Pasportlar Mirzo Ulug’bek tumanida tayyorlanib, Toshkent shahrining sinov uchun tanlangan qolgan uch tumaniga tarqatiladi. Biometrik pasportlarni bosmadan
chiqarish uchun xorijdan keltirilgan uskunalar Mirzo Ulug’bek tumaniga o’rnatilgan.
Yil oxirigacha respublika bo’ylab fuqarolardan ma’lumot yig’ish uchun 215 ta ro’yxatdan o’tkazish markazlari tashkil etiladi. Shuningek, xorijdagi elchixona va
konsulliklarda ham shunday markazlarning 40 tasi ochilishi mo’ljallangan.
Yangi pasport tizimiga o’tish shu yilning birinchi yanvaridan boshlanishi rejalangan edi. Tayyorgarlik ishlari hali ham dastlabki bosqichda bo’lgani uchun pasport
berishni boshlash muddati kechiktirilgan.
Yangi pasport tizimi soxta pasportlar yasalishining oldini olish hamda chegarani kesib o’tish paytida fuqarolarning shaxsini aniqlash jarayonini tezlatish va
osonlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgani aytiladi. Shuningdek, yangi tizim xalqaro fuqaro aviatsiyasi xavfsizligi va talablarini ta’minlash maqsadiga ham
xizmat qiladi.