Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling
Bosh Saxifa » 2007»Oktyabr»28 » SEVIMLI KOREA KINO SERIALINGIZ “TAQDIR O‘YINI” HAQIDA BATAFSIL...
SEVIMLI KOREA KINO SERIALINGIZ “TAQDIR O‘YINI” HAQIDA BATAFSIL...
21:03
Koreys kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan "Taqdir o‘yini” ("All In”) seriali ko‘pchilikning yodida muhrlanib qolgan. Serial ekranlarimizda namoyish etilayotgan paytlarda gazetalar sahifalarida uning qahramonlari haqida ma’lumotlar berilgan. Chunki bu serial ishqibozlarining talabi edi. Qolaversa, "sevimli”ga aylanib qolgan seriallar teleekranlarimizda bot-bot namoyish etilsa-da, ularning muxlislari ekran qarshisida jam bo‘laveradilar. Shuni inobatga olib, biz ham o‘sha tanish serialga qaytishni lozim topdik...
SERIAL HAQIDA QISQACHA
"Taqdir o‘yini” 2003 yilda SBS kompaniyasi tomonidan suratga olingan. Serial Koreyada 2003 yilning 15 yanvaridan 3 apreliga kadar namoyish etildi. Stsenariy muallifi: Choy Van Kyu. Prodyuser: Yo Chul Yong. Unda asosiy rollarni Koreyaning mashhur aktyor va aktrisalari - Li Byong Xun, Song Xe Gyo, Ji Sung, Park Sol Milar ijro etgan.
JANOB JEYMS DEYN
Serialda In A obrazini aktyor Li Byun-xun mohirlik bilan talqin etgan. Aktyor 1970 yilning 12 iyulida tug‘ilgan. Hanyang universitetida tahsil olgan. Aslida sohasi butunlay boshqa: u frantsuz tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha o‘qigan. Lini ko‘pchilik Jeyms Deyn deb chaqiradi. Bu - uning laqabi. Shlyapalar to‘plashga juda qiziqadi. Sayohat qilish jonu dili. Hali uylanmagan. Bo‘yi: 178 sm. Vazni esa 72 kg.
Ijodi davomida "Harmonium in My Memory”, "Bungee Jumping of Their Own”, "Addicted” kabi filmlarda, "Tomorrow’s Love” ("Lyubov Zavtra”), "Love Story” ("Muxabbat qissasi”), "Happy Together” ("schastlivы vmeste”), "Sunflower” ("Kungabokar”), "Asphalt Man” ("Chelovek Asfalta”) singari kuplab TV dramalarda suratga tushgan.
1996 yilda o‘tkazilgan filmlar festivalida "Eng yaxshi yangi aktyor”, 1995 yili bo‘lgan "Baeksang” nomli san’at taqdimotida "Eng mashhur aktyor”, yana o‘sha yili tashkil etilgan "KNS TV” taqdimotida "Eng yaxshi aktyor” nominatsiyalarini qo‘lga kiritgan.
"O‘RDAK” LAQABLI AKTYOR
Bosh qahramon I Naning do‘sti Choy Jun Von obrazini aktyor Ji Syong muvaffaqiyat bilan talqin etgan. Serialda Choy Jun Von In A bilan tengdosh. Uning sinfdosh do‘sti. Hayotda esa ular tengqur emas: Choy Jun In Adan yetti yosh kichik. Aniqrog‘i, aktyor Ji Syong 1977 yil 27 fevral kuni tavallud topgan. Bo‘yi: 178 sm, vazni 70 kg. Ota-onasi, akasi va singlisi bilan yashaydi. Oliy ma’lumotli: Suvon universitetining teatr bo‘limini, so‘ng kino bo‘limini tamomlagan. Chang‘i sporti ishqibozi. Kuylashni ham juda yaxshi ko‘radi. Bilasizmi, uning laqabi nima: o‘rdak! Ha, do‘stlari unga shunday murojaat qilishadi. Ijodga shunchalik sho‘ng‘ib ketganidanmi, hali bo‘ydoq. Suratga tushgan filmlaridan "Hwiparam Gongju” ("Princess Whistle”) mashhur. Uning ishtirokidagi televizion dramalar esa talaygina:
Ji Syong
1999: "Kaistu” (SBS) 2000: "I Want To Keep Seeing You” (SBS) 2001: "Delicious Proposal” (MBC) 2001: "Law of Marriage” (MBC) 2001: "Nam Gwa Yuh” (SBS) 2001: "Hwaluhhan Sijul” (SBS) 2002: "Haebit Sinhyung” (KBS) 2002: "Let”s Go” (SBS) 2004: "The King”s Woman” (SBS) 2004: "Condition of Love” (KBS)
Ji Syong 2001 yilda bir yo‘la ikkita mukofotga - MBC kompaniyasining "Eng yaxshi aktyor” hamda SBSning "Yangi yulduz” nominatsiyalariga sazovor bo‘lgan.
SARDORBEK! IMKON BO'LSA, "BIRODARKAR" DEGAN KINONI HAM QO'YSANGIZ. BU KINO 50-YILDA KOREYANI QANDOQ QILIB USA VA SSSR 2GA BO'LIB YUBORGANI HAQIDA. UNDA KOREYANI O'ZIDA 8 MLN, XITOYLIK 1 MLN VA USADAN 50 MING INSON HALOK BO'LGAN EKAN. UNI TA'SIRI HOZIR HAM BOR. BU YUQORIDAGI BARCHA KOREYANI TA'SIRLI TAQDIRLARI AYNAN O'SHA 50 YIL VOQEALARIGA BORIB TAQALADI, MENIMCHA...
Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!
Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.