Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa  
Homiladorlik haqida
sultan
Sana: Chorshanba, 08-Апреля-2009, 19:02 | Xatlari # 1
Ism:
[sultanchik]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[407]
Xulqi: +
[59] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Har bir ayol ona bo'lishdek baxtni kutib yashaydi. Shunday ekan homiladorlik haqida tushunchaga ega bo'lish esa homilaning to'g'ri rivojlanishi va sog'lom farzandning dunyoga kelishi ga yordam beradi.

TAPOICh ayollar maslahatxonasining oliy toifali akusher ginekologi Qurbanova Nigora Ubaydullaevna.

Homiladorlikning belgilari. Homiladorlikning birinchi belgisi - xayzning o'z vaqtida kelmasligi. Yana ko'ngil aynishi, xolsizlik, uyquga to'ymaslik, hidlarga nisbatan sezuvchanlikning kuchayishi, ko'krak bezlarining uyushib og'rishi ham ayolning homilador ekanligidan dalolat beradi. Umuman olganda, homiladorlikning belgilari barcha organizmda turlicha kuzatiladi. Kimningdir ko'ngli aynisa, kimlarningdir boshi aylanadi. Ba'zilarda esa o'zidan ketish hollari yuz beradi.

Homiladorlikni bilish usullari. Bugungi kunda homiladorlikni bilish uchun turli usullar mavjud. Bulardan eng keng tarqalgani - testlar. Bu usulning qulayligi shundan iboratki, testlarni dorixonalardan xarid qilish va uy sharoitida homiladorlikni aniqlash mumkin. Albatta ulardan foydalanishdan oldin undagi ko'rsatmaliri bilan tanishib chiqish kerak. Bu usul mutlaqo zararsiz va qulaydir. Eng keng tarqalgan usullardan yana biri UZIdir. Bunda homiladorlikni 2-3 xaftaligidan aniqlash mumkin. Albatta shifokor ginekologga murojaat qilish ham masalaga oydinlik kiritadi.

Homilador ayol shaxsiy gigenasi. Ayol birinchi navbatda tozalikka e'tibor berishi, qulayroq kiyim kiyishi va albatta yaxshi ovqatlanishi kerak. Homilador ayolga tor va noqulay kiyim kiyish yaramaydi. Kiyim kengroq, iloji boricha sintetika aralashmagan matodan tikilgan, havo o'tkazadigan bo'lishi kerak. Bugungi kunda homilador ayollar uchun maxsus kiyimlar xarid qilish muammo emas.

Spirtli ichimliklarni iste'mol qiladigan, chekadigan ayollar xomiladorlik vaqtida bu narsalardan o'zini tiyishi kerak. Homilador ayollarga meva-sabzavotlar, turli vitamin va minerallarga boy mahsulotlar, kal tsiyga boy sut va go'sht mahsulotlarini iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Vaqtida va to'g'ri ovqatlanmaslik turli xastaliklarga, jumladan kam qonlik kasalligiga olib keladi. Natijada homilaga kerakli miqdordagi kislorod etib bormasdan, homilaning rivojlanishi sekinlashadi. Xuddi shunday kal tsiy tanqisligi bolaning suyak sistemasining rivojlanishiga ta'sir etadi. Shuning uchun bo'lajak onalarga tvorog, sut, qatiq, pishloq, baliq, go'sht mahsulotlarini iste'mol qilish tavsiya etiladi. Hozirda aholi orasida yod tanqisligi keng tarqalgan bo'lib, homilador ayollar bu holatga alohida e'tibor berishlari zarur. Buning uchun tarkibida yodi bor mahsulotlar hamda yodli preparatlarni ichish kerak bo'ladi.

Antibiotiklarning homilaga ta'siri. Homiladorlikning ilk davrida iloji boricha antibiotik preparatlardan foydalanmaslik kerak. Lekin alohida xollarda bemor vrach nazorati ostida ushbu preparatlardan qabul qilishi mumkin. Homiladorlik davrida o'zboshimchalik bilan davolanish qatiyan man etiladi. Umuman olganda homiladorlikning ilk belgilari namoyon bo'lganda yashash joyiga qarashli poliklinikaga murojaat etib, o'z vaqtida uchyotga turish kerak.

Homilador ayol ruhiyati. Homilador ayollar o'zini ehtiyot qilishlari kerak. Hamma narsaga asabiylashish,og'ir ko'tarish homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Psixologlarning ta'kidlashicha, yaxshi kayfiyat va ertangi kunga ishonch insonning salomatligini ijobiy tomonga o'zgarishga olib keladi. Iloji boricha chiroyli narsalarni xarid qilish, chiroyli va sog'lom bolalarga qarash, tinchlantiruvchi musiqa tinglash ham asabni tinchlantiradi.



Beck
Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 18:29 | Xatlari # 2
"FUQARO"...
Ism:
[¯¨`*·~-..(\☻/)..-~*´¨¯]
Maqomi:
[Заблокированные]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[1188]
Xulqi: +
[118] ±
Xulqi: -
[40%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Антарктика]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

:)



  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024