Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa  
-:-O'zbekona Forum-:- » Internet, Games, Sport, Tibbiyot, Pazandalik, Xabarlar, Fan va Ta'lim » Pazandalik, Go'zallik va Salomatlik Sirlari » Yiringli meningit (meningit)
Yiringli meningit
AmirXon
Sana: Juma, 03-Апреля-2009, 01:32 | Xatlari # 1
PFM
Ism:
[r.a.k]
Maqomi:
[Forum Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[9073]
Xulqi: +
[530] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Qo‘zg‘atuvchilari meningakokk, pnevmakokk, stafilakokk, streptakokk, salmonellalar, ichak tayoqchalaridir. Bolalarda ko‘proq uchraydi, sababi gematoensefal barer to‘liq yetilmagan bo‘ladi. Bu meningitlarning qo‘zg‘atuvchilari yuqori nafas yo‘llari orqali organizmga kirib, u yerda ko‘payadi va yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanish belgilarini namoyon qiladi. Keyinchalik limfa tugunlarida ko‘payib, qon orqali bosh miya pardalariga boradi. Meningit boshqa surunkali kasalliklar (otit, zotiljam, abssess, sepsis) dan keyin ham paydo bo‘ladi. Kasallikning yashirin davri 3—5 kun davom etadi.
Klinik manzarasi . Kasallik to‘satdan, o‘tkir boshlanib tana haroratini 39 — 40°C gacha ko‘tarilishi, qusish, titrash, yosh bolalarda sababsiz baqirib yig‘lash paydo bo‘ladi, katta yoshdagilar kuchli bosh og‘riqdan shikoyat qiladilar. Bemorning hushi karaxt, ruhiy bezovtalik, alahsirash va og‘ir hollarda hushning yo‘qolish holatlari bo‘ladi. Agar yallig‘lanish miyaning tepa qismida (konveksital) bo‘lsa, qaltirash belgilari meningial belgilar bilan kechadi. Qaltirash belgilari ko‘proq yosh bolalarda uchraydi. Kasallikning 2—3 kunidan boshlab meningial belgilar paydo bo‘ladi (ensa mushagi ta-rangligi, Kernig, Brudzinskiy belgilari). Bemor boshni orqaga tashlab, oyoqlarini qorin bo‘shlig‘iga yaqinlashtirib yotadi. Yosh bolalarda katta liqildoq taranglashgan bo‘ladi. Giperesteziya, pay reflekslari oshgan, III— IV—VII—VIII—XII juft kalla bosh miya nervlarining zararlanishi kuzatiladi.
Agar yallig‘lanish miyaning asosida bo‘lsa, unda bemorlarda g‘ilaylik, ko‘zga narsalarning, ikkita bo‘lib ko‘rinishi, yuqori qovoqning osilib qolishi, yuz mushaklarida asimmetriya kuzatiladi. Bu mahalliy miya belgilari faqat miya shishgan vaqtlarda paydo bo‘ladi. Bemorning rangi oqargan, og‘iz atrofi ko‘kargan, nafas olishi va tomir urishi tezlashgan, qon bosimi biroz ko‘ta-rilgan, ishtahasi yo‘qolgan bo‘ladi. Ba’zi bemorlarning oshqozon-ichak yo‘llarida buzilish bo‘lib, jigar va taloq kattalashadi, siydikda oqsil va silindrlar ko‘p miqdorda ajralib chiqadi.
Yosh bolalarda sababsiz bezovtalik, qichqirib yig‘lash, tana haroratini ko‘tarilishi, ich qotish meningitning asosiy belgilari hisoblanadi. Qon tarkibida leykotsitoz neytrofillar hisobiga ko‘paygan, ECHT tezlashgan bo‘ladi. Orqa miya suyuqligida bosim oshgan, rangi loyqa, sariq-ko‘k rangda, oqsil 0,66 dan 6 g/l gacha va undan ham yuqori bo‘ladi. Pandi, Nonne-Apelt reaksiyasi musbat, sitoz 1000—10000 gacha 1 mm3, shundan neytrofillar 80—100 % ni tashkil etadi.
Davosi. Bemorni tezda shifoxonaga yotqizib davolash zarur. Birinchi kundan boshlab penitsillinni bolalarga 400—500 tb/kg har 3—4 soatda mushak orasiga, kattalarga 18—24 mln tb dan kuniga har 4 soatda mushak orasiga, 5—7 kungacha qilinadi. Levomitsitin suksinat 100 mg/kg kuniga 4 mahal 7—10 kun, seporin 1 g dan har 6 soatda mushak orasiga qilinadi. Sulfamonometoksin birinchi kuni 2 ta tabletkadan 2 mahal, ikkinchi kundan boshlab 2 ta tabletkadan 1 mahal 5—9 kungacha beriladi. Bosh miyadagi shishlarni olish uchun mannit, plazma, laziks, furatsemid, magneziy sulfat, diakarb, gidrokortizon 7—12 mg/kg, tutqanoqqa qarshi fenobarbital, ben-zonal, geksamedin, difenin, depakin, finlepsin buyuriladi. Toksikozga qarshi natriy xlor 0,9 %, glukoza 5—10 %, gemodez, reopoligukin, kokarboksilaza, kavinton 0,5 mg/kg t/i har kuni 10 kungacha, solkoseril, aminazin, gammaglobulin va burun orqali kislorod berib turish zarur.
Parvarish qilish. Qat’iy to‘shak tartibi, tez-tez yengil ovqatlantirib turish, meningitlarda bosh miyada gipertenziya belgilari bo‘ladi. Bunda bemor shovqin, yorug‘likni yoqtirmaydi. Shuning uchun bemorlarni alohida tinch, unchalik yorug‘ bo‘lmagan xonaga yotqizish, xona havosini toza havo bilan ta’minlash, yumshoq yostiq bo‘lishi, ko‘rpa-to‘shaklari ozoda bo‘lishi kerak.




Умей пережить ту минуту, когда кажется, что все уже кончилось....
Beck
Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 18:08 | Xatlari # 2
"FUQARO"...
Ism:
[¯¨`*·~-..(\☻/)..-~*´¨¯]
Maqomi:
[Заблокированные]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[1188]
Xulqi: +
[118] ±
Xulqi: -
[40%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Антарктика]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

:)



-:-O'zbekona Forum-:- » Internet, Games, Sport, Tibbiyot, Pazandalik, Xabarlar, Fan va Ta'lim » Pazandalik, Go'zallik va Salomatlik Sirlari » Yiringli meningit (meningit)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024