"Sevginator" badiiy filmi haqida sizga qiziqarli ma'lumotlar berishda davom etamiz. Mazkur kartinada bosh rollarni Manzura hamda Ulug'bek Qodirov ijro etayotganidan xabaringiz bor. Manzura "robot-qiz" obrazida namoyon bo'lsa, Ulug'bek Qodirov hayolparast yigit rolini ijro etdi.
Ularning oralarida esa, tahminimizga ko'ra sevgi-muhabbat paydo bo'ladi. Biroq, "robot-qiz" va hayolparast yigit o'rtasida qanday sevgi bo'lishi mumkin? Bu savol bizni ham o'ylantirmoqda. Biroq, javob topishimizga juda oz qoldi. Film uchun Manzura ijrosida ajoyib bir tarona tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edik. "Qo'g'irchoqman" nomli tarona tayyor bo'ldi. Ushbu saundtrek musiqasi Manzura ijodidan, uning so'zlari va aranjirovkasi esa Rustambekning fantaziyasi asosida dunyoga keldi. "Qo'g'irchoqman" taronasini siz kelayotgan dushanba kuni FM 101 to'lqini orqali tinglash imkoniga ega bo'lasiz. Unga ishlanadigan klip haqida esa keyinroq ma'lumot beramiz, albatta fotolavhalar bilan. Hozircha, "Sevginator" filmi uchun tayyorlangan posterlarni tomosha qilishga taklif etamiz. Marhamat!!!
Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!
Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.