Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2011 » Fevral » 1 » Bolalarni aqlli qiladigan 10 ta mahsulot
Bolalarni aqlli qiladigan 10 ta mahsulot
16:14


Agar bolalar maktabda yomon o'qishsa, demak muammo ularning intellektual qobiliyatida emas, balki bolaning miya faoliyati uchun zarur bo'lgan oziq moddalar yetishmayotganligi yoki u noto'g'ri oziqlanayotganligidadir. Ulg'ayib borayotgan bolaning miyasi - organizmga tushadigan ovqatning juda katta miqdordagi oziq moddalarini o'zlashtiradigan anchayin "ochko'z" organ hisoblanadi. Shu bois bolalarning normal rivojlanishi uchun ularni to'g'ri ovqatlantirish juda muhim. Quyida bolalar uchun tavsiya etiladigan uning miya faoliyatiga ijobiy ta'sir qiluvchi o'nta mahsulotni keltiramiz.

1. Losos. Ushbu yog'li dengiz balig'ining tarkibida miya faoliyati uchun foydali bo'lgan omega-3 yog' kislotasi mavjud. Uni iste'mol qilish miyaning kognitiv faoliyatini yaxshilaydi. Farzandingizga qovurilgan yoki dimlab pishirilgan baliqni sabzavotlar bilan (bodring, pomidor yoki salat barglari qo'shib) buterbrod ko'rinishida berishingiz mumkin. 

2. Tuxum. Tuxum sarig'i tarkibida xotirani yaxshilaydigan xolin elementi mavjud. O'quvchiga tushlikka qovurilgan tuxum yoki non orasiga omlet qilib berish mumkin.

3. Yer yong'oq yog'i. Yer yong'oq miyadagi asab membranalarini himoya qiluvchi antioksidant - Е vitaminining manbai hisoblanadi. Tuzlanmagan yer yong'oqni istalgan salatga qo'shish mumkin, yer yong'oq yog'ini esa nonga surib yeyish juda mazali.

4. Tozalanmagan don. Inson miyasi normal faoliyat yuritishi uchun muayyan miqdorda glyukozani talab qiladi.o'g'il bola Tozalanmagan donda glyukoza ham, biriktiruvchi to'qimalar ham (qonga qancha miqdorda glyukoza tushishini boshqaruvchi) mavjud, shuningdek uning tarkibida asab tizimini oziqlantiruvchi V guruhi vitaminlari bor. O'zingiz va farzandlaringizga oqartirilmagan undan tayyorlangan non mahsulotlarini xarid qiling yoki nonni o'zingiz yoping.



5. Suli yormasi. Suli - bu bola uchun eng yaxshi nonushtadir, chunki uning tarkibida E, B vitaminlari, potassium va ruh moddalari mavjud. Ushbu elementlar va vitaminlar farzandingizga o'zining intellektual salohiyatini to'la namoyon etishiga yordam beradi. Sulini unga qo'shib piroglar, oladyalar, sirniklar tayyorlash yoki uni shunchaki quruq tovada yong'oq bilan qovurib shirin bo'lmagan yogurt yoki sut bilan birga iste'mol qilish mumkin. Agar ertalab sabzavotli va mevali sharbatlarni tayyorlashni odat qilgan bo'lsangiz, sharbatga ozroq xom suli yormasidan qo'shing.



6. Mayda mevalar. Qulupnay, chernika, olcha, malina, maymunjon va boshqalar saraton kasalligining oldini oluvchi antioksidantlarga ega. Tadqiqotlar qulupnay bilan chernikaning xotirani yaxshilashini, malina, qulupnay, maymunjon va yertutining urug'lari omega-3 kislotasiga boyligi ko'rsatdi. Yangi uzilgan mevalarni salatlarga, sabzavotli taomlarga, myusliga qo'shish yoki shunchaki iste'mol qilish mumkin.

7. Dukkaklilar. Loviya, no'xat, nut, yasmiq doni tarkibida protein, murakkab uglevodlar (qondagi qand moddasi miqdori unchalik oshirmaydigan), biriktiruvchi to'qimalar, vitaminlar va minerallar ko'p bo'lgani bois, ular juda foydali. Dukkaklilarni har qanday tomatli qayla bilan garnir yoki salatga qo'shimcha sifatida iste'mol qilish mumkin.


meva-sabzavot

8. Rangli sabzavotlar. Pomidor, brokkoli, baqlajon, qovoq, sabzi, ismaloq,bulg'or qalampiri, makkajo'xori - yorqin ranglardagi ushbu sabzavotlar tarkibida shikastlangan to'qimalarni tiklovchi ko'p miqdorda antioksidantlar bor. Bolalarga yangi uzilgan sabzavotlarni kesib bering yoki makaronga sabzavotlardan qayla tayyorlab bering.



9. Sut va yogurt. Sut mahsulotlari protein va B guruhi vitaminlariga juda boy. Ushbu moddalar miya to'qimasining o'sishi, neyrotransmitterlar va enzimlar hosil bo'lishida muhim ahamiyatga ega. Bolalarga nonushtaga shirin bo'lmagan yogurt, yog'siz smetana, sut, ryajenka va yog'siz qatiq xarid qiling.



10. Yog'siz mol go'shti. Yog'siz go'sht - temir va ruh moddasining manbai hisoblanib, u miyaning kognitiv faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Yog'siz go'shtni C vitaminiga boy ozuqa (pomidor, bulg'or qalampiri, apelsinlar, qulupnay) bilan birga iste'mol qilish organizmning temir moddasini yaxshi hazm qilishiga ko'maklashadi.



 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Статья / Maqola| Ko'rildi: 6027 | Joyladi: M_A_T_X_X_X| Reytingi: 4.5/2 |
 
 
Barcha Izoxlar:5

5. PUSHKA (23:46 Chorshanba)
Shu narsalani emasayam miyasi yahshi ishlashi mumkin qachonki tarbiya kuchli bolsa. Bosa-ku olib bergan yashi albatta, lekin bulani doimo etkazib berish hammaniyam qurbi etadigan masalamas ayniqsa hozirgi kunda Ozimizani yurtimizda. Paygambarimiz davrlaridayam kambagal islom dinini qabul qilganlar ham aqlli bolishgan, ular bir kunda bitta hurmo eganda ham shukur etib yurishgan.

4. Mister_M (20:39 Chorshanba)
yahshi maslahatlar ushun rahmat :)

3. eliza (13:31 Chorshanba)
suli diganga va 1,2ta so'zlar chunarsiz

2. gonsales (11:55 Chorshanba)
Bolalarni aqlli qiladigan 10 ta mahsulot 39 бу ерда 10 деб ёзилиши нотугри 10 махсулот бн иш битмайди

1. jujili (00:03 Chorshanba)
maslaxatlar uchun raxmat
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Fevral 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.