Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2011 » Mart » 17 » ALLOHNING QUDRATI VA MO‘JIZALARINI KO‘RIB, QALBNI XOTIRJAM QILISH
ALLOHNING QUDRATI VA MO‘JIZALARINI KO‘RIB, QALBNI XOTIRJAM QILISH
21:22



ALLOHNING QUDRATI VA MO‘JIZALARINI KO‘RIB, QALBNI XOTIRJAM QILISH

                                                                                                                                         
                                                                                                                                             
                                                                                                                                          
                                                                                                                                         
                                                                                                                                  
                   

ALLOHNING QUDRATI VA MO‘JIZALARINI KO‘RIB, QALBNI XOTIRJAM QILISH

Alloh taolo aytadi: 
"Eslang (ey Muhammad), Ibrohim: "Parvardigorim menga o‘liklarni qanday qilib tiriltirishingni ko‘rsat", deganida, Alloh: "Ishonmaganmiding?" dedi. Ibrohim aytdi: Yo‘q, (ishonaman-ku), lekin yana ko‘nglim taskin topish uchun". Alloh aytdi: "To‘rtta qushni olib, ularni o‘z oldinga to‘plagin, keyin har bir tog‘ning ustiga ularni bo‘lak-bo‘lak qo‘ygin va shundan so‘ng ularni chaqirgin. Darhol oldinga uchib keladilar. Bilgilki, Alloh shubhasiz qudratli va hikmatli Zotdir" (Baqara surasi, 260-oyat).


"Tafsiri Maolim"da keltirilishicha, Ibrohim (alayhissalom) bir o‘limtik oldidan o‘tdilar, uni quruqlikda va suvda yuradigan jonivorlar yeyishardi. Yerga tushgani tuproqqa aylanib ketyapti. Jonivorlar ketgach, qushlar kelib cho‘qimoqda, ulardan qolganini shamol uchirib ketyapti. Shunda Ibrohim (alayhissalom) bu o‘likni qanday tiriltirilishidan ajablanib: "Ey Rabbim! Iymonim quvvat, qalbim taskin topishi uchun har qaerga sochilib ketgan bu o‘limtikni qanday tiriltirishingni menga ko‘rsat", dedilar. Shunda Alloh aytdi: "Ayo, sen ishonmaysanmi?" Shunda Ibrohim (alayhissalom): "Ishonaman, faqat ko‘zim bilan ko‘rib, uni mushohada qilib, qalbim yanada xotirjam bo‘lishi uchun so‘ramoqdaman", dedilar.


Shunda Alloh u zotga to‘rt qushni olib, ularni maydalab, so‘ng bir-biriga qo‘shib tog‘larga uloqtirishni buyurdi. Mujohid (r.a.) aytganlarki, bu to‘rt qush tovus, xo‘roz, kaptar, va qarg‘a bo‘lgan. Ibrohim (alayhissalom): "Alloh ismi bilan oldimga kelinglar!" deb ularni chaqirganlar. Shu zahoti har bir qushning qoni, pati, go‘sht va suyaklari bir yerga jam bo‘lib qo‘shildi – tirildi.


Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Kimki bir birodariga molu matoda zulm etgan bo‘lsa, u kishi mazlumdan o‘zini kechib yuborishini so‘rasin yoki dinor va dirham topilmaydigan Kunda barcha savoblari xasmlari tomonidan olib qo‘yilishidan oldin uni shu dunyoda rozi qilsin".


Hikoya: Avval zamonlarda bir ovchining balig‘ini bir kishi tortib olib, ovchini urdi. Shunda bechora ovchi Allohga: "Ey Alloh! Buni kuchli, meni esa zaif qilib yaratding, shuning uchun u menga zulm qildi. Endi yaratgan narsalaringdan birini unga ustun qilib, musulmonlarga ibrat etgin", deb duo qildi. Bu zolim kishi uyiga kelib baliqni pishirdi, dasturxonga qo‘yib, yemoqchi bo‘lgan edi, Allohning izni bilan baliq uning qo‘lini tishlab oldi. Shu bilan qo‘li qurtladi. Og‘riqqa chidolmasdan qo‘lini kesdi.


Qurtlash tirsakka ham ta’sir qildi, tirsagini ham kesib tashladi. Kunlardan bir kun tushida "Birovning haqqini o‘ziga qaytarmaguningcha, bu balodan najot topmaysan", degan ovozni eshitdi. Ertalab turgach, hamma narsani tushundi-da, ovchini topib, unga o‘n ming dirham berdi, o‘zini kechirishini va rozi bo‘lishini so‘radi. Ovchi uni kechirgach, Allohning qudrati ila qo‘lidan qurtlar bir pasda yo‘qoldi, qo‘li yana eski holiga qaytdi ("Mukoshafatul qulub").


Abu Umoma Bohiliydan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: "Kishi vafot qilib qabrga qo‘yilganida, uning bosh tarafiga bir farishta keladi va uni gurzi bilan qattiq uradi. U odam parcha-parcha bo‘ladi. Shundan so‘ng unga: "Allohning izni bilan turgin!" deyiladi, u turib insu jindan boshqa yeru osmondagi hamma jonzot eshitadigan darajada qattiq qichqiradi. So‘ng bu azob farishtasiga: "Nima uchun meni azoblaysan? Axir, men ro‘za, namoz, zakot va boshqa amallarni to‘la-to‘kis bajargan edim-ku?" deb nola qiladi. Farishta: "Sen yo‘lda ketayotganingda, bir mazlum yordam so‘ragan edi, unga yordam bermading. Va yana bavlingdan poklanmasdan namoz o‘qirding. Mana shuning uchun seni azoblamoqdaman", deydi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Kimdan mazlum yordam so‘rasayu, u odam imkoni bo‘laturib yordam bermasa, u banda qabrida olovlik xivich bilan yuz marta uriladi" ("Mukoshafatul qulub").


Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim muslima cho‘ri yoki hur ayol bilan zino qilsa-yu, tavba qilmasdan vafot etsa, Alloh unga qabrida uch yuzta do‘zax eshigini ochib qo‘yadi. U Qiyomat kunigacha azob chekadi. So‘ngra (Qiyomat kuni) u do‘zaxga kiradiganlar bilan birga jahannamga kiradi" ("Hayotul qulub").

Hikoya: Hasan Basriy, Molik ibn Dinor va Sobit Banoniylar Robiya onamizning oldilariga kelib, ulardan birlari bilan turmush qurishni ixtiyor qilishlarini so‘rashdi va nikoh sunnat amali ekanini ta’kidlashdi. Robiya onamiz: "Mening savollarim bor, javob berganga tegaman", dedilar. Avvalo, Hasan Basriyga savol qilib: "Almisoq kuni insonlar ikki sinfga – do‘zaxiy va jannatiylarga bo‘linganlarida, men qaysida bo‘lganman?" deb so‘radilar. Hasan Basriy: "Bilmayman", dedilar. "Ikkinchi savol: Farishta meni onamning qornida qay suratda suratlagan, badbaxtmi yoki saodatlimi?" Uchovlari ham: "Bilmaymiz", deyishdi.


"Qiyomatda bir toifa insonlarga: "Sizlar qo‘rqmanglar va xafa ham bo‘lmanglar", deyilsa va yana bir toifaga: "Sizlarga esa xushxabar yo‘q, sizlarga faqat azob bor", deyilsa, men shu toifaning qaysi birida bo‘laman?" dedilar. Uch olim: "Bilmaymiz", deyishdi. "Qabr jannat bog‘laridan bir bog‘cha yoki do‘zax chohlaridan bir chohdir, deyilgan. Mening qabrim qaysi biriga mansub bo‘ladi?" Yana: "Bilmaymiz", deb javob berishdi. "Yuzlar oqaradigan va qorayadigan Kunda mening yuzim qay ahvolda bo‘ladi?" Ular yana: "Bilmaymiz", deyishdi. "Qiyomat kuni nido qiluvchi nido qilib: "Falonchi saodatli bo‘ldi va falonchi badbaxt bo‘ldi", deganida, men kim bo‘laman?" Bu savolga ham "Bilmaymiz", deb javob berishdi va hammalari uning huzuridan yig‘lab chiqib ketishdi ("Baxjatul anvor").

"Durratun nosihiyn"dan


 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Ислам / Islomiy| Ko'rildi: 7353 | Joyladi: M_A_T_X_X_X| Reytingi: 5.0/2 |
 
 
Barcha Izoxlar:2

2. abdulqodiriy (20:45 Juma)
Alloh rozi bo'lsin! to'xtatmang shunday ma;lumotlarni qoyishni.

1. javlonbeksarmonov (11:55 Juma)
ha,azizlar ollohimning kudrati cheksizdir.doim iymonda bulib,almisohdan to kiyomatgacha bulgan takdirimizni urganishimiz va bilmogimiz kerak.rahmat, ukib chikdim inshaolloh hulosamni hayotga tadbik kilaman,yaratganning marhamati ila.
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Mart 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.