Alloh Qur'onda Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ning hayotini ta'riflab berar ekan, chumolilarning aloqa tizimiga ega ekanligiga ishora qiladi: To ular chumolilar vodiysiga yegganlarida, bir chumoli: «Ey, chumolilar! Uyalaringizga kiringiz, yana Sulaymon va uning lashkarlari o‘zlari sezmagan hollarida sizlarni ezib ketmasinlar!» - dedi. («Naml» surasi, 18-oyat) Chumolilar ustida olib borilgan ilmiy tadqiqot bu kichik mavjudotlar juda uyushgan ijtimoiy hayot kechirishini va bu uyushma ehtiyojidan kelib chiqib, ular juda murakkab aloqa tarmog‘iga ham ega ekanligini aniqladi. Masalan, National Geographic nashri shunday ma'lumot beradi: Katta yoki kichik chumolining bosh qismida million yoki undan ortiq ishchilar (ularning barchasi urg‘ochilar) dan iborat to‘dalarga muhim bo‘lgan kimyoviy va vizual signallarni tutadigan ko‘p qirrali sezgi a'zolari mavjud. Uning miyasi yarim million nerv hujayralaridan tarkib topgan; ko‘zlari aralashma; antennalari burun va barmoquchlari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Og‘iz pastidagi bo‘rtmalar ta'mni sezadi; tuklari tekkan narsaga reaktsiya ko‘rsatadi.172 Biz bexabar bo‘lsak-da, chumolilar o‘zlarining juda sezgir a'zolari tufayli aloqa o‘rnatish uchun turli uslublarni qo‘llaydilar. Ular bu a'zolarni o‘lja topishdan tortib bir-birining ketidan borishgacha va o‘z uyalarini qurishdan tortib jang olib borishgacha har doim ishlatadilar. Ularning 2-3 mm hajmdagi tanalarida 500000 nerv hujayralari siqib joylashtirilganligiga qaramay, insonlarni lol qoldiradigan aloqa tizimlariga egadirlar. Ularning aloqalaridagi reaktsiyalar trevoga, biror ishga jalb qilish, ma'lum bir faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish, og‘iz va anal suyuqliklarini almashish, guruh bo‘lib ta'sir o‘tkazish, tanish, tabaqani aniqlash ... kabi bir necha o‘ziga xos turkumlarga bo‘linadi.173 Bu reaktsiyalar vositasida tartibli, uyushgan jamoani tashkil etadigan chumolilar o‘zaro ma'lumot almashishga asoslangan hayot kechiradilar. Bunday ma'lumot almashishni amalga oshirish uchun ular ba'zida birga harakat qilish, baham ko‘rish, tozalash va mudofaa kabi sohalarda insonlar nutq orqali ifoda eta olmaydigan mukammal bir aloqa o‘rnatadilar. Chumolilar, asosan, kimyoviy yo‘llar bilan aloqa qilishadi. Feromon (jinsiy attraktant)lar deb ataladigan bu yarimkimyoviy moddalar hid orqali idrok etiladigan kimyoviy birikmalar bo‘lib, ichki sekretsiya bezlaridan ajralib chiqadi. Bundan tashqari, ular chumolilar jamoalarini tashkil etishda eng muhim rol o‘ynaydi. Biror chumoli feromon chiqarsa, boshqa chumolilar hid, ta'm vositasida uni qabul qiladi hamda tegishli tarzda javob qaytaradi. Chumoli feromonlari ustida olib borilgan tadqiqotlar shu narsani aniqladiki, barcha signallar to‘daning ehtiyojlariga qarab chiqarilar ekan. Shuningdek, chiqarilgan feromonning shiddati ham yuzaga kelgan vaziyatning qanchalik shoshilinch ekanligiga ko‘ra o‘zga-rib turar ekan.174 Guvohi bo‘lganimizdek, chumolilarda o‘zlari mashg‘ul bo‘ladigan yumushlarni bajarish uchun chuqur kimyoviy bilim talab etiladi. 1400 yil ilgari, chumolilar haqida bunday bilim bo‘lmagan bir paytda, Qur'onning bu haqiqatga urg‘u berganligi uning boshqa bir ilmiy mo‘jizasidan dalolatdir. (Qarang: Horun Chumolilar mo‘jizasi). Goodword Books, Yangi Dehli, 2002)
www.ziyouz.com |