Oldingi "Ginnes Rekordlari” kitobida eng uzun odam bu xitoylik Bao Sishun bo’lib, uning bo’yi 2 metru 36 sm bo’lgan edi. Endi esa Ukrainada yashovchi Leonid Stadnik 2007-2008 yil dunyoda eng uzun odam bo’lib hisoblanadi.
Leonid Stadnikni bo’yi 2 metru 54 santimetrni tashkil qiladi, bu dunyo bo’ylab eng uzun odam hisoblanib bu rekord 2008 yilgi "Ginnes Rekordlari” kitobiga kiritiladi. Leonid Stadnik hayotiga kelsak, u 1971 yil Ukrainada tavallud topgan. Oilasi 4 kishidan iborat. Otasi, onasi, singlisi va o’zi. U hozirda onasi va singlisi bilan yashaydi, o’zi veterinar bo’lib ishlaydi. Shuningdek, Leonid 60 o’lchovli oyoq kiyimini kiyar ekan.
|