Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa  
YO'QOTILGAN SHIFO IZIDAN(HAQIQIY TIBBIYOT)
Bir_qizcha
Sana: Payshanba, 28-Октября-2010, 22:58 | Xatlari # 1
Ism:
[O'zbek qiz.]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[49]
Xulqi: +
[7] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Assalomu alekum,aziz forumdosh!Bu bo'limda InshaAlloh o'z sog'ligimiz uchun foydali va kerakli narsalarni o'rganamiz.Buning uchun Doktor Oydin Solihning "Haqiqiy tibbiyot" nomli kitobiga murojjat qilamiz!
Doktor Oydin Solih 1978 yil Toshkent Universitetining biologiya fakultetini tamomlagan va talabalik yillaridan beri tibbiyot sohasida tinimsiz izlanishlar olib borgan kishidir.
Uning ushbu "Haqiqiy tibbiyot" ("Yo'qotilgan shifo izidan") kitobi Turkiya turkchasida yozilib,Turkiyada ancha shuhrat qozondi,minglab xastalar bu kitobda tavsiya qilingan uslubda davolanib,shifo topdilar
Doktor Oydin Solih kasalliklarning asl sabablarini va ularga qarshi insonning chorasiz emasligini,Alloh har hastalikning shifosini ham yaratganini e'tirof etib,bularni dalil va isbotlar bilan bizga taqdim etadi.
Doktor tavsiyalar qusrsiz uygunlangan taqdirda,bemor o'zini davolashi mumkin ekanligini e'tirof etadi.
InshaAlloh bu ishimizni Alloh o'zi davomli va oson qilsin!



DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR,
HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK,
ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT
VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!

Bir_qizcha
Sana: Juma, 29-Октября-2010, 00:44 | Xatlari # 2
Ism:
[O'zbek qiz.]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[49]
Xulqi: +
[7] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Bo'lim mundarijasi: 1.Zamonaviy meditsinaning inqirozi;

2.Kasalliklarning sabablari;

3.Yeyish va ichishda tartibga (ketma-ketlikka) rioya qilmaslik;

4.Keng qo'llaniladigan qo'shimcha moddalar, va b..



DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR,
HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK,
ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT
VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!

Bir_qizcha
Sana: Juma, 29-Октября-2010, 14:45 | Xatlari # 3
Ism:
[O'zbek qiz.]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[49]
Xulqi: +
[7] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Zamonaviy meditsinaning inqirozi...

Turkiya Jumhuriyati sog'liqni saqlash vazirligi 2006 yili tayyorlagan "Surunkali kasalliklar hisoboti" ga ko'ra, Turkiyada, taxminan, 22 mln kishi surunkali kasal va bunday kasallar soni tobora ortib bormoqda.
Taxminan 15 mln kishida yuksak qon bosimi bor, 4mln kishi qand kasalligi, 3 mln kishi surunkali obstruktiv o'pka kasalligi, 2 mln kishi koronar yurak kasalligi bilan og'riydi.
Aholining 40% ida turli darjalarda anemiya kuzatilgan.
Bundan tashqari, qiz bolalarning aksariyatida, xatto ba'zi erkaklarda endrometrioz kuzatilmoqda.
Qisirlik keng yoyilmoqda, har ikki chaqaloqdan biri jarrohiy yo'l(tsezar amaliyoti) bilan tug'dirilmoqda.
Bu ayanchli manzara insonlarni umidsizlikka, qo'rquvga solib, ularni davolanishda yanglish harakatlarga yo'naltirmoqda.

Zamonaviy tibb va uning tashhis (diagnoz) imkoniyatlari "katta qadamlar bilan" olg'a yurayotganday ko'rinadi, ammo kasalliklar ham huddi shunday " katta qadamlar bilan" tarqalib, kengayob bormoqda.Kasalliklarni davolash choralari sifatida qilinga muolajalar esa, aks ta'sir qilib, bugungacha ma'lum bo'lmagan kasalliklarni yuzaga chiqarmoqda.

Biz uchun bu paradoks emas.
Nega?
Chunki zamonaviy tibbiyot falsafasi poydevoridan boshlab xatoga qurilgan.
Masalan, zamonaviy tibbiyot inson badanida harorat(temperatura) yuksalsa - uni pasaytiruvchi, qon bosimi ko'tarilsa - uni tushiruvchi, infektsiya tushsa - antibiotik qo'llashni o'rgatadi.Ya'ni zamonavit tibbiyot kasallikni emas, uning simptomlarini ketkazishga harakat qiladi.
Bu davo emas, balki jonli organizm immunitetiga e'lon qilingan shiddatli va davomli urushdir.

Biznning immun tizimimiz bu zararli "tibbiy eksperimentlar" xujumiga qarshi omonsiz qarshilik korsatmoqda va to cho'kib, xarob bo'lgunga qadar taslim bo'lmayabdi.Immunitet tizimi cho'kkanidan keyin esa, kasalliklar kishi boshiga birin-ketin yog'a boshlaydi.

Zamonaviy tibbiyotning vitaminlar, sintetik dorilar, jarrohlik muolajalari, jarrohlik bilan tug'dirish, qon va a'zolarni ko'chirish,ikki onali va "probirka bolalari" , ildiz hujayrasidan foydalanish, klonlashtirish, gen texnologiyasi yoki nanotexnologiya metodlari bilan ishl.ciqarilgan emlash materiallari va vositalar orqali qutulish umidi bilan yo'g'rilgan bu hayollar har safar xusron (zarar) bilan yakun topmoqda va topajakdir.
Buning sababini Yaratuvchining qonunlarini mensimasdan va yoki bu qonunlarga zid davo yollarini izlaganlarning dunyoqarashidan ahtarmoq kerak.
Haqiqatga olib boradigan yo'l - ilohiy qonunlar toptalmagan yoldir.
Bu qonunlar Lavhi Mahfuzda yozilgan.Qonunlar yaratilib bolingan, ularning yaratilishiga nuqta qo'yilgandir.Allohning qonunlarida o'zgarish qilinmaydi.
''Lekin Haq ularning istaklariga tobe' bo'lsa edi, aniq-ki, osmonlaru yerdagilar va ularning orasidagilar fasodga uchrashardi''(Mu'minun surasi,71)
Bu Oyati Karimada Alloh Ta'olo insonlarning tinimsiz o'zgarib turadigan istaklarini ro'yobga chiqarishga intilishlari ulkan falokatga olib kelishini uqtirmoqda.
Biz kasallikni emas,badandan chiqayotgan taxlika signallarini bartaraf etishga xarakat qilamiz.Xatoni inson badanining nomukammaligidan izlaymiz.
To'g'rirog'i, xatoni Alloh yaratgan mexanizmdan qidiramiz.
Holbuki, U yaratgan mexanizmda xato bo'lmaydi.
Alloh yaratgan immunitet tizimi barcha zamonaviy davolash uslublaridan o'zini mudofaa qiladi, bu usullarga ohirigacha qarshilik ko'rsatadi.
Va oqibatda, davo topgan insonlar dori yoki jarrohlik sharofati bilan emas, balki bu "sharofat"ni chetlab o'taolgani tufayli davo topadilar.
Zamonaviy tibbiyot kasalliklarni yo'qotish uchun yangi usullarni ishlab chiqarmoqda.Bu taraqqiyot natijasida o'limga olib boruvchi ba'zi kasalliklarning o'limga olib borishnisbati kamaygan.Harorat ko'tarilishi va tug'ishdan o'lish kabi.
Ammo hech bir kasallik davolash yo'li bilan yo'qotilmadi, aksincha, yangi-yangi kasalliklar paydo bo'lmoqda.
Vabo singari kasalliklar esa o'z vazifasini tamomlagani uchun Alloh Ta'olo tomonidan (vaksina bilan emas) yer yuzidan yo'q qilindi.Bu demak, yer yuzida "vabodan o'lgan shahiddir" xadisida aytilgan shahidlik martabasiga loyiq inson deyarli qolmayapti.
Bu jarayon yuksak harorat (temeratura) bilan bog'liq kasalliklar va tug'ishda o'limlarning kamayishiga o'hshaydi.Bugun ayollar tug'ishda o'lmaydi, chunki tug'ishda o'lishga loyiq ayol qolmadi.("tug'ishda o'lgan ayol shahiddir"-Hadisiy sharif).
Bugun mijozlarning siri ochilgan va mijozga-qon guruhiga ko'ra - oziqlantirish tizimlashtirilgan.
Bu tizimni qo'llagan kishi barcha kasalliklardan qutila olardi.Gap shundaki, bu tizimni hayotga tatbiq qilish uchun zarur bo'lgan tabiiy, geni o'zgartirilmaga ozuqalar qolmagan.
Koinotdagi barcha jism va tizimlar bir butundir.
Badanimiz esa butun koinotning bir nusxasi, andozasi sifatida yaratilgan.
Inson badaniga qaraganimizda, xar-xil, ich-ichiga kirgan va bor-biriga dastak bo'lgan muazzam bir tizim namoyon bo'ladi.
Zamonaviy tibbiyot bu muazzam borliqni bo'laklarga bo'lib o'rgangani uchun, bu yirik tizim faoliyatiga bir butun ko'z bilan qaramagani uchun ham na kasallikga tog'ri tashhis qoymoqda, na uning sabablarini bilmoqda va na-da unga davo topmoqda.
Holbuki, inson yaratilish qonunlarini bilsa va ularga amal qilsagina sog',sihhatli va to'g'ri yashash imkoniga sohib boladi.
Irsiy kasalliklardan tashqari, deyarli barcha kasalliklarning sababi kishini hayratga soladiga darajada birhil.
Barcha kasalliklarning davosi ham deyarli bir xil.
Kasal bo'lish insonning o'z aybi, o'z xatosidir. Chunki insonning badaniga uni kasalliklardan saqlaydigan shunday bir mukammal mexanizm joylashtirilgan-ki, bu mexanizmni ishdan chiqarish uchun ko'p "mehnat" qilish kerak.
Agar inson shu mukammal mexanizmga ega bo'lib turib ham kasallansa, Alloh insonga shifo topishi uchun ham yol korsatib qoygan.
Inson bundan foydalanmasdan, shifoni yanglish yollarda izlashi ikkinchi xatodir.



DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR,
HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK,
ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT
VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!

Bir_qizcha
Sana: Juma, 05-Ноября-2010, 12:37 | Xatlari # 4
Ism:
[O'zbek qiz.]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[49]
Xulqi: +
[7] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

KASALLIKLARNING SABABLARI

Ko'p yeyish

"Xar bir kasallikning negizida to'qlik bor" (Hazrati Muhammad s.a.v.)
"Yeyish ularga bir jazo, bir tuzoq va bir kishan bo'lajak" (Hazrati Dovud a.c.)
"Mechkaylik (kop yeyish) daraxtini kkan kasallik mevasini teradi" (Maqol)

"Mechkaylik daraxti" ning kasallik mevalarini qanday hosil qilganiga e'tibor qaratsak.
Yemak kop yeyilganda, oshqozon hazm uchun erituvchi fermentlarga ehtiyoj sezadi.Ferment ishlab chiqarishda tana qiynaladi va buning uchun kop energiya va zarur oziq moddalar talab qilinadi.
Soglom kishi oshqozoni 200-250 gr. ovqatning birinchi hajmini - ozuqa va hajm kuchiga qarab - 3 yoki 4 soat mobaynida jarayonni ohiriga yetkizadi.
Bu miqdorda ovqatni hazm qilish uchun yurak zoriqmaydi.
Ammo ikki barobar ovqat yeyilsa - uni hazm qilish uchun, ortiqcha qismini zahira qilish, metabolizma sarqitlarini chiqarib tashlash uchun- yurak 4-6 marta koproq ishlashga majbur boladi.
Bunday ishlash faqat yurakni emas, ovqat hazm qilish, saqlash va ortiqchalarini vujuddan chiqarib yuborishga yonalgan barcha a'zo-organlarni ham qiynaydi.
Masalan, bir mashina toshli, vayron va noqulay yolda to'g'ri yo'lda harjlaydigan yoqilgining bir necha marta kopini sarflaydi.Masofa bir xil, ammo sarflangan yoqilgi miqdori har xil.
Muntazam kuchanib ishlashdan yaroqsiz holga kelgan motor kabi, inson yuragi ham ortiqcha ishlash oqibatida o'z rizqini tez tugatadi.Chunki bizga ajratilgan umr - yurak zarblari (urishlari) sanoqlidir.
Yosh odam kop ovqat yesa, tanasi quvvatli bolgani uchun, uni hazm qiladi, ortiqcha moddalarni esa tashqariga chiqarib tashlay oladi.Ammo kop yeyish odat tusiga kirib, tanani zorlash davom etaversa, bu quvvat tugaydi, bora-bora ortiqcha moddalar vujuddan chiqarilishi susayadi.
Vujuddagi ortiqcha moddalar omborlari tolganidan keyin esa, bu moddalar qonga aralasha boshlaydi. Bundan qon ogirlashib, aylanishi sekinlashadi.Ortiqcha moddalar tomirlarning devorlariga yopishib, vaqt o'tgan sayin, tomirlar toraya boshlaydi.
Toraygan tomirlardagi qon, a'zolarni yetarli darajada taminlay olmaydi.Yetrali oziq ololmagan azolar miyaga "Biz ochmiz!" ,xabarini yuboradi, tana kop oziq talab qiladi va inson kop yeya boshlaydi.
Va inson kop yeya boshlaydi!
Yeya-yeya qondagi ortiqcha moddalar, tomirdagi torayishlar yanada ortadi.
Bundan qon quyuqlashadi, a'zolarning ochlik xissi kuchayadi.
Bunday qon aylanishi kishida fikrni jamlash, xotira, tushunish, anglash va organish qobiliyatlarini kamayishiga, tanda kasalliklar bir-bir ozini korsata boshlaydi.
Fikr uhlaydi, xikmat o'ladi, a'zolar tohtaydi, insoniy sifatlar sekin- asta yoqoladi.
Shunday qilib, "Yeyish ular uchun bir jazo boladi", xikmati zuhur boladi.
Ba'zi kishilar kop yeyishning badalini semirib ketib, semizlik keltirgan kasalliklar bilan ogrib tolaydilar.
Ba'zilar, aksincha, qancha yeyishsa ham, ozginligicha qolaverishadi.Bu toifaga mansublar ozlarini semizlardan kora soglommiz deb oylashadi.Aslida, ularning xolatlari semizlarnikidan ham xavflidir. Chunki moddalardan yuzaga kelgan ortiqchaliklar, toksinlar va qoshimcha moddalar semizlar vujudida yog'ga aylangani uchun, organlar yemirilishining - qisman bolsada - oldi olinadi.
Ammo ozginlar qonida aylangan toksinlar temperatura, yotal, terlash, burun oqishi, qusish, ich ketishi, sizlogichlar, chipqon vositasida tashqariga chiqarish ishlovi (funktsiyasi) organlarni charchatib, yaramas holga keltiradi.Toksinlar musul, bogim va a'zolarda yigilib, osha joylarda ogriq, yiringlashuv, kistlar hosil bolishiga va genetik ozgarishlarga (mutatsiyaga) sabab boladi.Bu kishilar tez-tez kasallanadigan, muammoli va asabiy insonlar hisoblanishadi.
Yani kop yeb semirgan bilan kop yeb semirmaganning mubtalo bolgan balosi aynidir.
"Arof" surasining 31-oyatida "Yenglar, ichinglar, faqat isrof qilmanglar, chunki Alloh isrof qilganlarni sevmaydi", - deyilgan.
Bu oyat Allohdan qorqishni va uyalishni unutgan insonlarga qaratilgandir.
Paygambarimiz (s.a.v) ''Sizning Allohga eng sevimlilaringiz yeyishi oz va badani oriq bolganlaringizdir" va "...ochkoz (kop ovqat yeydigan) va qorni katta bolgan Jannatga kira olmaydi", deganlar.
Bu hadisi shariflar bugungi kun insonining sogligi uchun muhim ahamiyatga ega.Tanamizdagi tizimlar faqatgina tabiiy yemaklarni hazm qilaoladi va tabiiy ozuqalarni singdirishda hechqanday muammo chiqarmaydi.
Ammo singdirish tizimi va immunitet tizmimiz geni ozgartirilgan, gen texnologiyasi va nanotexnologiyalar yordamida ishlab chiqarilgan ozuqalarning malum miqdordan ortiqchasiga dosh bera olmaydi.
bunday maxsulotlardan qochib qutulishning imkoni yoq.Shu bois, hech bolmasa, oz yeyishni organish kerak.



DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR,
HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK,
ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT
VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!

Bir_qizcha
Sana: Shanba, 06-Ноября-2010, 09:51 | Xatlari # 5
Ism:
[O'zbek qiz.]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[49]
Xulqi: +
[7] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Aralash yeyish

Payg'ambarimiz (s.a.v.) hech qachon sut bilan baliqni, nordon narsani, tuxum va go'shtni aralashtirib yemaganlar.
Mijozga togri kelmagan yoki bir-biriga togri kelmay, hazm uchun alohida fermentlar kerak boladigan taomlar bir-biri bilan aralashtirilsa, hazm bola olmay chiriydi.
Masalan, karbongidratlar bilan proteinlar, sut maxsulotlari bilan baliq, bir necha sigirdan sogilgan aralash sut, aralash gosht (bir hil jinsli ikki hayvonning goshti, bir hayvonning goshti bilan boshqasining yogi, qozichoq bilan tovuq goshti yoki har qanday gosht qorishimi), baliq bilan gosht, qorishim yoglar (qoy bilan tovuq yogi, quyuq va suyuq yog) bir-biriga zid hisoblanadi.
Chunki ularning parchalanishi uchun kerakli fermentlar bir-biriga ziddir.
Bu zidlik fermentlarning ishlab chiqarilishiga tosiq boladi, ishlab chiqarilgan fermentlarning bir-birini yoq qilishiga sabab boladi va ovqat hazm bolaolmasdan chiriy boshlaydi.
Bu oshqozonda soatlab davom etadigan jarayon bolib, ichaklarda ham davom etadi.Shu sabab, taomdan keyin qonda leykotsid miqdori kopayadi, oshqozonda shishkinlik, dam, jigildon qaynashi paydo boladi.
Chirish yoki achish natijasi bolgan zaharli va kislotali qoldiqlar singdirish hujayralariga togridan-togri ta'sir qilib, ichaklar faoliyatini sekinlashtiradi.Faoliyati sekinlashgan ichaklarda toplangan qoldiqlar unda ichaklarda "chontakchalar" hosil qiladi.Bu ''chontakchalar"da toshlar vujudga kelib, yillar davomida qolib ketadi.
Oziqlanishdagi xato davom etarkan, ichaklar ogirlashib boraveradi, ularning faoliyati yanada sekinlashadi va ich qotishi yuzaga kladi.
Ichak devorlari kanalizatsiya quvur (truba)lari kabi zaharli, yogli qoldiqlar bilan qoplangani uchun vujudning intoksikatsiyasi tezlasha boshlaydi.
Vujud chidamliligini yoqotadi,xolsizlashadi, ichaklarda muntazam gaz paydo boladi, uyqu va dangasalik ortadi.
Chirigan yoki achigan taom qoldiqlari ichaklarni zaharlab, qonga aralashadi. Bu qoldiqlar qondan butun organlarga va hujayralarga yoyilib, ularni ham zaharlaydi, natijada kasalliklarga yo'l ochadi. Tomirlarni tiqadi, a'zo va bo'g'inlarga toplanadi.
Tiqilib qolgan tomirlarda oqqan quyuq, ogir qon a'zolarni ta'minlashda kamchilik sezadi va yuqorida aytib o'tganimizdek, miyaga "Biz ochmiz!" , degan signal yuboradi.



DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR,
HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK,
ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT
VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!

Bir_qizcha
Sana: Juma, 12-Ноября-2010, 17:54 | Xatlari # 6
Ism:
[O'zbek qiz.]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[49]
Xulqi: +
[7] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Tez-tez yeyish

Qadimgi hakimlar "Kasallik nima?" savoliga "Yeyilganni hazm qilmasdan, ustiga taom yeyishdir", deb javob berishgan.
Kasalliklarning asosiy sabablaridan biri hazmning tamomlanishini kutmasdan,bir ovqatning ustiga boshqa ovqat yeyishdir.
Hazm tizimi ma'lum qoidalar bilan ishlaydi.Bu qoidalarga ko'ra, 200-250 gr. miqdoridagi taom oshqozonda 3-4 soat, songra nozik ichaklarga o'tib, hazm bo'ladi, bunga birinchi hazm deyiladi.

Taomning turiga, miqdoriga va ogirligiga qarab birinchi hazm 6-10 soatgacha davom etadi.Oshqozonda hazm tamomlanmasidan yeyilgan bir luqma ham oshqozondagi hazm jarayonini buzadi.Bu luqma avvalgi luqma bilan toqnashganda hazm bolmagani uchun achish va chirishni boshlaydi.Avvalgi ovqat buzilib chirishi natijasida jig'ildon qaynaydi, me'dada gaz paydo boladi va qorin shishadi.Aslida ilk hazmdan emas, uchinchi hazmdan kyin, ya'ni ozuqalar qondan hujayralarga o'tganidan keyin boshqa taom yesa bo'ladi.
Ya'ni, kunda ikki marta ovqatlanish inson uchun kifoya qiladi.
Ichish masalasida ham me'zon ayni shunday.
Bugungi kunda kishilar,xususan, ayollar va bolalar, kunning asosiy qismini nimalarnidir chaynash bilan o'tkazishadi.Yo'lda, ko'chada gaplashib ketarkan, kinoda yoki darsda ham bir narsalar chaynab o'tirishadi.
Payg'ambarimiz (s.a.v.) ko'pincha och va suvsiz yurardilar.Uch kecha ketma-ket och yurgan vaqtlari bolgan.
Rasululloh alayhissalom "Kechqurun yoki kunduzi ikki martadan ovqat yeyish illatdir" va "Qorni toq bolaturib,ovqat yeyish ham kasallik, ham haromdir", deganlar.
Misrda Qirolning Vaziri bolgan Yusuf alayhissalom qirol oshpaziga "qirolga va uning oilasiga knda faqat bir marta (tushlik) ymak berish" ni buyurdi. Buni qirolning ochlikni totib, ochlarni unutmasligi va muhtojlarga ehson qilishi uchun qilardi.Shundan keyin qirollar yemagini kun o'rtasida bir marta berish odat boldi" (Salabiy, "Arois", 129 sahifa).
Shunday ekan,eng muhim sogliq qoidasi va barcha kasalliklarga davo bolgan yagona davo yahshigina och bolgandan keyin ovqatlanishdir.



DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR,
HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK,
ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT
VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!

Izox O'zgartirildi Bir_qizcha - Juma, 12-Ноября-2010, 17:54
Bir_qizcha
Sana: Juma, 12-Ноября-2010, 18:14 | Xatlari # 7
Ism:
[O'zbek qiz.]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[49]
Xulqi: +
[7] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Yeyish va ichishda tartibga (ketma-ketlikka) rioya qilmaslik

Go'sht, tuhum, pishloq kabi proteinli taomlar oshqozonda uzoq vaqt hazm bo'ladigan ozuqalardir.
Shirinlik va mevalar oshqozonda kop qolmasdan ichaklarga otib, birinchi hazmini shu yerda tamomlaydi.
Suv esa oshqozonda vujud issiqligi darajasiga yetganidan keyin, togridan-togri ichaklarga otadi.
Demak, avval suv, keyin - birga yemaslik sharti bilan - meva yoki shirinlik, keyin salat va taom yeyishi kerak.
Ikki turli taom yeyilayotgan bo'lsa, yengil va suvlisini avval, ogir va qurugini kyin yeyish kerak boladi.
Taomdan keyin meva yoki shirinlik yeyilsa, meva-shirinlik hazmini tamomlashi uchun ichaklarga otmasdan, yeyilgan yemakka taqalib, turib qoladi, chiriydi va gaz chiqaradi.

Qur'oni Karimda mazkur tartibga rioya etish buyurilgan:"...o'zlarini tanlagan mevalarni va ishtaxalari tortgan qush goshtlarini aylantirishadi." ("Voqea" surasi, 20,21).
Ko'rib turganingizdek, bu oyatlarda meva goshtdan oldin sanalgan.

Yana bir oyatda "Va sizga shirinlik va bedanalar nozil qildik" ("Baqara",57) deyiladi.Bu yerda ham holva, (ya'ni karbongidrat-shirinlik), bedanadan, (ya'ni proteindan) avval kelyapti.
Ibn Sino ertalab non yeganlarga goshtni kechqurun yeyishni tavsiya qilardi.Non va gosht orasidagi vaqt shunchalik uzun bolishi kerak.
Go'sht bilan nonni birga yeyish zarur bolsa, avval nonni gosht suviga botirib, yeyish va shundan songgina gosht yeyish lozim.

Taomdan keyin suv ichilsa ,suv ichaklarga o'ta olmaydi, oshqozonning kengayishiga, oshqozon kislotasining tarqalib, zaiflashishiga, hazmning chozilishiga, oshqozonning qiynalishi va buzilishiga sabab boladi.Taom orasida suv ichish togri emas, chunki ovqat yeb suv ichgan, taomni yahshi chaynamaydi.Yetarlicha chaynalmagan taom oshqozonga, ichaklarga va taloqqa zarar beradi.

Taomdan 1,5-3 soat keyin suv ichish togri boladi.Zotan 1,5-3 soat keyin oshqozonning hazmi tugayotgan payt, tananing suv talab qilishi normal holat bolib, bu suv ichishning ayni vaqti hisoblanadi. ("Arof" surasi 31-oyatda "...yenglar, ichinglar faqat isrof qilmanglar..", deyilgan. Bu oyatda ham "iching" buyrugi "yeng" amridan keyin kelgan).

Taom quruq bolsa, chaynab yutilgan har luqmadan song bir yutum suv ichishning zarari yoq.Hohlaganlar taomdan keyin bir qultum suv ichishlari mumkin.



DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR,
HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK,
ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT
VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!

Bir_qizcha
Sana: Seshanba, 16-Ноября-2010, 00:43 | Xatlari # 8
Ism:
[O'zbek qiz.]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[49]
Xulqi: +
[7] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Eskirgan va isitilgan taomlar

Ynagi kokat, sabzavot va mevalar quyoshdan olgan quvvatga tola boladi.Yangiligida yeyilganda tanaga quvvat beradi va xazmi oson kechadi.
Pishirilganda quyoshdan olgan quvvatni va tirik suvlarini yoqotib asliga, ya'ni tuproqqa va minerallarga aylana boshlaydilar.Suvini yoqotgan kokatning xajmi kamayib, minerallar hajmi ortadi.

Bir kilogramm yashil, pishirilmagan ismaloqni hech kim yeya olmaydi, ammo bir kilogramm ismaloqdan pishirilgan taom osonlikcha iste'mol qilinadi.
Bu mineral moddalar vujudda ogir qoldiqlar paydo qiladi va muskullarda, a'zolarda, tomirlarda toplanib, ularni qattiqlashtiradi.
Shu sabab, pishgan kokat taomi orniga xom kokat yeyish, pishganini esa oz miqdorda yeyish togri boladi.

Taomni bir oz sovutib yeyish kerak boladi.Taom insonni emas, inson taomni xurmat bilan kutishi kerak.

Mikroblar turib qolgan taomlarning tarkibini ozgartiradi.Taom isitilganda yangi kimyoviy aralashmalar yuzaga kelgani uchun isitilgan taomning foydasidan zarari koproq.Isitilgan taomning ta'mi ozgaradi,hazmi ogir kechadi, hatto hazm bolmasligi ham mumkin.

O'zidan inson vujudiga zararli bolgan elektromagnetik tolqinlar chiqargani uchun mikrotolqinli pechlarni taom isitishda qollash ham zararlidir.

Payg'ambarimiz (s.a.v.) kechqurun qolgan, ertasi kuni isitilgan taomni aslo yemaganlar



DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR,
HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK,
ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT
VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!

Bir_qizcha
Sana: Seshanba, 16-Ноября-2010, 19:57 | Xatlari # 9
Ism:
[O'zbek qiz.]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[49]
Xulqi: +
[7] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Taomni o'ng qol bilan yeyish kerak

Paygambarimiz (s.a.v.) "Taomni sog qolingiz bilan yeng, sol qoli bilan shayton yeydi", deganlar

Umar bin Abi Salama deydi-ki, "Paygambarimiz menga; O'ng qoling bilan ye, va oldingdan ye, dedi" (Muslim, "Ashriba",108)

Taomni ong qol bilan yeyishning ma'nosi, fikri ojimizcha, shu: inson vujudi bir energiya manbai o'laroq, magnitga ohshaydi: uning o'ng tarafi, asosan, pozitiv, chap tarafi, asosan, negativdir.
Odam taomni ong qoli bilan yesa, yemak pozitib energiya ta'sirida boladi va u inson vujudi manfaati uchun harjlanadi.
Chap qol bilan yeyilgan yemak esa, negativ energiya ta'sirida boladi va u vujudning zarariga ishlaydi.



DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR,
HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK,
ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT
VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!

Bir_qizcha
Sana: Payshanba, 25-Ноября-2010, 15:04 | Xatlari # 10
Ism:
[O'zbek qiz.]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[49]
Xulqi: +
[7] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Qo'shimchali tayyor taomlar va ichimliklar

Oziq ovqat sanoati mahsulotlari, konservalashtirilgan mahsulotlar, soglikni, xususan, bolalar sogligiga juda katta havf tugdiradi.

Bu ozuqalar metabolizmga, immunitet tizmiga va genlarga jiddiy ta'sir qiladi.Hazm bolmasligi tufayli tomirlarning tiqilishiga sabab boladi. Tanadagi vitamin ishlab chiqaruvchi mehanizmni, suv miqdori va tarkibini buzib, qarishni tezlashtiradi va kasalliklarga sabab boladi.

10-12 yoshli bolalarning aksariyati bu ozuqalarning miya va jinsiy a'zolariga beradigan zarari oqibatida hozirdan yosh qariyalarga aylanib bormoqda.
Bugungi kunda jahon ozuqa sanoatida bir yil ichida minglab turdagi millionlab tonna qoshimcha moddalar qollanilmoqda.

Tayyor ozuqalarni iste'mol qilishdan nazorat yoqligidan kishi har kuni 2000ga yqin qoshimcha modda istemol qilmoqda; shirinlashtiruvchi, ta'm beruvchi, mahsulot tarkibini saqlovchi, rang beruvchi, oqlashtiruvchi, buzilishining oldini oluvchi, namligini ushlab turuvchi, boyoq, hushboy hid beruvchi va hakozolar....

Oziq ovqat sanoati, qollanilgan qoshimcha moddalar nomlarini mahsulot oralgan qadoqda korsatishi kerak.Ammo bu majburiyat fabrikalarning faqat zi ishlab chiqargan moddalargagina taalluqli bolib qolmoqda.
Masalan, bir korxona ozi ishlab chiqargan mahsulotda suv, achitqi, tuz, yoq, tuhum va shakar ishlatsa, ularni qadoqda korsatadi, biroq un, suv, achitqi,tuz, yog, tuhum va shakar tarkibidagi qoshimcha moddalarni korsatishga majbur emas.
Shu bilan birgalikda qoshimcha moddalarning tayyorlanish uslubini korsatish ham shart qilinmagan.
Saqich, shakar, konfet kabi butunlay kimyoviy moddalardan tarkib topgan, 10 kvadrat santimetrdan kichik hajmda qadoqlangan mahsulotlarni ishlab chiqarganlar, shu mahsulotlarning tarkibini korsatishga majbur emas.

zaytun, gosht, pishloq, non, qoraziravorlar, quruq mevalar, toza meva. sabzavot va kokatlar, kabi ochiq, ya;ni qadoqlanmagan holda sotiladigan ozuqalarda, restoran va konditer tsexlarida tayyorlangan taomlarda ham qoshimcha moddalarni korsatsh majburiyati yoq.

Bu majburiyatsizlik inson sihhati uchun juda tahlikali bir vaziyat tugdirmoqda.
Oddiy saqich tarkibidagi qoshimcha moddalar:

1.Saqich hamirturushi: (saqichning asosiy moddasi); saqich hamirturushining qadoqda korsatilmagan tarkibi, kauchuk,vaks,antioksidan, elastomer,daraht yelimi, vinil polimer, parafin va qoshimcha moddalar(qaysiligi yozilmagan)

2.Shirinlashtiruvchilar (7ta): tabiiy bolmagani uchun hammasi hazmni buzadi va qand kasalligi uchun zamin hozirlaydi.bunga qoshimcha tarzda aspartam kabi ba'zi shirinlashtiruvchilar miya faoliyatini buzadi, bosh ogirigi, aylanishi, hushdan ketishlarga sabab boladi.Lablar, til va oyoqlarda shishlar paydo qiladi.
Aspartamning tarkibida fenilalanin degan aminokislota mavjud.Fenilalanin va metabolik qoldiqlar qon va toqimalardatoplanadi.bolalarning rivojlanayotgan kopayish azolarini va miyalariga zarar yetkazadi.bunday zararlar bepushtlikka, fikrlashdagi kamchiliklarga va aqliy zaifliklarga sabab boladi.

3.Tabiiyga yaqin hushboy hidlar(3ta):

Gen texnologiyasi va nanotexnologiya vositasida ishlab chiqarilgan, badan-rux va gormonal muvozanatga ta'sir qiladi.
4.Nam ushlab turuvchi (glitserol):Chochqa yoki chorvachilik mahsulotlaridan olinishining ehtimoli katta.Gen texnologiyasi na nanotexnologiya voitasida ham olinadi.
5.Emulgator (letsitin):Asosan chochqa mahsuloti.
O'simliklardan qilingan emulgatorlarda "loviya letsitini" deb yozishadi, ammo bu ham aslida, geni ozgartirilgan loviyadan tayyorlanadi.Ya'ni, har ikkisi ham sihat uchun taxlikalidir.
6.Yaltiratuvchilar (2ta):Biri, "shellak" bolib, geni ozgartirilgan bir osimlik bitidan olinadi.Allergiya va shunga ohshash simptonlarga yol ochadi.Ikkinchisi, "karnoba mumi" dir.Brazilya xurmosi mumiga ohshagan sintetik mum.U qogoz ishlab chiqarish va mebel sanoatida ishlatiladigan yaltiratuvchidir.
7.Rang beruvchi va nam ushlovchi (titaniumdioksid,E 171):nanotexnologiyada ishlatiladigan asosiy moddalardan biri.Bir muncha vaqtdan beri mineral holida emas, nanoparchalar holida ishlatilmoqda.Ogizdan tanaga kirgan va toqimalarda toplangan mazkur nanoparchalar organik moddani suv va karbondioksid (uglekis gazi) darajasigacha parchalash hususiyatiga ega.Kuchli nam ushlab turuvchi bolgani uchun ta'naning suv tarkibiga ta'sir qiladi.Qollanish soxasi keng: dori-darmon, vitamin, shirinlashtiruvchilar, saqich, un, shakar, tuz, karbonat, kukunlashtirilgan yeguliklarga oqartiruvchi va nam tutuvchi sifatida qoshiladi.

Ko'rib turganingizdek, 2,5 grammlik kichik saqichda kamida 18ta qoshimcha modda mavjud.Kamida deyapmiz, chunki har bir qoshimchaning 1 yoki 3 oz qoshimchalari bor.
Saqich ustida "laksativ modda qoshilgan" va "saqich, yutmang" kabi yozuvlar bor.Bolalar bu ogohlantiruvchi yozuvlarni tushunishmaydi, va tabiiyki, hamma bolalar saqichni yutadi.
Qoshimcha moddalarni ishlab chiqaruvchilar "qoshimcha moddalarning ichida zararsis, hatto foydali qoshimchalar bor" deyishadi.
Bir necha yil avval bu gap togri bolishi mumkin edi, ammo bugun qoshimcha moddalar turli hom ashyodan, turli texnologiyalar va uslublar yordamida ishlab chiqarilmoqda.Bugun ishlab ishlab chiqarish uslublarining, mahsulotning kimyoviy tarkibining va manbalarining ishonchli, taxlikali yoki shubhali bolib-bolmaganini aniqlashtirish imkonsiz.
Masalan, karoten (E160) tabiiy A vitamini manbaidir.Mazkur vitamin tabiiy osimlik pigmentlaridan olinadi.
Betanin (E162) esa qizil lavlagidan olinadi.30 yil avval bu shaklda tabiiy osimliklardan olingani uchun ikkalovining ham nomi, 30 yil avvalgidek hozir ham "ishonchli" sinfidan joy olmoqda.
Ammo, bu vaqt davomida yangi uslublar va texnologiyalar qollanishi boshlangan va mazkur qoshimcha moddalar umumiy hisobda GM osimliklaridan olinmoqda.
Hatto biosintez yoki nanotexnologiya vositasida ham olinayotganlari bor.Shunday ekan, ular "ishonchli" emas, "taxlikali" holga kelib ulgurgan.
Demak, etiketkali yoki etiketkasiz bolsin, ustida tarkibi yozilgan bolsin-bolmasin, qollanilgan haqiqiy qoshimcha moddalarni va ularning manbalarini aniqlash imkonsizdir.
Bundan tashqari, har bir mahsulotga o'nlab qoshimcha moddalar qoshilmoqda.
Ba'zi qoshimcha moddalar alohida tarzda zararli bolmasa ham, boshqa moddalar bilan qoshilgandan song zararli bolishi mumkin yoki bir-birining zararini kopaytirishi mumkin (sinerjizm ta'siri) yoki badandagi turli moddalar bilan, ichilgan dori-darmon va ozuqalar bilan, ishlab chiqarilgan fermentlar bilan qoshilib, "xavfli" holga kelishi mumkin.
Eng kop qollaniladigan qoshimcha moddalar alohida holda ham zararlidir.



DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR,
HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK,
ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT
VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!

Bir_qizcha
Sana: Payshanba, 09-Декабря-2010, 16:56 | Xatlari # 11
Ism:
[O'zbek qiz.]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[49]
Xulqi: +
[7] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Kimyoviy dori-darmonlar

Amerikada har yili 250 ming kishi tibbiy xatolar sababli vafot etmoqda.Ularning 127 minggi kasalxonalarda,yanglish dori berilganidan yoki dorilarning yon ta'sirlaridan vafot etmoqda.Ayni sabablar tufayli kasalxonadan boshqa joylarda olayotganlarga oid statistika hozircha yoq, ammo bundaylar kopchilikni tashkil qilishi aniq.

Dorilarning yon ta'sirlari bilan ogriganlar bilan bogliq statistika ham yoq.Tajribalar shuni korsatmoqda-ki, barcha kasalliklarning negizida kimyoviy dorilar yotmoqda.

Bir qancha kimyoviy dorilar immunitet tizimi, qon aylanishi va qon ishlab chiqarisihga togridan-togri tahdid solmoqda.Ba'zi dorilar iste'mol paytida,ba'zilari istemoldan haftalar, oylar, hatto yillar otgandan keyin ta'sir korsatmoqda.Dorilar immunitet tizimini va suyak iligini siquvga oladi, qon ishlab chiqarishga tosiq boladi, qon hujayralarining, leykotsid, trombotsid va eritrotsidlarning buzilishiga va parchalanishiga, garmon muvozanatsizligiga, jigar toksitiga , buyraklarda qonash va yaralar paydo bolishiga hamda yangilanishiga, bepushtlik va boshqa bir qancha kasalliklarga sabab boladi.

Masalan, ba'zi dorilar ba'zi hollarda qon hujayralariga zararli ta'sir qilishadi.Hujayra devorlarini yaroqsiz holga keltiradi, bu hujayralar hassos(yuqori) sezuvchan bolganlari uchun mazkur kimyovir tarkibga dosh bera olmaydilar.Ogir holatlarda esa, suyak iligi siqilgani uchun, qon ishlab chiqarish tizimi buziladi, leykemiya va anemiya yuzaga chiqadi.

Meditsina manbalariga murojaat qilinganda shu hulosalarni uchratish mumkin:

Ba'zi dorilar suyak iligi hujayralarida DNK va RNK sinteziga tosiq bolib, qon ishlab chiqarishning kamayishiga yoki anormal hujayra ishlab chiqarilishiga ,buning natijasida leykemiya va anemiyalarga sabab bolishadi (xloramfenikol, oksasilin, isoniasid, sefalotin, fenindion, fenilbutazon kabi)

Ba'zi dorilar (aminopirin,sulfonamid, propiltiouratsil, metimasol kabi) immunitet tizimini siqishtiradi.

Eritrotsidlarning parchalanishiga (gemolizga) sabab bolgan 40dan ortiq dori mavjud:aspirin, sulfonamid, sulfon, nitrofuran, xinin, xlorokin, primakin, fenilgidrazin, prabentseid, dimerkaprol, xloramfenikol shular jumlasidandir.

Bular ba'zan o'tkinchi, bazan umr boyi qoladigan anemiyani keltirib chiqaradi.
Ba'zi dorilar (fenajetin, sulfanamidlar kabi) va kop ozuqalarda bolgan kimyoviy moddalar (anilin boyoqlari, nitrit va nitratlar kabi),gemoglobinga tasir qilib, toqimalarning kislorod olishiga va ozuqalanishiga tosiq boladi.Kimyoviy dorilar suyak iligi degeneratsiyasiga va uning natijasida suyak iligi kamligiga va ogir anemiyalarga sabab bolmoqda.
Trombotsid va trombotsid ishlab chiqarishi buzilishiga ham koplab kimyoviy dorilar sabab bolmoqda.Aspirin, kolshitsin,antiromatizmal dorilar,psihiatriya dorilari,yurak dorilari,anesteziklar,antibyotiklar,ba'zi yotal sharbatlari,ba'zi alergik dorilar bu turkumga mansub.Dorilar yuzaga keltiradigan immunologik trambotsitopeniya valproik kislota, furotsemit,sulfonamidlar kabi dorilarning qollanilish paytida paydo bolmoqda.

Aspirin, allopyurinol,xlorotiatsid,xloropropamid,dioksin,furotsemid,indometadsin,yod,izoniatsid,metildopa,piperazin,kinidin, rezerpin,sulfanomidlar,tolbutamid, varfarin kabi dorilar keltirib chiqaradigan tomir revmatizmi xolatida terida qonashlar,ko'karish, gangrena (chirish) yuzaga kelishi mumkin.

Dorilarning har birining zarari haqida alohida kitob yozish mumkin.
Tibbiy dorilarni qollashdan maqsad, kasalliklarni yo'qotishdir.Ammo tibbiyot tarixi shuni korsatmoqdaki,kimyoviy moddalarni iste'mol qilish vositasida hazm qilish, qon aylanish, nafas olish va hokazo tizimlarning faoliyatiga bilar-bilmas aralashish aqldan emas.

A'zolarda,tizimlarda,hujayralarda inson aqli idrok qila olmaydigan darajada murakkab,hashamatli, nihoyasiz, va doimiy harakatda bolgan mexanizmni boshqarishga hechkimning kuchi yetmaydi.



DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR,
HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK,
ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT
VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!

Bir_qizcha
Sana: Payshanba, 09-Декабря-2010, 17:16 | Xatlari # 12
Ism:
[O'zbek qiz.]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[49]
Xulqi: +
[7] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Kam chaynash

Karbongidratlar,organik kislotalar,hushboy moddalar va tuzlarning hazmi ogizda, solaklar bilan boshlanadi, chaynash paytida fernentlar bilan qorishadi va bir qismi ogizdagi mayda tomirlarga singib ketadi.
Ogir karbongidratlarning hazmi ogizda boshlanib,oshqozonda ayni fermentlar bilan davom etadi.Ogizda ovqatning kimyoviy tarkibi haqida toplangan malumotlar miyaga yuboriladi.Miya bu habarni taxlil qilib, ovqatning xazmini dasturlaydi.bu holatda chaynash jarayoni muhim hisoblanadi.Taom qanchalik yahshi chaynalsa, miya uning taxlilini shunchalik yahshi qiladi va hazm tizimini shunga kora tayyorlaydi.Chaynalgan taomning ta'mi va hidi ogizda tarqashi va qaymoqqa ohshash suyuqlik holiga kelishi kerak.Bu 15-40 ta chaynash harakati bilan hosil boladi.

Ogizda kop sonli akupunktur (har bir tishning tagida 2ta)nuqtalari joylashgan.Chaynash paytida ozuqalardan chiqqan quvvat bu akupunktur nuqtalari vositasida tananing umumiy quvvati bilan qorishadi.shuning uchun kichik yutumlar bilan ichish va kichik luqmalar holida yeyish kerak.

Sut, gosht suvi, meva-sabzavot suvi yoki suv kichik yutumlar bilan iste'mol qilinadi, ogizda ilitiladi, solak bilan yahshigina aralashganidan song yutiladi.Agar mahsulotlar yetarlicha chaynalmasa, hazm boshida buziladi.

Tez yegan kishi kop yeydi, chunki tana ozuqadagi quvvatni ogizdagi akupunktur nuqtalari vositasida ololmaydi, faqatgina kimyoviy parchalanish reaktsiyalar natijasida hosil bolgan quvvatni oladi.
Yahshi chaynalmagan taom yo parcha holida, yoki katta bolak holatida oshqozonga kiradi.oshqozon bu parcha yoki bolakni hazm, qila olmaydi, faqat chiritadi.Toza non, xususan toza oq non parchalarining (xususan qon guruxi "0" bolganlar uchun) va gosht parchalarining (xususan qon guruxi "A" bolganlar uchun) zarari katta.
Oshqozonda chirishni boshlagan parcha va bolaklar ichaklarga otadi va u yerda chirishni davom ettiradi.Ichaklarda chiriga parcha va bolaklar qondagi leykotsidlarni kopaytiradi.immunitet tizimi bunga qarshi muhofaza dasturini ishlab chiqarishga majbur boladi.Shu tarzda har yeyilgan taom immunitet tizimiga zarba bera-bera, tanani falokatga olib boradi.
Faqat yangi meva va kokatlarda, ularning uruglari va qobiqlarida bunday xavf yoq.Ular ichaklardagi foydali mikroblarni kopaytiradi va tananing foydasiga ishlaydi.Buning uchun meva va kokatlarni postloqlari va bir qancha uruglari bilan yeyish maqsadga muvofiq.Ichaklarning mikroflorasini jonlantirish uchun qilinadigan yana bir narsa- kuniga 1-3 sarimsoq iste'mol qilish,yutishdir.



DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR,
HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK,
ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT
VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!

aziz_k
Sana: Chorshanba, 15-Января-2014, 19:47 | Xatlari # 13
Ism:
[kobiljon halotov]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[1]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Турция]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

assalom aleykum 
men tibbiyot hakida bir nechta savollarim bor edi

  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024