Unutma o'lim haq (Islomiy qo'shiq) HD
"Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir" Musiqasiz Islomiy nashida qo'shiq.
Youtube: yuqori sifat
Dailymtion: pastroq sifat
She'riy matn:
Dunyo lazzatlari aldab qo'ymasin, Bu mal'un dunyo deb dining kuymasin, Qalbing gunohlarni aslo suymasin, Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.
Hech kimsa dunyoning ustuni bo'lmas, Iymonda o'tganlar qayg'uni bilmas, Haqning qiyomatdek hech kuni bo'lmas, Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.
Ogoh bo'l - aldanma nafs-u shaytonga, Bu dunyo sinovdir har bir insonga, Bir marta kelgaysan bu imtihonga, Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.
Senga tuhmat, bo'hton qilingan vaqtda, Susaymagin aslo - sobit tur ahdda, Tog'utlar abadiy qolmagay taxtda, Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.
Haq yo'lda ozorlar yetgay bu sunnat, Sabrni o'zingga aylagin ziynat, Taqvodorlar uchun oqibat - Jannat, Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.
Chiroyli va solih amallar qilgin, Haq yo'lda bir go'zal namuna bo'lgin, O'lsang ham chin mo'min holingda o'lgin, Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.
Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir. Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.
Muqobil: youtube, blip.tv Tushirma: mp3, wmv, flv
Taqdimot: youtube.com/IslomDini va IslomDini.com
|