Ja’far ibn Muhammad otasidan, otasi esa bobosidan, bobosi esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qildilar. U zot: «Namoz – Alloh taboraka va taoloning roziligi, farishtalarning muhabbati, payg‘ambarlar sunnati, ma’rifat nuri, iymonning asli, duoning ijobati, amallarning qabuli, rizqning barakasi, badanlar uchun rohat, dushmanlar ziddiga qurol, shaytonning eng yomon ko‘rgani, o‘lim farishtasi bilan namozxon o‘rtasida shafoatchi, qabrda nur, ostida ko‘rpachasi, Munkar-Nakirlarga javob, qiyomatgacha hamrohdir. Agar qiyomat bo‘lsa, namoz (egasining) ustiga soya, boshiga toj, badaniga kiyim bo‘ladi. Uning qo‘l ostida harakat qiladigan nur, u bilan do‘zax orasida bir to‘siq bo‘ladi. Allohning huzurida mo‘minlar uchun hujjat, tarozi pallasida og‘irlik, sirot ko‘prigiga ruxsatnoma va jannat uchun kalit bo‘ladi», dedilar («Tanbehul g‘ofiliyn» kitobidan).
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Munofiqqa eng og‘ir namoz xufton va bomdod namozlaridir. Agar sizlar (u ikkovidagi savobni) bilganlaringizda, emaklab bo‘lsa ham kelar edingiz», dedilar. («Targ‘ib» kitobidan.)
Quyidagi Video tarjimasi: -Sen hali ham uxlab yotibsanmi? Bomdodni qazo qilishning jazosi nima ekanidan xabaring bormi?Unda Payg’ambarimiz Muhammad SAW mana bu hadisga quloq tut: “Men ikki farishtani ko’rdim. Ular huzurimga kelishdi va meni muqaddas yerga olib borishdi. Oldimizda yerda yotgan va uning yonida qo’lida katta harsang tosh ko’tarib turgan kishini ko’rdik. Turgan kishi yotganining boshiga toshni shunday tashladiki, uning boshi bo’lak-bo’lak bo’lib ketdi. Keyin uning boshi yana o’z holiga qaytdi. Haligi kishi toshni tana tashlaydi. Yotgan odamning bosh suyagi parcha-parcha bo’lib ketdi. Bu holat toki yotgan odam qayta tirilguncha (Qiyomat) davom etar ekan. Shunda Pasululloh SAW dedilar: “Mani juda havotirga soldingiz. Bu ko’rganlarmiz nimani anglatadi? Farishtalar: “Siz ko’rgan o’sha odamga Alloh Qur’onni o’rgatdi. U tunlari Qur’onga bosh qo’yib yotsada, kunduzlari unga amal qilmadi. Shuning uchun unga mana shunday jazo berilmoqda. Bu Qiyomatga qadar davom etadi.
Bomdodni masjitda o’qi va quyosh chiqquncha kut va yana 2 rakaat namoz o’qi. Ana o’shanda senga Haj savobi to’laligicha yoziladi. Kimki Bomdodni masjitda o’qimas ekan, o’zini buyuk qabr azobiga mahkum etibdi. Ey birodar, singlim, sen nechtalab noma’qul kino-serilallarni ko’rib yuribsan, necha-necha soatingni chatxonalarga o’tkazib zoya qilyaosan. Ustiga ustak Bomdod vaqti ham uxlab qolding. Seni hali kimdir Namozga uyg’otishi shartmi?
Bomdod namozining naqadar muhim ekani haqida turli ulamolar fikriga diqqat bilan quloq tutib ko’ring.
|