’matini olib keldim. Ali, roziyallohu anhu, bu gapdan Hoyat ta’sirlanib: — Bugun sen uchun eng xayrli va barakotli kun bo‘libdi, — dedilar”.
| | |
|
|
|