... va o‘zingizni halokatga tashlamang! Yaxshilik qiling! Albatta Alloh yaxshilik qilguvchilarni sevadi. (Baqara 195) ... Hamda bir-birlaringizni o‘ldirmangiz! Albatta Alloh sizlarga mehribon bo‘lgan zotdir(Niso 29)
Ma'lumki, chekish ko'plab kasalliklarni keltirib chiqaradi va ko'pincha o'lim bilan yakun topadi.
Alloh Taolo aytadi: (Ey Muhammad), qavmi-qarindoshga, miskin va yo‘lovchiga (xayru ehson qilish bilan) haqlarini ato eting va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymang! Chunki isrof qilguvchilar shaytonlarning do‘stlari bo‘lgan kimsalardir. Shayton esa Parvardigoriga butunlay kofir bo‘lgandir. (Isro 26, 27)
Hayrulla Hamidov - Sigaret Haqida
Bu ham yetarli emasmi? Unda mana bunda nima deysiz?
Tarjimasi: Har bir sigaret sizga zarar yetkazadi.
1) Chekish tufayli yurak arteriyalari yopishqoq bo'ladi, bu turli havf hatarga olib keladi. Kanallarning bekilib qolishiga va o'limga olib keladi. Bu 33 yashar odamniki.
2) Qonni quyuqlashishiga va natijada o'limga, ko'rlikka va shol bo'lishga olib keladi. Ayrim hollarda sizga
ham shunday holat boshlanganini sezmaysiz.
3) Har safar sigaretdan tortilgan tutun o'pkada joylashib boradi. Bu esa chekuvching o'pkasidagi 1 yil davomida to'plagan zaharli moddasi.
Bu faqat sizning o'zingizga bog'liq.
4) Sigaret tutunidagi kimyoviy moddalar to'gridan to'g'ri qonga quyiladi va ko'z ichidagi nozik tomirlarga ham kelib joylashadi. Hozirda bilamizki, ko'rlikning bir turining asosiy sababi aynan chekish hisoblanadi.(Sigaret tutunining 4000 dan ortiq kimyoviy turi mavsud).
Muhammad SAW aytganlar: Kimki o'zini zahar ichib o'ldirsa o'sha kishi do'zax olovlari ustida turib o'sha zaharni abadiy ichib yuradi. Sigaret ham aynan zaharning o'zginasi. Qilgan shuncha savob va ezgu amallaringizni o'z qo'lingiz bilan yo'q qilmang. Tavba qiling!
Jahon statistikasi: - 1 minut ichida 10 mln sigaret sotiladi. - Har 8 sekundda 1 kishi chekish tufayli olamdan o'tadi. - Tinch okeaning g'arbiy qismdagi davlatlarda (Osiyo) esa dunyo bo'ylab eng ko'p chekuvchilarni tashkil etadi, ya'ni 3 dan 2 qism erkaklar. - Chekish oqibatida kelib chiqqan kasallik tufayli 10 dan 1 kishi o'lmoqda. - Birgina Buyuk Britaniyaning o'zida shu kasofat tufayli II Jahon urushidan 12 barobar ko'p odam halok bo'lgan. - AQSHda esa 5 dan 1 kishining o'limiga sababchi bo'lmoqda.
Salomatlikni butunlay yo'qotmasdan, imkon borida chekishni tashlang!Chekuvchi birodarlar/opa-singillar biz siz haqingizda qayg'urmoqdamiz.
|