Biz, o’zbeklar choy ichishda inglizlardan qolishmaymiz. Ertalab ham choy, kechqurun ham choy. Qishning sovug’iyu, yozning jaziramasida eng ko’p ichiladigan ichimlik baribar choy hisoblanadi. Ha, choy bizga har doim kerak ekan. Lekin unutmang, choy — shifobaxsh ichimlik, u suv emas. Har zamonda qaynatib ichiladigan bargli shifobaxsh ichimliklarni bilamiz. Endi o’ylab ko’ring, o’sha ichimlikni chanqaganimizda ham, ovqat mahalida ham, yotishdan oldin ham ichaversak zarar qiladimi? Nega unda shifobaxsh ichimliklardan biri bo’lgan choyni bot-bot ichaveramiz? Bu savol hammaga g’alati tuyulsa kerak. Axir choy hech kim uchun yangi bo’lmagan ichimlik-ku. Milliy taomimiz, libosimiz va boshqa milliyligimizni bildiruvchi ehtiyojdagi narsalar qatoridan choy ham milliy ichimlik sifatida o’rin olishga ulgurgan. Shuning uchun ham so’zlashuvimizda ichimlik yoki boshqa ma’nolarni anglatadigan "choy” so’zini ko’p ishlatamiz. Masalan, "bir piyola choy ustida suhbat”, "choyga marhamat”, "kelinning qo’lidan choy”… deb umumiy ovqatlanishni nazarda tutishimiz mumkin. Chindan-da, choysiz kunimizni tasavvur qila olmaymiz. Shu ichimlik bilan bog’liq tarixiy voqea —”Boston choyxo’rligi” ham ko’pchilikka ma’lum. "Mashhur” ichimlikning foydali xususiyatlari haqida ko’p gapirilgan va ancha-muncha xabardormiz. Ammo choy to’g'ri ichilgandagina foydali bo’lishini ham unutmasligimiz lozim. Ovqatga qo’shib deyarli hamma choy ichadi. Choyning tarkibidagi tanin moddasi esa oziq mahsulotlarda mavjud bo’lgan foydali moddalarni parchalab yuboradi, natijada organizmda vitaminlarning yetishmasligi yuzaga keladi. Choy bilan birga iste’mol qilinganda go’sht 40 foizdan 100 foizgacha qonga so’rilmasligi mumkin. Mevalarning esa 5 foizdan ko’pi so’rilmaydi. Yana ko’pchilik yosh bolaga choy berib xatolikka yo’l qo’yadi. Uch yoshgacha bolalarga choy ichirish tibbiyot nuqtai nazaridan ma’n etilgan. Bolakayning choyiga yoki sutiga shakar qo’shib berish ham noto’g'ridir. Bolalarni yoshligidan ovqatlanish tartibiga e’tibor berish lozim. Agar uning organizmida temir yetishmovchiligi yuz bersa, bu keyinchalik aqliy rivojlanishdan orqada qolish xavfini ham tug’diradi. Salomatlik uchun kurashish yo’lida ovqatlanish tartibimiz, ayniqsa choy ichish ana’nalarini o’zgartirishimizga to’g'ri keladi. Ovqat mahali yoki ovqatdan so’ng choy ichmang. Choy o’rnida boshqa ichimliklar, masalan, qaynagan yoki ma’danli suv va sharbatlar ichishingiz mumkin. Bu maslahatlardan so’ng, choy sog’ligimiz kushandasi ekan, degan fikr tug’ilmasin. Choyning organizmdagi ahamiyati katta. U ko’plab kasalliklar uchun da’vo bo’la oladi. Ammo asalning ham ozi shirin. Choyga shifobaxsh ichimlik sifatida qarab, me’yorga va vaqtiga ko’ra ichsak, salomatligimiz uchun foydali. Ovqatlangandan 30 daqiqa keyingina ichilgan choy yoki qahva bezarardir. Salomatlik hamma uchun kerak va uni asrab qolish o’z qo’limizda. Bu unchalik qiyin ham emas. Oddiy ko’ringan narsalarga chuqurroq nazar tashlasangiz, barchasiga erishasiz. Keling, hozirgi daqiqadan e’tiboran har kungi choyimizga nisbatan yangicha munosabatni shakllantiraylik.
Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!
Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.