Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Модератор форума: Mirzo_M  
-:-O'zbekona Forum-:- » Internet, Games, Sport, Tibbiyot, Pazandalik, Xabarlar, Fan va Ta'lim » Foydali Xabarlar » Mashxurlar haqida (UNING HAYOTIDAN OLINMAGAN!)
Mashxurlar haqida
Uz_Master
Sana: Chorshanba, 04-Ноября-2009, 04:02 | Xatlari # 16
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

SON YU RI

Tug`ilgan sanasi: 1981-yil, 3-mart.

Hobbisi: musiqa tinglash, uxlash va CD yig`ish.

1998-2005-yillarda Koreyada shuxrat qozongan «Fin. K. L.» qizlar guruhining qo`shiqchsi bo`lgan.

Filmografiyasi:

Filmlari:

- «How To Keep My Love» (2004-yil);

Seriallar:

- «One Fine Day» (2006-yil);

- «The Crown Prince`s First Love» (2004-yil);

- «1000 Year`s Love» (2003-yil);

Mukofotlari:

- Eng yaxshi qo`shiqchi - KMTV 1998-yil;

- «Oltin disk» - 1998-yil;

- Koreya Respublikasining musiqiy mukofoti - 1998-yil;

- Eng yaxshi zamonaviy qo`shiqchi - 1998-yil;

- Eng yaxshi qo`shiqchi - SBS 1999-yil;

- Eng yaxshi raqs - KMTV 1999-yil;

- Eng mashhur qo`shiq - 1999-yil;

- Eng yaxshi yoshlarbop qo`shiqchi - MBC 2000-yil;

- Eng yaxshi yoshlarbop qo`shiqchi - KBS 2000-yil;

- Eng yaxshi yoshlarbop qo`shiqchi - SBS 2000-yil;

- Musiqiy tanlov g`olibi - KMTV 2000-yil;

- Eng yaxshi qo`shiq - 2000-yil;

- Koreya musiqiy mukofoti - 2000-yil;

- Eng yaxshi ayollar guruhi klipi - m.net 2000-yil;

- Yangi yulduz - SBS 2002-yil;

- MBC mukofoti - 2002-yil;

- Eng yaxshi yoshlarbop qo`shiqchi - SBS 2003-yil;

- Eng yaxshi o`yin uchun - SBS 2003-yil;

Uz_Master
Sana: Payshanba, 05-Ноября-2009, 22:53 | Xatlari # 17
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

JEKSON MAYKL

MAYKL JEKSON - qo`shiqchi, raqqos, bastakor, shoir, ko`pgina xit qo`shiqlar muallifi, qator mukofotlar g`olibi. Bulardan tashqari u odamlarning yuragiga o`t yoqqan shoumen hisoblanadi. Maykl erishgan cho`qqiga hozirga qadar Elvis Presli, "Beatles" guruhi va Frenk Sanatragina erisha olgan.
Maykl Jekson 11 yoshligidanoq Jackson 5 dasturida ishtirok etib, yulduzga aylanib ulgurgan edi. Jackson 5 guruhi oilaviy guruh bo`lib, u Jeksonlar oilasidan tasрkil topgan edi. Ular 1969-yilda yozgan to`rtta qo`shig`i xit darajasiga ko`tarilgan. Ular saksoninchi yillarning eng mashhur qo`shiqchilariga aylanishgan. Qo`shiqlari esa chartlarda birinchikni qo`ldan bermay kelgan. “Off the Wall”, “Thriller” va “Bad” nomli albomlar chiqarilgan. Bu uch albom va ulardagi qo`shiqlarga ishlangan kliplar Maykl Jeksonni mashhurlik cho`qqisiga olib chiqdi. U “eng ko`p sotiladigan qo`shiqlar ijrochisi”, “eng ko`p mukofot olgan musiqa ustasi”, “shou biznes tarixidagi eng mashhur qo`shiqchi”, “jahondagi eng mashhur odam” va albatta “pop musiqa Qiroli” nomlariga loyiq ko`rildi.
"JACKSON 5" guruhi
Maykl Jekson mashhur qo`shiqchi bo`lishi bilan birgalikda guruh tarkibida han qoldi. 1971-yil, Maykl 13 yoshligida qator xit qo`shiqlar ijro etdi. Ularga “Got to Be There”, “Rocklin Robin”, “Ben” kabi qo`shiqlarni misol qilish mumkin. 1978-yilda esa ilk bora “The Wiz” qi`shig`ini ekranlashtirdi. Shu bahona u mashhur musiqa rejissyori Quinsi Jons bilan tanishib qoladi va u Mayklning albomlariga prodyusserlik qiladi. U bilan hamkorlikda yaratilgan ilk albomi “Off the Wall” bo`lib, undan o`rin olgan “Don`t Stop ‘Til You Get Enough’” va “Rock With You” qo`shiqlari chartlarda birinchi o`rinni egallaydi.
Keyingisi esa “Thriller” bo`ldi. Bu albom shou-biznesda shu paytgacha bo`lgan an`analarni buzib yubordi. 1982-yilda chiqarilgan albom dunyoga yettita xit qo`shiq taqdim etdi: "The Girl Is Mine", "Billie Jean", "Beat It", "Wanna Be Startin 'Somethin'", "Human Nature", "P.Y.T. (Pretty Young Thing)", va "Thriller". Bu Mayklga juda kuchli dalda bo`ldi. Va u 1983-yili Montavnda “Thriller” qo`shig`iga 14 daqiqalik klip suratga oldi. Bu klip musiqa tarixida eng muhim kliplardan hisoblanadi. Jekson musiqiy videoga qiziqib qoldi va deyarli barcha qo`shiqlariga klip suratga olar edi. Uning kliplarini MTV orqali namoyish etishardi. “Thriller” to`qqiz oy mobaynida MTV chartida birinchilikni hech kimga bermadi. Billboard albomlar chartida esa 122 hafta, ya`ni ikki yildan oshiq vaqt mobaynida “Thriller” birinchi bo`lib keldi. Albom uchun Maykl sakkizta Gremmi va yettita Americam Music Award mukofotlarini qo`lga kiritdi. 1985-yilda albom Ginnesning rekordlar kitobiga “Tarixda eng ko`p sotilgan albom” sifatida kiritildi. 2001-yil holatiga ko`ra “Thriller” AQSHda 26 million nusxada sotildi. Bu “Eagles: Greatest Hits”dan keyingi ikkinchi o`rin bo`ldi. Mashhur “Eagles” guruhi albomi 27 million nusxada sotilgan edi. Dunyo bo`ylab esa Mayklning albomi 51 million nusxada sotilgan.1985-yilda Maykl yana bir rekord o`rnatdi. U yozgan “We Are the World” qo`shig`I bunga sabab bo`ldi. Qo`shiqda Afrikaga yordam berish kuylangan bo`lib uni ko`pgina jahonga mashhur qo`shiqchilar birgalikda ijro etishgan.
Maykl Jackson 5 guruhini tark etadi. Lekin, u oilaviy birlikni isbotlash uchun ular bilan birgalikda ham qo`shiqlar yozadi. 1984-yilda boshlangan “Victory” turnesida ham oila a`zolari u bilan birga bo`lishadi. Maykl 1987-yilga qadar, ya`ni “Bad” albomining chiqishigacha ternelarini yolg`iz o`tkazmagan. 1988-yilda u jahonning 15 mamlakati bo`ylab turne boshladi. Va shu yilning asosiy qismi shu tune bilan o`tdi. “Bad” alboni ham yettita xitga ega bo`ldi. Ular qatoriga kirgan "I Just Can`t Stop Loving You", "Bad", "The Way You Make Me Feel", "Man in the Mirror" va "Dirty Diana" qo`shiqlari chartlarda yetakchilik qildi.
Mayklning har bir qadami matbuot nigohida turar edi. U ko`p vaqtini Neverland ranchosida o`tkaza boshladi. Bu yerda ham u musiqa bilan aloqasini to`xtatmadi.
1991-yilda “Dangerous” “dunyoga keldi”. Undan o`rin olgan “Black or White” videoklipi yeti hafta davomida birinchi o`rinni egallab turdi. Bu qo`shiq Maykl Jeksonning “Billie Jean”dan keyingi xit qo`shig`i bo`ldi. Bu albom ham avvalgilari kabi yettita xit qo`shiqqa ega edi. Ularga misol qilib "Black or White", "Remember the Time", "In the Closet" va "Will You Be There" qo`shiqlarini keltirish mumkin.
1995-yilda “History: Past, present and future – Book I” nomli ikkita albomdan iborat yirik albomi yaratoldi. Unda 15 ta qo`shiqdan tasjkil topgan disk va avvalgi xit qo`shiqlari jamlangan edi. Undagi ilk qo`shiq “Scream” deb nomlanib, uni Maykl singlisi Janet Jekson bilan duet ko`rinishida ijro etgan. Albomda 1995-yilning eng xit qo`shig`i “You Are Not Alone” ham o`rin olgan. Bu albom ham Mayklning avvalgi albomlari kabi multiplatina disklar qatoridan joy oldi. U 15 million nusxada sotildi. Mayklning “Bad” albomi 25 million, “Dangerous” esa 27 million nusxada sotilgan edi. Lekin bularning barchasi “Thriller”ning rekordini(51 million) yangilay olmadi.
2001-yil oktabrda 16 ta trekni o`z ichiga olgan “Invincible” albomi chiqdi. Bu albom uchun Maykl qator prodyusserlar bilan ishladi. Ular: Rodni Jerkins, Teddi Rili, R. Kelli va Dr. Frozelar edi. Bu albomdan joy olgan “Butterfiles” radioxit darajasiga ko`tarildi.
Shu vaqtlardan Mayklning musiqiy stili o`zgarib bordi. “Unbreakable” tipidagi qo`shiqlar yarata boshladi. Bunga misol qilib, Carlos Santana yozgan “Whatever Heppens” qo`shig`ini keltirish mumkin.
2003-yil, noyabr oyida Maykl “Number Ones” deb nomlangan jamlanma chiqardi. Unda 18 ta trek, 16 ta avval ijro etilgan xitlar, “Ben” qo`shig`ining jonli ijrosi va “One More Chance” nomli yangi qo`shig`i o`rin olgan. 2004-yillda bu albom dunyo bo`ylab 6 milliondan ortiq nusxada sotildi.
2004-yil, 16-nouabr kuni “Michael Jackson: The Ultimate Collection Box Set” nomli albomi tayyor bo`ldi. Bu beshta diskdan iborat to`plam bo`lib, 57 ta trek, 13 ta eski qo`shiqlar, 1992-yildagi konsert dasturidan iboratdir. Buni harid qilsangiz Maykl Jeksonning ijodi haqida to`liq tasavvurga ega bo`lishingiz mumkin.
OILASI
Maykl iste`dodi va xarakteriga katta ta`siri bo`lgan yirk oilada o`sib-ulg`aydi. Uning beshta akasi, uchta singlisi, ikkita hotinidan uchta farzandlari bor. Quyida ular bilan tanishasiz.
Otasi: Jozef Uolter Jekson. 1929-yil, 22-iyulda tug`ilgan. Jackson 5 guruhi gitarachisi, operatori va menejeri;
Onasi: Ketrin Ester Jekson. 1930-yil, 4-mayda tug`ilgan;
Akasi: Zigmund Esko. 1951-yilda tug`ilgan. Jackson 5 guruhi a`zosi.
Akasi: Toriano Ederil. 1952-yil, 15-oktabrda tug`ilgan. Gitarachi.
Akasi: Jermen. 1954-yil tug`ilgan. Qo`shiqchi, bass ustasi.
Akasi: Marlon Devid. 1957-yil tug`ilgan.
Akasi: Stiven Rendel. 1961-yil tug`ilgan.
Singlisi: La Toya. 1956-yil tug`ilgan. “Jeksonlar oilasidagi hayot” kitobi muallifi.
Singlisi: Rebbi. 1950-yilda tug`ilgan. Qo`shiqchi.
Singlisi: Janet. 1966-yilda tug`ilgan. Qo`shiqchi.
Birinchi rafiqasi: Layza Mariya Presli. Rok-n-roll qiroli Elvis Preslining qizi. Ular 1994-yil 29 mayda oila qurishgan.
Ikkinchi rafiqasi: Debbi Rou. 1996-yil 14 noyabrda oila qurishgan. 1999-yilda ajrashishgan.
Katta o`g`li: Shahzoda Kichik Maykl Jekson. 1997-yil tug`ilgan. Onasi Debbi Rou.
Qizi: Peris Maykl Ketrin Jekson. 1998-yilda tug`ilgan. Onasi Debbi Rou.
Kichik o`g`li: Shahzoda Maykl II. 2002-yilda tug`ilgan. Bolaning onasi ma`lum qilinmagan.

Uz_Master
Sana: Payshanba, 05-Ноября-2009, 22:55 | Xatlari # 18
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Jahon mashhurlari
SIZ BILGAN VA BILMAGAN NAPOLEON

- Kim oshdi savdosida Shvetsiyalik bir kishi NapoleonBanopartning shaxmatini juda qimmat narxda sotib oldi. Kunlarning birida u shaxmat donalaridan birining buralib ochilishini sezib qoladi. Ma`lum bo`lishicha, 1816-yili Napoleonning do`stlaridan biri u jazo muddatini o`tayotgan muqaddas Yelena oroliga shaxmat yuboradi. Afsuski, Banopart shaxmat donasidagi maktubni faxmlamay, qochish rejasidan bexabar qolgan.
- Napoleon o`ta tez o`qish xususiyatiga ega ekanligini hamma ham bilavermasa kerak. Ma`lum bo`lishicha u bir daqiqada 2000 dan ortiq so`zni mutolaa qilolgan ekan.
- Napoleon ham ijod bilan shug`ullangan. Uning qalamiga mansub bizgacha yetib kelgan “Klisson va Ejeni” romani fikrimiz isbotidir. Roman 1795-yilda yozilgan bo`lib, u ko`proq tarjimai holga o`xshab ketadi. Asarning o`rtasidagi sahifalari uzoq yillar noma`lum bo`lib keldi. Nihoyat 1970-yilga kelib, o`sha sahifalar ham topildi va roman to`liq holga keltirildi.

Uz_Master
Sana: Payshanba, 05-Ноября-2009, 22:57 | Xatlari # 19
Ism:
[Uz_Master]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1074]
Xulqi: +
[122] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

OQTAY QAYNARJA

"Qashqirlar makoni" serialida Sulaymon Chaqir obrazini yaratgan mashhur turk aktyori Oqtay Qaynarja 1965-yilning 25-yanvar kuni Turkiyaning Istambul shahrida tavallud topgan. Shu serial qahramoni Elif obrazini yaratgan Ozgu Namal uning rafiqasi sanaladi. Aktyor 1994 va 2002--yillarda eng yaxshi aktyor deb topilgan. U aktyorlikdan tashqari o`zini prodyusserlikda ham sinab ko`rgan.

-:-O'zbekona Forum-:- » Internet, Games, Sport, Tibbiyot, Pazandalik, Xabarlar, Fan va Ta'lim » Foydali Xabarlar » Mashxurlar haqida (UNING HAYOTIDAN OLINMAGAN!)
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024