Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa  
-:-O'zbekona Forum-:- » Internet, Games, Sport, Tibbiyot, Pazandalik, Xabarlar, Fan va Ta'lim » Pazandalik, Go'zallik va Salomatlik Sirlari » TO'G'RI NAFAS OLASIZMI? (shu xaqda)
TO'G'RI NAFAS OLASIZMI?
sultan
Sana: Chorshanba, 08-Апреля-2009, 19:01 | Xatlari # 1
Ism:
[sultanchik]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[407]
Xulqi: +
[59] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Biz nafas olganimizda uni qanday sodir bo'lishi xaqida o'ylamaymiz. Bu o'z-o'zidan bo'ladi deb o'ylaymiz. Uni to'g'ri yoki noto'g'riligi xaqida xam bosh qotirmaymiz va katta xatoga yo'l qo'yamiz. Inson tirikligi nafas olishi bilan bog'lik ekan, o'pka va yurak o'zi inson organizmi talablariga o'rganib boradi. Inson tanasi kislorodni energiya manbai sifatida ishlatadi. Energiya «ekilib» bo'lgach karbonat angidrid va suv chiqindi sifatida ajralib chiqadi. Shu tariqa inson organizmini barcha funksiyalari uni kislorod bilan ta`minlanishiga boglik. Afsuski organizm kislorod zaxiralarini saqlay olmaydi. Uni kirib turishi to'xtashi bilan 5 daqiqadan so'ng o'lim sodir bo'ladi. Shuning uchun kislorod ta`minoti oziq va suvga nisbatan doimiy bo'lishi kerak, va chiqindilar to'xtovsiz chiqarib yuborilishi kerak. Suvni vaqtida chiqib ketmasligi katta muammo tugdirmaydi, ertami kechmi u buyrak yoki ter orqali chiqib ketadi, lekin karbonat angidrid gazi kursatkichi ortib ketsa qonda ishqor xosil qilishi mumkin. Bu esa o'z navbatida yurak va miyani ishiga salbiy ta`sir ko'rsatadi, bosh og'rig'i, charchash va uyqu bosishi xollarini keltirib chikaradi.

O'pka ikkita muammoni yechishga moslashgan: tinimsiz O2 bilan ta`minlash va karbonat angidridni chiqarib yuborish. Biz nafas oladigan xavo sovuq, issiq, nam, quruq va tarkibida turli miqdordagi zarrachalar va chang bo'lishi mumkin. O'pka to'qimasi juda nozik shuning uchun nafas oladigan xavo ozgina nam va tana xaroratiga yaqin bo'lishi kerak (37 oS). Turli zarracha va bug'lardan tozalangan bo'lishi kerak. Tabiat buni inobatga olgan va qanday xavo bo'lmasin burun bo'shligi, xalqum, bronxlardan o'tish mobaynida u tozalanib, xarorati moslashib o'pkaga o'tadi. Lekin tozalangan chiqindilarni xammasi xam organizmdan chiqib keta olmasligini, ular chiqindi xolatda qolib turli kasalliklar sababchisi bo'lib qolishi mumkin. Bular bronxit, emfizema, astma, yo'tal, nafas siqish va boshka kasalliklarni oldini olish uchun eng avvalo jismoniy mashqlarni kanda qilmaslik kerak. Buning uchun sizga to'gri keladigan sport turini vrach bilan maslaxatlashib tanlashingiz kerak. Organizmni chiqindilardan xoli qilish uchun ko'proq suv ichish, toza xavodan nafas olish kerak. O'pka kasalliklari bor insonlar vaznini og'irlashib ketishiga yo'l qo'ymasliklari kerak, aks xolda o'pka gazlar almashinuvini boshqara olmay qoladi.

SUVDAN TO'G'RI FOYDALANAMIZMI?

Suv- hayot uchun eng kerakli manba bo’lib, o’zida ko’plab inson uchun kerakli mikroelementlarni saqlaydi. Inson organizmini 85%ni suv tashkil qiladi.Bir kecha kunduzda inson 4 litrgacha suv istemol qiladi.Lekin bu kerakli suvmikin? Statistik malumotlarga ko’ra biz chanqog’imizni butunlay gerakmas suyuqlikiar bilan qondirar ekanmiz.Bunga televideniyadagi reklamalar sabab bolsa kerak.2 litrr sharbatni tugatayotgan qizaloq,pivoga kim borishini aniqlashayotgan o’smirlar yokikatta talofatdan bir shisha ko’ka kola bilan qutilib ketayotgan yiditcha ba h.k.z. Kundalik hayotimizda biz suvni o’rnini “begona” suyuqliklar bilan (choy, ko’fe , sharbatlar), to’ldiramiz-u organizm uchun zarur bo’lgan suvni esdan chiqaramiz . Natijada organism suvsizlanishdan aziyat chekadi. Tez-tez bosh og'riydi, teri quruqlashib, rangsiz bo'lishi,tez charchash, hotiraning pasayishi, diqqatni buzilishi, arterial bosimni o’ynab turishi, oshiqcha vazn muammolari ovnizmda ichimlik suvini etishmasligidandir. Katta yoshdagi odam organizmi issiq kunda 4litrgacha, salqin kunda 1.5-2 litr toza ichimlik suvi talab qiladi. Suvni meyorida istemol qilgan odamda oshiqcha choy, kofe, ovqatga talab bo’lmaydi. Organizm suv tanqisligini sezmasligi kerak, chunki suv tana harorati muayyanligini ta’minlash bilan birga oziq bilan kirgan mineral va mikroelementlarni erishini , oziq moddalarni kerakli “manzilga” etqazib berish ,moddalar almashinuvini boshqaradi. Shuni aytish o’tish kerakki choy, ko’fe, sut, sharbat, sho’rvadagi suyuqliklar o’rganizmda ma’lum vazifani bajarib suvni o’rnini bosa olmaydi.Olimlar fikricha kerakli miqdorda syv istemol qilish bel og’rig’i , revmatizm, megren kabi kasalliklarni kechishini engillashtiragi, qondagi holesterin miqdorini kamaytiradi. Kuniga 2.5 litr suv istemol qiladigan erkaklarda siydik pufagi saraton kasalligi havfini kamaytiradi. Suvni doim istemol qilishni odat tusiga kiritish ychyn o’zingiz bilan doim suv olib yurish tavsiya qilinadi. Olimlar fikricha ko’p gazlangan ichimliklar istemol qiladigan davlatlar aholisini oshqozon, me’da, ichak saratoni kasalliklari bilan kasallanish hollari yuqori o’rinda turadi. Qaynatilgan suvda temir va kalsiy cho’kindiga aylanadi. Distirlangan suv ham ichishga yaroqsizdir .Uni organizmni chiqindilardan tozalayi degan fikr noto’g’ri bo’lib, u faqat kerakli elementlarni yuvib chiqaradi. Bir kunda ichadigan suvni 1.5 litrdan kam 4 litrdan oshmasligi kerak. Inson vaznining har 1 kg.ga 40 ml. syv kerak bo’ladi,ya’ni 60 -70kg. li odamga bir kunda 2.5-2.8litr suv kerak. Tanada tuz-suv aimashinuvi,iqlim , insonni jismoniy aktivligi, milliy urf odatlarga qarab bu ko’rsatkich o’zgarishi mumkin. Issiq kunda, cho’milib bo’ldach, samolyotda, kuchli ovqatdan so’ng, ziyofat vaqtida, jismoniy mehnat yoki sport bilan shug’ullandanda bu ko’rsatkich yanada ortadi. Ozmoqchi bo’lgan odamlar, siydik haydoychi dori istemol qiluychi,chekadigan, yoshi katta,vazni qg’ir odamlarga suvni ko’p ichish tavsiya qilinadi.

Miniral suvlar.

Kundalik ichimlik suvini ora chora mineral tuzli darmon suvlar bilan almashtirib ichib turish tavsiya qilinadi. Tarkibida mineral tuzlar va turli mikroelementlar bo’lgan bunday suvlarni istemol qilishdan oldin shisha ustidagi yozuvi bilan tanishib chiqing. Agar bir litr suvda mineral aralashmalar miqdori 2gr. bo’lsa kuniga 2 litrdan istemol qilish mumkin. 1 litr suvda 2gr. dan 10gr,gacha bo’lsa 1-3 stakandan ichish mumkin . Eritma miqdori 1litrda 20-50gr. bo’lsa faqat shifokor maslahati bilan istemol qilishingiz mumkin.Suvni hususiyatlari shu bilan tugagani yoq.Suv nafaqat charchog’imizni olib bizga engillik bag’ishlaydi baiki og’ir stresslardan chiqishga yordam beradi. Oqar suvga qarab turish yoqrtiruvchi olma yeyish bilan barobar. Suvga qarab odam ko’pincha mushkul ahvoldan chiqib ketish yo’llarini, xatolarini tushunib etadi . Har zamonlarda odamlar dam olish uchun suvga intilganlar. Balki buning sababi embrion davridanoq tug’ilishia qadar ona qornida uning suvda bo’lganligidir.

Dengiz suvi.

Dengiz suvida nerv sistemasiga yahshi ta’sir ko’rsatuvchi magniy, yurak ishi va suv-tuz almashinuvi uchun zarur bo’lgan kaliy, suyak to’qimalarini shakillanishida zarur bo’lgan kaltsiy butun elementlarning 10%ni tashkil qiladi. Va dengiz suvida albatta yo’d mavjud. Unsiz qalqonsimon bezning funksiyasini tassavur qilolmaymiz. U orqanizmni ishini boshqarib turadi. Shuning ushun cho’milib chiqgach dush qabul qilishga shoshmangmang. Dengiz suviga o’z ishini ohirigacha bajarishga imikon bering. Dengiz suvi-bu o’tkazib yuborilgan bronhit, gaymorit, tonzitlarga qarshi ajoyib kurash vositasi.

Okean suvi “oziqabop”ligi bo’yicha quruqlikdan 20ming martta ko’p ekan. Agar okean resurslarini ozuqaga ishlatsa yilga 290mlrd. odamni boqsa bo’lar ekan.

Chomilish suvi.

Darhaqiqat odamlar bekorga dam olish uchun suvga intilishmaydi. Dengiz suvi mineral, tuz va mikroelementlarga to’la ulkan vanna. Shuning uchun dengiz suvida chomilish qon aylanishi va modda almashinish jarayonini yahshilaydi. Tuzli suv o’lgan hujayralarni eritib, terini tozalaydi, yara-chaqalarni davolaydi. Shunday qilib siz har doim dengizdan “yangi” teri bilan chiqasiz.

Chomilayotib dengiz suvini og’izga kirishidan qo’rqmang. U tomog’ingiz va burningiznini turli asoratlardak davolaydi. Ko’zni esa saqlash kerak. Dengiz osti suzishlari uchun maxsus ko’zoynak taqish kerak. Dengiz suvda oz miqdorida Mendeleev davriy sistemasining xamma elementlari mavjud bo’libgina qolmay balki bitmas tuganmas oziqa manbayidir. Okean suvining 1sm3 da 1.5g. oqsil va kongina boshqa oziqalar saqlanadi.

Toblanish.

Va albatta cho’milib chiqgach quyosh nuridan meyorida baxramand bo’lishni unutmang, quyosh nuri zararli bakteriyalarni o’ldiribgina qolmay, angina, pnevmoniya, tiberkulyoz kasalliklarini davolashda ajoyib vosita. Faqat quyosh nuri ta’sirida modda almashinuvini faollashtiruvchi hamda kaltsiy va fosforni o’zlashtirishda qatnashuvchi D vitamini hosil bo’ladi. D vitamini yetishmaydigan bolalar yeg’loqi, injiq, tishlari kech chiqib, skelet suyaklari diformatsiyalashadi. Bu – rahit. D vitamini yetishmaydigan kattalarda teri buziladi, suyak yumshoqlashadi. Dvitaminini sintezlash uchun organizm “yig’ilib” qolgan holesterinni sarf qiladi. Agar holesterin ko’plab yeg’ib qo’ygan bo’lsangiz – toblaning. Quyosh nuri immunitetni kuchaytiradi.Uyingizda gripp bilan kasallanganlar bo’lsa pardalarni ochib tashlang, yorug’likka virus bilan kurashishga yo’l qo’yib bering. Yengil toblanish terini silliqlashtiradi, psoriaz va husunbuzarlarni yo’qotadi. Toblanish asablarni tinchlantiradi, kayfiyatni ko’taradi,chunki quyosh ta’sirida organizmda endorfin, ya’ni “baxt” his qilish uchun “javobgar” garmonlar hosil bo’ladi.

Ertalablari va quyosh botayotganda quyosh nuriga qarash foydali. Ko’z to’riga tushgan nurlar to’lqini gipofiz, gipotalimus va boshqa miyadagi bezlarni faoliyatini kuchaytiradi. Qyosh nuri rak(saraton) kasalligi bilan kurashadi. Olimlar tadqiqotlariga ko’ra quyoshli o’lkalarda yashovchi, ochiq havoda ishlovchi odamlar orasida ko’krak, ichak, prostata raki kam uchrar ekan. D vitamini rak hujayralari bo’linib ko’payishini sekinlashtiradi. Shu bilan birga uzoq toblanish teri rakini keltirib chiqarishi mumkin. Kun qiziganda quyoshga tikilish ko’zni kuydiradi. 12:00 dan 16:00 gacha toblanish organizmda C vitamini tanqisligini keltirib chiqarib, immunitetni pasayishi, labda gerpes toshishi, terining quruqlashib ajin tushishiga olib keladi.



NeLya
Sana: Chorshanba, 08-Апреля-2009, 19:31 | Xatlari # 2
Ism:
[NeLLi]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[17142]
Xulqi: +
[1793] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (sultan)
li odamga bir kunda 2.5-2.8litr suv kerak.

togri

Quote (sultan)
quyosh nuri zararli bakteriyalarni o’ldiribgina qolmay, angina, pnevmoniya, tiberkulyoz kasalliklarini davolashda ajoyib vosita.

hammaga ham tavsiya qilmiman,chunki kop insonlada hozirda quyosh nuri tasirida ter kasalliklari ,pigmentasiyalar ,juda ham ortiqcha quyoshda zagar qilganlada esa neuslar vujudga keladi ,hamma narsani albatta meyori bulishi kerey.
hozirda issu har doim quyoshli davlatlatdan kelgan insonlada terini notugri pigmentatiyasi-yani pigment incontinentie,doglar hosil bulishga opkevotti .iloji bulsa juda qattu quyosh chiqqanda ja bulmasa faktor 15-30kremlaridan foydalanish kerey.



sultan
Sana: Chorshanba, 08-Апреля-2009, 20:01 | Xatlari # 3
Ism:
[sultanchik]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[407]
Xulqi: +
[59] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

NeLya,
to'gri apa fikrlariz
raxmat



NeLya
Sana: Payshanba, 09-Апреля-2009, 15:07 | Xatlari # 4
Ism:
[NeLLi]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[17142]
Xulqi: +
[1793] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

sultan, siz togri deysizde, ahir biza kollegamizayu :D



sultan
Sana: Payshanba, 09-Апреля-2009, 20:40 | Xatlari # 5
Ism:
[sultanchik]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[407]
Xulqi: +
[59] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

NeLya, albbat gde mediki tam ne nujen ******!!!
qale



AmirXon
Sana: Payshanba, 09-Апреля-2009, 20:43 | Xatlari # 6
PFM
Ism:
[r.a.k]
Maqomi:
[Forum Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[9073]
Xulqi: +
[530] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Quote (sultan)
, albbat gde mediki tam ne nujen ******

:Q :Q yomon qildiz lekin



Умей пережить ту минуту, когда кажется, что все уже кончилось....
Beck
Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 18:34 | Xatlari # 7
"FUQARO"...
Ism:
[¯¨`*·~-..(\☻/)..-~*´¨¯]
Maqomi:
[Заблокированные]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[1188]
Xulqi: +
[118] ±
Xulqi: -
[40%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Антарктика]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

:D



-:-O'zbekona Forum-:- » Internet, Games, Sport, Tibbiyot, Pazandalik, Xabarlar, Fan va Ta'lim » Pazandalik, Go'zallik va Salomatlik Sirlari » TO'G'RI NAFAS OLASIZMI? (shu xaqda)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024