Jannatga eng so'nggi kiradigan inson haqida
Odam bolasi qilgan gunohlariga ko'ra Do'zaxda nechadir minglab yil azoblanishi Qur'oni karimda aytib o'tilgan. Ammo Alloh Taolo nazdidagi 1 kunlik azob Yer sayyorasidagi 1000 yilga barobar ekanidan xabardormisiz?
"Darvoqe’, Parvardigoringiz nazdidagi bir kun(lik azob) sizlarning hisob-kitobingizdagi ming yilga barobardir". (Haj 47)
"U osmondan yergacha bo‘lgan barcha ishni tadbir qilib – boshqarib turur, so‘ngra (bu ishlarning barchasi) sizlarning hisobingizga ming yilga teng bo‘ladigan bir kunda (ya’ni qiyomatda) Uning O’ziga ko‘tarilur". (Sajda 5)
|