Qur'onda Alloh Taolo e'tiborimizni osmonning muhim bir sifatiga qaratadi.
“Biz osmonni qulab tushmaydigan tom qilib qo‘ydik. Ular (mushriklar) esa (osmondagi oy, quyosh, yulduz kabi Allohning qudratini ko‘rsatib turgan) alomatlardan yuz o‘giruvchidirlar.” (Anbiyo surasi 32)
Bu himoya vositasi 14 asr isgari muqaddas Qur’onda yozib qo’yilgan bo’lsada, bu jihat bizning asrimizga kelib ilmiy isbotini topdi. Sayyoramizni o’rab turgan atmosfera ko’plab havf-xatardan himoya etib turadi. Ko’plab meteoritlar atmosfera yaqinlashishi bilan parchalanib ketadi va xavf ancha kamayadi. Atmosfera qobiqlari samodan uchib kelayotgan ko’plab zararli narsalarni filtrlab yuboradi. Shu bilan birga u samoning juda ham qattiq sovug’idan saqlaydi. -270C/-450 F.
Atmosferadan tashqari, sayyoramizga havf soladigan radiaktiv nurlardan himoya sifatida xizmat qiladigan Van Allen belbog’i nomli qatlam ham mavjud. U yerning magnit maydoni hisobiga yuzaga kelgan. Bu qatlam quyoshdan va yulduzlardan muntazam taraladigan hayot uchun juda katta havf soluvchi nurlarni qaytaradi. U bo’lamagnda edi Yergagi hayot shu nurlar tufayli allaqachon tugagan bo’lishi mumkin edi.
Bu haqda esa Qur'onda shunday deyiladi:
“U zot sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo‘ydi va osmondan suv tushirib, uning yordamida sizlarga rizq bo‘lsin, deb mevalar chiqardi. Bas, bilib turib o‘zgalarni Allohga tenglashtirmang.” (Baqara 22)
Bu yerda al samaa binaa deyilgan, bu so’z “tom” dan tashqari chayla(?) deb ham tarjima etiladi. Bu ma’lumotlar texnologiya rivojlanishi tufayli o’z isbotini topdi. Osmonga qaraymizu, ustimizda mana shunday himoya qalqonlari turganini sezmaymiz ham. Ko’pchilik bunga qiziqib ham ko;rmaydi. Ammo shularni Alloh yaratib qo’ymanagda edi... Mana bu rasmda Arizona tushgan meteoritning o’rnini ko’ryapsiz.
Agar yuqoridagi qatlamlar bo’lamaganda edi, bu meteorit bilan kelayotgan juda ko’plab mayda meteoritlar Sayyoramizni yashab bo’lmaydigan joyga aylantirib yuborishi mumkin edi. Allohning mo’jizasiga lol qolmay aslo iloj yo’q.
|