A'zu billahi minashshaytonir Rojiym. Bismillahir Rohmanir Rohiym!
1. Sa'ba qabilasi:
Sa'ba 15. Aniqki Saba’ (qabilasi) uchun o‘z maskanlarida Allohning fazlumarhamatiga dalolat qiladigan) bir alomat bor edi — o‘ng tomon ham, so‘l tomon ham bog‘-rog‘ bo‘lib, (Biz ularga) «Parvardigoringiz (bergan) rizquro‘ zidan bahramand bo‘linglar va U zotga shukr qilinglar! (Shahringiz) pokiza shahardir, (Parvardigoringiz) mag‘firat kilguvchi Parvardigordir», (degan edik).
16. Bas ular (Bizga shukr qilishdan) yuz o‘girishgach, Biz ularning ustiga to‘g‘on bilan (to‘qib qo‘yilgan) selni (ochib) yubordik va ularning bog‘larini achchiq-taxir mevali, yulg‘unzor va yakkam-dukkam butazor «bog‘lar»ga almashtirib qo‘ydik.
17. Kofir bo‘lganlari sababli ularni mana shu (jazo bilan) jazoladik.
Biz faqat kofir bo‘lgan kimsagagina (mana shunday) jazo berurmiz.
2. Vizantiyaning mag'lubiyati va g'alabasi
Rum surasi 1. Alif, Lom, Mim. 2-3-4-5. Juda yaqin joyda Rum mag‘lub bo‘ldi. (Lekin) ular (ya’ni rumliklar) bu mag‘lubiyatlaridan so‘ng bir necha yil ichida albatta g‘alaba qilajaklar. Avvaluoxir barcha ish Allohning (izmida)dir. O’sha kunda mo‘minlar Alloh (rumliklarni) g‘olib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) O’zi xoxlagan kishini g‘olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir.
3. Iram shahri
Fajr surasi: 6-7-8. (Ey Muhammad), Parvardigoringiz (boshqa) yurtlarda o‘xshashi yaratilmagan, baland ustun(li qasr)lar egasi bo‘lgan Irom (shahridagi) Od (qabilasi)ni qanday (halokatga duchor) qilganini ko‘rmadingizmi?
4. Fir'avnning mumiyosi
Junus surasi: 90. Biz Bani Isroilni dengizdan o‘tkazganimizdan keyin ularga zulmu zo‘ravonlik qilish uchun Fir’avn va uning lashkari quvib yetdi. Endi unga (Fir’avnga dengizda) g‘arq bo‘lish (payti) yetganida esa, u deli: «Hech qanday iloh yo‘q, magar Bani Isroil iymon keltirgan zot — Allohgina borligiga iymon keltirdim. Men musulmonlardandirman — Allohga bo‘yinsunuvchilardandirman». 91. Endi-ya! Axir sen ilgari (ya’ni shu paytgacha) itoatsizlik qilgan va buzg‘unchi kimsalardan bo‘lgan eding-ku! 92. Mana bugun o‘zingdan keyingi kishilarga oyat — ibrat bo‘lishing uchun sening jasadingni qutqarurmiz. Darhaqiqat, ko‘p odamlar Bizning oyatlarimizdan g‘ofildirlar (ya’ni ulardan ibrat olmaydilar).
|