A ABBOS (a.)- qovog’i soliq, xo’mraygan, jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug’iladi. ABDULAZIZ (a.) - izzat va kuch-qudrat sohibi bo’lgan g’olib Allohning bandasi. ABDULAZIM (a.) - buyuk Allohning bandasi. ABDULVALI (a.) - do’st, madadkor Allohning bandasi. ABDULVAHHOB (a.)- barcha uchun o’z ne’matlarini tekin ato etuvchi Allohning bandasi. ABDULVOHID (a.)- bitta, yagona, tanho bo’lgan Allohning bandasi. ABDULJABBOR (a.) - bandalarning ishlarini isloh qiluvchi Allohning bandasi. ABDULJALIL (a.)- barcha jihatdan mukammal va go’zal ulug’ Allohning bandasi. ABDULLATIF (a.)- lutfu ehson, cheksiz marhamatlar sohibi bo’lgan Allohning bandasi. ABDULAHAD (a.)- yakka-yagona bo’lgan Allohning bandasi. ABDULKARIM (a.)- karim qiluvchi, saxovat ko’rsatuvchi va bandalarining gunohlarini kechiruvchi, avf etuvchi Allohning bandasi. ABDULLOH (a.)- Allohning bandasi. ABDULMALIK (a.)- podshoh Allohning bandasi. ABDULFATTOH (a.) - rahmat xazinalarini ochuvchi Allohning bandasi. ABDULXOLIQ (a.)- yaratuvchi Allohning bandasi. ABDULQAHHOR (a.)- barchani bo’yso’ndiruvchi Allohning bandasi. ABDULQODIR (a.)- hamma narsaga qodir bo’lgan, kuch qudrat sohibi Allohning bandasi. ABDULG’AFUR (a.) - bandalarinnng gunohlarini yashirib, jazo bermay turuvchi Allohning bandasi. ABDULG’AFFOR (a.) - bandalarining xato va gunohlarini kechiruvchi Allohning bandasi. ABDULG’ANI (a.)- hech narsaga ehtiyojsiz, boy Allohning bandasi. ABDULHAY (a.)- abadiy tirik Allohning bandasi. ABDULHAMID (a.)- hamisha, doimo hamdu sanoga, maqtovga sazovor bo’lgan Allohning bandasi. ABDULHAKIM (a.) - hikmat va cheksiz bilimlar sohibi bo’lgan Allohning bandasi. ABDULHAFIZ (a.)- o’z panoxdda saqlovchi Allohning bandasi. ABDURRAZZOQ (a.) - barcha tirik mavjudodga rizq beruvchi Allohning bandasi.ABDURRAUF (a.)- o’ta mehribon, rahmati keng Allohning bandasi. ABDURRASHID (a.)- barcha ishlari to’g’ri chiquvchi Allohning bavdasi. ABDURRAHIYM (a.) - rahmli Allohning bandasi. ABDURRAHMON (a.) - o’ta mehribon Allohning bandasi. ABDUSSAMAD (a.)- hojatbaror Allohning bandasi. ABROR (a.)- pokiza, yaxshi xulq-atvor egasi. ADOLAT (a.) - odillik. AZAMAT (a.)- ulug’, qudratli. AKBAR (a.)- buyuk, ulug’. AKMAL (a.) - eng yetuk, eng mukammal. AKRAM (a.)- karamli, saxiy ALI (a.)- oliy, eng yuksak. ALISHER (a.-f.t.)- sherdek qudratli, jasur, dovyurak bola. Alidek kuch-qudrat va aql-zakovat egasi bo’lsin. AMIR (a.)- hukm qiluvchi, hukmdor, yo’lboshchi. ANBAR (a.) - yoqimli, xushbo’y, ajoyib hidli. ANVAR (a.)- nurli, yorug’, charog’on yoki iqboli porloq bola. ARSLON (a.)- sher, sherdek qudratli, dovyurak, qo’rqmas bo’lsin. ASAD (a.) — Sher. Asad oyida tug’ilgan bola yoki Sherdek kudratli, qo’rqmas, dovyurak bo’lsin. ASADULLOH (a.) - Allohning sheri yoki Allohning sherdek qudratli, dovyurak, jasur bandasi. ASAL (a.) - asaldek shirin, sevimli qiz. ASOMIDDIN (a.)- dinning ko’magi, yordami, madadi. A’ZAM (a.)- eng buyuk. AHMAD (a.) - Allohga olqish va hamdu sanolar aytuvchi, olqishga sazovor, maqtovga loyiq. AHROR (a.)- mehru muruvvatli, marxamatli. B BADRIDDIN (a.) - dinning to’lin oyi. BARNO (f.t.) - kelishgan, chiroyli. BASANDA (f.t.) - oilada ketma-ket qizlar tug’ilsa, endi yetarli bo’ldi, endi kiz bola tugidishi to’xtasin, degan ma’noda ushbu ism qo’yilgan. BAXTIYOR (f.t.) - baxt-saodat, quvonch yor bo’lsin. BAHODIR (f.t.) - botir, kuch-qudratli. BAHOR (f.t.) - bahorda tug’ilgan farzand yoki hayotda bahordek go’zal, chiroyli, fayzli bo’lsin. BAHRIDDIN (a.) - dinning nuri, shu'lasi. BAHROM (f.t.) — Mirrix (Mars) sayyorasining nomi bo’lib, u qadimdan baxt va saodat timsoli sifatida tarannum etilgan, shu bilan bir qatorda qadimgi eron shohlaridan biri bo’lgan Bahromga xam nisbat berilib, kuch-qudrat sohibi bo’lsin, degan ma’noda xam ushbu nom bolaga berilgan. BEKZOD (o’zb-f.t.) - beklar avlodidan bo’lgan bola yoki bek farzandi, bolasi. BEKMUROD (o’zb-a.) - beklar avlodidan bo’lgan bola ulgayib, orzu maqsadiga yetsin. BERDIMUROD (o’zb-a,) - Alloh bizga o’g’il ato kilib, orzu maqsadimizga yetkazdi yeki Alloh bergan bola voyaga yetib, murod-maqsadiga erishsin. BEHZOD (f.t.)- yaxshi saodatli kunda tug’ilgan, yaxshi aslzoda bola. BEHRUZ (f.t.)- baxt-saodatli kunda tug’ilgan bola. BIBIXOL (o’zb-f.t.) - xol bilan tug’ilgan, e’tiborli aslzoda qiz. BINAFSHA (o’zb.)- binafshadek nafosatli, suluv, ko’rkam BOBUR (o’zb.)- yo’lbars. BOZOR (f.t.) - bozor kuni tug’ilgan bola. BOYMUROD(o’zb-a.) - boy-badavlat bola, ulg’ayib orzu murodiga yetsin. BOYQOBIL (o’zb-a.)- es-hushli, aqlli, mo’min-qobil bola, ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin. BOLTA (o’zb.)- kindigi bolta bilan kesilgan bola yoki boltadek keskir, o’tkir, mustahkam bo’lsin. BOTIR(o’zb-mo’g.) - mard, pahlavon, dovyurak, jasur. BO’RI (o’zb.)- tug’ilganda tishi mavjud bo’lg’an bola. D DAVLAT (a.) - davlatmand, boy, saodatli, tolei porloq bo’lsin. DAVRON (a.) - davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo’lsin. DILAFRO’Z (f.t.) - ko’ngilni yorituvchi, qalbni quvonchga to’ldiruvchi zebo qiz. DILBAR (f.t.) - ko’ngilni oluvchi, suyukli, go’zal. DILMUROD (f.t-a.) - dildagi murodga, orzuga yetkazgan bola. DILNAVOZ (f.t.) - dilni erkalovchi, ko’ngilga zavqu shavq bag’ishlovchi sevimli zebo qiz. DILNOZ (f.t.) - nozik qalb sohibi. DILOVAR (f.t.) - jasur, qo’rqmas, dovyurak, shijoatli. DILORO (f.t.) - ko’ngilni bezovchi, dilga oro beruvchi qiz. DILOROM (f.t.) - dilga orom beruvchi, ko’ngilga taskinva huzur-xalovat baxsh etuvchi. DILRABO (f.t.) - ko’ngilni jalb qiluvchi, dilni tortuvchi, suyukli, go’zal qiz. DILSHOD (f.t.) - dili shod bo’lib yursin yoki qalblarga sevinch, shodu xurramlik baxsh etgan bola. DURDONA (a-f.t.) - inju, dur donasidek bebaho, qadrli, chiroyli qiz. E ELBEK (o’zb.) - ulgayib elning bega, sardori, yo’lboshchisi bo’lsin. ELDOR (o’zb-f.t.) - ulg’ayib yuqori martabalar egasi, elning yo’lboshchisi, rahnamosi, hukmdori bo’lsin. ELMUROD (o’zb-a-.)- el orzu qilgan farzand bo’lsin, elini orzu-murodiga erishtirsin. ERALI (o’zb-a.) - jasur, doyyurak, mard bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovatli bo’lsin. ERGASH (o’zb.) - aka va opalariga ergashib yursin. ERKIN (o’zb-) - erkin, ozod, hur bola. ESON (o’zb.) - sog’-salomat, omon-eson o’ssin. ESHBEK (o’zb.) - beklar naslidan bo’lgan bola ulg’ayib, aka-ukalariga hamdam, esh, hamnafas bo’lsin. ESHBO’RI (o’zb.) - bo’ri hamrohi, yo’ldoshi bo’lib, unn yomon kuchlardan, yovuz ruhlardan himoya qilsin, asrasin. ESHDABLAT (o’zb-a.) - mol-dunyo, davlatga erishib, boy-badavlat bo’lsin, rizqi butun bo’lib, baxtli, totuv hayot kechirsin. ESHMUROD (o’zb.-a.) - orzu kdyaingan hamroh yoki orzusiga hamroh bo’lib, murod-maqsadiga yetsin. ESHQOBIL (o’zb.) - odobli, es-hushli, qobil bola, aka- ukalariga yo’ldosh, hamdam, esh bo’lsin. E’ZOZ (a.) - e’tiborga, hurmat-ehgiromga sazovor bo’lgan qadrli, qimmatli, suyukli bola. EHSON (a.) - sovg’a, tuhfa. F FAZILAT (a.) - yaxshi xislatli. FAZLIDDIN (a.) - dinning fazli, kamoli. FAYZULLOH (a.) - Allohning marhamati yoki Alloxning rizqu nasibali, omadli bandasi. FARANGIZ (f.t) - nur taratuvchi, shu’la sochuvchi go’zal qiz. FARID (a.) - yakka, yagona. FARIDA (a.) - yakka, yagona, tengsiz qiz. FARMON (f.t.) - buyruq, Allohning farmoni, amri bilan dunyoga kelgan bola. FARORAT (a.) - huzur-xalovat, rohat-farog’atda yashasin. FARRUX (f.t.) - yuzidan nur yogaluvchi, ochiq chehrali, chiroyli, ko’rkam. FAXRIDDIN (a.) - dinning faxri, g’ururi. FERUZ (f.t.) - yengilmas, yulib. FERUZA (f.t.) - g’olib, iqboli baland zebo qiz. FIRUZ (f.t.) - saodatli, iqboli porloq yoki yengilmas, g’olib, FIRUZA (f.t.) - saodatli yoki firuzadek bebaho, qimmatli, go’zal, zebo qiz yoki nurli, yuzidan nur taraluvchi. FOZIL (a.) - bilimdon, dono, zukko. FOZILA (a.) - bilimli, zukko qiz. G GAVHAR (f.t.) - gavhardek qimmatli, bebaho, asl, zebo qiz. GAVHARSHOD(f.t.) - gavhardek bebaho, qimmatli, qadrli, quvnoq, shodu xurram zebo qiz. GULANDOM (f.t.) - gulbadan, nozik, go’zal qiz. GULASAL (f.t-a.) - guldek chiroyli, nafis, asaldek shirin, totli, sevimli qiz. GULJAMOL (f.t-a.) - husni jamoli guldek zebo qiz. GULJAHON (f.t.)- jahonning guldek go’zal qizi. GULNOZ (f.t.) - guldek nozik va nozli go’zal qiz. GULRUH (f.t.) - yuzi guldek go’zal qiz. GULCHEHRA (f.t.) - gulyuzli, chiroyli qiz. GULSHAN (f.t.) - hayoti gulzordek fayzu tarovatli bo’lsin. GULSHOD (f.t.) - guldek go’zal, suluv, shodu xurram GO’ZAL (o’zb.) - zebo, suluv, chiroyli H HABIB (a.) - suyukli do’st, qadrdon, g’amxo’r. HABIBA (a.) - sevimli, mehribon, qadrli qiz. HABIBULLOH (a.) - Allohning suyukli do’sti. HAYDAR (a.) - arslon, qo’rqmas, jasur, kuchli, qudratli bola bo’lsin. HAYIT (a.) - hayit bayrami kunlarida tug’ilgan bola. HAYITALI (a.) - hayit bayrami kunlarida dunyoga kelgan bola Ali kabi zo’r inson bo’lib yetishsin. HAYITGUL (a-f.t) - hayit kunida tug’ilgan, guldek chiroyli, zebo qiz. HAYITMUROD (a.) - hayit kunida farzandli bo’lib, orzumizga erishdik yoki hayit kunida tug’ilgan bola murod-maqsadiga yetsin. HALIMA (a.) - rahmdil, shafqatli, muloyim tabiatli, beozor, suyukli qiz. HAMDAM (f.t.) - sodiq do’st, o’rtoq, aka-ukalariga, otasiga hamdam, madadkor, esh bo’lsin. HAMID (a.) - Alloh taologa hamdu sano aytuvchi. HAMIDA (a.) - Allohga shukur qiluvchi, hamdu sano aytuvchi yoki maqtovga sazovor qiz. HAMIDULLOH (a.) - Allohning maqtoviga sazovor, a’lo bandasi. HAMRO(H) (f.t.) - hamdam, sherik .HASAN (a.) - chiroyli, a’lo, go’zal. HASANALI (a.) - chiroyli, ko’rkam bola Aliga o’xshagan yaxshi odam bo’lsin. HASANXO’JA (a-f.t.) - xo’jalar avlodiga mansub chiroyli, ko’rkam bola. HOJI (a.) -muqaddas haj ziyoratida bo’lgan ziyoratchi. HOJIMUROD (a.) - hoji erishtirgan orzu-murod yoki ulg’ayib hoji bo’lsin, murod-maqsadiga yetsin. HOTAM (a.) - oliyhimmat, saxovatpesha bola. HULKAR (o’zb.) - Surayyo yulduzidek yorug’ yuzli, chiroyli go’zal qiz yoki iqboli surayyo yulduzidek porloq bo’lsin. HUMOYUN (f.t.) - muborak, qutlug’. I IBODAT (a.) - toat-ibodat qilish, Xudoga sig’inuvchi, Unga bo’ysunuvchi yoki ibodat paytida tug’ilgan qiz. IBODULLOH (a.) - Allohning bandalari, qullari. IBROHIM (qad.yah.) - xalqlarning otasi. IZZATULLOH (a.) - Allohning hurmat-izzatli bandasi bo’lsin. ILHOM (a.) - ruhiy ko’tarinkilik, ruhlanish, avjlanish. IMOM (a.) - oldinda turuvchi peshvo, diniy rahnamo. INTIZOR (a.) - intizor bo’lib ko’pdan orziqib kutilgan qiz. IRODA (a.) - Xudoning irodasi bilan dunyoga keltan qiz. ISKANDAR (yun.) - qo’rkmas, dovyurak, jasur, mardlarnish sardori, boshlish. ISLOM (a.) - bo’ysunuvchi, itoatkor, xudojoy. ISMOIL (qad.yah.) - Xudo eshitdi; Xudodan so’rab olingan bola .ISROIL (qad.yah.) - Allohga itoat qiluvchi, Alloh yo’lida kurashchi. IXTIYOR (a.) - ixtiyori, erki o’zida, hur, ozod. IQBOL (a.) - baxtu saodat, yorug’ kelajak, hayot. J JAVLON (a.) - chaqqon, chiroyli, shahdam qadam tashlovchi. JALOL (a.) - ulug’, buyuk, ko’rkam. JALOLIDDIN (a) - dinning ulug’vorligi yoki dinning yuksak namoyandasi. JAMOL (a.) - chiroyli, ko’rkam bola. JAMSHID (f.t.) - buyuk, qudratli. JASUR (a.) - dovyurak, qurqmas, jasoratli. JAHONGIR (f.t.) - jahonni zabt etuvchi, fotih. JUMA (a.) - juma kuni tug’ilgan bola. JUMAGUL (a.f.) -juma kuni tug’ilgan, guldek chiroyli suluv qiz. JUMAQUL (a.-o’zb.)- Allohning juma kuni tug’ilgan bandasi JUMANAZAR (a.) - juma kuni beriltan tuhfa. JO’RA (f.t.) - do’st, o’rtoq, hamdam. K KAMOL (a.) - yetuk. KAMOLIDDIN (a.) - dinning kamoli, rivoji yoki dinning barkamol, yetuk namoyandasi. KOMIL (a.) - yetuk, mukammal. KAMOLA (a.) - yetuk, barkamol qiz. KOMRON (f.t.) - maqsadga erishuvchi, saodatmand, kudratli, omadli, tolei porloq. KUMUSH (o’zb.) - kumushdek bebaho, qimmatbaho, qadrli, suluv qiz. L LAYLI (a.) - tun qizi, tunda tug’ilgan qiz. LATIFA (a.) - mehribon, muloyim qiz. LATOFAT (a.) - latofatli, pokiza, shafqatli, zebo qiz. LOBAR (a-) - chiroyli, kelishgan, yokzimli, dilkash qiz. LOLA (f.t.) - loladek nafosatli,chiroyli, ko’rkam, go’zal LUTFIYA (a.) - muruvvatli, mehrli, suluv qiz LUTFULLOH (a.) - Allohning lutfu ehsoni, muruvvati, marhamati. M MAVJUDA (a.) - yaratilgan, bor, barhayot. MAVLUDA (a.) - xosiyatli, muqaddas kunda dunyoga kelgan qiz. MADINA (a.) - bu ism Arabistondagi muqaddas ziyoratgoh shahar bo’lgan Madina nomidan olingan. MALIKA (a.) - malika yoki shoh avlodidan bo’lgan ayol. MALOHAT (a.) - ko’rkam, go’zal, malohatli qiz. MASTURA (a) - pardali, iffatli, pokiza qiz. MATLUBA (a.) - iltijo qilib so’rab olingan qiz. MAFTUNA (a.) - maftun qiluvchi, jozibali, dilkash qiz. MAHBUBA (a.) - sevilgan, suyukli, dilbar qiz. MAHLIYO (a.) - o’ziga jalb etuvchi, ko’ngilni rom qiluvchi, sehrlovchi, nazokatli, jozibali, suluv qiz. MAHMUD (a.) - maqtalgan, maqtovga loyiq. MEHRINISO - ayollarning quyoshi. MIRZA (f.t.) - savodli, o’qimishli bilimdon bo’lib o’ssin. MOHIGUL (f.t.) - oydek suluv, chiroyli va tuldek go’zal qiz. MOHIDIL (f.t.) - ko’ngilning oyi yoki ko’nglimizni oydek yeritgan, nurga to’ldirgan suluv qiz. MOHINUR (f.t-a.) - oy nuridek pokiza, suluv qiz. MOHIRA (a.) - mahoratli, pishiq qiz. MUAZZAM (a.) - azim, ulug’, buyuk. MUATTAR (a.) - xushbo’y xid taratuvchi. MUBORAK (a.) - qutlug’, saodatli. MUZAFFAR (a.) - zafar qozonuvchi, g’alabaga erishuvchi, golib. MUNAVVAR (a.) - nurli, yorug’. MUNIRA (a.) - nur sochuvchi, yuzidan nur taraluvchi, nurli, zebo qiz. MUNIS (a.) - do’st, hamdam. MUROD (a.) – ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki orzu, murodga erishtirgan bola. MUSALLAM (a.)- bo’ysunuvchi, itoatkor. MUSULMON (a.) - Islom diniga e’tiqod qiluvchi, iymonli, xudojoy. MUXTOR (a.) - tanlangan, saylangan, erkin, ozod. MUSHARRAF (a.) - sharaflangan, sharafli, hurmat-ehtiromga erishgan. MUYASSAR (a.) - Alloh yetkazgan, muyassar qilg’an farzand. MUQADDAM (a.) - birinchi farzand. MUQADDAS (a.) - qutlug’, tabarruk, muqaddas, aziz. MUHAMMAD (a.) - maqtaladigan, maqtovga, olqishga loyiq, sazovor. MUHARRAM (a-) - muxarrram oyida dunyoga kelgan bola. MUHTARAM (a.) -eng hurmatli, e’zozli. N NAVRO’Z (ft.) - yangi kun, yangi kunda - Navro’z kuni tug’ilgan bola. NAJMIDDIN (a.) - dinning yulduzi, dinning iqboli. NAZAR (a.) - Alloh nazar qilgan, Allohning nazari tushgan bola. NAZIRA (a.) - avliyolar, eshonlarga nazir qilingan, bag’ishlangan qiz. NAZIFA (a.) - pokiza. NAZOKAT (a.) - noziklik, nozik tabiatli, nozanin suluv qiz. NAZRULLOH (a.) - Allohga nazr qilngan, bag’ishlangan bola. NAMOZ (f.t.) - namoz vaqtida tug’ilgan bola. NARGIZ (a.) - nargisdek nafosatli, nozik, go’zal qiz. NARIMON (a-f.t.) - jasur, qo’rqmas, kuch-qudratli. NASIBA (a.) -rizqi butun, nasibali qiz bo’lsin. NASIM (a.) - tong payti esgan shabadadek yumshoq ko’ngilli, muloyim tabiatli, yoqimli bola. NASIMA (a.) - tong shamolidek yoqimli, huzurbaxsh, muloyim tabiatli, yumshoq ko’ngil, pokiza, nafosatli NASRIDDIN (a.) - dinning yordami, ko’magi. NE’MAT (a.) - rizqi butun, nasibasi to’kis bo’lsin. NE’MATULLOH (a.) - Allohning saxovati, marhamati, Allohning ne’mati. NIGINA (f.t.) - uzuk, qimmatbaho uzuqdek bebaho, aziz, go’zal qiz. NIGORA (f.t.) - chiroyli yuzli, zebo, tengsiz husn sohibasi. NIZOM (a.) - tartib-intizomli,odob-axloqli bola bo’lsin. NIZOMIDDIN (a.) - diniy ilmlarni, tartib-qoidalarni mukammal biluvchi, din rivojiga hissa qo’shuvchi. NILUFAR (hind.) - nilufardek nafosatli, nozik va zebo qiz. NISHON (f.t.) - bola tug’ilganda uning badanida biron xil belgi bo’lsa yoki otasidan nishona bo’lsin degan ma’noda ushbu ism ko’yiladi. NODIR (a.) - noyob, qimmatbaho, qadrli bola. NODIRA (a.) - tengsiz, bebaho, benazir, beqiyos go’zallik sohibasi. NORBOY (f.t-o’zb.) qizil xolli bola ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin. NORMUROD (f.t-a.) - qizil xolli bola orzu murodlarimizga erishtirdi yoki qizil xolli bola sog’-omon ulg’ayib istagiga, murodiga yetsin. NORMUHAMMAD (f.t.-a.) - qizil xolli bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar. NORMO’MIN (f.t-a.) - qizil xolli bola, aklli, dono, mo’min-qobil bo’lsin .NOROY (f.t-o’zb.) - qizil xol bilan tug’ilgan, oydek zebo, ko’rkam qiz. NORTOJI (f.t.) - qizil xolli bola. NORXOL (f.t.) - badanida qizil xol bilan tug’ilgan qiz. NORQOBIL (f.t-a.) qizil xol bilan tug’ilgan bola, ulg’ayib qobil bo’lsin. NOSIR (a.) - yordam beruvchi, g’olib. NURBBK (a-o’zb.) - beklar avlodiga mansub bo’lgan tolei nurli, iqboli porloq bola. NO’RJAMOL (a.) -nur yuzli, chiroyli, go’zal qiz. NURIDDIN (a.) - dinning nuri, ziyosi, mash’ali. NURULLOH (a.) - Allohning nuri, ziyosi, yog’dusi. NUSRAT (a.) - yordam beruvchi, ko’mak beruvchi, golib. NUSRATULLOH (a.) - Allohning ko’magi, muruvvati. O OBID (a.) - Alloxga sig’inuvchi, Unga ibodat qiluvchi. OBIDA (a.) - Alloxga ibodat qiluvchi, taqvodor qiz. OBOD (f.t.) - hayoti obod, serfayz, nasibasi butun bo’lsin. ODIL (a.) - adolatli, haqgo’y. ODINA (f.t.) - xosiyatli bo’lgan, muborak kun hisoblashan juma kunida tug’ilgan bola. OZOD (f.t.) - ozod, hur, erkin. OZODA (f.t.) - hur, erkin, pokiza qiz. OZODBEK (f.t-o’zb.) - beklar avlodiga mansub bo’lgan hur, erkin, saodatmand bola. OYGUL (o’zb-f.t.) - oydek chiroyli, suluv, guldek chiroyli qiz. OYDIN (o’zb.) - oydin, yorug’ kechada tug’ilgan qiz yoki xayoti nurli, iqboli porloq, charog’on bo’lsin. OYJAMOL (o’zb-a.) - oydek go’zal husn sohibasi, oy yuzli zebo qiz. OYNISA (o’zb-a.) - ayollarning oydek suluvi, zebosi. OYSHA (a.) - barhayot yashovchi. OLIM (a.) - ilm soxibi. OLIMA (a.) - ilmli, bilimdon qiz. OLIYA (a.) - oliy, ulug’, yuksak martabali. OLLOYOR (a-f.t.) - Alloh yor, madadkor bo’lsin, xamisha hamdam, hamroh bo’lsin, qo’llab o’z panohida asrasin. OMON (a.) - o’sib, ulg’ayib sog’-omon bo’lsin. OMONULLOH (a.) -Allohning o’zi xar qanday xavf-xatar va ofatlarddn omon saqlaydigan bola. ORZIGUL (f.t.) - orzu qilib ertpilgan guldek suluv, dilrabo qiz. ORZU (f.x.) - ota-onasini orzusiga erishtirgan, maqsadiga yetkazg’an yoki orziqib kutilgan bola. ORIF (a.) - ma’rifatli, bilimli, aqlli, Allohni tanigan xudojo’y, taqvodor. ORTIQ (o’zb.) - badanida biror ortiqcha a’zo bilan tug’ilgan bola. OTABEK (o’zb.) - beklarning boshlig’i, sardori. OQIL (a.) - aqlli, dono, zukko.OQILA (a.) - aqlli, zukko, dono qiz. P PANJI (f.t.) - odatda oiladagi beshinchi bolaga ushbu nom qo’yiladi. Panj-besh ma’nosini anglatadi. PARDA (f.t.) - parda bilan tug’ilgan bola. PO’LAT (f.t.) - po’latdan kuchli, irodali, mustahkam bo’lib ulg’aysin. Q QALDIRG’OCH (o’zb.) - qaldirg’ochning qanotidek nozik, ingichka qoshli, suluv, go’zal qiz.QAMBAR (a.) - to’rg’ay. QAHRAMON (f.t.) - dovyurak, jasur, qudratli, ko’rqmas. QILICH (o’zb.) - kindigi qilich bilan kesilgan bola yoki qilichday keskir, o’tkir, mustahkam bo’lsin.QUDRAT (a.) - kuchli, qudratli. QUDRATULLOH (a.) - Allohning qudrati bilan dunyoga kelgan bola yoki Allohning qudratli, kuchli bandasi bo’lsin. QUNDUZ (o’zb.) - qunduzdek chiroyli, zebo qiz. QUNDUZOY (o’zb.) - qunduzdek go’zal, oydek suluv, zebo qiz .QURBON (a.) - Qurbon oyida tug’ilgan bola. QURBONALI (a.) - Qurbon oyida dunyoga kelgan bola Alidek kuch-qudrat, akl-zakovatli bo’lsin. QURBONNAZAR (a.) - Qurbon oyida tug’ilgan, Xudoning nazari tushgan bola. QURBONOY (a.-o’zb.) - Qurbon oyida tug’ilgan oydek go’zal, suluv qiz. QUTBIDDIN (a.) - dinning asosi, tayanchi. QUTLI (o’zb.) - baxtli, saodatmand, iqboli porloq. QUTLIBEKA (o’zb.) - baxtli,saodatli, iqboli porloq oliynasab qiz. QO’LDOSH (o’zb.) - ko’makchi, do’st, hamdam. QO’ChQOR (o’zb.) - moyagi, erkaklik tuxumi katta bo’lib tug’ilgan yoki peshonasi do’ng yoxud qo’chqordek kuchli bola. QO’SHOQ (o’zb.) - badanida qo’shimcha a’zo bilan tug’ilgan bola. R RAVSHAN (f.t.) - nurli, yorug’, charog’on yoki iqboli porloq bola bo’lsin. RAJAB (a.) - Rajab oyida, ya’ni hijriy yilning yettinchi oyida tug’ilgan bola. RAMAZON (a.) - qutlug’, muborak oy hisoblanmish qamariy yilning 9 oyida tug’ilgan bola. RAMZIDDIN (a.) - dinning ramzi, timsoli. RASUL (a.) -Allohning elchisi. RA’NO (a.) - ra’noguddek suluv, chiroyli, purlatofat qiz. RAHMAT (a.) - mehribon, rahmdil, shafqatli. RAHMATULLOH (a.) - Allohning rahmati, muruvvati, marhamati bilan dunyoga keltan bola. RIZO (a.) - rozilik. ROBIYA (a.) - oiladagi to’rtinchi farzand. ROZIYA (a.) - rozilik, mamnunlik, shukronalik baxsh etgan, suyukli, yoqimtoy, dilkash qiz. ROHAT (a.) tinch-omon, rohatda, huzur-halovatda yashasin. RUSLAN (f.t.) - arslon, qo’rqmas, jasur, qudratli, dovyurak. RUSTAM (pahl.) - kuch-qudratli, botir, yengilmas, dovyurak jasur, matonatli. RUXSHONA (f.t.) - chiroyli, go’zal yuzli, ko’rkam, suluv RO’ZI (f.t.) - rizqi butun, nasibali, baxt-saodatli bo’lsin. RO’ZIMUROD (f.t-a.) - rizq-nasibali bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin. RO’ZIMUHAMMAD (f-t-a.) - rizqli, nasibali bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar. RUZIXOL (f.t.) - rizqli, nasibali, xol bilan tug’ilgan qiz, S SADOQAT (a.) - sodiq, sadoqatli, vafodor. SADRIDDIN (a.) - dinning baland martabali, yuqori mavqega ega rahnamosi, dinning ulug’ namoyandasi. SAID (a.) - baxt saodatli. SAIDA (a.) - omadli, baxtli, saodatli. SAYID (a.) - ega, boshliq, rahnamo, aslzoda, oliynasab. SAYIDA (a.) - oliynasab sayidlar avlodiga mansub qiz. SAYIDBEK (a.) - ayolzoda, oliynasab beklar avlodidan bo’lgan bola. SAYIDMUROD (a.) - oliy nasab, aslzoda, sayidlar avlodiga mansub bola. Ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin. SAYFIDDIN (a.) - dinning qilichi. SAYFULLOH (a.) - Allohning qilichi. SALIM (a.) - sog’lom, sog’u salomat. SALOMAT (a.) - omon-esonlik, sog’u salomatlik. SAMANDAR (a.) - o’t ichida yashovchi, o’tdan paydo bo’ladigan jonzot, o’lmas, mustahkam irodali. SANAM (a.) - majusiylar ilohi, ma’budasi; zebo, suyukli qiz. SAODAT (a.) - baxtli, saodatli, iqboli porloq qiz. SARVAR (a.) - yo’lboshchi, rahnamo. SARVINOZ (f.t.) - qaddi-qomati tikka o’suvchi, sarv daraxtidek kelishgan va nozik qiz. SARDOR (f.t.) - rahnamo, yetakchi, yo’lboshchi, boshliq. SAFAR (a.) - Safar oyida yoki safar vaqtida dunyoga kelgan bola. SAFARALI (a.) - Safar oyida yoki safar paytida tug’ilgan bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovat egasi bo’lsin. SAFARGUL (a-f.t.) - Safar oyida yoki safar paytida dunyoga kelgan guldek ko’rkam, zebo qiz. SA’DULLOH (a.) - Alloh ato etgan baxt-saodat yoki Allohning iqboli porloq, baxtu saodatli bavdasi. SEVAR (o’zb.) - sevimli, yoqimli farzand. SIROJ (a.).- mash’al. SIROJIDDIN (a.) - dinning nuri, mash’ali. SOAT (a.) - xosiyatli, baxtli soatda tug’ilgan bola. SOBIR (a.) -;chidamli, sabru toqatli, irodasi mustahkam bola. SOBIT (a.) - mustahkam, chidamli, kelishgan, chiroyli bola. SODIQ (a.) - sadoqatli, vafodor. SOJIDA (a.) - sajda qiluvchi, Allohga sig’inuvchi musulmon qiz. SOLIH (a.) - pokiza, pok, solih amallar qiluvchi. SOHIB (a.) - xo’jayin, ega, do’st, hamdam. SULTON (a.) - podshoh, hukmdor, yuksak martaba, obro’-e’tibor egasi bo’lsin. SULTONALI (a.) - yuksak obro’-e’tibor, martaba egasi bo’lsin yeki ushbu bola Alidek kuch-qudrat, yuksak aqlu zakovat egasi bo’lsin. SULTONMUROD (a.) - yuksak mavqeli, martabalar, obro’-e’tibor sohibi bo’lib yetishsin, orzu-murodiga erishsin. SULTONOY (a-o’zb.) - oliy martaba, mavqeli, obro’, e’tibor sohibasi bo’lgan oydek go’zal, zebo qiz. SURAYYO (a.) - yuzi Surayyo yulduzidek nurli, yorug’, go’zal qiz, iqboli Surayyo yulduzidek porloq bo’lsin. T TABASSUM (a.) - hayoti shodlikka, quvonchga to’liq bo’lsin yoki kulib, jilmayib turuvchi, chehrasidan tabassum arimaydigan qiz. TAL’AT (a.) - yuz ko’rinishi chiroyli, go’zal bola. TEMIR (o’zb.) - temirdek mustahkam irodali bo’lsin. TESHA (o’zb.) - teshadek o’tkir, keskir bo’lsin, mustahkam bo’lsin yoki kindish tesha bilan kesilgan bola. TILOVMUROD (o’zb-a.) - tilab olingan, Xudodan so’rab olingan bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin. TOJIDDIN (f.t-a.) - dinning toji, dinning yuksak bilimdoni, ulug’ namoyandasi. TOJIMUROD (f.t-a.) - xol bilan tug’ilgan bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki xolli bola orzu-murodimizga erishtirdi. TOJINISO (f.t-a.) - ayollarning toji, ulug’i, e’tiborga sazovori va eng go’zali. TOLIB (a.) - talab qiluvchi, ilm izlovchi. TOSHMUROD (o’zb-a.) - toshdek mahkam, mustahqam irodali bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin. TOSHPO’LAT (o’zb-f.t) - tosh va po’latdek mustahkam bola, uzoq umr ko’rsin. TOHIR (a.) - pokiza, begunoh. TURSUN (o’zb.) - nobud bo’lmasin, sog’u salomat o’ssin, omon qolsin, yashab ketsin. TURG’UN (o’zb.) - turib qolsin, nobud bo’lmasin, umri uzoq bo’lsin. TO’LQIN (o’zb.) - yayrab, shodu xurram bo’lib, zavqu shavqqa to’lib yursin. TO’RA (o’zb.) - yuqori martaba, mavqe egasi, aslzoda. U UBAYDULLOH (a.)- Alloxning kichik quli. ULDONA (o’zb-f.t.) - ushbu dono, zukko, aqlli, fahm-farosatli qizdan keyingi farzand o’g’il bo’lsin. ULUG’BEK (o’zb.) - ulug’, kuch-qudratln, hukmdor yoki beklarning ulug’, buyuk sardori, boshlig’i. UMAR (a.) - mangu barhayot yashovchi. UMID (f.t.) - umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan bola. UMIDA (f.t.) - orzu-umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz UMIDULLOH (f.t.-a.) - Alloh yetkazgan orzu-umid. USMON (a.) - siniqchi, davolovchi, tabib. UCHQUN (Uzb.) - hayoti yorug’, nurli, tolei porloq bo’yasin. V VAFO (a.) - vafoli, sadoqatli, sodiq. VOSIL (a.) - visolga yetishgan. X XAYRIDDIN (a.) - dinning xayru saxovati yoki xayru saxovatpesha, himmatli din namoyandasi. XAYRULLOH (a.) - Allohning xayru saxovati, muruvvati, Allohning tuhfasi. XALIL (a.) - sevimli, aziz do’st. XOLBEK (f.t-o’zb.) - beklar avlodidan bo’lgan xolli bola. XOLBEKA (f.t-o’zb.) - beklar avlodidan bo’ltan xolli qiz. XOLBIBI (f.t-o’zb.) - yuqori mavqega ega, baland martabali xolli qiz. XOLBOY (f.t-o’zb.) - xol bilan tushlgan bola voyaga yetib, ulg’ayib davlatmand, boy bo’lsnn.XOLDOR (f.t.) - xol bilan tug’ilgan xolli bola. XOLMIRZA (f-t.) - xolli bola, bilimdon, dono, o’qimishli,savodxon bo’lib yetishsin. XOLMUROD (f.t-a.) - xolli bo’lib tug’ilgan bola, o’sib orzu-murodiga yetishsin. XOLMUHAMMAD (f.t-a.) - xolli bo’lib tug’ilgan bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar. XOLMO’MIN (f.t-a.) - xolli bo’shb tug’ilgan bola mo’min-qobil bo’lsin. XOLTOJI (f.t.) - badanida xoli va toji mavjud bo’lgan bola. XONDAMIR (o’zb-f.t.) - bu ism, olimlarning ta’kidlashicha, aslida, ‘xovand amir’ bo’lib, uning ma’nosi Xudo amr etuvchi hukmdordir yoki Xudoning nazari tushgan, Xudoning yo’lidan to’g’ri yuruvchi, Uning olqishiga sazovor bo’lgan hukmron. XONZODA (o’zb-f.t.) - xon yoki asilzodalar avlodidan bo’lgan qiz. XOSIYAT (a,) - yaxshi xislat va fazilatlar soxibasi bo’lsin yoki omadli yoki xosiyatli kunda tug’ilgan farzand. XUDOYBERDI (f.t-o’zb.) - Xudo berdi, Alloh ato etdi. Allohning marhamati, tuhfasi bo’lgan bola. XUDOYNAZAR (f.t-a.) - Xudoning nazari tushgan bola. XUMOR (a.) - ko’pdan intiqlik bilan orziqib kutilgan bola. XURRAM (f.t.) - shod, baxtiyor, xursand, baxtli bo’lsin yoki quvonchli kunda tug’ilgan bola. XURSAND (f.t.) - shodu xurram, baxtiyor bo’lib yursin yoki quvonchli kunda tug’ilgan bola. XURSHID (f.t.) — quyosh benihoyat chiroyli, xushsurat yoki iqboli quyoshdek porloq bo’lsin. XURSHIDA (f.t.) - quyoshdek husnu jamol sohibasi bo’lgan go’zal, suluv, latofatli kiz yoki iqboli quyoshdek porloq bo’lsin. Y YAYRA (o’zb.) - yayrab-yashnab o’ssin, hayoti quvonchga to’liq bo’lsin. YASHAR (o’zb.) - yashab ketsin. YETIM (a.) - yakka, yagona, tanho, yolg’iz. YODGOR (f.t.) - agar bola dunyoga kelgandan keyin otasi yoki onasi olamdan o’tib qolsa, unga marhumdan esdalik, yodgorlik bo’lsin deb ushbu ism beriladi. YORQINOY (Uzb.) - kelajagi yorug’, nurli va oydek go’zal qiz. YOQUB (qad.yah.) - izidan boruvchi, sabr-toqatli, dovyurak, jasur. YOQUT (qad.yah-a.) - rangi qizil bo’lgan qimmatbaho noyob tosh. YULDUZ (o’zb.) - yulduzdek yorug’ yuzli, chiroyli, go’zal qiz. YUNUS (qad.yah.) - kaptar.YUSUF (qad.yah.) - ortgan, ko’paygan husn ma’nosida. YO’LDOSH (o’zb.-f.t.) - hamroh. Z ZAYNAB (a.) - kelishgan, xushqomat, suluv qiz. ZAYNIDDIN (a.) - dining bezagi, chiroyi, ko’rki. ZARINA (f.t.) - zarli, chiroyli qiz. ZARIF (a.) - beg’ubor, pokiza, nozik ta’b, o’tkir aql sohibi. ZARIFA (a.) - iffatli, pokiza, nozik ta’b, fahm-farosatli qiz. ZAFAR (a.) - tolib, saodatmand. ZEBINISO (f.t.-a.) - ayollarning zebi, go’zal, zebosi. ZEBO (f.t.) - go’zal, suluv, chiroyli qiz. ZIYO (a.) - nurli, tolei porloq bola. ZIYNAT (a.) - ziynatli, bezangan, orasta, ko’rkam qiz. ZOYIR (a.) - ziyoratchi. ZOKIR (a.) - Allohni zikr qiluvchi, yodga oluvchi. ZUBAYDA (a.) - ayollarning tanlab olingani, eng yaxshisi. ZULFIYA (f.t.) - jingalak sochli, suluv qiz. ZULXUMOR (a.) - intiq bo’lib ko’pdan kutilgan qiz. ZUMRAD (f.t.) - zumraddek qimmatli, chiroyli, zebo qiz. ZUHRO (a.) - Zuhro yulduzidek nurli, chiroyli, suluv va iqboli porloq qiz. O’ O’KTAM (o’zb.) - kuchli, qudratli, dovyurak, jasur, viqorli. O’LMAS (o’zb.) - o’lmasin, umri uzoq bo’lsin. O’LMASOY (o’zb.) - o’lmasin, yashab ketsin, umri uzoq bo’lsin deb umid, niyat qilingan oydek go’zal, zebo qiz. O'RAL (o’zb.) — tug’ilganda kindigiga o’ralib tushgan yoki jingalak sochli bola. O’ROQ (o’zb.) - o’roqdek o’tkir, keskir bo’lsin yoki kindigi o’roq bilan kesilgan bola. O’TKIR (o’zb.) - o’tknr, o’tkir aqlu zakovat sohibi, dono bola bo’lsin. O’TKIRBEK (o’zb.) - beklar avlodiga mansub bo’lgan o’tkir aqlu zakovat sohibi, bilimli, dono bola. O’G’ILOY (o’zb.) - shu oydek go’zal qizdan keyingi tug’ilajak farzand o’g’il bo’lsin. O’RILSHOD (o’zb-f.t.) - ushbu quvnoq, baxtiyor, shodon qizdan keyin tug’iladigan bola o’g’il bo’lsin. G’ G’AYRAT (a.) - serharakat, shijoatli, tolmas, g’ayratli bola bo’lsin. G’IYOS (a.) - ko’mak, yerdam, madad. G’IYOSIDDIN (a.) - dinning madadi, ko’magi, yordami. G’OLIB (a.) - zafar qozonuvchi, yengilmas, yulib. G’ULOM (a.) - yosh xizmatkor qul. Sh SHABNAM (f.t.) - shudringdek beg’ubor, pokiza qiz. SHAVKAT (a.) - shon-shuhrat, kuch-qudratli bola bo’lsin. SHAMSIDTSIN (a.) - dinning quyoshi. SHAMSIYA (a.) - quyoshdek porlovchi charog’on qiz, chiroyli qiz. SHAMSULLOH (a.) - Allohning nuri, yog’dusi yoki Allohning quyovdek porloq chehrali, chiroyli bandasi. SHARBAT (a.) - yoqimli, shirin, suyukli qiz. SHARIF (a.) - sharafli, muqaddas, aziz. SHARIFA (a.) - aziz, qadrli, sharafli qiz. SHAFIQA (a.) - shafqatli, mehru muruvvatli, oqibatli qiz. SHAHBOZ (f.t.) - lochin, chakqon, shiddatkor, shijoatli, dovyurak, qudratli bo’lsin. SHAHINA (f.t.) - dovyurak, mard, jasur, qo’rqmas qiz. SHAHLO (a.) - katta, qora ko’zli, go’zal qiz. SHAHNOZ (f.t.) - shohlar, asilzodalar avlodiga mansub nozli, nozik va zebo, go’zal qiz. SHAHOBIDDIN (a.) - dinning yorqin, nurli yulduzi. SHAHODAT (a.) - guvohlik beruvchi. SHERALI (f.t-a.) - sherdek dovyurak, qo’rqmas, jasur, Alidek kuch-qudrat, aql-idrok egasi bo’lsin. SHERBOY (f.t-o’zb.). - sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin. SHERZOD (f.t.) - sherning bolasi; sherdek dovyurak, qo’rqmas botirlar avlodidan bo’lgan bola. SHERMUROD (f.t-a.) - sherdek qo’rqmas, jasur, dovyurak bola murod-maqsadiga yetsin. SHERMUHAMMAD (f.t-a.) - sherdek dovyurak, jasur, bahodir bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar. SHERXON (f.t.-o’zb.) - xon, aslzodalar avlodiga mansub, sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola yoki sherlarning sheri, hukmdori, ya’ni sherdek dovyurak bahodirlarning sardori. SHERQOBIL (f.t-a.) - sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola dono, aqlli, qobil bo’lib o’ssin. SHERQUL (f.t-o’zb.) - Allohning sherdek jasur, dovyurak bandasi. SHIRIN (f.t.) - yoqimli, aziz, suyukli, shirin bola. SHOBERDI (f.t-o’zb.) - Allohning marhamati bilan dunyoga kelgan bola ulg’ayib ulug’ martabalar sohibi bo’lsin. SHODI (f.t.) - shodlik, quvonch, baxtiyorlik. SHODIBEK (f.t-o’zb.) - beklar avlodidan bo’lgan shodu xurram, quvnoq, baxtiyor bola. SHODIGUL (f.t.) - shodu xandon, baxtiyor, quvnoq va guldek zebo qiz. SHODIYOR (f.t.) - shodu xurramlik, quvonch, baxtiyorlik hamisha hamrohi bo’lsin yoki bizga shodlikni yor etgan yoxud quvonchli kunda tug’ilgan bola. SHODIMUROD (f.t-a.) - shod, xurram, baxtiyor bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki shodu-xurramlik, quvonch-baxtiyorlik keltirgan bola murodimizga yetkazdi. SHODIMUHAMMDD (f.t-a.) - shodu xurram baxtiyor bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar. SHODIYA (f.t.) - shod, xurram, quvnoq, baxtiyor yoki quvonchli kunda turilgan kiz. SHODMON (f.t.) - shod, baxtiyor, quvnoq yoki hayoti shodlikka to’liq bo’lsin yexud quvonchli, shodmon kunda tug’ilgan bola. SHOIR (a.) - shoir, so’zga chechan, hozirjavob, shirinso’z, notiq bo’lsin. SHOIRA (a.) - shoira bo’lsin, so’zga chechan, shirinsuxan, notiqa qiz bo’lsin. SHOYISTA (f.t.) - hurmat-ehtiromga loyiq, e’zoz-e’tiborga munosib qiz. SHOKIR (a.) - shukur qiluvchi, Allohga shukur qiluvchi bola bo’lsin yoki bizga farzand bergani uchun Allohga shukr. SHOHIDA (a.) - suluv, go’zal, zebo qiz. SHOHIMARDON (f.t.) - mard, bahodirlar shohi. SHOHRUH (f.t.) - yuzida shohlik alomatlari zohir bo’lgan kelishgan, zebo bola. SHOHSANAM (f.t-a.) - go’zallar, suluvlar shohi, zeboliqda benazir, beqiyos qiz. SHUKUR (a.) - qanoat, sabru toqat qiluvchi, rozi, minnatdor. SHUKRULLOH (a.) - bizga farzand ato qilganligi uchun Allohga behad hamdu sanolar, shukronalar bo’lsin. SHUHRAT (a.) - dovrug’, obro’, shon, iftixor. Ch CHAROS (o’zb.) - ko’zlari charosdek fusunkor, jozibalya, chiroyli qiz yoki qop-qora ko’zlari katta qiz. CHORI (f.t.) - oiladagi to’rtinchi o’g’il. QISQARTMALAR: (s.a.v.) — Sollallohu alayhi vasallam a. — arabcha mo’g’. — mo’g’ilcha pahl.- pahlaviycha o’zb. — o’zbekcha hind. — hindcha f.t. — fors-tojik yun. — yunoncha yah. — yahudiycha qad. yah. — qadimiy yahudiycha
|