Al Haqqa surasi.
Klipning tarjimasi:
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). ...
19-20. Bas, endi o‘z kitobi — nomai a’moli o‘ng qo‘lidan berilgan kishiga kelsak, bas, u: «Mana mening kitobimni o‘qinglar. Darhaqiqat men hisob-kitobimga (ya’ni oxiratdagi ajr-mukofotga) ro‘baro‘ bo‘lishimni bilgan edim», der.
21-22-23. So‘ng u ko‘ngilli hayotda, mevalari (ahli jannat uchun) yaqin bo‘lgan yuksak jannatda bo‘lur.
24. (Jannat ahliga) «O’tgan kunlarda (ya’ni hayoti dunyoda) qilib o‘tgan (ezgu) amallaringiz sababli (ushbu noz-ne’matlarni) pok bilib yebichaveringlar », (deyilur).
25. Endi o‘z kitobi chap qo‘lidan berilgan kimsaga kelsak, bas, u der: «Ex qaniydi, menga kitobim berilmasa edi!
26. Va men hisob-kitobim (ya’ni oladigan jazoyim) nima ekanligini bilmasam edi!
27. Eh qaniydi, o‘sha (birinchi o‘lim barcha narsani) tugatguvchi-uzguvchi bo‘lsa (va Qiyomatdagi mana bu qayta tirilish bo‘lmasa) edi!
28. Menga (ne mashaqqatlar bilan topgan) mol-dunyoyim asqotmadi-ya!
29. Mulku saltanatim ham halok bo‘lib ketdi-ya!»
30. (Bas, Alloh jahannam qo‘riqchilariga der): «Uni ushlab, kishanlanglar!
31. So‘ngra do‘zaxga tashlanglar!
32. So‘ngra uzunligi yetmish gaz bo‘lgan zanjirga solib bog‘langlar!»
33. Chunki (hayoti dunyodalik paytida) Ulug‘ Allohga iymon keltirmas edi.
34. Va miskin-bechoraga taom berishga (o‘zini ham, o‘zgalarni ham) targ‘ib qilmas edi.
35. Bas, Bugun, bu yerda uning uchun biron do‘st-madadkor yo‘qdir!
36. Va biron taom ham yo‘qdir! Faqat yiringdan bo‘lgan (bir «taom» borki),
37. Uni faqat (yo‘ldan adashgan (kofir)largina yerlar!