O'zbek estradasining bugungi kundagi eng yorqin namoyondalaridan biri Sardor Rahimxon ham endilikda o'z shaxsiy saytiga ega bo'ldi. Bugundan e'tiboran siz www.Sardor.uz manziliga tashrif buyurib Sardor Rahimxon ijodi va hayotiga oid eng so'nggi yangiliklardan xabar topishingiz mumkin.
"COOL" dizayn studiyasi tomonidan oq fonda yaratilgan ushbu saytga tashrif buyurib baho bering! Sardor Rahimxonning saytidan uning so'nggi yangiliklari, eng sara fotosuratlari, qo'shiqlari, eksklyuziv klipi, qo'lga kiritgan mukofotlari haqida ma'lumotlar hamda uning fotodalillari va albatta avtobiografiyasi o'rin egallagan. Siz o'z fikr va munosabatingizni saytning "Fan-klub" bo'limida yozib qoldirishingiz mumkin.
|