Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 9 из 10
  • «
  • 1
  • 2
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • »
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa, Andi_JoN  
-:-O'zbekona Forum-:- » Umumiy Bo'limlar » Ko'ngil ochar » ISLOMIY SHE'RLAR (Kimda kim biror bir islomiy she'rlardan bilsa bemalol yzilas)
ISLOMIY SHE'RLAR
saidat
Sana: Payshanba, 15-Апреля-2010, 18:46 | Xatlari # 121
Ism:
[MusLimA_FaTa]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1004]
Xulqi: +
[81] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

girl_in_love raxmat juda chiroyli sherlar!!!



Garib84
Sana: Chorshanba, 05-Мая-2010, 12:19 | Xatlari # 122
Ism:
[Azamat Ahmad]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[2]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Австралия]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

PAYG’AMBARNI TANIMAGANLAR

Kimda ong bor, shul xitobni tinglasin,
Garchi yuzin turfa niqob to‘sganlar:
Alloh yo‘lin qaerdan ham anglasin
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?!

Kashf etganin bilar kim yupiterni,
Zardusht o‘ylab topgan ming asortirni,
Yelka qisgan bilmay Abu Bakrni
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?!

Odillikda "Pyotr bir"ni o‘rnak der,
Ul tarixni yig‘lab-yig‘lab ko‘rmak der,
Umar haqda aytilganni ertak der
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?!

Kimning qaysi shajaradan chiqishi
Unga xushdir, bor erur qiziqishi,
Usmon bilan bir chaqalik yo‘q ishi
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?!

"Alloh bir", deb tavhid uchun yig‘lamas,
Eng haqiqat yo‘lni ko‘ngli xohlamas,
Yo Ali, deb shirk keltirar har nafas
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?!

Otasiga bemehr-u, toshbag‘ir,
Onasiga bergan joyi hujradir,
Oyisha onam, desang, hayrat ichradir
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?!

Qiyomatni ertak deb bong urgan ham,
Majlislarda Alloh yo‘q deb yurgan ham,
Botil yo‘lni qalbga oshno ko‘rgan ham
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?!

Ularga haq so‘zni aytma, bo‘lmas naf,
Barbir istab ketarlar boshqa taraf,
Ko‘ngling buzar, dinga qarshi tortib saf
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?!

Tinglama bas, yolg‘onga g‘arq so‘zini,
Istama eng og‘ir payt ham yuzini,
Mushkul erur tanishi ham o‘zini
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?!

Orzulari bir kun yeldir, tutundir,
Istaklari bir tomoqqa yutumdir,
Qiyomatda jahannamga o‘tindir
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?!

Mumtoza18
Sana: Juma, 07-Мая-2010, 19:01 | Xatlari # 123
Ism:
[Bahora]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[863]
Xulqi: +
[47] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

:( Garib84,



fotima
Sana: Juma, 07-Мая-2010, 19:12 | Xatlari # 124
Ism:
[******]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1376]
Xulqi: +
[85] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

G’uslni vojib qilur!

O’zbegimning qizlari,
Aldar ohu ko’zlari.
Shirin-shakar so’zlari,
G’uslni vojib qilur!

Bul tamonno o’yin-mu?!
Nahot, anglash qiyin-mu?!
Tor shimlar kiyin-mu?!
G’uslni vojib qilur!

Yemakni kulib yesa,
O’zni desa “Nafisa”,
Go’shakka “Alyo” -desa,
G’uslni vojib qilur!

Har kuyga bir sotardek
Nozlanib kabutardek.
Hayolidek turar lek,
G’uslni vojib qilur!

Kuylagan sozi bilan,
Kiyimning yozi bilan,
Ba’zan ovozi bilan,
G’uslni vojib qilur!

Qosh suzarlar er kutib,
Safoli bir yel kutib,
Sochlarini silkitib,
G’uslni vojib qilur!

O’zbegimning qizlari,
Aldar ohu ko’zlari.
Shirin-shakar so’zlari,
G’uslni vojib qilur!

Hoy otalar-onalar!
O’ziga parvonalar.
Yalang’ochdir tanalar,
G’uslni vojib qilur!

Uylan tezroq ukajon,
Topgin dindor bekajon,
Yo’qsa chiqsang har qachon,
G’uslni vojib qilur!

Ko’ngil siypanib ketur,
Nazardan xatar yetur.
Hatto bu she’r kimgadur,
G’sulni vojib qilur!...



MaryGold
Sana: Yakshanba, 09-Мая-2010, 05:42 | Xatlari # 125
Ism:
[]
Maqomi:
[Удаленные]
Guruxi:
[]
Postlari:
[]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[]
Yurt:
[]
Jins:
[]
Mukofotlar:

KEL, KO'NGLIM, SIDQ ILA YO'L BOR ALLOHGA.

Kel, ko‘nglim, sidq ila yolbor Allohga,
Yaratgandan hech yashirin ish bo‘lmas.
Rizq bir muqaddardir shohu gadoga,
Qalam birdir, bunda yozgan besh bo‘lmas.

Bir nechalar yo‘rtar kecha yotmayin,
Birov yotar o‘ydan jafo tortmayin,
Taqdiri azaldan hargiz ortmayin,
Kezgan ortiq bo‘lib, yotgan bo‘sh bo‘lmas.

Bir bo‘z yigit yolg‘on dunyoga kelsa,
Qiliq, qilich, nonu dasturxon bo‘lsa,
Foniy yurtda obro‘y ham iymon bo‘lsa,
Yetmish, sakson, yuzdan ortiq yosh bo‘lmas.

Kimlardir davlatmand, kimlardir g‘arib,
Kimlar-chi, xayr etib, zakotin berib,
Kimlari umrinda non deya horib,
Kimlardadir yostiq, to‘shak, osh bo‘lmas.

Maxtumquli, bu kuningga shukr ayla,
Allohning qudratin ko‘rib, fikr ayla,
Rizq uchun g‘am yema, Haqni zikr ayla,
Azalda yozilgan sendan tash bo‘lmas.

MaryGold
Sana: Dushanba, 10-Мая-2010, 22:21 | Xatlari # 126
Ism:
[]
Maqomi:
[Удаленные]
Guruxi:
[]
Postlari:
[]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[]
Yurt:
[]
Jins:
[]
Mukofotlar:

Hammamizga insof tilayman

Yurak sanchib tez urarga o'tdi birdan
Halovatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Alangladim yon-atrofga havotirdan,
Ibodatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Ming haqqini yutib qo'ydi musulmonlar,
Qorinlari ko'proq to'ydi musulmonlar,
Riyokorlik to'nin kiydi musulmonlar,
Itoatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Tirik murda to'ldi, ammo tobut yo'qdir,
Gunoxlardan asraguvchi sovut yo'qdir,
Avom tugul peshvolarni subut yo'qdir,
Sadoqatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Tilda bolu, qilgan ishi g'irt zaxardir.
Munofiqlik bir emas ming kech sahardir,
Kim ko'p yolg'on desa, o'sha savdogardir.
Tijoratdan asar ham qolmadi do'stlar.
Bir birlarin g'ajib yetmish hatoyi deb,
Nom olmishlar bulbul honish sadoyi deb,
Tajvidlarin to'g'irlarlar xudoyi deb,
Tilovatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Hammasiga ko'niking siz, qonlar yutmang.
Foyda yo'qdir rivoyat deb kitob titmang,
Namozxonin qizlaridan hayo kutmang,
Hijolatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Lafz izlamang bir taloq ming taloq bo'ldi,
Topgan-tutgan fatvolari gunoh bo'ldi,
Tamaki-yu, nos tupurish muboh bo'ldi,
Karohatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Allohni bir degan inson qilsa riyo,
Oyat-hadis turushinda bo'lsa ro'yo,
Saharlarda bulbul zikr qilar ammo,
Tarovatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Jamoatlar firqalarga bo'lindilar,
Dum patlari ko'k tovuqdek yulindilar,
Vujudla bir qalban qatl qilindilar,
Muhabbatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Bu ummatning faqiri gar bir lof ursa,
Tog'lar qular bu kibrga qarshi tursa,
Fir'avnni hayron aylar qasr qursa,
Sahovatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Hech biri "ne bo'lar" demas qiyomatda,
Hiyonatlar ho'p ko'paymish omonatda,
Pora halol hisoblangan bu ummatda,
Diyonatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Er deganlar ertayu-kech uyda uxlar,
Ayolidan na hijolat, na qalb tig'lar,
Qiz juvonin axvoliga maymun yig'lar,
Balog'atdan asar ham qolmadi do'stlar.
Qulab kulga aylandi-ku hiyvalari,
Chorvasida qo'ydan kichik tevalari,
Don eksalar dondan kichik mevalari,
Barokatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Birontasi kechar bilmas molu jondan,
Alloh uchun boshqarmas xonadondan,
Munofiqni ajratolmam musulmondan,
Farosatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Bir tarafni aylaydilar karvon bozor,
Bir tomonda masjid bo'lar qadim mozor,
Pirga qo'lin berarlaru, Xudo bezor,
Murruvatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Mo'min bo'lib maqsadlari kayf bo'ldi,
Saxobalar siyratlari xayf bo'ldi,
Olimlarga bu diyorlar toif bo'ldi,
Muhammaddan asar ham qolmadi do'stlar.
Gapirsalar shariatdan kulgim kelar,
Ming turlanish yuzlarini yulgim kelar,
Kas jonlarin olar qotil bilgim kelar,
Dalolatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Birisida botirlik bor, farosat yoq,
Birisida qo'rqoqlik bor, jasorat yoq.
Muhammadiy ummatiga ko'p qilmang do'q.
Shijoatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Gapirdik ko'p amallardan ketdi hayot,
Uzoqlarga qochib ketmish bizdan najot.
Qiyomatda yig'lab turar bo'lsak hayxot.
Shafoatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Do'stimizni qatl etdilar, sharxlolmadik,
Mo'minlikning qiymatini narxlolmadik,
Xarom birla halol ko'rsak, farqlolmadik,
Nadomatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Ming yaxshidan afzal o'tmish yomonlarim,
Xov, qaylarga qochdingiz o'ng tomonlarim,
Kitoblarga jilo bo'lgan zamonlarim,
Hilofatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Qayga boqmang g'anim o'tliq, yov g'olibdir,
Mo'min degan to'rt tarafga ho'p nolibdir,
Hamma birdek gumroxlikni tan olibdir.
Xikoyatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Ey g'or nafsim hotirjamsan, tinmay uxla.
O'tmish o'tdi, sen moziyni shiftga mixla.
Ali Usmon davirlarin eslab yig'la,
Matonatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Savdo demish qutlug' yo'lda berarlar jon,
Lek bomdodga ochilmas ko'z, topib imkon.
Topib bering Alloh deyar bitta inson.
Layoqatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Yoddan ketmish bu dunyoning xisoboti,
Xaddan ziyod moddiy bo'ldi inson zoti ...

FaRuX
Sana: Dushanba, 10-Мая-2010, 22:29 | Xatlari # 127
Ism:
[FaRuX BeK]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1065]
Xulqi: +
[74] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

MaryGold, ohirgi weriz zur ekan. manosi juda kup. bu anu hayrulla hamidovni weriga uhwirkan. rahmat smile



Наслаждайся жизнью, делая добро людям!!!
MaryGold
Sana: Dushanba, 10-Мая-2010, 22:32 | Xatlari # 128
Ism:
[]
Maqomi:
[Удаленные]
Guruxi:
[]
Postlari:
[]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[]
Yurt:
[]
Jins:
[]
Mukofotlar:

xursaman

elif16
Sana: Seshanba, 08-Июня-2010, 15:17 | Xatlari # 129
Ism:
[elif]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2658]
Xulqi: +
[134] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

katta rahmat



leader
Sana: Shanba, 04-Сентября-2010, 17:04 | Xatlari # 130
Ism:
[ali]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[113]
Xulqi: +
[14] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

MaryGold, Alloh rozi bo'lsin



“Mutlaq kuch va qudrat O‘zinggagina xosdir, Allohim!”
Abu Bakr r.a.ning so'nggi so'zlari.
leader
Sana: Shanba, 04-Сентября-2010, 17:06 | Xatlari # 131
Ism:
[ali]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[113]
Xulqi: +
[14] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalamu alaykum va rohmatulloh!

Salom so’zi tushmas kimdan so’ramang,
Shundan boshlanajak uchrashilgan chog’,
Lek nomiga yangrar qayga qaramay,
Assalamu alaykum va rohmatulloh!!!

Ko’rmaymiz salomsiz biror kimsani,
Hayr hush chog’i ham iltifot, biroq,
Xolis niyat ila aytishlik qani?
Assalamu alaykum va rohmatulloh!!!

Gar bir-birimizga chin niyat ila,
Salom etkazsak so’rabon panoh!
Iymonlar zavq shavqqa bo’lardi to’la
Assalamu alaykum va rohmatulloh!!!

Amin bo’ldim do’stlar yetib shu yoshga,
Yurish turishimiz bermoqqa saboq!
Sahobalar bilan bizniki boshqa,
Assalamu alaykum va rohmatulloh!!!

Mayli dunyo bizga aytmasin tahsin,
Laganbardorlar ovozlar tiyilsin beon,
Labimizdan emas ko’ngildan chiqsin,
Assalamu alaykum va rohmatulloh!!!



“Mutlaq kuch va qudrat O‘zinggagina xosdir, Allohim!”
Abu Bakr r.a.ning so'nggi so'zlari.
MaryGold
Sana: Payshanba, 23-Сентября-2010, 03:07 | Xatlari # 132
Ism:
[]
Maqomi:
[Удаленные]
Guruxi:
[]
Postlari:
[]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[]
Yurt:
[]
Jins:
[]
Mukofotlar:

Bezaman yana eshitgan sayin

Shu dunyoning kirdikorlarin.

Allohim o’zingga ayon taqdirim

Yolg’iz O’zginangga tavakkul qildim.

Olib tashla yurakdan bu noxushlikni

O’zinggada soldim ozor berganni

Axir hisob-kitob borilgin bilmasmi

Ul banda, eh mayli isyonkor etmasin!

Sabrimni charxlaysan shularla asli

Xulqimni ravon qil deganim misli

Eshitgansanu boshlading ishni

Eng muhimi bunda qil xolisa meni.



Izox O'zgartirildi MaryGold - Payshanba, 23-Сентября-2010, 03:08
leader
Sana: Payshanba, 23-Сентября-2010, 12:01 | Xatlari # 133
Ism:
[ali]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[113]
Xulqi: +
[14] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

QABRDAN OTA NIDOSI

Jonim bolam, jigargo’sham, zurriyotim,
Sening g’aming bilan o’tdi hayotim.
Avlodimning davomchisi, qanotim,
Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?

O’ldi dema, otang ruhi yoningda,
Ajdodimning ruhi oqar qoningda.
Mendan keyin yolg’izlanib qolding-da
Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?

Tiriklikda tin olmayin kuyindim…
Eshigi yo’q qabr degan uyimda
Sendan duo borsagina suyundim,
Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?

Yaxshi yursang, qabrda tinch yotardim,
Tiriklikda tortganlarim yetardi,
Qaro yerga bag’rim kechroq botardi,
Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?

Sensan avlodlarim o’tar ko’prigi,
Faxrim bo’lgay mening uchun ko’pligi.
Ma’qil bo’lur ko’pligidan xo’bligi,
Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?

Yaxshilikning yo’qdir erta-kechisi,
Yo’lin topdi yurganlarning nechisi,
Uyg’otdimi so’zlarimning pichasi,
Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?



“Mutlaq kuch va qudrat O‘zinggagina xosdir, Allohim!”
Abu Bakr r.a.ning so'nggi so'zlari.
leader
Sana: Payshanba, 23-Сентября-2010, 12:02 | Xatlari # 134
Ism:
[ali]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[113]
Xulqi: +
[14] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

MEN HAM SENGA YETARMANMI?

Ka’batulloh, Alloh uyi, men ham senga yetarmanmi?
Gunohlarim avfin so’rab, tavbam izhor etarmanmi?
Ki jon tanda omonatdur, ul joyda tong kutarmanmi?
Umidvorman bir bormoqqa, yo armonda ketarmanmi?

Sani tavof aylab kelgan, birodarlar ko’p maqtashur.
Suhbatlarin tinglaganda senga mehru ishqim oshur.
Gar bo’lsa zang ketar edi, bo’lur edi qalbimda nur.
Egam, karam etgil yoki qo’lda yo’q, deb o’tarmanmi?

Bir muslima ishonar qodir Egam qudratiga
Chin ixlos-la niyat qilib yetay men ham himmatiga.
“Labbaykani” aytish nasib etsin menday ummatiga,
Alloh uyi Ka’batulloh, men ham senga yetarmanmi?



“Mutlaq kuch va qudrat O‘zinggagina xosdir, Allohim!”
Abu Bakr r.a.ning so'nggi so'zlari.
leader
Sana: Payshanba, 23-Сентября-2010, 12:02 | Xatlari # 135
Ism:
[ali]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[113]
Xulqi: +
[14] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

IBODAT QIL

Mol dunyoga ko’ngil berma, omonat.
Umring bo’yi quraverma imorat.
Barchasining hisobi bor, qiyomat.
G’animatsan, ibodat qil, ibodat.

Davlat bersa, miskinlarga nazar qil.
Harom-harish kelsa, undan hazar qil.
Umring tugar, borar joying mozor, bil.
G’animatsan, ibodat qil, ibodat.

Musofirsan, joning tanda omonat.
Oxiratda yashay desang farog’at.
Bu damlarni g’animat bil, g’animat.
G’animatsan, ibodat qil, ibodat.

Jannat yuzin ko’ray desang, kamtar bo’l.
Takabburlar Alloh sari topmast yo’l.
Najot senga ibodatdan, qilgil mo’l.
G’animatsan, ibodat qil, ibodat.



“Mutlaq kuch va qudrat O‘zinggagina xosdir, Allohim!”
Abu Bakr r.a.ning so'nggi so'zlari.
-:-O'zbekona Forum-:- » Umumiy Bo'limlar » Ko'ngil ochar » ISLOMIY SHE'RLAR (Kimda kim biror bir islomiy she'rlardan bilsa bemalol yzilas)
  • Страница 9 из 10
  • «
  • 1
  • 2
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • »
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024