Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2007 » Noyabr » 14 » PREZEDENT SOVG`ASI BILAN TAQDIRLANDI
PREZEDENT SOVG`ASI BILAN TAQDIRLANDI
17:47




Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlar kamoloti, ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning akademiklik gonorari va sovg‘asini Glier nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyining 4-sinf o‘quvchisi, shu yil oktabr oyida Italiyada o‘tgan yosh pianinochilarning o‘ttizinchi xalqaro "Le Musye” ko‘rik-tanlovi g‘olibi Tohirjon Asqarovga tantanali topshirish marosimida bu yana bir karra namoyon bo‘ldi.



O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida bo‘lgan tadbirda musiqashunos olimlar, san’atkorlar, o‘qituvchilar, jamoatchilik vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Yoshlar tafakkuri va qalbiga chin insoniy fazilatlarni singdirish, ularni istiqlol g‘oyalariga sadoqat, ona-Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda, ezgu ishlar sari da’vat etishda san’at, ayniqsa musiqaning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Davlatimiz rahbari Islom Karimov o‘zining O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademikligi uchun oladigan gonorarini Uspenskiy hamda Glier nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseylarining iqtidorli o‘quvchilariga stipendiya sifatida beradi. Hozirga qadar mazkur stipendiyaga ushbu ta’lim dargohlarining Daniil Xoliqov, Nodir Hoshimov, Sherali Tursunmatov, Behzod Abdurahimov kabi iqtidorli o‘quvchilari sazovor bo‘lgan.

Endi ular safidan o‘n yoshli Tohirjon Asqarov ham o‘rin oldi. U dastlab mamlakatimizda o‘tkazilgan "San’at g‘unchalari”, yosh ijrochilarning respublika ko‘rik-tanlovlari, badiiy ijodiyot festivallarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Italiyaning Agropol shahrida o‘tgan tanlov uning hayotidagi ilk xalqaro bellashuvdir. O‘n beshdan ortiq mamlakatdan vakillar ishtirok etgan mazkur ko‘rikda yosh musiqachimiz jahon va o‘zbek kompozitorlari asarlarini mahorat bilan ijro etib, eng yuqori balni olishga muvaffaq bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining stipendiyasini topshirish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi professori Marat Gumarov, yosh pianinochining onasi Zarifa Asqarova, Glier nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyi o‘qituvchisi Iroda Jahongirova yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rsatayotgan e’tibori va g‘amxo‘rligi uchun Yurtboshimizga minnatdorlik bildirdilar.

Yosh musiqachini sharaflash marosimi poytaxtimizdagi Qoraqamish mavzeidagi Tohirjon yashaydigan xonadonda davom etdi. T.Asqarovga davlatimiz rahbarining sovg‘asi – pianino va zamonaviy kompyuter topshirildi.

- Tohirjon – to‘rt farzandimizning kenjasi, – deydi uning onasi Z. Asqarova.- Oilamiz a’zolari asosan energetika sohasida faoliyat yuritadi. Biroq barchamizning musiqaga ixlosimiz baland. Tohirning yutug‘i mamlakatimizda yosh avlod kamolti yo‘lida ko‘rsatilayotgan ulkan mehr va e’tiborning amaldagi samaralaridandir. Ana shu e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizdan juda minnatdormiz.

- Bunday ajoyib sovg‘a meni ruhlantirib yubordi, -deydi Tohirjon.

- Prezidentimizning bu tuhfalaridan men bilan birga dadam, oyim, o‘qituvchilarim, o‘troqlarim – hamma xursand bo‘ldi. Yurtboshimiz bildirilgan bunday katta ishonchni a’lo o‘qishim, yangi-yangi ijodiy izlanishlarim bilan oqlashga harakat qilaman.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.Qosimov ishtirok etdi.

 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Новости / Yangiliklar| Ko'rildi: 2112 | Joyladi: Moderator| Reytingi: 1.1/15 |
 
 
Barcha Izoxlar:16

16. Robia (17:04 Shanba)
rahmat

15. Robia (17:04 Shanba)
wink wink

14. Robia (17:04 Shanba)
surprised surprised surprised

13. BoLa (15:03 Yakshanba)
smile

12. BoLa (15:03 Yakshanba)
smile

11. BoLa (15:03 Yakshanba)
smile

10. BoLa (15:03 Yakshanba)
smile

9. BoLa (15:03 Yakshanba)
smile

8. BoLa (15:03 Yakshanba)
smile

7. SULTON (15:06 Seshanba)
surprised surprised surprised

6. SULTON (15:06 Seshanba)
wink wink wink

5. SULTON (15:05 Seshanba)
wacko wacko wacko

4. SULTON (15:05 Seshanba)
biggrin biggrin biggrin

3. SULTON (15:05 Seshanba)
angry angry angry

2. Cinema-Uz (18:56 Juma)
cool cool cool cool

1. Cinema-Uz (18:41 Juma)
surprised surprised surprised surprised surprised
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Noyabr 2007  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.