Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2009 » Yanvar » 28 » "Qiyomat kuni"
"Qiyomat kuni"
19:12

41. Va jarchi (Isrofil farishta) yaqin bir makondan turib jar soladigan Kunda (uning nidosiga) quloq tuting!
42. U Kunda ular (barcha xaloyiq) u dahshatli qichqiriqni haqqi-rost eshiturlar. Bu (qabrlardan tirilib) chiqish Kunidir!
43. Albatta Biz O’zimiz (barcha jonzotga) hayot berurmiz va o‘lim berurmiz. Yolg‘iz Bizga qaytish bordir!
44. U Kunda ularning ustidagi yer yorilib, (ular) shoshgan hollarida (qabrlaridan chiqib kelurlar). Bu (ya’ni Qiyomat kunida barcha xaloyiqni hisobkitob uchun to‘plash) yolg‘iz Bizgagina oson bo‘lgan to‘plashdir. (Qof surasi 41-44)

172. Parvardigoringiz Odam bolalarining bellaridan (ya’ni pushti kamarlaridan to qiyomat kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib: «Men Parvardigoringiz emasmanmi?», deb, o‘zlariga qarshi guvoh qilganida, ular: «Haqiqatan Sen Parvardigorimizsan, bizlar bunga shohidmiz», deganlarini eslang! (Sizlardan bunday guvoxlik – ahd-paymon olishimiz) qiyomat kunida: «Bizlar bundan bexabar edik», demasliklaringiz uchundir.
173. Yoki: «Axir ilgari ota-bobolarimiz mushrik bo‘lgan esalar, bizlar ulardan keyin kelgan (va ularning o‘rgatgan yo‘llariga ergashgan) avlod bo‘lsak, o‘sha nohaq yo‘lda o‘tgan kimsalarning qilmishlari sababli bizlarni halok qilurmisan», demasliklaringiz uchundir.
174. Shoyad (kufrlaridan) qaytsalar deb oyatlarni mana shunday mufassal qilurmiz.
(A'rof 172-174)

97. Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, o‘sha hidoyat topguchidir. U zot kimni yo‘ldan ozdirsa, bas, ular uchun Undan o‘zga do‘st madadkorlarni topa olmassiz, ularni Qiyomat kunida yuztuban hollarida ko‘r, soqov, kar qilib tiriltirurmiz. Ularning borar joylari jahannamdir. Har qachon (jahannam o‘ti) susaysa, Biz ularga olovni lovullatib yuborurmiz.
98. Bu Bizning oyatlarimizga kofir bo‘lganlari hamda: «Suyak va (chirik) murdalarga aylangan vaqtimizda yangitdan yaralib qayta tirilurmizmi?!» deganlari sababli, ularga berilgan jazodir.
99. Axir ular (kofirlar) osmonlar va Yerni yaratgan zot – Alloh – ularning (ya’ni, insonlarning) mislini ham yaratishga qodir ekanini bilmadilarmi?! (Alloh) ular uchun (ya’ni, o‘lishlari va qayta tirilishlari uchun) aniq bir muddatni belgilab qo‘ygandir. Lekin zolim kimsalar faqat kufrgagina rozi bo‘lurlar. (Isra 97-99)

124. Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz».
125. U: «Parvardigorim, nega meni ko‘r qilib tiriltirding, axir ko‘rar edim-ku», degan edi,
126. (Alloh) aytdi: «Shunday. Senga Bizning oyat-mo‘‘jizalarimiz kelganida ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday «unutilursan».
127. Haddan oshgan va Parvardigorining oyatlariga iymon keltirmagan kimsalarni mana shunday jazolarmiz. Oxirat azobi esa shak-shubxasiz qattiqroq va uzunroqdir.
128. Biz ulardan ilgari ham ularning maskanlarida (yashab), yurgan qancha avlodlarni (kufrlari sababli) halok qilganimiz ularga ma’lum emasmi?! Albatta bunda aql egalari uchun oyat-ibratlar bordir. (Toha surasi)

46. Qasamki, agar ularga Parvardigoringizning azobidan andak yetsa, albatta ular: «Holimizga voy! Darhaqiqat bizlar (o‘z jonimizga) jabr qilguvchilar bo‘ldik», deb qolurlar.
47. Biz qiyomat kuni uchun adolatli mezon-tarozilar qo‘yurmiz, bas, biron jonga zarracha zulm qilinmas. Agar xardal (o‘simligining) urug‘idek (yaxshi yoki yomon amal qilingan) bo‘lsa, o‘shani-da keltirurmiz! Biz O’zimiz yetarli hisobkitob qilguvchidirmiz (Anbiyo surasi)

55. (Qiyomat) soati qoyim bo‘ladigan kunda jinoyatchi kimsalar (dunyoda) bir soatdan ortiq turmaganlariga qasam ichurlar. Ular (hayoti dunyoda ham) mana shunday (rostdan yolg‘onga) burilguvchi edilar!
56. (Shunda) ilm va iymon ato etilgan zotlar aytadilar: «Aniqki, sizlar Alloh (Lavhul-Mahfuzda) yozib qo‘yganidek tirilish kunigacha turdinglar. Bas, mana shu tirilish kunidir. Lekin sizlar (bu kunning haq ekanini) bilmas edinglar».
57. Ana o‘sha kunda (kofir bo‘lish bilan o‘z jonlariga) jabr qilgan kimsalarga uzru bahonalari foyda bermas va ulardan (Alloh rozi bo‘ladigan amallarga) qaytish ham talab qilinmas.
(Rum surasi)

16. Aniqki, insonni Biz yaratganmiz, (demak), uning nafsi vasvasa qiladigan (ya’ni ko‘nglidan o‘tgan barcha) narsalarni ham bilurmiz,— Biz unga jon tomiridan ham yaqinroqdirmiz.
17. Zotan o‘ng va chap (tomon)da o‘tirgan ikki qabul qilguvchi (yozib turguvchi farishta insonning aytgan va qilgan barcha yaxshi-yomon so‘z-amallarini) qabul qilib-yozib tururlar.
18. U biron so‘z talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hozirunozir bo‘lgan bir kuzatguvchi (farishta u so‘zni yozib olur).
19. Mana, o‘lim mastligi (ya’ni jon chiqar payti) haqqi-rost (etib keldi (Ey inson), bu (o‘lim) sen qochguvchi bo‘lgan narsadir.
20. (Qayta tirilishga da’vat qilguvchi) Sur ham chalindi. Bu (kofirlarga azob) va’da qilingan Kundir!
21. Va har bir jon o‘zi bilan birga (uni mahshargohga) haydaguvchi (bir farishta) va uning qilib o‘tgan amallariga) guvoxlik berguvchi (bir farishta) bo‘lgan holda keldi.
22. (Ey inson), aniqki, sen bu (og‘ir Kun)dan g‘aflatda eding. Bas, Biz sendan pardangni (ya’ni mana bu qiyomat Kuni haqidagi shak-shubhalaringni) ochib yubordik. Endi bu Kun sening ko‘zing juda o‘tkirdir. (Qof surasi)
 
 
 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Ислам / Islomiy| Ko'rildi: 5662 | Joyladi: YaYa| Reytingi: 5.0/5 |
 
 
Barcha Izoxlar:18

18. GASAN (07:17 Shanba)
ALLOH rozi bulsin sizlardan rahmat

17. Arabicgirl (06:17 Juma)
<<Robbbimiz, senga iymon keltirdik. Bizni gunohlarimizni afv et va jahannam azobidan asra.>> Omin (Oli Imron, 16)

16. Ayisha (21:07 Payshanba)
Juda ta'sirli ekan. Naq nafasim tiqilib qoldi.
Alloh barchamizdan rozi bo'lsin va jahannamdan O'zi asrasin!
Omin!

15. BENZ (14:50 Payshanba)
ey olloh uzing kechir barcha gunohlarimizzi

14. rustam74 (14:45 Payshanba)
alloh rozi bulsin

13. damirjon90 (14:12 Payshanba)
olloh rozi bulsin sad

12. masha1 (12:49 Payshanba)
Allox rozi bolsin omin smile

11. bahriddin84 (12:11 Payshanba)
ey birodarlar bir birimiz uchun duo qilaylik olloh bandalarini bir biriga qilgan duolarini qabul qilguvchidir har bir mumin muslulmonlarga hammamizga olloh u dunyoyu bu dunyo faqata yaxhsilik va ofiyat bersin ohiratda joyimiz faqat jannatdan bulsin qabr va jahannam azoblaridan yaratganning uzi biz bandalarini asrasin omin!!!!!!![color=yellow]

10. bahriddin84 (12:10 Payshanba)
ey birodarlar bir birimiz uchun duo qilaylik olloh bandalarini bir biriga qilgan duolarini qabul qilguvchidir har bir mumin muslulmonlarga hammamizga olloh u dunyoyu bu dunyo faqata yaxhsilik va ofiyat bersin ohiratda joyimiz faqat jannatdan bulsin qabr va jahannam azoblaridan yaratganning uzi biz bandalarini asrasin omin!!!!!!!

9. nasibali (10:40 Payshanba)
Allohu akbar! cry cry cry

8. hamyurt (05:36 Payshanba)
Qiyomatdan qurmang ulim haq va qiyomat buladi!
Unichun bu dunyodagi amalimizi tugirlaylik!!

Abu Hurayra rozayallohu anhu aytadilar: Kim hozir aytmoqchi bulgan gapimga amal qiladi va uni yana amal qiluvchilarga urgatadi dedilar. Abu Hurayra ra : Men, ey rosululloh (s.a.v) dedim, ular qulimni ushladilarda

5 narsani sanadilar:

1. Harom qilingan narsalardan qayt, insonlar ichida taqvolisi bulasan.
2. Alloh senga taqsim bilib bergan rizqiga rozi bul, insonlarning eng boyi hisoblanasn.
3. Qushningga yaxshilik qil, mu'min bulasan.
4. Uz nafsingga ravo kurgan narsalarni boshqalar uchun ham ravo kur, muslim bulasan.
5. Kup kulishdan ehtiyot bul, chunki kup kulgu qalbni uldiradi.


7. UZ200629 (02:39 Payshanba)
eh tovba,qiyomat yaqin...

6. SULTON (00:12 Payshanba)
cry cry Alloh rozi bo'lsin

5. zabi (21:40 Chorshanba)
shunaqa narsaladan kopro qoyinglar iloji busa ozimizani gunoh qilioshdan tiyib yurardik

4. Arabicgirl (21:00 Chorshanba)
attakon rahmat! Allox rozi bo'lsin hammamizdan. Iloyim Allox bini tog'ri yo'lga boshlab bunday azoblardan o'zi asrasin. omin

3. nasibali (20:34 Chorshanba)
Alloh rozi bo'lsin hammamizdan,rahmat qo'yganlaga.Allohu akbar!

2. MoNiKa (20:33 Chorshanba)
Alloh rozi bo'lsin sizlardan juda ham hursand bo'ldim va ko'rib, o'qib qo'rqib ketganimdan yiglab yubordim. cry cry cry

1. uzb_qiz (19:26 Chorshanba)
Alloh rozi bolsin sizlardan kottakon raxmat
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Yanvar 2009  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.