Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa  
Anafilaktik shok
AmirXon
Sana: Juma, 03-Апреля-2009, 01:25 | Xatlari # 1
PFM
Ism:
[r.a.k]
Maqomi:
[Forum Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[9073]
Xulqi: +
[530] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Organizmning yot jismlarga (antibiotik, vaksina, zardob, ferment, gormonlar, sulfanilamid dorilari va boshqa oziq-ovqatlarga) nisbatan sezgirligining oshib ketishi natijasida ro‘y beradi. Birlamchi tushgan allergenga nisbatan organizmda unga qarshi antitello ishlab chiqariladi. Qayta allergen tushganidan keyin esa qonda biologik faol moddalar ishlab chiqariladi. Bularga gistamin, serotonin, asetilxolin, bradikinin kiradi, bu moddalar qontomirlarining falajiga, qontomirlari devoridagi o‘tkazuvchan-ligining oshib ketishiga, silliq mushaklarning torayishiga olib keladi. Natijada, umumiy qonning butun tanada aylanib yurishi kamayib ketadi va to‘qimalarning qon bilan ta’minlanishi buziladi. Buning natijasida to‘qimalarda ishemiya yuzaga kelib, nekrozga aylanadi. Ayniqsa, buyrak usti bezlarining yetishmasligi alomatlari yuzaga keladi.
Klinik manzarasi. Quyidagi turlarda kechadi: 1. Asfiksiya turida bronxlar devorida spazm yoki halqumda shish paydo bo‘lishi nafas olishni qiyinlashtiradi, nafas shovqinli bo‘lib, bemor xirillab nafas oladi. O‘pkadan quruq va ho‘l xirillashlar eshitiladi. Og‘izdan ko‘piksimon moddalar keladi. Bemorda yo‘talish ko‘payadi, terining rangi ko‘kara boshlaydi. Tez-tez yuzaki nafas ola boshlay-di. 2. Gemodinamik turida yurak qontomirlar yetishmovchiligi bo‘ladi. Bunda yurak tovushi bo‘g‘iq, tomir urishi ipsimon, kuchsiz, qon bosim birdan tushib ketgan, teri rangi marmarsimon, sovuq ter bosish, akrosionoz va qon ketish belgilari kuzatiladi. 3. Abdominal turida qattiq xurujsimon qorin og‘rig‘i bilan birga qorinning dam bo‘lishi, qusish, ichning suyuq ketishi, siyib yuborish va ichaklardan qon ketish belgilari kuzatiladi. 4. Serebral turida hushning yo‘qolishi, nafas olishning buzilishi bilan birga bosh miyada shish ko‘payib boradi va bemor koma holatiga tushadi, bunda midriaz, talvasa klonik-tonik holda kuzatiladi. Bu holat bosh miyaning organik buzilishlariga olib keladi. Bulardan tashqari, bemor anaflaktik shok holatiga tushganda, bemorning tili, qo‘li, yuzi va boshida qichish paydo bo‘ladi. Aksa urish, yo‘talish, qo‘rquv, birdan toliqish, bosh og‘riq, yurak va qorin sohasida og‘riq, bosh aylanish, quloqda shovqin bo‘lishi, teri rangining oldin qizarib, keyin oqarishi hamda sovuq ter bosish belgilari paydo bo‘ladi. Bemorning qon bosimi birdan tushib ketadi, natijada yiqiladi.
Anafilaktik shokda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Birinchidan, allergenning organizmga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni to‘xtatish zarur. Agar allergen tusha 0,3—0,5 ml 0,1 % adrenalin +3,0—5,0 ml novokain bilan qo‘shib, shu joyning atrofiga ineksiya qilinadi va joyga muz qo‘yiladi. Bundan tashqari, adrenalin 0,1 % 0,2—0,5 ml mushak orasiga, platifillin 0,2 % 0,5—1,0 ml teri orasiga, prednizolon 2—5 mg/kg, tana og‘irligiga natriy bikarbonat 4 % 100,0 ml tomir ichiga tomchilatib quyiladi. Bronxospazm bo‘lganda eufillin 2,4 % 10,0 ml + glukoza 20 % 20,0 ml tomir ichiga yuboriladi. Agar qon bosimi ko‘tarilmasa, yana noradrenalin 0,2 % 1,0 ml yoki mezaton 1 % 1,0 ml, 5 % 100,0 ml glukoza tomir ichiga tomchilab quyiladi. Bulardan tashqari, reopoliglukin, antigistamin dori-lardan dimedrol, suprastin, pipolfen, askorbin kislotasi va kalsiy xlor 10 % 10,0 ml tomir ichiga sekinlik bilan yuboriladi. Agar anafilaktik shok penitsillindan keyin bo‘lsa, unda shu joyning o‘ziga penitsillinaza fermentidan 1 mln tb mushak orasiga qilinadi. Bulardan siydik haydovchi, spazmolitik va talvasaga qarshi dorilar ham qo‘llaniladi.
Hushdan ketish. Bu vegetativ qontomiri kasalligi bo‘lib, bu bosh miyada qonning juda kam ta’minlanishi natijasida ro‘y beradi. Hushdan ketish yoki sinkopal (grekcha syncope — kesmoq, qirqmoq so‘zidan olingan) da qisqa vaqtda bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi buzilib, hushning yo‘qolishi, mushaklar tonusining kamayishi bilan kechadi. Hushdan ketish ruhiy jarohat, og‘riqli narsalardan keyin, qon ketish, yuqumli kasalliklardan, organizmning zaharlanishi natijasidan keyin kelib chiqadi. Ba’zan charchash, toliqish, ochlik, issiq joyga kirgandan keyin hamda qontomir-larini kengaytiruvchi dorilar ichgandan keyin kelib chiqadi.
Klinik manzarasi. Uchta turga bo‘linadi: 1. Yengil turi hushdan ketish reaksiyasi yoki lipotimiya bunda kasallarda birdan kuchsizlik (zaiflik), kalla ichida shovqin, hech narsa yo‘qdek, bo‘m-bo‘shlik, bosh aylanish, ko‘z oldida qorong‘ilik, qo‘l va oyoqlarda uvishish, ko‘p terlash, teri rangining oqarishi, charchash, tomir urishining tezlashishi, qon bosimining pasayishi bilan xarakterlanadi. Bunday xuruj 3—5 soniya davom etadi. 2. O‘rtacha og‘irlikdagi turida yuqoridagi yengil shaklidagi aytib o‘tilgan belgilar 10 soniya davom etib, qon bosimi pasaygan, tomir urishi tezlashgan, nafas olish yuzaki, kamayishi bilan xarakterlanadi. 3. Og‘ir turida qaltirash bel-gilari hamda yuqorida aytib o‘tilgan belgilar birgalikda kechadi. Qaltirash klonik-tonik holda butun tanada, ko‘z qorachiqlari kengaygan, nistagm, so‘lak oqishi ko‘paygan va ixtiyorsiz tagiga siyib yuborish kuzatiladi. Bunday xuruj bir necha daqiqagacha davom etadi.
Davosi. Hushdan ketish holatida bosh miyada qon aylanishini yaxshilash uchun bemorni tezda yotqizib, bosh tomonini pastga, oyoqlarini esa yuqoriga ko‘tarib qo‘yish kerak. Bemorning kiyimlarini y echib, toza havo kirishiga yo‘l qo‘yish lozim. Agar bemor hushiga kelavermasa, unda ammiak yoki nashatir spirtidan burunga hidlatiladi, yuziga sovuq suv sepiladi. Agar bemorning qon bosimi pasayib ketgan bo‘lsa, mezaton 1 % 1,0 ml, kofein natriy bezoat 10 % 2,0 ml, kordiamin 25 % 1—2 ml teri ostiga in’eksiya qilinadi. Bemor organiz-mini chiniqtirish maqsadida toza havoda sayr qilish, shifobaxsh badantarbiya bilan shug‘ullanish va dam olish kerakligi tavsiya etiladi.



Умей пережить ту минуту, когда кажется, что все уже кончилось....

Izox O'zgartirildi AmirXon - Juma, 03-Апреля-2009, 01:26
Beck
Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 18:08 | Xatlari # 2
"FUQARO"...
Ism:
[¯¨`*·~-..(\☻/)..-~*´¨¯]
Maqomi:
[Заблокированные]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[1188]
Xulqi: +
[118] ±
Xulqi: -
[40%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Антарктика]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

:D



  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024