Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
Haftalik duolar!
MoNiKa
Sana: Yakshanba, 10-Октября-2010, 18:12 | Xatlari # 1
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Dushanba duosi!

Parvardigorimga hamdu-sanoi bo'lsinki, u shunday Zotdirki osmonlar va yerni yaratayotganida hech kimni shohidlikka chaqirmagan, olamni yaratayotganida hech kimni yordamga chaqirmagan, ilohligida sherigi yo'qdir, uning vasfidan tillar ojizdir, aqllar Uni tanishga qodir emaslar, “bo'yni yo'g'onlar” Uning haybati qarshisida tavozedadirlar, har qanday buyuklar qahridan qo'rquvdadirlar va azamati qarshisida rom va ojizdirlar, shunday ekan Senga mukammal va uzluksiz hamd bo'lsin, rasuling hazrat Muhammad va uning oilasiga doimo durudu-salovotlaring bo'lsin! Allohim, ushbu kunning boshini salohli, o'rtasini- xushnudlik, oxirini esa- zafarli qilgin. Sendan bu kunning boshi- nolali, o'rtasi- toqatsizlik, oxiri- dardli bo'lishlikdan panoh so'rayman.

Parvardigorim, nazr qilib ado etmaganligim, va'da berib vafo qilmaganim, ahd qilib uni bajarmaganligim uchun Sendan kechirishingni so'rayman. Bandalaringga qilgan zulmlarim uchun Sendan uzr istayman, bo'ynimdagi haqlarini lutfu-karaming bilan ado etishimga yordam ber, bandalaringdan ozod bo'ladimi yoki qulmi men tarafdan zulm qilingan bo'lsa, shaxsiga bo'ladimi, moliga yoki farzandlarigami, g'iybat qilganlarimni, og'ir yuk bilan zimmasiga yuklaganlarimni , va buning sababi havoi-nafsimga ergashganligim va yoki riyo qilganligimdandir, o'zing avf et!

Bu gunohlarni huzurimdagilarga qildimmi yoki g'oibdagilargami, tiriklarga qildimmi yoki o'liklargami ularning haqlarini ado etishdan qo'lim kaltalik qilgani uchun majolim bo'lmagani uchun halollik tilashdan ojizligim uchun Sening lutfu-karamingdan yordam so'raymanki, meni kechirgin! Ey hojatlarning egasi, irodang bilan hamma hojatlar hal bo'ladi,

Muhammad va uning ahli baytiga durudu-salovotlaring bo'lsin, men zulm qilib qo'ygan bandalaringni qaysi yo'l bilan bo'lsa-da mendan rozi qilgin, o'z tarafingdan menga behisob rahmatingni ato etginki, kechirishing benuqson va ne'matlaringni beziyon qiladi, ey mehribonlarning mehriboni! Xudoyo, men ushbu dushanba kunida ikkita ne'mat ato etishingni so'rayman: kunning boshida toatingda saodatli bo'lishni va ikkinchisi esa kun oxirida mag'firatingni, ey gunohlarni kechirguvchi tanho Zot!

Alhamdu lillahi allaziy lam yushhidu ahadan hiyna fatara samaboti val arz, va la ittahaza mo'iynan hiyna baroa nasamot, lam yushorik fil ilohiyati va lam yuzohir fil vahdaniyati, kallatil alsunu an g'oyati sifatihi, val uqulu an kunhi ma'rifatihi, va tavozaatil jabobiratul haybatihi, va anatil vujuhu lixoshyatihiva anqoda kullu aziymin li azamatihi, falakal hamdu mutavoliyan muttasiqan va mutavoliyan mutavsiqan, va solavatuhu alo rasulihi abadan, va salomuhu doiman sarmadan.

Allohumma ij'al avvala yavmi haza salohan, va avsatuhu falohan, va oxiruhu najohan, va auzu bika min yavmin avvaluhu fazaun, va avsatuhu jazaun, va oxiruhu vajaun. Allohumma, inni astag'firuka likulli nazrin nazartuhu, va kulli va'din va'adtuhu, va kulli ahdin ohadtuhu, summa lam afi bihi va as'aluka fi mazolimi ibodika indi, faayyuma abdin min abiydika av amatin min imoika, kaanta lahu qibali mazlimatun zolamtuha iyyahu fi nafsihi av fi arzihi av fi molihi va valadihi, av g'aybatun ag'tabtuhu biha , av tahomulun alayh bimaylin, av havan av anfatin av hamiyyatin, av riyoin av asabiyatin g'oiban kona av shohidan, va hayyan kona av mayyitan, faqasurat yadi va zoqa vus'i an raddiha ilayh va tahalluli minhu, va as'aluka yo man yamlikul hojot, va hiya mustajibatun limashiyatihi, va musriatun ila irodatihi, an tusolli alo Muhammadin va Oli Muhammadva an tarziyahu anni bimo shi'ta va tahabli min indika rahmatan, innahu la tanqusuka almag'firatu, va la tazuruka almavhibatu, yo arhamar rohimin. Alohumma, avlini fi kulli yavmin isnayn ni'matayn minka isnatayn, saodatan fi avvalihi bitoatika va ni'matun fi oxirihi bimag'firatika , yo man huva ilolahu, va la yag'firu zunuba sivohu.



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
MoNiKa
Sana: Yakshanba, 10-Октября-2010, 18:14 | Xatlari # 2
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Seshanba duosi!

Alhamdu lillahi val hamdu haqquhu, kamo yastahiqquhu hamdan kasiran, va auzu bihi min sharri nafsi, inna hafsa la ammaratun bisui illo mo rahima rabbi, va auzu bihi min sharri shaytoni allazi yaziduni zanban ila zanbi va ahtarizu bihi min kulli jabborin fojirin va sultonin joirin, va aduvin qohirin.

Allohumma ij`alni min jundika humul g`olibun, vaj`alni min avliyaika, fainna avliyaika la xovfun alayhim va la hum yahzanun. Allohumma, aslihli diyni fainnahu ismatu amri, va aslih li oxirati fainnaha doru maqarri va ilayha min mujovarati lilami mafarrivaj`al alhayoti ziyodatan li fi kulli xayrin, val vafota rohatanli min kulli sharrin. Allohumma, solli alo Muhammadin xotamin nabiyin, va tamomi iddatin almursalin va alo olihi attoyibina tohirin, va ashobihi muntajabin va hab li fi sulasoi salosanla tada` li zanban illo g`afartahu, va la g`amman illo azhabtahu, va la aduvvan illo dafa`tahu, bibismillahi xayril asmoi, bismillahi robbil arzi va samoi astadfiu kulla makruhin avvaluhu saxatuhu va astajlibu kulla mahbubin avvaluhu rizohufaxtim li minka bil g`ufroni yo valiyal; ihson!

Hamdu sano bo`lsin Allohgaki, hamdu-sano Uning haqqidir, shunday ekan ko`plab hamdlar Unga bo`lsin! Nafsimning yomonligidan Undan panoh so`rayman, chunki nafs ko`p yomon ishlarga buyuruvchi amirdir, faqatgina Alloh rahm qilganlargagina unday emas, shuningdek shaytonning sharridan panoh so`rayman, zero shayton gunoh ustiga gunoh orttirar, zolim sultonlar va fojir amirlarning yomonligidan, qahri qattiq dushmanlardan asrashini so`rayman. Allohim, meni o`z qo`shiningdan qilginki, Sening qo`shining hamisha g`olibdir, meni o`z hizbing a`zosidan qilginki, hizbing doim xursand bo`lguvchidir, meni avliyolaringdan qilginki, ular uchun qo`rquv yo`qdir va ular mahzun bo`lmaslar.

Allohim, dinimni isloh qilginki, dinim meni himoyachimdir, oxiratimni isloh qilginki, u mening abadiy manzilimdir va odamlar yomonligidan asrovchi makondir, hayotimni xayrli ishlarni ko`paytiruvchi omil qil, o`limimni har qanday yomonliklardan rohatda qil. Xotamu anbiyo Muhammadga pok zurriyotlariga va vafoli ashoblariga durudu-salomlaring bo`lsin! Seshanba kuni uch narsani menga ato qil: har gunohimni avf qil; hamma g`amlarimni ketkazgin; har qanday dushmanimni O`zing daf qil. Allohning nomi bilanki ismlarning eng yaxshisidir, Allohning nomi bilanki yeru-osmonlarni yaratgan so`rayman: har qanday noxushliklarni daf qilsinki ularning boshida Uning g`azabi turar, Allohning nomi bilan hamma xursandchiliklarni so`raymanki, ularning boshida Allohning rizoligi turar, shunday ekan ey fazlu-karam sohibi amallarimga dargohingda mag`firat bilan xotima ber!



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
MoNiKa
Sana: Yakshanba, 10-Октября-2010, 18:15 | Xatlari # 3
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Chorshanba kuni duosi

Alhamdu lillahi allazi jaala layla libasan, va navma subatan, va jaala nahora nushuran, lakal hamdu an baastani min marqadi va lav shi'ta jaaltahu sarmadan, hamdan doiman la yanqatiu abadan va la yuhsilahul xaloiqu adadan. Allohumma lakal hamdu an xalaqta fasavvayta va qoddarta va qozayta va amatta va ahyayta va amrazta va shafayta va afayta va ablayta va alo arshi stavayta va alol mulki havvayta ad'uka duoa man zaufat vasilatuhu, va inqataat hiylatuhu vaqtaraba ajaluhu va tadoni fid dunya amaluhu vashtaddat ila rahmatika foqatuhu, va azumat litafritihi hasratuhu, va kasurat zillatuhu, va asratuhu va xalusat livajhika tavbatuhu, fasolli alo Muhammadin xotamin nabiyin va alo ahli baytihi attoyibina tohirin varzuqni shafoata Muhammadin sollalohu alayhi va olihi va la tahrimni suhbatahu, innaka anta arhamu rohimin. Allohumma aqzi li fil arba'a arba'an: ij'al quvvati fi toatika va nashoti fi ibodatika va rag'bati fi savobika va zuhdi fiyma yujibu li aliyma iqobika, innaka latifu limo tasho'

Kechani libos qilib qo'ygan, uyquni xotirjam qilgan, kunni tirikchilik qilish uchun yaratgan Xudoga hamdu-sano bo'lsin! Xudoyo, meni yotgan joyimdan turg'azganing uchun hamdlar aytaman.

Agar istaganingda edi uyqummni abadiy qilib qo'ygan bo'lur eding. Senga doimo uzluksiz hamdlar bo'lsinkim uning sonini sanashga xaloiq ojizdir. Allohim hamd bo'lsinki,, maxluqlaringni zebo yaratding, taqdir qilding va malum o'lchov qo'yding, Sen o'ldirursan va tiriltirursan, kasallik berursan va shifosini ham ato etursan, xotirjamlik berursan va mubtalo qilursan, butun olamga hokimsan, va bor mulklarning egasisan, boshqa chorasi qolmagan zaif sifatida, ajali yaqinlashgan banda kabi, toatingda qilgan kamchiliklari uchun hasrati buyuk ko'rinayotgan aybdor bo'lib, zalil banda sifatida, chin dildan tavba qilayotgan qul bo'lib Senga duo qilurman, anbiyolar xotami- Muhammadga va Uning pok ahli baytiga salomlaring bo'lsin! Hazrat Muhammad (S.A.O.V)ning shafoatlaridan meni bahramand qilgin, meni ul zotga hamrohlik qilishdan mahrum qilma, albatta Sen rahmlilarning rahmlisidirsan!

Chorshanba kunida to'rt narsani men uchun muqarrarqilgin: toating uchun quvvatli; ibodatlaringga zavqli; savob ishlarga rag'batli; oxiratda azob bo'lguvchi amallardan esa uzoq qil!Sen istagan narsang uchun lutf egasidirsan!




Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
MoNiKa
Sana: Yakshanba, 10-Октября-2010, 18:15 | Xatlari # 4
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Payshanba kuni duosi

Alhamdulillahi allazi azhabal layl muzliman bi qudratihi va ja'a bin nahori mubsiran bi rahmatihi va kasani ziyoahu va ana fi ni'matihi, Allohumma fakamo abqaytani lahu faabqini li imsolihi va solli alo nabiyi Muhammadin va olihi va la tafjaani fiyhi va fi g'oyrihi minal layoli val ayyomi biirtikobil mahorimi va iktisobi maosimi varzuqni xayrahu ba xayra mo fiyhi va mo ba'dahu va asrif anni sharrahu va sharra mo fiyhi va sharra mo ba'dahu . allohumma inni bizimmatil islomi atavassalu ilayka va bi hurmatil Qur'on a'tamidu alayka va bi Muhammadin al-Mustafo solallohu alayhi va olihi astashfiu ladayka fa'rif. Allohumma zimmati lati rajavtu biha qazoa hojati yo arhamar rohimin! Allohumma aqzi li fil xamiysi xamsan, la yattasiu laha illo karamuka, va la yutiquha illo niamuka, salomatan aqva biha alo toatikava ibodatan astahiqqu biha jazila masubatika, va saatan fil hali min arrizqil haloli va an tuminani fi mavoqifi alxovf min amnika va taj'alani min tavoriqil humumi val g'umumi fi hisnika va solli alo Muhammadin va Oli Muhammad vaj'al tavassuli bihi shjfeanyavmal qiyamati nifean , innaka anta arhamur rohimon!

Qorong'i kechanio'z qudrati bilan ketkazib uning o'rniga rahmati bilan yorug' kunni keltiruvchi Allohga hamdu-sanolar bo'lsin! Men ne'matlar ichra bo'lganim holda kunduzning yorug' nurlari meni chulg'ab oldi. Allohim meni ushbu kuningga qanday asragan bo'lsang kelayotgan boshqa kunlaring uchun ham asragin. Rasuling Muhammad va uning pok sulolasiga salom va salovotlar bo'lsin! Meni kechalar va kunduzlarda ham harom va gunoh ishlarga mubtalo qilmagin, menga bu kundagi xayrli ishni uning ichidagi va undan keyingi keladigan xayrli ishlarni nasib et, va bu kundagi yomon ishlardan uning ketidan keladigan yomonliklardan asragin.

Allohim men Islomda ekanligimni vosita qilib so'rayman, Qur'oni Karim hurmati Sening dargohingga suyanaman, payg'ambaring Muhammad va Oli Muhammadga durud va salovotlar bo'lsin, uning shafoatini O'zingdan so'rayman, hojatlarimni daf qilish uchun kerakli bo'ladigan narsalarni menga o'rgatgin, ey rahmlilar rahmlisi! Allohim, payshanba kunida beshta hojatimni Sendan so'raymanki Sening lutfing bilangina va ne'matlaring tufayligina amalga oshishi mumkin:

Meni sog'-salomat qilginki toatingni bajaray, ibodatlaringda muvaffaq aylaginki, buyuk savoblarni qo'lga kiritay, halol yo'l bilan keng rizq ato et, xatarli holatlarda ham osoyishtalik ber, g'am-g'ussali holatlardan meni O'zing saqlaki, ularga yo'liqmay, hazrat Muhammad va Oli Muhammadga durudu-salomlar bo'lsin! Unga qilgan tavassulimni shafoatli va oxiratim uchun foydali qil, axir Sen o'zing mehribonlar mehribonidirsan!



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
MoNiKa
Sana: Yakshanba, 10-Октября-2010, 18:16 | Xatlari # 5
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Jum'a kuni duosi

Alhamdu lillahi alavvali qablal inshai val ahya, val axiri ba`da fanoil ashya, alaliymil lazi la yansa man zakarahu, va la yanqusu man shakarahu, va la yaxibu man da`ahu, va la yaqtau raja`a man rajahu. Allohumma inni ushhiduka va kafo bika shahidan va ushhidu jamia maloikatika va sukkani samavotika va hamalata arshika va man ba`sta min anbiyoika va rusulika va anshaat min asnofi xalqika anni ashhadu annaka anta Allohu la ilaha illo anta vahdaka la sharika laka va la adila va la xulfa liqavlika va la tabdila va anna Muhammadan sollollahu alayhi va Olihi abduka va rasuluka adda mo hammaltahu ilal ibodi va johada fillahi azza va jalla haqqol jihadi va annahu bashshara bima huva haqqun minas savobi anzara bima huva sidqun minal iqobi. Allohumma sabbitni alo diynika mo ahyaytani va la tuzig` qalbi ba`da iz hadaytani va hab li min ladunka rahmatan innaka anta alvahhob. Solli alo Muhammadin va alo Oli Muhammad vaj`alni min atboihi va shiatihi va ahshurni fi zumratihi va vaffiqni liadoi farzi aljumuati va mo avjabta alayya fiyha minat toot va qsamta liahliha minal atoi fi yavmi aljazo. Innaka anta alazizul hakim!

Hamd bo`lsin Xudogaki, har bir tirik jondan va har qanday yaratilgan narsalardan avvaldir, va har bir o`tkinchi foniy narsadan oxirdir. U shunday dono zotdirki, uning zikrini qiluvchilarni hech qachon unutmaydi, shukur qiluvchilarini kam qilib qo`ymas, duo qilganlarni esa tashlab qo`ymas, Unga umid bilan ko`z tutganlarni noumid qilib qo`ymas.

Allohim Seni guvoh qilib olurmanki, Sening guvohliging kifoyat qiladi, va jami farishtalarni, osmonlarda yashovchilarni, Arshingni ko`tarib turuvchilarni, jamiki anbiyo va rasullaringni guvoh qilib olurman va guvohlik berurmanki Sendan o`zga iloh yo`q, Seniing sheriging yo`q, Seninig aytganlaringga xilof va o`zgartirish yo`qdir, shuningdek Muhammad sollallohu alayhi va Olihi Sening bandang va rasulingdir, u o`z zimmasidagi Sen yuklagan majburiyatingni o`tadi, Sening yo`lingda kurashdi, savobli ishlarning ajri xushxabarini yetkazdi, gunoh ishlarning og`ir oqibatlari haqida ogohlantirdi.

Allohim, to tirik ekanman, diningda barqaror qil, O`zing meni hidoyat qilganingdan keyin yana gumroh qilib qo`ymagin, o`z dargohingdan rahmat ato et, albatta Sen ato qilguvchisan! Hazrat Muhammad va Oli Muhammadga salomlaring bo`lsin, meni esa ul zotga ergashuvchilardan va tarafdorlaridan qilgin.

Qiyomatda esa ularning guruhida tiriltirgin. Jum`a namozini ado etishimga, shu kuni buyurilgan boshqa vazifalarni ham bajarishimga muyassar ayla, va ularni ado etuvchilarga beradigan ajringni menga ham nasib et, o`zing hikmat va izzat egasidursan!



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
MoNiKa
Sana: Yakshanba, 10-Октября-2010, 18:17 | Xatlari # 6
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Shanba kuni duosi

Bismillahi kalimati mo'tasimin, va maqolatil mutahorrizin, va auzu billahi taolo min javril jai'rina va kaykil hasirina va baqiyal zolimina va Ahmaduhu favqa hamdi alhamidin, Allohumma anta alvahidu bilasharikin valmaliku bilatamlikin, latuzoddu fi hukmika, vala tunozau fi mulkika asaluka an tusaliya ala Muhammadin abdika va rasulika va tuziani shukri nu'maka matablug'u bi g'oyata rizoka, va an tuinani ala toatika va luzumi ibadatika, vastihqaqi masvabitika bilutfi inayatika, vatarhamani bisaddi an maasika ma ahvaytani va tuvafiqani lima yanfauni ma abqaytani va an tashraha bikitabika sadri va tahutta bitilavatihi vizri,va tamnahni assalamata fi dini va nafsi valatuhisha bi ahla unsi va tutimma ihsanaka fima baqiya min umri kama ahsanta fima maziminhu yo arhamar rohimin.

Allohning nomi bilan boshlaymanki, uning nomi gunohlardan pok bo'lgan bandalarning so'zi, taqvodorlarning zikridir. Zolimlarning sitamidan, hasadchilar makridan, yomonlarning sharridan Allohdan panoh so'rayman. Unga hamidlarning aytgan hamdlaridan ham ko'proq hamd aytaman. Allohim, Sen sherigi yo'q yagonadirsan, olamlarning behojat egasidirsanki,

Sen qo'ygan qonunlaringga va aytganlaringga qarshi chiquvchining o'zi yo'qdir. Sendan rasuling va bandang bo'lmish Muhammadga salomlaring bo'lsin deb va menga ne'matlaringga O'zing rozi bo'ladigandek shukr qilishimni ilhom qilib qo'ygin, toat va ibodatingda bo'lishimga yordam ber, lutfu-inoyatingga noil bo'lguvchi bandalaringdan qil, menga rahm qilginki,

to umrimning oxirigacha toatu-izningdan chetga chiqmay, menga foydasi tegadigan amallarga muyassar et, qalbimga Kitobing ilmini joylab qo'y, uning tilovatini qilishim bilan gunohlarimni yo'q qil, diynim va badanimni salomat qil, raftorimni xush qilginki, toki menga yaqinlar mendan vahshatga tushmasinlar, shu paytgacha menga qanday ehson qilgan bo'sang qolgan umrimda ham shunday ehson qilgin, ey rahmlilar rahmlisi !



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
MoNiKa
Sana: Yakshanba, 10-Октября-2010, 18:17 | Xatlari # 7
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Yakshanba kuni duosi

Bismillahi laziy la arju illa fazlahu, va la axsha illa adlahu, va la a'tamidu illa qovlahu, va la umsiku illa bihablihi, bika astajiru ya zalavfi va rizvon, minaz zulmi val udvon, va min g'iyari zamon, va tavatiral ahzon, va tavoriqal hadason, va min inqizoil muddati qabla tahhubi val uddati, va iyyaka astarshidu lima fiyhi saloh, va bika asta'iynu fiyma iqtarinu bihi an-najoh, va iyyaka arg'abu fi libosil ofiyat va tamomiha, va shumuli salomati va davomiha, va auzu bika yo Robbi min hamazoti shayotin, va ahtarizu min javri salotin, fataqabbal mo kona minas solati va sovmi vaj'al g'odi va mo ba'dahu afzala min soati va yavmi va izzani fi ashirati va qovmi ihfazni yaqzoti va navmi fa anta Allohu xayrun hofizan, va anta arhamur rohimin. Allohumma inni abrau ilayka fi yavmi haza va mo ba'dahu minal ahad minash shirki val ihod va uxlisu laka duoi taaruzanlilijobati va uqiymu alo toatika rajoan lilisobati, fasolli alo Muhammadin xayri xalqika doi ilo haqqikava aizzani biizzika allaziy la yuzom, vahfizni biaynika allaziy la tanom, vaxtim bil inqito ilayka amri va bil mag'firati umri, innaka ahta alg1ofuru arrohiym.

Xudoyimning nomi bilan boshlaymanki undan boshqasining fazlu-rahmatidan umidvor emasman, uning adolatidan boshqa narsadan qo'rqmasman, Uning gapidan boshqa gaplarga ishonmasman, Uning “arqoni’dan boshqasiga yopishmasman, ey kechirguvchi va xursand bo'lguvchi Xudoyim, dushmanlar jabru-sitamidan, zamon o'zgarishligidan, ketma-ket keladigan qiyinchiliklardan, oxiratga tayyorgarligim bo'lmagani holda umrim tugab qolishligidan meni qutqarishingni so'rayman,

Sendan meni o'zing ravo ko'rgan salohli va xayrli ishlarga hidoyat qil, Sendan har fath va yutuqli ishlarga boshlashingni iltijo qilaman, va faqat Sendangina ofiyat liboslarini (tinchlik-hotirjamlikni) va sihat-salomatlikning bardavomligini so'rayman, shaytonlarning vasvasalaridan va zolim sultonlarning zulmidan

O'zingdan panoh so'rayman, namoz va ro'zalarimni qabul et, ertangi kunimni bu soatdagidan va bu kundagidan yaxshiroq va xayrliroq qil, meni qarindosh-urug'larim va tanishlarim orasida izzatli qil, meni uyg'oqligim va uyqudaligimda O'zing asra, Sen asragubchilarning eng yaxshisidirsan, Sen rahmlilarning rahmlisidirsan,

Allohim, ushbu kunda va bundan keyingi keladigan kunlarda ham meni birontasini Senga sherik qilib qo'yishimdan asra! Meni ixlos bilan duo qiluvchilardan qilib duolarimni ijobat qil, ibodatlaringga bardavom qil, haq yo'lingga chaqiruvchi Muhammadga durud-salobatlaring bo'lsin! Meni abadiy izzating bilan aziz qil, umrimni mag'firatingga noil bo'lganim holida xatm qil, Sen kechirguvchi va mehribon zotdirsan!

Www.hidoyat.com saytidan olindi!



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
sindi_21
Sana: Seshanba, 12-Октября-2010, 09:51 | Xatlari # 8
Ism:
[Sindi]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[562]
Xulqi: +
[199] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Opajon rahmat qanchali go`zal so`zlar har kuni kirib shu duoni kunga moslab o`qisam ham bo`laverarmikin yodlab olish qiyinroq lekin yod olishga harakat qilaman.




Men uchun OLLOH yagona, undan bo`lak Iloh yo`qdir!!!
MoNiKa
Sana: Seshanba, 12-Октября-2010, 10:41 | Xatlari # 9
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (sindi_21)
Opajon rahmat qanchali go`zal so`zlar har kuni kirib shu duoni kunga moslab o`qisam ham bo`laverarmikin yodlab olish qiyinroq lekin yod olishga harakat qilaman.

Arzimaydi.......chindan ham yodlab olish qiyin.....har kuni kirib kunlik duoni o'qib qo'ysa bo'lsa kerak vallahi alam... :)



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024