Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa  
Ayollardagi yutuq- Ayol kishining semizi yahshimi, ozg'inimi
MoNiKa
Sana: Yakshanba, 10-Октября-2010, 18:21 | Xatlari # 1
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Meni ayni damda parhez bilan umuman ishi yo'q ayollar qiynaydi, nafaqat qiynaydi, balki hayron qoldiradi. Ularning fikrlari faqat oilaga qaratilgan bo'lsa-da, men ularni oqlay olmayman.

Ularni turfa navlarga bo'lib chiqsa bo'ladi:

1. Ovqat har qancha istemol qilsa-da, semirmaydigan ayollar (Ammo bundaylar 100 tadan bir nafarni tashkil etadi. Aslida nozik jins egalarining tanasi yog' yig'ishga moyil bo'ladi)

2. Tez-tez ovqat istemol qilib turish lozim hisoblangan biror kasallikka duchor ayollar.

3. NAFSini tiya olmaydigan ayollar.

Uchinchisi bir oz ranjitadigan bo'lib chiqdimi?

ASLO, bu so'z parhez tutadiganlarga qattiq tasir qilsa qiladiki, ammo faqat nafsi baland bo'lgani tufayligina semirib ketgan ayollarning diliga mutlaqo og'ir botmaydi. Chunki ular barcha narsadan nafslarini ustun qo'yadilar. Ular uchun o'z jufti haloliga yoqish birinchi o'rinda emas, ular biror erga borganda ham dasturhonni bo'shatib qo'yishdan uyalmaydilar. Kim bilsin, bir kun eyishga nonlari qolmasa, qaysi yo'lga kirar ekanlar?!

Insonning nafsi har narsaga etaklovchi balodir. Aslida bu mavzuga to'htalishimizga televideniemizda namoyish etiladigan bazi ko'rsatuvlar turtki bo'ldi. Birma-bir sanamaymanu, ammo so'nggi paytlarda ko'ngilochar ko'rsatuvlar semizlikni targ'ib etadiganday tuyuladi menga. Go'yoki odamlarni kuldirishda ho'ppa semizlardan foydalanmaslikning imkoni yo'qday. Bo'yidan ko'ra, eniga yo'g'on bo'lib ketayotganlar bilan suhbatlar uyushtiriladi. Ular esa kuniga qancha ovqat istemol qilishlarini, yani nafslarini mutlaqo tiya olmasliklarini maroq bilan so'zlab beradilar. Bu qanday ko'rgulik bo'ldiki, semizlikdan uyalish o'rniga, undan mag'rurlansak va bu millionlab tomoshabinlar etiboriga havola etilsa. o'tmishdagi bobolarimiz semizlikni qoralaganliklarini nahot unutib qo'ygan bo'lsak?!

Eng g'ashimga tegadigani unda go'zallik timsoli sanalmish ayollarimiz ham FAOL ishtirok etishmoqda. AyoLning vazifasi o'zi nima: kelajagini o'ylab, oilali, farzandli bo'lishga intiladimi, yoki faqat fikri hayoli ovqat bo'lgani sabab bu o'ylar unga yotmikin? Balki, endi o'zini to'htata olmasligiga shu qadar ishonganki, buning hech yomon tomoni yo'q va badqomat bo'lish fazilat deb boshqalarni ham o'ziga ergashtirishga intilyaptimikan? Ularga qarab hitob aylagim keladi: «nega endi bunchalar nafsingning quliga aylanding. Go'zal qomatli, hushro'y bo'lishing mumkin edi-ku, agar o'zingni ovqatdan torta olganingda. Nahot bularning barchasidan oshqozoningni tinimsiz to'ldirish qimmatli bo'lsa...». Ahir dunyoda ovqat istemol qilishdan-da muhimroq narsalar borku. Inson dunyoda faqat eyish va ichish uchungina yashaydimi?

Aslida semizlik ikki jins egalariga ham katta zarar. Inson og'irlashadi, harakatlanishi qiyin bo'lib qoladi va semizlik ortidan tanamiz faoliyati ham buziladi. Natijada o'zimizga ortiqcha kasallik orttirib olamiz. Erkaklarimiz ovqatni haddan ziyod ko'p istemol qiladigan yoki nihoyatda gavdali bo'lishsa, «ha, erkak kishida, unga yarashadi, kuch kerak, nari borsa erkaklar o'zi shunaqa nafsni jilovlay olmaydigan bo'lishadi», deb qo'yarmiz. Ammo ayollarimizga bu tariflar sira ham «o'tirmaydi».

Men faqatgina nafsi quli bo'lib semirib ketgan ayollar bilan suhbatlashganimda, quyidagi bahonalarni takrorlashganiga guvoh bo'lganman: «Erim, semiz bo'lsang ham menga yoqasan, deydi»... «...bizning zotimiz o'zi shunaqa», «semizligim menga halaqit bermaydi»... «Bazi ozg'inlardan chaqqon harakat qila olaman» va hokazo.

Ammo vaznlarining haddan ziyod ortiqchaligi oqibatida duch kelayotgan ko'plab muammolari haqida gapirishni lozim topishmaydi. Chunki bu — ularning nafs yo'lidagi manfaatlariga to'g'ri kelmaydi-da (vazni nihoyatda ortiqchalar tez charchaydigan, tez terlaydigan bo'lishlari avvaldan malum. Hech kimni haqorat qilmoqchi emasmizu, ammo bundaylar qaysi toifa erkaklarga yoqishi mumkin?)

Amerika va bazi rivojlangan mamlakatlarda o'ta engil hayot tarzi, harakatsizlik tufayli vazni haddan ziyod ortiqcha bo'lib ketganlar, naqadar beo'hshov ekaniga bir necha bor oynai jahon orqali guvoh bo'lganmiz va ular qanday aziyat chekayotganini ham ko'p eshitganmiz. Aynan nafs muammosi tufayli ham bugungi kunda turli jarrohlik yo'llari bilan vaznni kamaytirish avjiga chiqib ketdi. Ammo shifokor aralashuvi har doim ham muvaffaqiyatli kechavermaydi. Bir kunda ozib qolishni istaganlar orasida kasalmand bo'lib qolganlar qancha. Yoki bir oyda aql bovar qilmas darajada ozdiradigan, ammo tanamizning boshqa azolarini ishdan chiqaradigan turli dorilarni istemol qilganlarning ham ahvoli fojeali bo'lib qolganini eshitmaganlar bormikin?!

Endi asosiy mavzuga o'tsam. Erkaklar asosan beli ingichka bo'lgan ayollarni yoqtiradilar. Bu o'rganilgan va isbotlangan dalildir. Shu o'rinda bugunga qadar yozilgan badiiy asarlarga ham etibor qaratilgan. Sabab hozirgi zamon erkaklari bilan avvalgilarining didlarini solishtirishdir. Birorta hikoya, roman yo'qki, unda ayol ishtirok etmasin va uning go'zalligiga alohida tavsif berib o'tilmagan bo'lsin. Ana shunday asarlarda insoniyatning go'zal bir bo'lagi bo'lmish biz ayollar muallif tomonidan turlicha tariflanganmiz. Qaysidir asarda go'zal ko'zlar, boshqasida uning oy kabi nurli yuzi, siynasi va jismidagi boshqa bir qism etibor bilan tilga olinadi. Ammo romanlarda ayol go'zalligini tariflovchi qismlar o'rganib chiqilganda ham shu narsa aniqlandiki, ko'pgina yozuvchilar asardagi go'zal hilqatni tavsiflayotganda aksariyat hollarda uning ingichka beliga urg'u berib o'tishgan.

Hulosa shunday bo'ladiki, avval ham, hozir ham erkaklarga ko'proq nozik belli ayollar maqul keladi. Shuni ham unutmangki, to'lalik yoshni ham katta qilib ko'rsatadi.

Hurmatli ayollar, sizlarni erkaklarga yoqish uchun emay-ichmay yurishga undash niyatimiz yo'q. Faqat o'zingizga etibor qiling, nafsni vaqtida jilovlab olish lozimligini eslatib qo'ymoqchimiz, holos. Vaholanki, shariatda sharm yo'q, deb bejiz aytmishmagan. Parhezga to'htaladigan bo'lsak, unga ham ortiqcha etibor berib yubormang. Evropada doimiy parhez bilan yurish shu qadar ayanchli ahvolga kelib qoldiki, dastlabki namuna deb qaralishi sabab bugungi kunda o'ta ozg'in modellar hattoki ko'rgazmalar podiumlariga qo'yilmayapti.

Modellarning quvvatsizlikdan aziyat chekishlari u yoqda tursin, ularga ergashgan va ular kiygan kiyimlarni sotib olmoqchi bo'lgan evropalik ko'plab (asosan balog'at yoshiga etayotganlar) qizlar tanaga vitamin etishmasligi oqibatida turli kasalliklarga ham chalinib olmoqda. So'nggi yillarda darmonsizlikdan modellarning olamdan o'tish holatlari ham kuzatilayotgani sababli mashhur kutur'erlar yaratadigan liboslar reklamasini o'rta vanzli modellarga topshirish masalasi muhokama qilinmoqda. Shu o'rinda qo'pol bo'lsada, halq orasida yuradigan bir ibora yodimga tushdi. «Erkaklar it emaski, suyakka tashlansalar». Bu nihoyatda ozg'in bo'lgan ayollarga qarata aytilganiga shubha yo'q. Chunki chiroyli qomatli, nozik belli bo'lish bilan o'ta ozg'in bo'lish o'rtasida katta farq bor.

Aziz ayollar, doimo go'zal va yosh bo'ling. Hohlardimki, nafs tufayligina Alloh tomonidan inom etilgan jozibador qomatimizdan voz kechmaylik, go'zalligimiz ko'cha-kuyda yuradigan duch kelgan erkakka emas, jufti halolimizga bag'ishlangan bo'lsin!



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024