Dajjolning paydo bo'lishi Qiyomat belgilaridandir
Dajjol to’satdan, biron-bir belgisiz chiqib qolmaydi. Chunki uning chiqishi juda xatarli bo’lib, qiyomatning yaqinlashganini va yerning umri tugab borayotganini bildiradi. Uning chiqishi katta fitna bo’ladi. Juda ko’p insonlar Dajjol makrining qurboniga aylanishadi, haq bilan nohaq, aralashib, insonlarning dinlari ham buzilib ketadi. Shuningdek, bu la’nati ilohlikni da’vo qilib, odamlarga: "Men sizlarning rabbingizman", deydi. Shuning uchun uning chiqishi tasodif bo’lmaydi. Balki oldin alomat va belgilari zohir bo’ladi. Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan xabarda u kishi shunday deganlar: "Madinada devor soyasida o’tirgan edik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamxonalarida edilar. So’ng oldimizga chiqib dedilar: "Nima qilib o’tiribsizlar?" Biz aytdik: Gaplashib o’tiribmiz". "Nima haqida gaplashyapsizlar?" "Qiyomat haqida".
"Sizlar o’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat bo’lmaydi. Avvalgisi quyoshning mag’ribdan chiqishi, so’ngra tutun, so’ngra Dajjol, so’ngra yer hayvoni, so’ngra uch marta yer yutishi, mashriqda bir marta, Arab jazirasida bir marta (uchinchisi aytilmagan), Isoning chiqishi. Ya’juj va Ma’jujning chiqishi. Oxirgi alomat - Yamanda Adan qa’ridan chiqadigan olov. U bironta odamni qoldirmay mahsharga haydab boradi" (Sahih hadis. Muslim rivoyati).
O’n alomatdan biri bo’lgan tutun haqida Ali, Ibn Umar, Abu Hurayra, Ibn Abbos, Ibn Abu Mulayka va Hasaya: "Alloh taoloning ushbu:
"Bas, (ey Muhammad), siz osmon ochiq (ya’ni barchaga ko’rinadigan) tutunni keltiradigan Kunga ko’z tuting! U (tutun barcha) odamlarni o’rab olur. Bu alamli azobdir" (Duxon, 10-11), oyatida kelgan tutun o’sha alomatlardan biridir", deb aytganlari rivoyat qilingan. Yer hayvoni haqida Alloh shunday deydi:
"Qachon (kofirlarning) ustiga so’z-azob tushganda (ya’ni, qiyomat yaqinlashganida) Biz ular uchun yerdan jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bo’lib qolganlari haqida so’zlar" (Naml, 82).
Mufassirlar yer hayvonini shunday ta’riflaydilar: "U juda bahaybat bo’lib, Safo tog’ining yorig’idan chiqadi. Yonidan o’tgan har bir kishi mo’min bo’lsa yuzi yorishib, peshonasida "mo’min" degan yozuv paydo buladi. Kofir bo’lsa, yuzi qorayadi va peshonasiga "kofir" deb yoziladi". Abdulloh ibn Umariing aytishicha, "Yer hayvoni "jassosa"ning o’zidir" (jassosa haqida keyingi sahifalarda to’xtalib o’tamiz).
Alomatlarning oxirgisi Yamandan chiqadigan olovdir. Bir hadisda "Adan qaridan", deyilgan bo’lsa, boshqa hadisda "Hijoz yeridan", deb aytilgan.
Qozi Iyoz aytadi: "Ehtimol, ikkita olov odamlarni mahsharga yig’ishi mumkin yoki olov avval Yamandan chiqib, keyin Hijozda zohir bo’lishi mumkin".
Qurtubiy aytadi: "Hijozdan chiqadigan olov chiqib bo’lgan. Odamlarni mahsharga haydaydigan olov hali chiqmadi. U esa Yamandan chiqadi". Quyoshning mag’ribdan chiqishi haqida, Hudo xohlasa, boshqa o’rinda so’z yuritamiz.
"(Qiyomat) soati yaqinlashnb qoldi va oy ham bo’lindi" (Qamar, 1), oyati karimasi haqida rivoyat qilinishicha, Maisa ahli Rasulullohdan mo’’jiza ko’rsatishni so’raganlarida, ularga oyni ikkiga bo’lingan holida ko’rsatdilar, oyning ikki parchasi tog’ning ikki tomonida turar zdi. So’ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Guvoh bo’linglar", deb aytdilar (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Dajjol chiqishidan oldingi alomatlardan biri uch yil qahatchilik bo’lishidir. Odamlar qattiq mashaqqat, ochlik va faqirlik ichida qoladilar.
Hadisi sharifda shunday deyiladi. "...Dajjol chiqishidan oldin uch yil qahatchklik bo’ladi. Odamlar ocharchilikka yo’liqadilar. Birinchi yil Alloh taolo osmonga yomg’irning uchdan yerga ham o’simligining uchdan birini ushlab qolishni buyuradi. Ikkinchi yili Alloh osmonga yomg’irning uchdan ikkisini, yerga ham o’simligining uchdan ikkisini ushlab qolishni buyuradi. Uchinchi yili kelganda Alloh osmonga hamma yomg’irni ushlab qolishni amr etadi. Biror tomchi yomg’ir tushmaydi. Yerga ham hamma o’simligini ushlab qolishni buyuradi. Birorta ko’kat unib chiqmaydi. Birorta uy hayvoni ham, yovvoyi hayvon ham qolmaydi, barchasi halok bo’ladi, faqatgina Alloh xohlagani bundan mustasno". "Odamlar u zamonda nimani iste’mol qilishadi", deb so’rashdi. 'ahil, takbir, tasbeh, tahmid (aytishadi). Bular odamlarga ovqat o’rniga o’tadi", deb javob berdilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam (Hasan hadis. Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).
|