2010 yil ham so'ngiga yetib bormoqda. Jurnalistikaning odatiga ko'ra, har yilning oxirida o'tib ketayotgan yilda sodir bo'lgan eng qiziq va esda qolarlik voqealar sanab o'tiladi. Biz ham shu odatga sodiq qolib, 2010 yilning eng qiziq voqealariga to'xtab o'tmoqchimiz.
Bugungi maqolada YouTube.com bepul video xizmatida 2010 yili yuklangan va eng ko'p marotaba tamosha qilingan, O'zbekiston va o'zbekistonliklarga oid bo'lgan 5 dona video kliplarni tahlil qimoqchimiz. Tayyormisiz?
1-o'rin
23.12.2010 kunga kelib 1,629,886 marotaba tamosha qilingan.
Esingizda bo'lsa kerak, 2009 yilning dekabr oyida portugaliyalik taniqli futbolchi Krishtiano Ronaldo 1 million AQSh dollari evaziga Toshkentga kelib "JAR" stadionida o'zbekistonlik futbo'l muhlislariga master-klass mashg'ulotlarini ko'rsatgan edi.
Master-klassda "fint" ko'rsatish bo'yicha musobaqada Krishtiano Ronaldoga o'zbekistonlik 12 yashar futbolchi Shohjahon Hasanov "JAR" stadionida kim "shoh" ekanligini ko'rsatib qo'yganini o'zbekistonlik futbol ishqibozlari hali ham miriqib eslashadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu video 2009 yilning 22 dekabrida YouTubega yuklangan. Lekin tamoshabinlar uni asosan 2010 yilda ko'rishganlari uchun uni bugungi ro'yxatimizga qo'shishni maqul topdik.
2-o'rin
23.12.2010 kunga kelib 1,371,421 marotaba tamosha qilingan.
15 noyabr kuni Xitoyning Guanjo shahrida 16 Osiyo O'yinlari doirasida o'tkazilgan Qatar - O'zbekiston futbol o'yini (1/8) qiziqarli holatlarga boy bo'ldi. Xisob 0:0 bo'lib o'yinning ohiriga bir daqiqa qolganda, 7 raqam ostida o'yinga tushgan 18 yashar qatarlik xujumchi Fahad Xalfan o'zbeklarning bo'sh darvozasini bir metrlik masofadan ishg'ol qila olmagan edi.
O'yindan so'ng bir zumda bu qiziqarli vaziyatning video kliplari internetda, ayniqsa Youtube video saytida to'lib ketdi. Futbol muxlislari bu holatni "epic fail" - o'zbekchasiga aytganda "eng katta qovun tushirish", deb baholashdi.
Eslatib o'tamiz, o'yin o'zbekistonlik Ivan Nagayevning qo'chimcha taymda kiritgan yagona go'li bilan 1:0 xisobida O'zbekiston terma jamoasi foydasiga yakunlandi.
Aytib o'tish joiz, video klipni YouTube saytiga qo'yilganiga hali bir yarim oy ham bo'lmadi. Shuni xisobga olganda ushbu video klip kelayotgan 2011 yilda ham "top" ro'yxatlarga kiradi.
3-o'rin
23.12.2010 kunga kelib 218,793 marotaba tamosha qilingan.
Shu yilning iyun oyida Qirg'izistonning O'sh va Jalolobod shaharlarida yuz bergan qirg'inni eslatib o'tirishning xojati yo'q. Bir necha yuz insonning umriga zomin bo'lgan, bolalarni yetim, ayollarni beva qoldirgan, 1400 ga yaqin uyni va ko'plab tadbirkorlarning bizneslarini kulini ko'kka sovurgan bu qonli voqealar haqidagi xabarlar dunyoni titratgan edi.
Bugungi ro'yxatimizda uchinchi o'rinni iyun voqealarida urushdan qochgan minglagan o'shlik o'zbeklarning 12 iyun kuni O'zbekistonga qochib o'tayotgani video lavhasi egalladi.
4-o'rin
23.12.2010 kunga kelib 167,802 marotaba tamosha qilingan.
Ro'yxatimizning to'rtinchi o'rnini taniqli san'atkor Yulduz Usmonovaning bahs va munozaralarga sabab bo'lgan, ayrimlarga yoqib, ayrimlarga yoqmagan - 2010 yilda yuz bergan O'sh voqealariga nisbatan aytilgan qo'shig'i egalladi.
Yulduz Usmonovaning ushbu qo'shig'ining milliy adovatga olib kelishi borasidagi havotirlari tufayli uning videosini bu yerda qo'ymaslikga qaror qildik.
5 o'rin
23.12.2010 kunga kelib 134,987 marotaba tamosha qilingan.
O'zbek estradasining yorqin yulduzi, Rossiya estradasini ildam qadamlar bilan ishg'ol qilayotgan Shahzodaning "Lyublyu tebya", ya'ni "Seni sevaman" qo'shig'iga olingan klipi bizning eng ko'p ko'rilgan YouTube videolari ro'yxatida beshinchi o'rinni egallab bugungi ro'yxatimizni yopdi.
YouTube xizmatidan foydalanuvchilarning didi bo'yicha qilingan ro'yxat mana shunday. Aziz mushtariy, bu ro'yxat bo'yicha sizning fikringiz qanday?
Agar YouTube.com saytida sizga yoqgan qiziqarli, lekin boshqalar e'tiboridan chetda qolgan videolar bo'lsa, maqolaning "Izohlar" bo'limida ularni biz bilan o'rtoqlashing.
Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!
Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.