AQSHda qonuniy tarzda ishlash va yashash xuquqini beruvchi lotereyada O’zbekiston fuqarolari ham ishtirok etishi mumkin. AQSHning O’zbekistondagi vitse-konsuli Meridit Rubinning aytishicha, arizalar tegishli veb sahifada ingliz tilida to’ldirilishi lozim.
Arizalarni to’ldirish shu yil 3 oktyabridan 2 dekabriga qadar davom etadi. Biroq ishtirokchilarga oxirgi muddatgacha kutib o’tirmaslik maslahat beriladi. Chunki arizalar soni ko’paygani sayin veb sahifa ham sekin ishlaydi. Unda qatnashish bepul. O’rta maxsus ma’lumotga yoki maktabdan keyin 2 yillik ish tajribasiga ega, 18 yoshga yetgan fuqaro qatnashishi mumkin. "Dasturda ishtirok etish tartibi juda oddiy va qat’iy. Afsuski, bu oddiy qoidalarga amal qilmagan ishtirokchilar arizalari chetlatiladi. Tez-tez kuzatiladigan xatolardan biri: bir kishi bir necha marta ariza to’ldiradi”, - deydi Rubin xonim. Konsul o’rinbosarining aytishicha, dasturdan maqsad AQSHda madaniy xilma-xillikni saqlash va boyitish. Biroq, AQSH viza berilgan fuqarolarning sarf-harajatlarini ko’tarmaydi. Hukumat dastlabki yordam majburiyatini ham olmaydi. Dasturda so’nggi besh yilda AQSHga 50 mingdan ortiq immigrant yuborgan davlatlar, masalan, Rossiya ishtirok etmaydi. 2008 yil natijalariga ko’ra 1026 o’zbekistonlik grin kartani qo’lga kiritgan. Konsullik bo’limidan vizaga rasman ruhsat berilgandan keyingina ishtirokchi yo’l harajati, tibbiy ko’rik va ko’chish bilan bog’liq ishlarga kirishishi mumkin. Imkoniyatlar hamma uchun bir xil. Oliy diplomga ega, ingliz tilida mukkamal gaplashadigan va ingliz tilini bilmaydigan ishtirokchi o’rtasida farq yo’q. Lotereya kompyuterda anketalarni tasodifiy tanlash asosida o’tkaziladi. Taklif faqat pochta orqali so’rovnomada ko’rsatilgan manzil bo’yicha kelgandagina haqiqiy hisoblanadi. Grin karta ishtirokchilari uchun yana bir muhim qayd – internet-kafe yoki bu borada hizmat ko’rsatuvchi kishilar yordamidan foydalangan shaxslar javob uchun faqat o’zlariga tegishli manzilni ko’rsatishi lozim. Aks holda ishtirokchiga javob kelgan taqdirda ham u ariza bergan odamga yetib bormasligi mumkin. Dasturda ishtirok etuvchilardan ariza to’ldirilishda yolg’on yoki noto’g'ri ma’lumot ko’rsatmasligi so’raladi.
(P/S: Dasturda ishtirok etuvchilar o’z arizalarini quyidagi veb sahifada to’ldirishlari mumkin:http://www.dvlottery.state.gov/ )
Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!
Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.