Bollivud yulduzlari orasida o`z shaxsiy biznesiga ega bo`lgan ayollar talaygina. Ular qatoriga Juha Chavla, Shilpa Shetti, Priti Zinta, Karina Kapur, Bipasha Basu, Rakxi Savant kabilarni kiritishimiz mumkin. Maftunkor tabassum egasi bo`lgan Priti Zinta va Shilpa Shetti kriket orqali ham mo`may daromad olish mumkinligini isbotlab berishdi. Undan tashqari Shilpa turmush o`rtog`iga mehmonxona biznesi sohasida ham ko`mak berib turadi.Ular shuningdek Mumbay markazida ham restoran ochishni rejalashtirgan. Bipasha Basu DVD disklar vositasida fitnesni reklama qiladi. Rakxi Savant esa o`zining go`zallik saloniga ega. Bu bilan bir qatorda aktrisa tele ishlab chiqarish sohasida ham o`zini sinab ko`rmoqchi. Katrina Kaif esa Gollivud prodyusserlari ko`magida kino biznesiga qo`l urgan. Karina Kapur moda biznesidan o`ziga qo`shimcha daromad olmoqda.
|