Chorshanba
25-Июня-2025, 11:30
O'zbekona Portal
Xush Kelibsiz xurmatli Mehmon | RSS
Bosh Saxifa -:-:Mp3-Fayllar-:-:- Ro'yxatdan o'tish Kirish
Saxifalar

Mp3 va Klip
A [146] B [66] C [13] D [31]
E [38] F [11] G [14] H [14]
I [23] J [24] K [10] L [19]
M [78] N [15] O [55] P [20]
Q [4] R [34] S [176] T [24]
U [15] V [4] X [3] Y [22]
Z [10]

Mini-Chat

Bosh Saxifa » Fayllar » Mp3 Fayllar » S

Sherali Jo'rayev...To'rtliklar
[ · Ko'chirib olish (3.67Mb) ] 17-Февраля-2009, 22:39
Oqar daryoga ham kimdir band bergan
Hayot kimga asal, kimga qand bergan,
Sarkash deb ey do'stim koyima mani
G'anim senga emas menga pand bergan.

Tinglang Tinglang bu abadiy Sado bo'ladi
Gadoni dushmani gado bo'ladi
Ikkisin bir-birin tugatguncha to
O'rtada bu Dunyo Ado bo'ladi

G'iybatchining Mish-mishidan ranjimang aslo
Nima bo'lsa asli naslida bo'lgan
Onasin qornidan o'zi ham hatto
Turli mish-mish bilan dunyoga kelgan

Deydilar it hurar, o'tadi karvon,
Ranju malomatda qolmasin joning,
Lekin alam qilar bir umr giryon,
Itlar orasidan o'tsa karvoning.

Eshitib qoldim kimdir o'lganligim aytib shod yurganmish
Men olgan so'ng unga go'yo shuhrat kelganmish
He olam avvalo otingni chu deb
Ajal seni meni tanlab turmasmish

Shuhrat degani bu ko'rinmas bir ot
Minsang yulduzlar ham qo'lingda turar
Chavandoz mingan song hushyorroq otir
Ostingda minglab chuqur ko'rinmay turar

Yo'limni to'sma ey ko'ngli qora zot
Nahot bo'ronni ham yo'lin to'ssalar
So'ngra alam bilan ko'tarma faryod
Qurgan kapachangni buzib ketsalar.

Jami tiriklikka ayon bu xatar
Qumursqa yaralga yoppa talarga,
Do'stim alam qilar arslon bexabar
Yem bo'lib ketsak u qumursqalarga.

Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni
Bizda ham bor edi matonat, bardosh
Arslon chorlagandi qoshiga bizni,
Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh.

Burgut yashashi kerak bo'lgan cho'qqida
Chittak ucib yurar - bunga ne sabab?
Barchadan so'radim bu hol sababin,
Barcha jim, soqovday qotgan, voajab!

Bulbulning makoni gulzor ichinda,
Qarg'a sayrab yurar - bunga ne sabab?
Tulporlar ichinda birinchi bo'lib
Hangrab o'tib ketdi bir narsa ajab.

Barchadan so'radim bu ish sababin
Barcha jim soqovday qotgan vo ajab

Hey o'g'il, Hey o'g'il haddingda tut
Otang sani sotganda ham
Inchirun mushfiq onangni so'zlari botganda ham
Otaga tik boqma imoning saqla
Farzandsan sen doim burchingni oqla
Otaga cho'p otsang kun o'tib bir kun
Farzanding senga tosh otmog'i mumkin

Kimki ota ham onani ursa
Uxlasinu ko'zi yumuq uyg'onsin
Kim urf-odatin, sanatin sevmasa
El ichida tulki shaqol nomini olsin

Allomalar so'zin aytdim sizlarga
Mano ulab bir biri sozlarga
Agar og'ir botsa uzr ey dostim
Songra malomatlar otmang bizlarga

Malomat otsang ham o'sha o'shaman
Tursangda yotsang ham o'sha o'shaman
Ortimdan sudralib yetolmay hurib
Botqoqqa botsang ham o'sha o'shaman

agar so'zlarda hatolar bo'lsa tuzatib qo'yila commentlada, chunki "Inchirun mushfiq onangni " degan joyini o'zim ham yaxshi chunmadim wacko

Kategoriyasi: S | Joyladi: BeBeShKa
Ko'rildi: 2515 | Ko'chirildi: 902 | Izoxlar: 5 | Reytingi: 0.0/0 |
Barcha Izoxlar: 4

4. (15:47 Yakshanba)
Ajoyib o'qib mazza qildim

3. bek@m (16:52 Payshanba)
Inchunin mushfiq onangni - Hamda mushfiq onangni degan suz bu.

2. 0228 (17:03 Payshanba)
fghfghfghfgh

1. Chaqmoq (22:28 Seshanba)
Rahmat, o'qib maza qildim. Uzr bir joyida hato yozilganga o'hshaydi. "El ichida tulki, shamal nomini olsin", degan satrda "shamal" emas "shaqol" bo'lishi kearak, chunki, tulki, bo'riga o'hshagan hayvon bor, shuni shaqol deyishgan, bu hayvon hozirgi kundagi sirtlon bo'lsa kerak. Bu so'z ko'proq ertaklarda uchraydi. Agar fikrim xato bo'lsa barchadan uzr so'rayman.
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina Izox qoldirishlari mumkin.
[ 1 daqiqada ro'yxatdan o'ting | Kirish ]
Portalga Kirish

Portaldan Izlash

Foydali Saytlar

Statistika


UzCinema O'zbekona Universal Portal © 2025