 "Ayirma Jaynomozimdan" - Hayrulla Hamidov [ACHCHIQ HAQIQAT!]
Ko'nglim mening bir seskandi bugungilardan, Parvardigor vazifamiz anglay olmadik. Umrimiz ham tashkil bo'lmish qora daftardan, Ogoh bo'lmay biror lahza mudhish xatardan, Gunoh desa qilaverdik saqlanolmadik, O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik
Jannat nima, idrok yo'qdir, nimadir do'zax?! Dunyo uchun lolmiz, xormiz qalbda ming farah! Dunyo hayron mo'minlarning jim turganiga Qilsalar ham Rosulingni tinmayin mazah. Nabiylarning sayyidiga vaqt topolmadik O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik.
La ilaha illallohni aytishla shartta, Mo'minlikni vazni bo'ldi haddanda katta Nasoroning mushugiga pisht demaslaru Musulmonlik ayb sanalar Islomiy yurtda. Sening yo'ling sof bo'lsada shaylanolmadik O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik
Bir kezishga urinaman Shosh-u,Samarqand Buxoroning ahvoliga yahudlar xursand Shirk-u bid'at ummoniga butkul g'arq bo'lgan Zangiota mozorida tilanar farzand Tavhidingga chaqirsakda yenga olmadik O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik
Halol nomin xo'p bemalol oldi haromlar Minbarlarda to'rs aylamish ahli-kalomlar Mazlum bo'lgan masturalar sonin oshirib, Hijob shartmas deyishgacha bordi imomlar. Qur'ondan bir hujjat topib inday olmadik O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik
G'arbning yo'li ardoqlandi ham shariflandi Buzuq yo'llar uchun tinmay pul sarflandi. Jamiyatning ilg'orlarin ahvolin ko'ring Namoz o'qish tartibsizlik deb ta'riflandi Yashirincha ibodatga ko'nikolmadik O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik
Kimdir hujjat keltirsa gar hadis-Qur'ondan, Ilk so'zini boshlasa gar Haqdan, iymondan, Har bir ishning intihosi bir hil yakundir, Da'vatchilar quvg'in bo'lar O'zbekistondan! Ummat bo'lib ularni biz saqlay olmadik, O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik
Hozir esa ummat hayron o'ksinar beun, Alamdadir o'tgan har-bir xatosi uchun, Haq yo'liga kirmoqchilar hayqirmoqdalar, Mahdiy kelsa kelaqolsin rozimiz bu kun, Bu yolg'onchi imomlarga o'rganolmadik O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik!
Xayrulloh Hamidov
|