Payg’mbarimiz Muhammad SAV 11 ta ayollari bo’lib, ular dinimiz tarixida o’z o’rinlariga ega. Sizga 5 onamiz haqida hikoya qilamiz.
Hadicha binti Huvaylid r.a onamiz (hijriy 555 – 619) Rasululloh saw ning birinchi ayollari bo’lib, ular hijriy 595 yilda turmush qurishgan. Ma’lumotlarga ko’ra Hadicha onamiz Payg’ambarimizdan 8 farzand ko’rganlar. 4 o’g’illari Qosim, Abdulla, Tohir va Toyib juda yosh vafot etishgan. Zaynab, Ruqiya, Ummu Gulsum, Fotima (614—632) qizlari ulg’ayib turmush qurishgan, biroq 30 yoshga yetmay vafot etishgan.
Sauda binti Zam’a r.a onamiz Rasulullohga turmushga chiqqanlarida o’rta yoshli edilar. Makka ahli Nabiy a.s ni beva va go’zal bo’lmagan ayolga uylanganidan hayratda qolishdi. Ammo Sauda onamiz juda hushmuomala ayol bo’lib, tezda yangi oilalariga kirishib, kelishib ketdilar.
Oisha binti Abu Bakr (678 yilga vafot etganlar) r.a onamiz Payg’ambarimizning uchinchi ayollari bo’lib, Quro’nda (33.6) Mu’minlar onasi deb e’tirof etiladi. Bu onamizdan 2210 ta hadis hikoya qilingan. Shundan 316 tasi ham Sahihi Buxoriyda ham Sahihi Muslimda rivoyat etiladi.
Hafsa binti Umar r.a (606-665/666) onamiz 18 yoshlarida beva qolganlar va 20 yoshlarida Muhammad SAV ga turmushga chiqdilar. Bu vaqt Sarvari olam SAV 56 yoshda edilar. Ushbu onamiz Oisha onamiz bilan qalin o’rtoq bo’lib ketishgan va ikkovlari ham so’zlari o’tkir bo’lishgan ekan. Hafsa onamiz Pa’yg’ambarimiz SAV ning vafotlaridan keyin yana 34 yil yashab, otalari Umar r.a boshchiligida Islom olamida ko’plab g’alaba tufayli muqaddas dinimizning yoyilishiga guvoh bo’lganlar. Onamiz 63 yoshlarida olamdan ko’z yumganlar.
Zaynab binti Xuzayma (624 yilda v.e) r.a onamiz Rasululloh SAVga ramazon oyida turmushga chiqqanlar. Bu vaqtda onamiz 30 payg’ambarimiz 56 yoshda edilar. Bu vaqtda onamizning ilgarigi turmush o’rtoqlari Badr jangida halok bo’lgan bo’lib, onamiz Payg’ambarimizda SAV ularga uylanishni o’zlari taklif etgan ekanlar. Ammo ularning nikohi 6 oy davom etgan ekan.
QO'SHIMCHA:
Qur'oni Karimda Pay'gambarimiz Muhammad SAV ning ayollari mo'min-musulmonlarning onasi deb e'tirof etiladi: "Payg‘ambar mo‘minlarga o‘zlaridan xam haqdorroqdir, uning ayollari esa ularning onalaridirlar" (Azhob surasi 6-oyat). Onalarimizni qay darajada taniymiz? (DAVOMI) 6. Umm Salama Hind binti Abi Umayya r.a onamiz va ularning birinchi erlari Abdulla ibn Abdul Asad islomni ilk qabul qilganlardan bo’lishgan. 625 yilga erlari Uhud jangida vafot etgach, onamiz 4 farzandlari bilan beva qoldilar. Idda muddat tugagach Abu bakr va Umar r.a onamizdan nikohga olishni so’rashadi, ammo ra’d javobini olishadi. Rasululloh SAV so’raganlarida esa shodlanib ketadilar…
7. Zaynab bint Jahsh onamiz Rasulullohga SAV (58) turmushga chiqqanlarida 35 yoshda edilar. Ular 6 yil birga yashashdi. Rasululloh SAVning vafotlaridan so’ng yana 9 yil yashab olamdan o’tdilar.
8.Juwayriya bint al-Harith r.a onamiz juda ham go’zal ayol bo’lib, Payg’ambarimiz SAV 58, o’zlari esa 20 yoshliklarida, ya’ni 628 yilda turmushga chiqqanlar… Ularning nikohlariga 6 yil to’lganda Sarvari olam SAV olamdan o’tdilar. Onamiz esa 65 yoshda olamdan o’tdilar.
9. Safiyya bint Huyeyy r.a Banu nadir qabilasi boshligi yahudiy kishining qizi bo’lganlar. Onamiz Madinaga tugilganlar. Payg’ambarimiz SAV vafot etganlarida onamiz 21 yoshda edilar. Shundan so’ng 60 yoshlariga qadar yolg’iz yashab o’tdilar.
10. Maymuna bint al-Harith onamiz 36 yoshgaliklarida Payg’ambarimizga(60) turmushga chiqdilar. Maymuna onamiz Al Abbos (rasulullohning jiyanlari) orqali ularga turmushga chiqish istaklarini yetkazdilar. Ijobiy javobni olgan onamiz hursandliklaridan o’sha vaqtda minib turgan tuyalari va uning ustidagi bor narsani payg’ambarimizga hadya etgan ekanlar. Shu vaqt ushbu oyat nozil bo’ldi: “Agar u o‘zini payg‘ambarga hadya etsayu, payg‘ambar uni (haqqi mahr bermay) o‘z nikohiga olishni istasa (mazkur ayollarning barchasini Biz siz uchun) halol qildik. (O’zini hadya etgan ayolga haqqi mahrini bermasdan uylanish ijozati) mo‘minlar uchun emas, xolis siz uchundir. “(Quro’n 33:50)…
11. Maria al-Qibtiyya r.a onamiz asl Misrlik nasroniy cho’ri bo’lib, Rasululloh SAVga Muqavqis tomonidan taqdim etilgan. Bu vaqt onamiz juda yosh bo’lgan ekanlar. Ular Muhammad a.s ning qizlari Zaynab vafot etgan yil sog’lom o’gil tug’ib berdilar, ammo ... Onamiz Sarvari olamning vafotlaridan besh yil o’tib olamdan ko’z yumganlar.
|