Yana shu kabi holat aktrisa Yevgeniya Kryukovaning hayotida ham bo`ldi. U mashinasini ta`qiqlangan joyga qo`ygani uchun mashina jarima maydoniga olib ketildi. Bunda aktrisaning mashhurligi ham ish bermadi. "U hali biz buning uchun javob berishimizni rosa ta`kidladi, - deydi DAN hodimi, - Biz o`z ishimiz bilan shug`ullanayotganimizni aytsak, hatto ishimizdan ajralishimizni ham shama qilib o`tdi”. Hammasi o`z o`rniga tushib ketdi. Hodimlar o`z o`rnida, aktrisa esa tegishli tartibda jarima to`lashga majbur bo`ldi.
|